fa
Feedback
Andijon IIB | Rasmiy kanal

Andijon IIB | Rasmiy kanal

رفتن به کانال در Telegram

Andijon viloyati IIBning yangiliklari

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Andijon IIB | Rasmiy kanal

کانال Andijon IIB | Rasmiy kanal (@andviliib) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 11 746 مشترک است و جایگاه 16 744 را در دسته اخبار و رسانه‌ها و رتبه 6 896 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 11 746 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 22 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -150 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -21 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 22.11% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 16.17% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 2 602 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 1 903 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 0 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Andijon viloyati IIBning yangiliklari

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 23 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اخبار و رسانه‌ها تبدیل کرده‌اند.

11 746
مشترکین
-2124 ساعت
-487 روز
-15030 روز
آرشیو پست ها
🌟🌟🌟 #NO_COMMENT Ayni damda Andijon shahridagi "NAVRUZ MALL" ko‘ngilochar savdo markazi hududida tashkil etilgan katta monitorda Jahon chempionati “K” guruhidan o‘rin olgan 2-tur O‘zbekiston — Portugaliya o‘yini muhlislar uchun namoyish etilish arafasida  O‘yin jarayonlarini tinch va osoyishta o‘tkazilishini ta'minlash maqsadida Andijon viloyati IIB hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan xizmat tashkil etilmoqda. O‘zbekiston uchun birlashamiz! Olg‘a, O‘zbekiston! 🏆 🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchilarimizga omad tiladi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i talablariga muvofiq, Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibidan 2026-yilning 2-choragi yakuni bo‘yicha jismoniy va jangovar tayyorgarlik sinov imtihonlari qabul qilinmoqda ——— Ички ишлар вазирлигининг тегишли буйруғи талабларига мувофиқ, Андижон вилояти ИИБ аппарати шахсий таркибидан 2026 йилнинг 2-чораги якуни бўйича жисмоний ва жанговар тайёргарлик синов имтиҳонлари қабул қилинмоқда 🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube

#o‘quv_mashg‘uloti Andijonda qonuniylik va amaliy tayyorgarlikni mustahkamlashga qaratilgan sayyor o‘quv mashg‘ulotlari boshl
+9
#o‘quv_mashg‘uloti Andijonda qonuniylik va amaliy tayyorgarlikni mustahkamlashga qaratilgan sayyor o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 19-iyundagi 193-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari uchun sayyor o‘quv yig‘inlari tashkil etildi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari Respublika ishchi guruhining mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilib, unda joriy yilning 11-iyunida qabul qilingan O‘RQ–1151-son Qonunning mazmun-mohiyati, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar hamda o‘qotar qurolni qo‘llashning huquqiy asoslari va amaliy tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, o‘quv yig‘inlari davomida xodimlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, xizmat faoliyatida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda kuch ishlatish vositalarini qonuniy va asosli qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Farmoyish asosida tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, mazkur mashg‘ulotlar hududlarda bosqichma-bosqich tashkil etilib, malakali mutaxassislar tomonidan nazariy va amaliy darslar olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, qonuniylikni mustahkamlash, amaliy tayyorgarlik darajasini oshirish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. 🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube

Xodimlar oilalari farovonligi – doimiy e’tibor markazida Andijon viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’mi
+4
Xodimlar oilalari farovonligi – doimiy e’tibor markazida Andijon viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari oilalarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi tadbir Marhamat tumani IIBda o‘tkazilib, xizmat qilayotgan xodimlarning ishsiz oila a’zolari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda mehnat bozoridagi imkoniyatlar, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va davlat tomonidan yaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida 6 nafar ayolning murojaatlari o‘rganilib, ularni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik tamoyillarini targ‘ib qilish ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan xodimning turmush o‘rtog‘i munosib rag‘batlantirildi. Bu kabi uchrashuvlar xodimlar oilalarining turmush farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarni manzilli hal etish hamda mustahkam va ahil oilalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. 🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube

Namangan viloyatidagi ustuvor vazifalar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. — Состоялось совещание по обсуждению приоритетных задач в Наманганской области. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz Namangan viloyatida IT-park qurilishini boshlab berdi va yangi loyihalarga start berdi. — Президент нашей страны дал старт строительству IT-парка и новым проектам в Наманганской области. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

+1
#stopnarko
🛡Giyohvandlikka qarshi kurashda barcha birlashmoqda!
Narkotiklarga qarshi kurashga befarq bo‘lmagan sport va madaniyat namoyondalari chellenjni davom ettirmoqda.
Tashabbusni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha mashhurlarga minnatdorchilik bildiramiz! ———— 🛡Все объединяются в борьбе с наркоманией!
Знаменитости, неравнодушные к борьбе с наркотиками, продолжают челлендж.
Благодарим всех представители спорта и культуры, поддерживающих эту инициативу! Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring 🖥 Web-sayt | 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

To‘liq zanjirli parrandachilik majmuasi faoliyati davlatimiz rahbariga namoyish etildi. — Главе нашего государства представлена работа птицеводческого комплекса полного цикла. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#chellenj Отабек Мирзахолов — актёр Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz, giyohvandlikka qarshimiz! ——— Otabek Mirzaxolov — aktyor Биз соғлом турмуш тарафдоримиз, гиёҳвандликка қаршимиз! 🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube

Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namangan qo‘ychilik klasteri” faoliyati bilan tanishdi. — Президент Ша
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namangan qo‘ychilik klasteri” faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью «Наманганского овцеводческого кластера» в Туракурганском районе. #Mirziyoyev #safar #Namangan #chorvachilik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

ANDIJON SHAHRIDA “CHILONZOR TAJRIBASI” ASOSIDA TIZIMLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA Andijon shahar hokimligi binosida “Chilonzor ta
+2
ANDIJON SHAHRIDA “CHILONZOR TAJRIBASI” ASOSIDA TIZIMLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA Andijon shahar hokimligi binosida “Chilonzor tajribasi” asosida hududlarda jinoyatchilikning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarni manzilli hal etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda har bir mahalladagi kriminogen holat, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilindi. Tadbir davomida “Mahallabay tahlil va yo‘l xaritasi” asosida ishlarni tashkil etish, jinoyatchilikning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlarini chuqur o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, ishsiz fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda probatsiya hisobida turgan shaxslarning bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va daromad manbaini yaratish orqali qayta huquqbuzarlik sodir etish xavfini kamaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish, har bir mahalla kesimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini muntazam tahlil qilib borish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube

Prezidentimiz Namangan aeroportining yangi terminali qurilishini ko‘zdan kechirdi. — Президент нашей страны ознакомился со строительством нового терминала аэропорта Намангана. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi. — Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Наманганскую область. #Mir
+2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi. — Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Наманганскую область. #Mirziyoyev #safar #Namangan Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from IIV | Rasmiy kanal
🇺🇿Milliy terma jamoamiz maydonga ishonch bilan chiqing! Biz siz bilan birgamiz! Ichki ishlar vazirligi milliy terma jamoamizga Portugaliya terma jamoasi bilan boʻlib oʻtadigan oʻyin oldidan zafar tilaydi! Olgʻa Oʻzbekiston! ——— 🇺🇿Миллий терма жамоамиз майдонга ишонч билан чиқинг! Биз сиз билан биргамиз! Ички ишлар вазирлиги миллий терма жамоамизга Португалия терма жамоаси билан бўлиб ўтадиган ўйин олдидан зафар тилайди! Олға Ўзбекистон! Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari joylarda olib borilayotgan bunyod
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar va joriy qilingan ilg‘or yechimlar bilan tanishadi. Shuningdek, Xalqaro maqom festivalining ochilish marosimida ishtirok etish rejalashtirilgan. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Наманганскую область. Глава нашего государства ознакомится с проводимой на местах созидательной работой, проектами и внедренными передовыми решениями в разных сферах. Планируется также участие в церемонии открытия Международного фестиваля искусства макома. Facebook|Instagram|X

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Tergov bilan bogʻliq masalalar bo‘yicha qabul o‘tkaziladi Joriy yilning 23-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab An
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Tergov bilan bogʻliq masalalar bo‘yicha qabul o‘tkaziladi Joriy yilning 23-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab Andijon viloyati IIB binosida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Damir Sultonov tomonidan tergovga oid masalalar boʻyicha shaxsiy qabul o‘tkaziladi. 📍Manzil: Andijon shahar A.Navoiy shox ko‘chasi 26-uy ————— Тергов билан боғлиқ масалалар бўйича қабул ўтказилади Жорий йилнинг 23 июнь куни соат 10:00 дан бошлаб Андижон вилояти ИИБ биносида Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари, подполковник Дамир Султонов томонидан терговга оид масалалар бўйича шахсий қабул ўтказилади. 📍Манзил: Андижон шаҳар А.Навоий шох кўчаси 26-уй 🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube

#chellenj# Hasanboy Do‘smatov — boks bo‘yicha 2 karra olimpiada chempioni Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz, giyohvandlikka qarshimiz! ——— Ҳасанбой Дўсматов — бокс бўйича 2 карра олимпиада чемпиони Биз соғлом турмуш тарафдоримиз, гиёҳвандликка қаршимиз! 🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube

#chellenj Shohruhxon — xonanda Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz, giyohvandlikka qarshimiz! ——— Шоҳруҳхон — хонанда Биз соғлом турмуш тарафдоримиз, гиёҳвандликка қаршимиз! 🌐Website | 🗳Facebook | Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube