cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

ATEISTIK FALSAFA

Yorug'likni qanchalik qidirmasinlar, zehnidan ortiqrog'ini topa olishmaydi. Muloqot uchun: @ateistikfalsafa_bot

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
189
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from ELTUZ
Photo unavailableShow in Telegram
Россияда “Саҳиҳул-Бухорий” китоби экстремистик адабиётлар рўйхатига киритилди Ўзбекистондаги айрим путинқул имомлар зўр бериб ҳимоя қиладиган Россияда Адлия вазирлиги Имом Бухорийнинг саҳиҳ ҳадислар тўпламини экстремистик адабиётлар реестрига киритиб қўйди. Ислом оламида Қуръони Каримдан кейинги иккинчи мўътабар манба ҳисобланадиган “Саҳиҳул-Бухорий” асаридан ташқари рус мулозимлари Абдураҳмон Саъдийнинг “Тафсир”и ҳамда Ибн Ҳажар Асқалонийнинг “Булуғул-Маром”ини ҳам экстремистик китоблар рўйхатига қўшган. “Бу хабар ёлғон, исбот келтиринг!” дея бетўхтов айюҳаннос соладиган “фавқулодда лаёқатли” кимсалар мана бу линк билан Россия Адлия вазирлиги сайтига кириб, маълумотимиз тўғрилигига амин бўлишлари мумкин. Экстремистик китоблар рўйхатида "Саҳиҳ" 5302-рақам билан белгиланган. @eltuz2022
نمایش همه...
Umar XayyomGʻiyosiddin Adbulfath Umar Ibn Ibrohim al Xayyom (tahminan 18.05.1048 — 1123) — faylasuf, astronom, matematik, fors-tojik shoiri. U ijtimoiy hayotda dindorlarning kirdikorlarini fosh qilib, ular haqida erkin fikr yuritib, diniy qarashlarini chilparchin qildi. Xayyom Ibn Sinoning bir qator kitoblarini arabchadan fors tiliga o‘girdi va sharhlab berdi. Xayyom Ibn Sinoni ustoz deb bildi va “Koinot va uning vazifalari” kitobida uning fikrlarini davom ettirdi. Xayyom matematikani o‘rganib, uning taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shdi. U tenglamalarni tahlil qilib, ularni 25 ko‘rinishga ajratdi, uchinchi darajali tenglamalarni yechish haqida fikr yuritdi. Uchinchi darajali tenglamalarni 14 sinfga ajratib, ularni yechish usullarini, yechimlarining chegarasini, musbat yechimlar sonini aniqlash kabi masalalarni hal qildi. Xayyom ikkihad yig‘indisining kvadrati va kubi formulalariga asoslanib, butun musbat sonlardan kvadrat va kub ildiz chiqarish hind usulining isbotini, ularni har qanday butun ko‘rsatkich uchun tatbiq qilish mumkinligini, irratsional sonlarning boshqa sonlar bilan teng huquqli ekanligini, geometriyani algebra bilan bog‘lashni, algebraik masalalarni geometrik usulda yechishni va boshqa muammolarni fanga birinchi bo‘lib kiritdi. U Nyuton binomini bilardi, chunki uning asarlarida binomial koyeffitsiyentlarni hisoblashga doir misollar uchraydi. Xayyom, parallel to‘g‘ri chiziqlar nazariyasini o‘rganib, parallellik aksiomasi haqida fikr yuritdi. Uning fikrlari keyinchalik Nikolay Lobachevskiy tomonidan quvvatlandi. Xayyomning bilim doirasi keng ekanligini hisobga olib, Saljuq sultoni Malikshoh uni saroy olimi darajasigacha ko‘tardi va unga kalendar tuzishni topshirdi. Uning tuzgan kalendari (1079) amalda qo‘llanmay qolgan bo‘lsa ham, Yevropada undan besh yuz yil keyinroq qabul qilingan va hozirgi kungacha amalda qo‘llanilayotgan Grigorian kalendaridan ancha-muncha aniq bo‘lgan. @matematikadan_repetitor🌞
نمایش همه...
09:37
Video unavailableShow in Telegram
Hurmattalab alvasti.mp428.25 MB
XUDOSIDAN QOʻRQADIGAN DINDORLAR UCHUN Musulmonlardan kimdan yoki nimadan qoʻrqasan - deb soʻrasangiz, Allohdan qoʻrqaman, deyishadi. Bunday javob berish islomiylar orasida juda urf boʻldi. Kimni yoki nimani eng yaxshi koʻrasan, eng hurmat qilasan - desak, yana Allohni deyishadi. Psixoanalitik jihatdan inson qoʻrqqan narsasini seva ham olishi mumkin emas, hurmat qilgan narsasidan qoʻrqishi ham mantiqsizdir. Uning uchun butun olamni yaratgan va yaxshiliklarni taqdiriga yozgan himmatli Allohini juda sevadi-yu bir paytning oʻzida xudosidan qoʻrqadigan dindorlar oʻzligini anglamagan biologik individga oʻxshaydi xolos. Nega undan qoʻrqishing kerak, undan minnatdor boʻlsang, unga rahmatlar aytib, hurmat qilsang yetarli emasmi? Ota uyiga kirib kelganida farzand otasidan qoʻrqqani uchun oʻrnidan turadimi, yoki hurmat qilgani uchunmi? Ham qoʻrqib, ham otasini hurmat qiladiganlar boʻlsa, ular hali oʻz egosini anglamagan tiriklik xolos. Ey, dindor! Hurmat qilgan narsangdan qoʻrqishing — mantiqsizdir! Qoʻrqqan narsangni seva olishing ham — mantiqsizdir! Oʻz bandasini qoʻrqitib hurmatga sazovor boʻlishni istagan xudoning harakati ham mantiqsiz harakatdir! "Hurmattalab alvasti" multfilmini eslang. Postni tushunmaganlarga uni koʻrishni tavsiya qilamiz. Quyida multfilm yuklangan. @ateistikfalsafa
نمایش همه...
​​Mirzo Ulug'bekni o'ldirishni, Mashrabni o'ldirishdi, Ibn Sinoni shaharga kiritishmadi, Navoiyni podshohga qayrab quvg'un qilishdi, Hamzani toshbo'ron qilishdi, barcha jadidlarni hukumatga sotishdi... bularni barini imomlar, qorilar va mullalar qilishdi. Hozirgi zamonamizning ham mullalari ilm-fanga doimo qarshi va ularga qarata Ulug'bekning ushbu so'zlarini yo'llab qolaman:
نمایش همه...

​​Hamza Niyoziyni ko’pchilik revolyutsiya tarafdori deyishadi. To’g’ri, Hamza Niyoziy revolyutsiyachi bo’lgan, lekin u ko’proq gumanist edi. Oddiy odamlarni hurmat qilmaydigan boylar va ikkiyuzlamachi mullalar hokimiyat tepasida o’rnashib olgan o’sha davrda o’zining vatani odamlarga bera olmagan gumanizmni rus hukumati bera oldi, shuning uchun Hamza Niyoziy revolyutsiya bayrog’ini qo’liga olgan, deb hisoblayman. Niyoziyning fikri bilan aytganda: amaldorlar va boylar - davlat emas, davlat - bu oddiy xalq, xalq erkin bo’lsa, davlat erkindir! @ateistikfalsafa
نمایش همه...

"OLOVLI YO'LLAR" filmda quyidagi voqeiyliklarni ko'rishingiz mumkin: 1-qismda: Hamzaning singlisi Achaxon betob bo'lib qoladi. Hamza rus doktorini uyiga olib keladi. O'sha davrda bu gunoh deb hisoblangan. Bunga mahalladoshlari kuch ishlatib qarshilik qilishadi. Hamzaga do'stlari yordam beradi. Rus doktori Achaxonni davolaydi. Qo'qon bosh shayxi Hazrat - Hamzaning oilasi bilan hech kim gaplashmasligi haqida fatvo beradi. (00:52:08) 2-qismda: Madrasada Hamzaning g'arb kitoblarini topib olishadi, olomon shayx Ismoil-Xo'janing buyrug’i bilan Hamzani do'pposlab, kitoblarini yoqib yuborishadi, Hamzani madrasadan haydashadi. (00:06:48) 4-qismda: Qo'qon bosh Shayxi Hazrat betob bo'lib qoladi. Rus doktorini uyiga kirgizgani uchun Hamzaning oilasini jamiyatdan chetlatishga fatvo bergan bu Shayx endi o'zi yashirin ravishda rus doktorini chaqirtiradi. Xizmatkori Matqovuldan rus doktorini olib keltiradi. Doktor uni davolaydi. Shayx buni hech kim bilmasligi kerakligini doktordan iltimos qiladi, Matqovulga esa katta miqdorda pul beradi. (00:02:35) 5-qismda: Shayx Ismoil-Xo'ja mukkasidan ketgan sharobxo'r bo'lganligi sahnasini ko'rasiz. Film davomida ham uning din niqobi bilan amalga oshiruvchi ko'plab ikkiyuzlamachiliklarining guvohi bo'lasiz. (00:39:25) 6-qismda: Matqovulning yagona o'g'li kasallanib qoladi. Xojasi Shayx Hazratdan o'g'lini rus doktoriga ko'rsatishga ruxsat so'raydi. Shayx ruxsat bermaydi. O'g'li o'ladi. Alamzada Matqovul Hamzaga Shayxning sirini aytib beradi. Shayxni rus doktori operatsiya qilgani, qornida chandiq va chok izi borligini aytib beradi. (00:28:45) Hamza xalq oldida Shayxning bu sirini hammaga aytadi, chandig'ini hammaga ko'rsatishini so'raydi, qo'rqib ketgan Shayx makkorlikka o'tib, uni yolg'onchiga chiqaradi. Ko'rmurid xalq Hamzaning gapini tinglamaydi. (01:04:50) 8-qismda: Hamza maktabida musiqa chalish, raqs va teatr san'atini o'rgatayotgan paytida, o'quvchilarining otalari kelib, bu maktab turi gunoh ekanligini aytishadi. Hamzani do'pposlab, bog'lab ketishadi. Hamza yana yashirin maktablar ochishda davom etadi. (00:13:35) 17-qismda: O'sha davrlarda barcha ayollar paranji kiyishga majbur edi. Hamza va do'stlari 8-mart kunida ayollarni yig'ib, “Paranji tashlash” namoyishini tashkil etishadi. Hamza ayollar erki uchun kurashadi. Ko’plab ayollar paranji tashlagan kadrlarni ko'rishingiz mumkin. (00:36:30) Hamza Niyoziyni toshbo'ron qilinishi sahnasi: (00:59:00) @ateistikfalsafa
نمایش همه...
Огненные дороги 1 серия

Киноэпопея о жизни и борьбе узбекского поэта, просветителя и революционера Хамзы Хаким-заде. Хаким-заде Ниязи - узбекский поэт, философ, драматург и общественный деятель. СССР, Узбекфильм. 1977-1984гг.

​​FILM TAVSIYA 📽 OLOVLI YO’LLAR _(Огненные дороги) – 1977-1984 yillarda suratga olingan kinoroman. Serialda o'zbek shoiri, dramaturg, bastakor va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) hayoti haqida hikoya qilinadi. Film real voqealarga asoslangan bo’lib, jami 17 qismdan iborat serial. Hamza Niyoziy hamisha dindor qatlamga qarshi kurashgan. Madrasada tahsil olgan bo'lsa ham, yashirin ravishda rus va g'arb kitoblarini o'qib kelgan. Insoniylikni va xalq erkini to'sayotgan islom va eski o'zbek qadriyatlarini qoralagan. Mullalarning bir necha o'nlab qarshiliklariga qaramasdan, dunyoviy maktablarni ochadi, kitoblar yozadi, bolalarga va katta yoshli kishilarga islomiy ta'limda emas, yangi jadidchilikka asoslangan metodda ilm o'rgatadi. Doimiy ravishda mullalarni tanqid qilib kelgan Hamza hayoti oson kechmagan albatta va bu jarayonlar serialda yaxshi yoritilgan. Shuningdek, filmda Hamza hayotidagi siyosiy kurash jarayonlarini, o'sha davrdagi o'zbek boylari hamda rus siyosatini, bolsheviklar, qizil bayroqlilar va respublikachilar harakatini ham ko'rasiz. Hamza Niyoziy 40 yoshida mullalar va islomiylar tomonidan toshbo'ron qilib o'ldiriladi. 👉 [Ko'rish uchun havola](https://www.youtube.com/watch?v=wW6DWRRueY&list=PLcmN6yAcZ1nx2RhlHrpEXsxUQca7TEC07) 👈 @ateistikfalsafa
نمایش همه...

​​Kamasutra yaralmasidan oldin faqat bitta poza bo'lmagani kabi Qu'ron yaralmasidan ham oldin insoniyatda ezgu tuygʻular mavjud bo'lgan! @ateistikfalsafa
نمایش همه...

یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.