Temuriylar tarixi davlat muzeyi
رفتن به کانال در Telegram
Temuriylar tarixi davlat muzeyining rasmiy kanali www.temurid.uz info@temurid.uz www.facebook.com/groups/Temuriylarmuzeyi/ www.instagram.com/temurid_uz/ www.youtube.com/channel/UCqWGih2Jf-tZ4N7QMBNU6Dw
نمایش بیشتر657
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+47 روز
-230 روز
آرشیو پست ها
Repost from Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI
O‘ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYI
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrugʻi hamda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining 150 yilligi munosabati bilan 2026-yil 16-oktabr kuni «MUZEYSHUNOSLIK XXI ASRDA: TADQIQOTLAR, AN’ANALAR VA INNOVATSIYA» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
📱 history-museum.uz
😎 Telegram\ 😎 Instagram\ 😎 Facebook \ 😎 You Tube
Repost from Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi
📢«MUZEYSHUNOSLIK XXI ASRDA: TADQIQOTLAR, AN’ANALAR VA INNOVATSIYA» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya uchun maqolalar qabuli boshlandi
🏛O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrugʻi hamda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining 150 yilligi munosabati bilan 2026-yil 16-oktabr kuni «MUZEYSHUNOSLIK XXI ASRDA: TADQIQOTLAR, AN’ANALAR VA INNOVATSIYA» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
📔QUYIDAGI YOʻNALISHLARDA MAQOLALAR QABUL QILINADI:
✅Moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash, restavratsiya qilish, konservatsiya va targʻib etishning innovatsion yondashuvlari.
✅Muzeylarning zamonaviy faoliyati: turizm, inklyuzivlik va innovatsion rivojlanish.
✅Nomoddiy madaniy merosni asrash, tadqiq etish va ommalashtirishning dolzarb masalalari.
✅Yoshlar minbari: muzeyshunoslikning dolzarb masalalari va innovatsion gʻoyalar.
✅ Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi – 150 yil: tarix, ilmiy meros, muzeyshunoslik va rivojlanish istiqbollari.
🗓Maqolalar 2026-yilning 10-sentabrgacha qabul qiladi.
🔗Maqolalar quyidagi havola orqali qabul qilinadi:
https://docs.google.com/forms/d/1P4uB0OWDzjBFIQUZdM2uHjjPSd_g7P5YNFgpACGuEu0/edit
☎️Ma'lumot uchun:
(+998) 97 420-44-22
(+998) 90 355-13-18
📱 history-museum.uz
😎 Telegram\ 😎 Instagram\ 😎 Facebook \ 😎 You Tube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari Qirg‘izistonning I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi.
—
Глава нашего государства награжден орденом «Манас» I степени Кыргызстана.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri – I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев награжден одной из высших государственных наград Кыргызской Республики – орденом «Манас» I степени.
#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
🔻🔻🔻🔻🔻
📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, 📚 О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, 🇺🇿 “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda
🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 22 avgust kuni “Ma’naviy islohotlarning yangi bosqichida targ‘ibot ishlarining ilmiy-metodik muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkaziladi.
Konferensiyada Yangi О‘zbekistonda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, milliy meros va ma’rifatparvarlik an’analarini targ‘ib etish va uni kelgusi avlodlarga yetkazish yuzasidan ilmiy ma’ruzalar va amaliy takliflar muhokama qilinadi. Konferensiya materiallari tahrir hay’ati tavsiyasiga kо‘ra ilmiy tо‘plamning bosma va elektron nashriga kiritiladi. Maqolalar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi.Manzil: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni – 15 Murojaat uchun telyefonlar: 99 377-94-45, 71 207-57-00 #Mustaqillik35 ✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTube
“TEMURIYLAR DAVRI ME’MORCHILIGINING XX ASR TASVIRIY SAN’ATIDA BADIIY TALQINI”
— Mirjonova Nodira Ilhom qizi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
📚 “Amir Temur merosi va Uchinchi Renessans” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2026.
Bizni kuzatib boring: 🔹Telegram|🔹Facebook|🔹Instagram|🔹Youtube|🌍Web-site
+9
Temuriylar tarixi davlat muzeyi xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdi
🤩 2026-yil 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida “Korrupsiyasiz soha” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Temuriylar tarixi davlat muzeyi mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
👍 Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, oldini olish va tartibga solish mexanizmlari, shuningdek, davlat tashkilotlarida ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. 👍 Tadbir doirasida ishtirokchilar korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.Seminarda ilgari surilgan tavsiyalar muzey faoliyatida korrupsiyaning oldini olish va ochiqlik hamda shaffoflikni ta'minlashga xizmat qiladi. Bizni kuzatib boring: 🔹Telegram|🔹Facebook|🔹Instagram|🔹Youtube|🌍Web-site
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
30-IYUL - XALQARO DO‘STLIK KUNI
Temuriylar tarixi davlat muzeyi jamoasi Sizlarni 30-iyul - Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Yurtimizda va butun dunyoda do‘stlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik hamda hamjihatlik rishtalari yanada mustahkam bo‘lsin. Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik, farovonlik va ezgu maqsadlar yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.Do‘stlik - tinchlik va taraqqiyotning mustahkam poydevoridir. Bizni kuzatib boring: 🔹Telegram|🔹Facebook|🔹Instagram|🔹Youtube|🌍Web-site
#dolzarb
"Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida"gi Qonunni takomillashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda
Ayni paytda amaldagi «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi Qоnunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan olimlar, mutaxassislar va ilmiy jamoatchilik vakillarini Qonunni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirishga taklif etamiz.
❗Taklif va mulohazalaringizni quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: analytic@academy.uz
+9
#Muzeylararo_90_kun
Urganch davlat universiteti talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi
Tashrif davomida talabalar Amir Temur va temuriylar davriga oid noyob muzey eksponatlari, tarixiy manbalar, qo‘lyozmalar hamda bebaho madaniy meros namunalari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey mutaxassislari tomonidan ularga temuriylar davrining davlat boshqaruvi, ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va bunyodkorlik sohalaridagi yuksak taraqqiyoti haqida batafsil ma'lumotlar berildi.👍 Temuriylar tarixi davlat muzeyida muntazam tashkil etib kelinayotgan bunday ma'rifiy tashriflar yosh avlodning tarixiy bilimlarini boyitish, ularda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bizni kuzatib boring: 🔹Telegram|🔹Facebook|🔹Instagram|🔹Youtube|🌍Web-site
🔔🟦🟦🟦 🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 😁
📌 OAK talablari bo‘yicha DOI va havola masalasi: amaliy yechim
📝 Bugungi kunda OAK tomonidan ilmiy nashrlarni rasmiylashtirish jarayonida maqola yoki tezis uchun havola (URL) yoki DOI (Digital Object Identifier) mavjud bo‘lishi tobora muhim talabga aylanmoqda. Ilmiy jurnallarda DOI odatda nashriyot tomonidan taqdim etiladi. Biroq, ko‘plab konferensiya materiallari va tezislar to‘plamida DOI yoki doimiy havola mavjud emas. Bu esa hujjatlarni rasmiylashtirishda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
💡 Buning oddiy va bepul yechimi mavjud — Zenodo platformasi.🗣 Agar maqolangiz yoki tezisingizning PDF faylini Zenodo platformasiga yuklasangiz: ⚡ tizim avtomatik ravishda DOI ajratadi; ⚡ maqolangiz uchun doimiy havola (permanent link) hosil bo‘ladi; ⚡ ilmiy ishingiz internetda ochiq va barqaror saqlanadi; ⚡ keyinchalik ishingizga iqtibos berilgan taqdirda, bu ma'lumotlar Google Scholar tomonidan ham indekslanishi mumkin va ilmiy ko‘rsatkichlaringiz (jumladan, h-indeks) shakllanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. 😎 Zenodo platformasiga maqola joylashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich videoqo‘llanma:(https://youtu.be/BPVSErzNtME?si=w58i44hgOl4tuNYR&utm_source=chatgpt.com) 📚 Ilmiy ishlaringizni zamonaviy xalqaro standartlar asosida rasmiylashtiring va ularning uzoq muddatli saqlanishini ta'minlang.
Bizni kuzatib boring👇😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
+7
#Muzeylararo_90_kun
Navoiy shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi
📌 2026-yil 28-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Navoiy viloyatining Navoiy shahridagi 11-, 16- va 18-sonli umumta’lim maktablari o‘quvchilari Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘ldilar.
Mazkur tadbir yosh avlodni milliy tarix va boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
🤩 Ekskursiya davomida o‘quvchilarga Amir Temur va Temuriylar davri davlatchiligi, ilm-fan, madaniyat hamda me’morchilik yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, muzeyning katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Komiljon Sultonov Sohibqironning davlat boshqaruvi va bunyodkorlik faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruza qildi.Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatlarini yanada boyitdilar. Bizni kuzatib boring: 🔹Telegram|🔹Facebook|🔹Instagram|🔹Youtube|🌍Web-site
HIROT MADANIY MUHITI VA TASVIRIY SAN’ATDA NAVOIY SIYMOSINING AKS ETISHI
— Mirjonova Nodira Ilhom qizi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
📚 “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” xalqaro simpoziumi materiallari. – Toshkent, 2026.
Bizni kuzatib boring: 🔹Telegram|🔹Facebook|🔹Instagram|🔹Youtube|🌍Web-site
HIROT MADANIY MUHITI VA TASVIRIY SAN’ATDA NAVOIY SIYMOSINING AKS ETISHI
— Mirjonova Nodira Ilhom qizi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
📚 “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” xalqaro simpoziumi materiallari. – Toshkent, 2026.
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 😁
🔍 Google Scholar vs. Scopus: h-indeksingiz nega har xil?
📝 Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi har bir tadqiqotchi ertami-kechmi bir qiziq holatga duch keladi: "Nega mening Google Scholar’dagi h-indeksim 8, lekin Scopus’da atigi 5?"
✅ Metodologiya bir xil — muallifning h ta maqolasi kamida h martadan iqtibos olganini bildiradi. U holda farq qayerdan kelib chiqmoqda? Kelin, asosiy sabablarni tahlil qilamiz.
🔸 Ma’lumotlar bazasining qamrovi (Coverage)
Farqning eng birinchi va asosiy sababi — bu platformalar indekslaydigan (bazaga kiritadigan) manbalar ko‘lamidir.
🏳️ Scopus (Elsevier): Sifat va nazoratga urg‘u beradi. Bazaga faqat qat’iy saralashdan o‘tgan peer-reviewed (taqrizdan o‘tgan) jurnallar, nufuzli konferensiya to‘plamlari va kitoblar kiritiladi.
👍 Google Scholar: Miqdor va ochiqlikka urg‘u beradi. U avtomatik algoritm orqali internetdagi barcha ilmiy manbalarni — jurnallar, monografiyalar, dissertatsiyalar, prepritlar (arXiv, ResearchGate), dissertatsiya avtoreferatlari va hatto akademik hisobotlarni ham indekslaydi.
☑️ Xulosa: Google Scholar qamrovi kengroq bo‘lgani uchun unda iqtiboslar soni ham, h-indeks ham tabiiy ravishda yuqori bo‘ladi.🔸 Tillar va hududiy qamrov Scopus: Asosan ingliz tilidagi va xalqaro miqyosdagi nashrlarga e’tibor qaratadi. Mahalliy tillardagi jurnallarning juda kam qismigina ushbu bazaga kirgan. Google Scholar: Tildan qat’i nazar (o‘zbek, rus, xitoy, ispan va h.k.) internetda ochiq joylashtirilgan har qanday ilmiy materialni indekslay oladi. Mahalliy ilmiy jurnallardagi iqtiboslar ham Scholar’da aks etadi. 🔸 Ma’lumotlarni filtrlash va avtomatlashtirish 🏳️ Scopus: Har bir muallif profili va iqtiboslar moderatsiyadan o‘tadi. Dublikat (bir xil maqolaning bir necha bor takrorlanishi) va soxta iqtiboslar filtrlash mexanizmi orqali tozalanadi. 👍 Google Scholar: Barchasini qidiruv botlari bajaradi. Ba’zan birgina maqola bir necha bor har xil nom bilan indekslanib qolishi yoki noilmiy manbalardagi iqtiboslar ham hisobga o‘tib ketishi mumkin (texnik xatolar va soxtalashtirishga nisbatan zaifroq). 🏛 Qaysi biri muhimroq? (Taqqoslama jadval) Xususiyati 🔍 Google Scholar 🌳 Scopus Baza turi Ochiq qidiruv tizimi Pullik, qat’iy saralangan baza Manbalar Jurnallar, kitoblar, dissertatsiyalar, preprintlar, hisobotlar Faqat taqrizdan o‘tgan (peer-reviewed) jurnallar va kitoblar Iqtiboslar soni Yuqori Nisbatan kamroq Nufuzi (Rasmiy) Umumiy ilmiy faoliyatni baholash uchun Unvonlar, grantlar va reytinglar (QS, THE) uchun rasmiy mezon Kamchiligi Spam va dublikatlarga zaif Barcha mahalliy/ochiq manbalarni qamrab olmaydi 💡 Tadqiqotchi uchun qaysi biri muhim? Rasmiy va akademik jarayonlarda: Dissertatsiya himoyasi, unvonlar olish (dotsent, professor), xalqaro grantlar va universitetlar reytingida Scopus (yoki Web of Science) h-indeksi asosiy ko‘rsatkich sifatida qabul qilinadi. Keng jamoatchilik va qidiruv uchun: O‘z tadqiqotlaringiz qanchalik keng tarqalayotganini ko‘rish, mahalliy kollaboratsiyalar va sohangizdagi so‘nggi (hatto hali chop etilmagan preprint) ishlarni kuzatishda Google Scholar ancha qulay. 📚 Xulosa o‘rnida: Har ikkala h-indeks ham o‘z o‘rnida muhim. Scopus sizning xalqaro standartlarga javob beradigan ilmiy sifat darajangizni ko‘rsatsa, Google Scholar ilmiy ishlaringizning umumiy va ochiq tarqalish ko‘lamini ifodalaydi.
Bizni kuzatib boring👇😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun Pusan shahrida o‘tkazilayotgan YUNЕSKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida mamlakatimiz uchun juda muhim voqea ro‘y berdi.
Toshkentning modernizm me’morchiligi obyektlari ushbu tashkilotning nufuzli Xalqaro ro‘yxatiga rasman kiritildi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi 25 yilda O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan milliy nominatsiya ilk bor shunday yuksak maqomga sazovor bo‘ldi.
Bu faqatgina bir nechta binoning emas, zilziladan keyingi Toshkentning qayta bunyod etilishi bilan bog‘liq butun bir davrning e’tirofidir. O‘sha yillari poytaxtimiz zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini mujassam etgan butkul yangi va betakror qiyofa kasb etgan.
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi g‘alabasi – boy me’moriy merosimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish yo‘lidagi yana bir muhim qadam xayrli va bardavom bo‘lsin!
—
Сегодня в Пусане на 48-й сессии Комитета всемирного наследия ЮНЕСКО произошло важное для нашей страны событие.
Объекты модернистской архитектуры Ташкента официально внесены в престижный международный Список этой организации. За последние 25 лет данная национальная номинация от Узбекистана стала первой, получившей столь высокий статус.
Это признание ценности не только отдельных зданий, а целой эпохи, когда после землетрясения был создан новый облик Ташкента, сумевший объединить современную архитектуру, традиции Центральной Азии и особенности нашего климата.
Это большая победа для Узбекистана и важный шаг к сохранению нашего архитектурного наследия для будущих поколений.
📢📢📢📢
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
O’zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi Amir Temur tavalludining 690 yilligi hamda muzey tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan “Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojini o’rganish va targ’ib qilishning umumbashariy ahamiyati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o’tkazadi.
📆O’tkazilish sanasi: 2026-yil 15-oktabr
📌Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko’chasi, 1-uy.
Konferensiya yo’nalishlari:
▪️Temuriylar davri yozma manbalarini tadqiq etish;
▪️Temuriylar davri Renessansi: ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti;
▪️Muzeyshunoslik va madaniy merosni asrashning zamonaviy masalalari.
📃 Konferensiyada olimlar, professor-o’qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda sohaga qiziquvchi mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
Maqolalar 2026-yil 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Maqolalarni rasmiylashtirish talablari bilan quyidagi manzil orqali tanishishingiz mumkin:
📧 E-mail: info@temurid.uz
☎️ Telefon: +998 71 232-02-12
✈️Telegram: @TemurDevleti
Bizni kuzatib boring: 🔹Telegram|🔹Facebook|🔹Instagram|🔹Youtube|🌍Web-site
