fa
Feedback
Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti

Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti

رفتن به کانال در Telegram

Tarix va ijtimoiy fanlar fakultetining telegram ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasi Fakultet dekani: Xasanov Jasurbek Mamatqodirovich 👉 @jasurbek_20002 Murojaat uchun telefon: +998883393316

نمایش بیشتر
1 268
مشترکین
+124 ساعت
-37 روز
-3930 روز
آرشیو پست ها
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🎓 Hurmatli talabalar! Oʻz imkoniyatlaringizni qoʻldan boy bermang! Andijon davlat universitetida 2026/2027-o‘
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 🎓 Hurmatli talabalar! Oʻz imkoniyatlaringizni qoʻldan boy bermang! Andijon davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriatning 2–3-bosqichi hamda magistraturaning 1-bosqichida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘rtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va boshqa nomli davlat stipendiyalari tanlovlari uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonlari boshlandi.
🗂Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz so'raladi:
🟢Hemis platformasidan transkript (o'quv bo'limi tomonidan tasdiqlangan); 🟢Dekan va kafedra mudirining tavsiyanomasi; 🟢Dekanning talabgor talaba hujjatlari hamda baholarining haqqoniyligini aks ettiruvchi kafolat xati; 🟢Ilmiy (ijodiy ish) rahbarining tavsiyanomasi (fikrnoma); 🟢Ilmiy ishlarining roʻyxati va ularning bosma nusxalari (3x4 shaklda); 🟢Diplom, sertifikat va faxriy yorliqlarning nusxalari (rangli) va boshqa erishgan yutuqlarning fotosuratlari; 🟢ma’lumotnoma (obyektivka) ; 🟢Tarjimai hol (rasmli); 🟢Pasport nusxasi. ⌛️Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan nomzodlar quyidagi hujjatlarning yigʻma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 10-iyulidan 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi (asosiy bino 3.23-xona)ga taqdim etishlari soʻraladi. 🌟Murojaat uchun: +998903819717 🔹Telegram manzil: @MU_d77 Bizning rasmiy sahifalarimiz Veb−sayt Telegram Facebook Instagram

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ “Dolzarb 90 kun”: Jalaquduqda yoshlarning sport va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ “Dolzarb 90 kun”: Jalaquduqda yoshlarning sport va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi Bugun, 8-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Andijon davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Jalaquduq tumani Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida voleybol, stol tennisi hamda shaxmat bo‘yicha sport mashg‘ulotlari va musobaqalar tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotlar orqali yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoada ishlash madaniyati hamda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbir doirasida “Ustoz AI” loyihasi yuzasidan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, zamonaviy kasblar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishlarining bugungi kundagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Ishtirokchilarga AI texnologiyalaridan samarali foydalanish, kelajak kasblarida zarur bo‘ladigan raqamli ko‘nikmalarni egallash hamda bu boradagi mavjud imkoniyatlar yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi. Bizning rasmiy sahifalarimiz Veb−sayt Telegram Facebook Instagram

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 ☑️ E’LON ⛳ Xalqaro darajadagi ta’lim va ikkita nufuzli diplom olish imkoniyati ‼️ O‘zbekiston Milliy universite
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 ☑️ E’LON
Xalqaro darajadagi ta’lim va ikkita nufuzli diplom olish imkoniyati
  ‼️ O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti va jahonning yetakchi ilmiy markazlaridan biri – Tomsk Milliy tadqiqot davlat universiteti (TDU) hamkorligidagi qo‘shma magistratura dasturiga qabul boshlandi.  
💠 Dastur nomi: “Xalqaro munosabatlar nazariyasi va tarixi”. 💠 Ta’lim yo‘nalishi: 41.04.05 – “Xalqaro munosabatlar”. 💠 Ta’lim shakli: Kunduzgi.
  🧑‍💻🇺🇿 🇷🇺 Bu dastur – xalqaro siyosat, diplomatiya va global jarayonlar bo‘yicha chuqur bilimga ega, zamonaviy mehnat bozori talablariga to‘liq javob beradigan tahlilchi-mutaxassis bo‘lib yetishishni maqsad qilganlar uchun.  
⚙️ DASTUR AFZALLIKLARI
🏆 Xalqaro e’tirof: Tomsk Milliy tadqiqot davlat universiteti nufuzli QS World University Rankings reytingida dunyoning eng yaxshi TOP-500 universiteti qatoridan mustahkam o‘rin egallagan. Bu sizning diplomingiz jahon miqyosida yuqori baholanishini kafolatlaydi. 📝 Ikkita nufuzli diplom (Double Degree): Dastur yakunida siz bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy universiteti va Tomsk Milliy tadqiqot davlat universitetining diplomlariga ega bo‘lasiz. Bu mehnat bozorida sizga keng imkoniyatlar yaratib, raqobatbardoshligingizni keskin oshiradi. ☑️ Nostrifikatsiyasiz tan olinuvchi diplom: TDU diplomi O‘zbekiston Respublikasida hech qanday qo‘shimcha sinov va jarayonlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi. Bu orqali siz qimmatli vaqt va resurslaringizni tejaysiz.  
🎤 QABUL TARTIBI VA MUDDATLARI
💼 1-BOSQICH: HUJJATLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH 🧑‍💻 Nomzodlar ikki universitetda parallel ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: 📝 Tomsk Milliy tadqiqot davlat universiteti uchun: ✔️Hujjatlar 20-iyundan boshlab abituriyentning shaxsiy kabineti orqali onlayn qabul qilinadi: https://postupitsu.ru/. 🎓 Talab etiladigan asosiy hujjatlar (skaner qilingan nusxalari): ✔️ Pasport (notarial tasdiqlangan ruscha tarjimasi bilan birga). ✔️ Bakalavr diplomi va uning ilovasi (notarial tasdiqlangan ruscha tarjimasi bilan birga). 📝 O‘zbekiston Milliy universiteti uchun: ✔️ Universitet tomonidan belgilangan qabul tartibi va muddatlariga muvofiq amalga oshiriladi.   💼 2-BOSQICH: KIRISH IMTIHONI 📑 Kirish imtihoni qo‘shma komissiya tomonidan onlayn suhbat formatida o‘tkaziladi. Suhbat shartlari quyidagicha: 📚 Imtihon har bir abituriyent bilan individual tarzda, rus tilida olib boriladi. Suhbat uchun ajratilgan umumiy vaqt 30 daqiqagacha. Nomzodning bilimi 100 ballik tizimda baholanadi va dasturga qabul qilinish uchun minimal 60 ball to‘plash talab etiladi. 🎓 Suhbat o‘tkaziladigan sanalar (Tomsk vaqti bilan soat 10:00 da): ☑️ 2026-yil 10-iyul; ☑️ 2026-yil 30-iyul; ☑️ 2026-yil 20-avgust.  
🧾 SHARTNOMA MIQDORI
✔️ MDH davlatlari fuqarolari uchun 2026–2027-o‘quv yilida bir yillik o‘qish narxi 257 000 rublni tashkil etadi.  
Xalqaro munosabatlar sohasida o‘z kelajagingizni biz bilan yarating!
📨 Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti dekanatiga murojaat qilishingiz mumkin. 📨 ♻️ @tarixfc_bot

Repost from Xushnudbek.uz
Alifboda nimalar o‘zgaradi? Ikkita simvol bilan yozib kelinadigan 4 harf o‘zgarmoqda. Ular bitta simvol bilan yoziladigan sha
Alifboda nimalar o‘zgaradi? Ikkita simvol bilan yozib kelinadigan 4 harf o‘zgarmoqda. Ular bitta simvol bilan yoziladigan shaklga o‘tkaziladi:
Gʻ gʻ → Ğ ğ Oʻ oʻ → Ö ö Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç ç
Shuningdek, ng harfidan voz kechilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar kuchga kirishi uchun qonun Oliy Majlis Senati tomonidan maq’ullanishi va Prezident tomonidan imzolanishi kerak. 👉 @xushnudbek 👈

Repost from Xushnudbek.uz
❗️Qonunchilik palatasida alifbo islohoti bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi Unga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga alifbo 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi belgilanmoqda. Ayrim harflarning qo‘llanilishiga ham aniqlik kiritiladi. Qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta, qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi. Shuningdek, davlat tashkilotlarining peshlavhalari, ramziy belgilari va boshqa atributlaridan ham belgilangan muddatgacha foydalaniladi. 📝 Mazkur yondashuv davlat organlari va tashkilotlarida amalda foydalanilayotgan hujjatlar va boshqa vositalarni birdaniga almashtirish xarajatlarining oldini olishga qaratilgan. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi. 👉 @xushnudbek 👈

🌟Sizda yozgi taʼtil qanday oʻtmoqda?
Anonymous voting

📢 ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI BITIRUVCHILARI DIQQATIGA! 2026-yil iyun oyida Davlat attestatsiya imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib 2025–2026-o‘quv yilida Andijon davlat universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diplomlarining elektron shakllari tayyor bo‘ldi. Bitiruvchilar diplomlarining elektron nusxalarini quyidagi mas’ul xodim va menejerlarga Telegram messenjerida murojaat qilish orqali olishlari mumkin: 🔹 Registrator ofisi bo'lim boshliqlari: • Baxtiyor Yuldashev – @Baxtiyo_R_ayimovich • Bekzod Abdullayev – @bekzod_abh 🔹 Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti: • Shoxruxbek Samatov – @Shohruxbek_samatov • Farruxbek Abdujalilov – @Phd4343 🔹 Fizika-matematika va IT fakulteti: • Baxtiyor Yuldashev – @Baxtiyo_R_ayimovich • Shoyatillo Mamasoliyev – @Reg_ofis 🔹 Kimyo va biologiya fakulteti: • Qo‘chqarov Yusufbek – @sami_yusufkh • Xudoyberdiyev Shoxnazar – @XSHM02 🔹 Filologiya fakulteti: • Soliyeva Muxayyo – @DXX_8877 • Hamidullayev Shukurillo – @Hamidullayev_057 🔹 Huquq-iqtisod fakulteti: • Maripjonov Javlonbek – @Menejer_22 🔹 Sport va madaniyat fakulteti: • Arapov Anvarjon – @anvar_adu Shuningdek, diplomlarni shakllantirish jarayonida yuzaga kelgan muammolar yoki kamchiliklar bo‘yicha ham yuqoridagi mas’ul xodimlarga murojaat qilishingiz mumkin. ❗️Diplomlarning asl nusxalarini olish tartibi va muddatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tez kunlarda e’lon qilinadi. Andijon davlat universiteti Registrator ofisining rasmiy kanaliga a'zo bo'ling! 👇👇👇👇 https://t.me/adu_registrator_ofis_rasmiy

#Kun_Tarixi Bugun, 2-iyul — O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilingan kun 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi davlat ge
#Kun_Tarixi Bugun, 2-iyul — O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilingan kun 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi sanaladi. Davlat ramzining muallifi Anvar Mamajonovdir. Musavvir 1950-yil 22-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. @tarix_matbuoti

🎉🎉🎉🎉🎉 Bugun, 1-iyul Andijon davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi mudiri tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph
🎉🎉🎉🎉🎉 Bugun, 1-iyul Andijon davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi mudiri tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xodjamberdiyev Xurshidbek Egamberdiyevichning tavallud ayyomi. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan hurmatli ustozimizni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda Andijon davlat universiteti jamoasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Ustozimizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy tinchlik va baxt-saodat, ilmiy faoliyatlarida yuksak zafarlar tilaymiz. Bizning rasmiy sahifalarimiz Veb−sayt Telegram Facebook Instagram

#qabul2026 #rasmanmagistr ⚡️⚡️⚡️Rasman 2026-2027 yilgi magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonlari boshlandi. Barcha talabgorlar o'zlarining One ID profili orqali my.edu.uz saytiga hujjatlarini yuklashlari mumkin. Bu safar raqamli markaz xodimlari platformani maqtashdi, talabgorlar uchun ancha qulayliklar ishlab chiqilgan, misol uchun talabgor diplom ma'lumotlarini hemis platformasi yoki diplom.edu.uz sayti orqali avtomatik yuklab olishi mumkin va h.k Hujjatlaringizni my.edu.uz platformasi orqali yuborasiz Batafsil ushbu video orqali tanishishingiz mumkin. Yaqinlarga ulashing @magistrlarofficial @magistratura_qabul2025

Rasman Magistraturaga qabul boshlandi. @magistrlarofficial
Rasman Magistraturaga qabul boshlandi. @magistrlarofficial

#DekanTabrigi Aziz va qadrli yoshlar! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etam
#DekanTabrigi Aziz va qadrli yoshlar! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Bugungi kunning bunyodkori, ertangi taraqqiyotning tayanchi bo‘lgan siz yoshlar Vatanimiz ravnaqi, ilm-fan, ma'naviyat va innovatsion taraqqiyot yo‘lida ulkan salohiyat egalarisiz. Sizlarning bilim olishga bo‘lgan intilishingiz, izlanuvchanligingiz, shijoatingiz hamda yuksak marralarni zabt etishga bo‘lgan ishonchingiz barchamiz uchun faxr va iftixor manbaidir. Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi har bir talabaning iqtidorini yuzaga chiqarish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, Vatanga sadoqat ruhida kamol topishi uchun doimo ko‘mak berishda davom etadi. Ishonchim komilki, sizlar o‘z salohiyatingiz bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Yangi O‘zbekistonning yorqin kelajagini barpo etishda faol ishtirok etasiz. Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Xasanov Jasurbek Mamatqodirovich Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani @tarix_matbuoti

1️⃣2️⃣3️⃣ 🎉 Bayram shukuhi uchun maxsus!!! ✔️@tarix_matbuoti

🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 ⚡️ 30-iyun — Yoshlar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Farzandlari bilimli, sog’lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug’ bo’ladi.
Andijon davlat universiteti jamoasi yurtimizdagi barcha yigit-qizlarni bayram bilan muborakbod etadi. Yoshlar kuni yangi g‘oyalar, ulug‘vor maqsadlar va mustahkam ishonch uchun poydevor bo‘lsin! Sizlar mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ekansizlar! Bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqingiz, fidokorona harakatlaringiz va yangilikka intilishingiz yurtimizning buguni va kelajagini shakllantiradi. Hech qachon izlanishdan, o‘z oldingizga maqsad qo‘yishdan va vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shish tuyg‘usidan voz kechmang! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar! #Yoshlar_oyligi ✴️@tarix_matbuoti

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 👍Aziz tarix fakulteti talaba yoshlari! 🎉Barchangizni 30-iyun Yoshlar kuni bilan chin qalbdan muborakbo
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 👍Aziz tarix fakulteti talaba yoshlari! 🎉Barchangizni 30-iyun Yoshlar kuni bilan chin qalbdan  muborakbod etib qolamiz. 🇺🇿Yoshlik - har bir inson hayotidagi eng go'zal davr, kashfiyotlar, umidlar va yutuqlar davri. Jamiyatimizning barcha jabhalarida muvaffaqiyatli qadamlar tashlayotgan yoshlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.  🇺🇿Sizlarga sihat-salomatlik, maqsadlaringizga erishishda muvaffaqiyatlar, ulkan g'alaba va muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🕊@tarix_matbuoti

1️⃣2️⃣3️⃣ 🎉 Bayram shukuhi uchun maxsus!!! ✔️@tarix_matbuoti

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 👍Aziz tarix fakulteti talaba yoshlari! 🎉Barchangizni 30-iyun Yoshlar kuni bilan chin qalbdan muborakbo
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 👍Aziz tarix fakulteti talaba yoshlari! 🎉Barchangizni 30-iyun Yoshlar kuni bilan chin qalbdan  muborakbod etib qolamiz. 🇺🇿Yoshlik - har bir inson hayotidagi eng go'zal davr, kashfiyotlar, umidlar va yutuqlar davri. Jamiyatimizning barcha jabhalarida muvaffaqiyatli qadamlar tashlayotgan yoshlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.  🇺🇿Sizlarga sihat-salomatlik, maqsadlaringizga erishishda muvaffaqiyatlar, ulkan g'alaba va muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🕊@tarix_matbuoti

Repost from Edu.uz
O‘zbekistonlik futbolchining goli turnirning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin: barchani ovoz berishda faol bo‘lishga chorlaymiz!
O‘zbekistonlik futbolchining goli turnirning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin: barchani ovoz berishda faol bo‘lishga chorlaymiz! FIFA rasmiy saytida nufuzli turnirning “Eng yaxshi goli” (Goal of the Tournament) nominatsiyasi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi. Hozirda birinchi bosqich — guruh o‘yinlarida kiritilgan 215 ta gol orasidan eng sara 12 ta eng chiroyli gol saralab olingan. Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR terma jamoasi darvozasiga yo‘llagan ajoyib “parashyut” zarbasi ham joy olgan. Muhim eslatma: Ovoz berish jarayoni juda qisqa muddat davom etadi (yakunlanishiga 1 kundan sal ko‘proq vaqt qoldi). Shu bois, barcha hamyurtlarimizni, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va futbol muxlislarini hozirning o‘zida faollik ko‘rsatib, hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz! Ovoz berish tartibi: 1-qadam: FIFA rasmiy sahifasiga o‘ting: play.fifa.com/gott 2-qadam: Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlang va “VOTE” tugmasini bosing; 3-qadam: Ovozni muvaffaqiyatli yakunlash uchun “CREATE A FIFA ID ACCOUNT” tugmasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘ting yoki mavjud akkauntingizga kiring.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Ovozli_chat 🎙 Davlat granti taqsimoti bo‘yicha ovozli chat: Savollaringizga mutasaddilar javob beradi! Andijon davlat unive
#Ovozli_chat 🎙 Davlat granti taqsimoti bo‘yicha ovozli chat: Savollaringizga mutasaddilar javob beradi! Andijon davlat universitetida talabalarni qiziqtirayotgan davlat granti o‘rinlarini taqsimlash, davlat granti asosidagi ta’lim shakliga o‘tkazish tartibi hamda ushbu jarayon bilan bog‘liq barcha savollarga batafsil javob berish maqsadida ochiq onlayn ovozli chat tashkil etiladi. 📑 Ovozli chatni Andijon davlat universiteti birinchi prorektori Talantbek Madumarov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Tursunboy Mo‘ydinov olib boradi. 📅Sana: 30-iyun ⏰Vaqti: soat 17:00 da 📍Platforma: Andijon davlat universitetining rasmiy telegram kanali @adu_uz sahifasi. 🎧 Davlat granti taqsimoti va grantga o‘tish tartibi yuzasidan savollaringiz bormi? Ovozli chatda ishtirok eting va barcha savollaringizga mutasaddilardan bevosita javob oling.
🎓 Barcha talabalarni faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Bizning rasmiy sahifalarimiz Veb−sayt Telegram Facebook Instagram