Andijon IIB | Rasmiy kanal
前往频道在 Telegram
📈 Telegram 频道 Andijon IIB | Rasmiy kanal 的分析概览
频道 Andijon IIB | Rasmiy kanal (@andviliib) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 12 452 名订阅者,在 新闻与媒体 类别中位列第 15 840,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 6 274 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 12 452 名订阅者。
根据 30 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 177,过去 24 小时变化为 -9,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 19.63%。内容发布后 24 小时内通常能获得 15.31% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 2 446 次浏览,首日通常累积 1 907 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Andijon viloyati IIBning yangiliklari”
凭借高频更新(最新数据采集于 01 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 新闻与媒体 类别中的关键影响点。
12 452
订阅者
-924 小时
+647 天
+17730 天
帖子存档
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В стране, где высоко чтут учителя, всегда сильны стремление к знаниям, уважение к закону, отношение к труду и преданность Родине. Ибо ценить учителя – значит ценить будущее целого народа».Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+9
Andijonda “Yilning eng faol faxriy xodimi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
Batafsil o'qing👈
————————
Андижонда “Йилнинг энг фаол фахрий ходими” кўрик-танловининг вилоят босқичи ўтказилди
Батафсил ўқинг 👈
🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
#bayram_tabrigi!
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi barcha ustoz va murabbiylarni "1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
———
Андижон вилояти ички ишлар бошқармаси барча устоз ва мураббийларни "1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни" байрами билан самимий муборакбод этади!
🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi barcha ustoz va murabbiylarni "1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
———
Андижон вилояти ички ишлар бошқармаси барча устоз ва мураббийларни "1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни" байрами билан самимий муборакбод этади!
🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Andijon viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov rahbarligida viloyat IIB apparati shaxsiy tarkibi hamda shahar-tuman ichki ishlar organlari xodimlari uchun o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi
—————————
Андижон вилояти ИИБ бошлиғи, полковник Абдумажид Шермухамедов раҳбарлигида вилоят ИИБ аппарати шахсий таркиби ҳамда шаҳар-туман ички ишлар органлари ходимлари учун ўтказилган тезкор йиғилишда бир қатор долзарб масалалар муҳокама қилинди
🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Asaka tumanida tungi reyd tadbirlari boshlandi
Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish hamda harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Reyd tadbirlari davomida asosiy eʼtibor qoʻpol turdagi qoidabuzarlikni aniqlashga qaratilmoqda.
Barcha haydovchilardan belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishlarini so‘raymiz.
🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
+8
IIV rahbariyati tomonidan Andijon tumani ichki ishlar organlari bo‘linmalarining xizmat faoliyati, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tumanda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarni barvaqt aniqlash hamda ularga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tumandagi kriminogen vaziyat, jinoyatlarning sodir etilish joyi va vaqti tahlil qilinib, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning oldini olish, jinoyat sodir etishga moyil hamda profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlarni tashkil etish holati ko‘rib chiqildi.
Ayniqsa, “qizil” toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni sog‘lomlashtirish, jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan muammo va omillarni mahalla kesimida aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, muammoli oilalar, nazoratsiz va tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlar, ilgari sudlangan hamda jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan individual va manzilli profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, hududda barqaror va xavfsiz muhitni ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olishda profilaktik ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
+9
Kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Andijon shahrida Andijon viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati tomonidan kiberjinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning internet va mobil qurilmalardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar shahar hududidagi banklarda tashkil etilib, bank xodimlari hamda fuqarolarga zamonaviy kiberxavflar, internet firibgarligining turli ko‘rinishlari va ulardan himoyalanish usullari haqida tushuntirishlar berildi.
Targ‘ibot jarayonida fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlar, bank kartalari rekvizitlari va SMS-kodlarni begonalarga bermaslik, shubhali havolalarga kirmaslik, notanish shaxslarning qo‘ng‘iroqlari orqali berilgan ko‘rsatmalarga ishonmaslik hamda mobil qurilmalar xavfsizligiga e’tiborli bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilarga "APK Qo‘riqchi" ilovasini o‘rnatish va undan to‘g‘ri foydalanish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilib, mazkur ilovaning mobil qurilmalarni turli kiberxavflardan himoya qilishdagi imkoniyatlari tushuntirildi.
Profilaktik targ‘ibot tadbirlaridan asosiy maqsad — aholi va bank xodimlarining kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, internet firibgarligi qurboniga aylanishning oldini olish hamda raqamli muhitda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirishdan iborat.
🌐Website |🗳Facebook |✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Andijonda raqamlashtirish va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar: Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda viloyat IIB hamkorligida keng qamrovli targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda
—————
Андижонда рақамлаштириш ва кибержиноятларга қарши курашиш бўйича қўшма чора-тадбирлар: Ички ишлар вазирлиги Академияси ҳамда вилоят ИИБ ҳамкорлигида кенг қамровли тарғибот ишлари давом эттирилмоқда
🌐Website |🗳Facebook |✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
+9
Kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda
Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning internet va mobil qurilmalardan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar tuman hududidagi banklar, supermarketlar, xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalari hamda aholi gavjum bo‘lgan boshqa joylarda tashkil etilib, fuqarolarga zamonaviy kiberxavflar va internet firibgarligining turli ko‘rinishlari haqida tushuntirishlar berilmoqda.
Xususan, fuqarolarga “APK Qo‘riqchi” ilovasini o‘rnatish va undan to‘g‘ri foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Mazkur ilovaning mobil qurilmalarni turli kiberxavflardan himoya qilishdagi imkoniyatlari tushuntirilib, undan foydalanish orqali internetdan xavfsiz foydalanish madaniyatini yanada oshirish mumkinligi qayd etilmoqda.
Profilaktik targ‘ibot tadbirlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iboratdir.
🌐Website |🗳Facebook |✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
#KIBER_TARG‘IBOT
Izboskan tumani IIB tashabbusi bilan aholi gavjum joylarda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bannerlari tashkil etilib, fuqarolarni "APK Qo‘riqchi" mobil ilovasiga ulash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
—————
Избоскан тумани ИИБ ташаббуси билан аҳоли гавжум жойларда кибержиноятчиликка қарши курашиш баннерлари ташкил этилиб, фуқароларни “АПК Қўриқчи” мобил иловасига улаш бўйича тарғибот ишлари олиб борилмоқда
🌐Website |🗳Facebook |✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari "Yangi O‘zbekiston" universitetida ko‘rgazma bilan tanishdi, o‘qituvchi va talabalar bilan muloqot qildi.
—
Глава нашего государства ознакомился с выставкой, побеседовал с преподавателями и студентами в Университете «Новый Узбекистан».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
KIBERJINOYATLARDAN OGOH BO‘LING!
Andijon viloyatida YPX va PPX xodimlari tomonidan haydovchilar o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish, internet va mobil qurilmalardan foydalanishda ehtiyotkorlikni oshirish maqsadida profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolarga shubhali havolalarga kirmaslik, begona shaxslarga bank karta ma’lumotlari, SMS-kod va shaxsiy ma’lumotlarni bermaslik, shuningdek, internet firibgarliklaridan ogoh bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, fuqarolarga “APK qo‘riqchi” ilovasini o‘rnatish, undan foydalanish tartibi hamda uning kiberxavflardan himoyalanishdagi afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
#KIBER_TARG‘IBOT
Andijon viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan aholi gavjum joylarda fuqarolarning kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
©"Andijon MTRK" telekanalining "Andijon axboroti" informatsion dasturi
🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
+3
KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISHDA OGOHLIK — MUHIM OMIL
Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi xodimlari tomonidan keng jamoatchilik o‘rtasida kiberjinoyatchilik va firibgarlik jinoyatlarining oldini olishga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot-profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvlar davomida fuqarolarga internet orqali sodir etilayotgan jinoyatlarning turlari, jinoyatchilar qo‘llayotgan aldov usullari va ulardan himoyalanish choralari tushuntirilmoqda.
Xususan, bank kartasi ma’lumotlari, SMS-kodlar va shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga oshkor etmaslik, shubhali havolalarni ochmaslik, notanish shaxslarning pul o‘tkazish haqidagi so‘rovlarini tekshirmasdan bajarmaslik zarurligi alohida ta’kidlanmoqda.
Zero, kiberjinoyatchilikning oldini olishda aholining huquqiy savodxonligi va kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilishi muhim o‘rin tutadi. Har bir fuqaroning hushyorligi nafaqat o‘z mablag‘larini, balki yaqinlarini ham turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilishga xizmat qiladi.
🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
+3
Kiberxavfsizlik — dolzarb masala: aholi o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda
Andijon viloyati IIB Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan kiberjinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, fuqarolarning kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlar hamda bank karta rekvizitlarini begona shaxslarga bermaslik, shuningdek, turli xil firibgarlik va kiberjinoyatlarning qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.
Shuningdek, fuqarolarni kiberjinoyatlarning keng tarqalgan usullari haqida xabardor qilish va ularning ogohligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu kabi targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.
🌐Website | 🗳Facebook | ✅Telegram | 📷Instagram | 📹Youtube
