cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

QURILISH MUHANDISLIGI FAKULTETI

TDTrU Qurilish muhandisligi fakulteti rasmiy telegram sahifasi. Murojaatlar uchun: @AskarBabayev // @Samandarovxushnud // @DilshodTDTU @fazliddin_rozmetov @feruza_academy/ murojaatlar, savol va takliflar uchun @QURILISHTDTU_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 782
مشترکین
-224 ساعت
-27 روز
-1930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from TDTrU_online
#voleybol Voleybol bo'yicha Toshkent shahar hokimi kubogi finali Kecha Jar sport majmuasida o’tkazilgan Toshkent Shahar hokibi kubogi finalida voleybolchi qizlarimiz Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi bilan bellashdilar. Ko’pgina talabalarimiz jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun bordilar. Muxlislar shiddatli o‘yinga guvoh bo‘ldilar. Afsus, qizlarimizga biroz omad yetishmadi: 25-27, 24-26. Lekin bir jihatni alohida ta’kidlash kerak, qizlar voleybol jamoamiz bi yil ancha o‘sishga erishdi hamda sport sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘ladigan tengdoshlariga haqiqiy jangni ko‘rsatdilar. O‘ylaymizki, keyingi musobaqalarda ushbu jamoa go‘liblikni qo‘lga kiritadi. Barakalla qizlar!!! Kecha qo’llab-quvvatlaganlarga ham alohida tashakkur!
نمایش همه...
Repost from TDTrU_online
Photo unavailableShow in Telegram
Voleybol bo'yicha universitet jamoasi murabbiyi G'ulom akani aytishicha, kechagi finaldan keyin 3 nafar qizlarimizni oliy liga jamoasiga taklif etishibdi. Buni ham yaxshi natija. Aytgancha, bugun shu insonni tavallud kunlari bilan tabriklaymiz. G'ulom aka, Sizdan albatta chempionlik kutamiz!
نمایش همه...
🎉 10👍 2
“ТОШКЕНТ МИНТАҚАВИЙ ТЕМИР ЙЎЛ УЗЕЛИ” ФИЛИАЛИДА БАҲОРГИ КЎРИК ДАВОМ ЭТМОҚДА! Мақсад ҳаракат хавфсизлигини таъминлашга тўсиқ бўладиган камчилик ва муаммоларни аниқлаш ҳамда уларни баратараф қилиш бўйича чора тадбирлар ишлаб чиқиш. “TOSHKENT MINTАQАVIY TEMIR YO‘L UZELI” FILIАLIDА BАHORGI KO‘RIK DАVOM ETMOQDА! Maqsad harakat xavfsizligini taʼminlashga to‘siq bo‘ladigan kamchilik va muammolarni aniqlash hamda ularni barataraf qilish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish. 👉👉👉👉БАТАФСИЛ ЎҚИШ Расмий саҳифаларимиз 👇 👇 🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram
نمایش همه...
#Онлайн Президент топшириғи амалда: «Наманган - Чодак - Наманган» шаҳарлараро поезди йўлга қўйилмоқда! Наманганда 63-халқаро “Гуллар фестивали” бошланиши арафасида яна бир қувончли хабар тарқалди. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 25-26 март кунлари Наманган вилоятига ташрифи давомида берилган топшириқлар ижросини таъминлаш ва йўловчиларга қулайлик яратиш мақсадида 6351/6352-сонли «Наманган - Чодак - Наманган» шаҳарлараро поезди ҳаракати йўлга қўйилди. Шу муносабат билан бугун Наманган темир йўл вокзалида тантанали маросим бўлиб ўтди. Вилоят фаоллари, нуронийлар, ёшлар ва кенг жамоатчилик вакиллари иштирок этган тадбир карнай-сурнай садолари остида чинакам байрамона тус олди. Сўзга чиққанлар кейинги йилларда ҳурматли Президентимиз бошчиликларида амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар аҳоли турмуш фаровонлигини янада яхшилаш, одамларнинг бугунидан рози бўлиб яшашига хизмат қилаётганини таъкидлаб, йўл инфратузилмаси, йўловчиларга хизмат кўрсатиш сифатини ошириш борасидаги амалий ишларга тўхталдилар. Шундан сўнг «Наманган - Чодак - Наманган» шаҳарлараро поезди ҳаракати бошланди.  
Маълумот учун: поезд 2024 йил 16 майдан бошлаб ҳар куни аниқ жадвал асосида ҳаракатланади. Хусусан; 6351 - "Наманган-Чодак" йўналишидаги рейс соат 08:10 Наманган шаҳридаги марказий темир йўл вокзалидан йўлга чиқиб, соат 11:16 да Чодак темир йўл вокзалига етиб боради.  6352 - "Чодак-Наманган” йўналишидаги рейс соат 19:20 да Чодак темир йўл вокзалидан йўлга чиқиб, соат 22:31 да Наманган шаҳрига етиб келади.
Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube
نمایش همه...
Harakat xavfsizligi kuni Bugun harakat xavfsizligi kunida Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali rahbari boshchiligida va tegishli xodimlar ishtirokida hududlarda poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha joylarda o'rganishlar olib borildi, shu jumladan “Buxoro — Urganch — Xiva” va “Miskin — Nukus” temir yoʻl liniyalarini elektrlashtirish loyihasi borasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va qurilish ishlariga jalb qilingan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat, ovqatlanish va yotoq sharoitlari ko'zdan kechirildi hamda Tinchlik lokomotiv deposida lokomotivlarni unumdorligini yaxshilash, ta'mirlash jarayonlarini sifatli amalga oshirish va lokomotivlarni o'z vaqtida foydalanishga chiqarish bo'yicha o'rganishlar olib borildi. Hududlar kesimida olib borilgan o'rganishlarda aniqlangan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf qilish bo'yicha kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi. Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
نمایش همه...
👉 2023-2024-o'quv yili uchun yaratilgan shartnomalar to'lovi holati. Kontrakt.edu.uz bo'yicha holat (13.05.2024). Kurslar kesimi bo'yicha kontrakt to'lamagan va kontrakt.edu.uz sayti orqali shartnoma yuklab olmagan talabalar ham keltirilgan. ✅Kontrakt to'lovini eng kamida 75% miqdorini to'lagan bo'lishingiz kerak. Eslatma ‼️ To'lovini tegishli miqdorda amalga oshirmagan talabalar YN ga kiritilmasligi mumkunligini eslatib o'tamiz. E'tirozlar va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, dekanatga (308-xonaga) murojaat qilishingiz mumkin.
نمایش همه...
01:44
Video unavailableShow in Telegram
🌷Xayrli tong, bahoriy Toshkent! — 🌷Доброе утро, весенний Ташкент! YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Main_line ⚡️ "Main line cinema" davom etadi 📜 17.05.2024 kuni 17:00 da 260-xona (kinoteatr zali)da "Umid” o'zbek film namoyish etiladi. Telegram|Instagram Facebook|Youtube
نمایش همه...
2024 yilning 17-mayda Toshkent davlat transport universitetining “O‘quv-poligoni”da Toshkent temir yo‘l texnikumining 5YX-5 guruhi talabalariga “Relslarni defektoskop nazorati” fanidan “Metropoliten infratuzilmasi tuzilishi. Metropoliten rels va kontakt relslarni defektlari vizual nazorati” mavzusida “Temir yo‘l muhandisligi” kafedrasining dotsenti X.K. Umarov mahorat darsi o‘tkazishdi.
نمایش همه...
👍 4👏 1
آرشیو پست ها