fa
Feedback
Muhammad Uralov

Muhammad Uralov

رفتن به کانال در Telegram

- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv

نمایش بیشتر
684
مشترکین
+124 ساعت
-17 روز
+1930 روز
آرشیو پست ها
Taqiqlanganlarni o’qing! Menga siyosatni, hokimiyatdagilar, rahbarlar bizni qanday boshqarayotganini, nimalar bilan aldamoqchi bo’layotganini o’rgatgan kitoblar bor. Hozir “manipulativ diktatorlar” kitobini o’qiyotgan edim. Va bir narsani bilib qoldim, bu ba’zi mamlakatlarda taqiqlangan kitob ekan. Keyin menga insonlar boshqaruvi va hokimiyat haqida eng ko’p tushunchalarni bergan kitoblarni internetdan qarab chiqdim, men o’qiganlarni hammasi ko’plab davlatlarda taqiqlangan. O’qish mumkin emas! Nega? To’g’ri topdingiz, siz o’qisangiz hokimiyatdagilarning hiyla nayranglarini sezib qolasiz, sizni boshqarish va ishontirish qiyin bo’ladi. Sizga barcha haqiqatlar ayon bo’la boshlaydi. Georg orwell “1984”, “molxona”, Robert Green “hokimiyatning 48 qonuni”, Sergey Guriyev va Deniel Treysman “manipulyativ diktatorlar” kitoblari sizni ko’zingizni moshdek ochib qo’yadigan taqiqlangan kitoblar! Hozircha O’zbekistonda taqiq yo’q! Disclaimer: bu kitobdagi bilimlar hayotingizni qiyinlashtirishi mumkin! @MuhammadUralov

His qilishiga imkon bering SSSR rahbari Xrushyov Stalinning qilgan yomon ishlarini fosh qilib nutq so’zlayotganda zaldan ovoz keldi. “Siz ham Stalin bilan ishlagansiz, nega uni o’sha vaqti to’xtatmagansiz?” deb baqirishdi zaldagilar. Xrushyov kim gapirganini sezmay qoldi. “Kim bunday dedi?” deb baqirdi, jahl bilan. Hech kim qo’lini ko’tarmadi. Zalda qo’rquv hukmronga aylandi. Hamma toshdek qotdi. Diqqat bilan kutib turgan Xrushyov, axiyri, muloyimlik bilan: “mana endi nega men uni to’xtatmaganimni tushundingiz” dedi. Stalindan u bilan birga ishlagan hamma qo’rqishi va eng kichik bo’ysunmaslik ham o’limga olib kelishini tushuntirish o’rniga Xrushyov auditoriyaga Stalin bilan munosabat nimaga o’xshashini his qilish imkonini berdi. U odamlarga hech narsani tushuntirmadi, balki hukmdorga qarshi so’z aytish qanchalik aqldan ozdiruvchi qo’rquv olib kelishini o’z tanalarida his qilishiga imkon berdi. Boshqa hech bir izohga hojat qolmadi. @MuhammadUralov

Va’dabozlarni qanday ajratib olaman? O’zim ishlatadigan strategiya bor. Insonlar suhbatda va’dalarni juda tez, osonlikcha bersa va tez tez erkakcha gapim, Alloh guvoh so’zlarini ishlatsa bunday odamlardan uzoqlasha boshlayman. Va’da muqaddas! Uni mas’uliyati katta! Uni anglaganlar o’ylab ko’rishadi, vaqt so’rashadi, ehtiyot bo’lishadi, chunki o’rtada va’da beruvchining obro’si bor. Ich-ichidan baribir va’damni bajarmayman deydiglar esa bu narsalarni o’ylamaydi, o’ylamagani uchun hozirgi qiyin vaziyatda chiqishni o’ylab tez va’da beradi va qochadi. Ikkinchi turdagi odamlar har ikki gapini birida Alloh guvoh, erkakcha gapim, non turibdi, dasturxon atrofida o’tiribmiz kabi gaplar bilan o’z va’dalarini ishonchliroq ko’rinishga olib kelmoqchi bo’lishadi. Doimiy va’da berib uni bajarayotganlar uchun bundan qo’shimchalar shart emas. Ular aytishadi va bajarishadi. Kimnidir yoki nimanidir o’rtaga qo’yayotganlar esa o’zlarini yolg’onchiligini ich-ichidan his qiladi, men his qilyapmanmi sherigim ham sezyapti deb hisoblaydi. Va o’zini va sherigini ishontirish uchun o’rtaga har narsani qo’shadi!
You have to speak very laudly, because your character doesn’t speak for itself
@MuhammadUralov

Ilm olishga imkoniyat Do’stlar! Men va do’stim Moxir birgalikda “Zamonaviy Pedagog” nomli online kurs tashkil qilmoqdamiz. Shu vaqtgacha to’plangan ilm va tajribalarni aynan shu kursga yig’dik. Shaxsan o’zim bu kursga 7 oydan buyon tayyorgarlik ko’raman. Va nihiyat u chiqdi. Ta’lim sohasida bo’lsangiz albatta o’qing, o’rganasiz, o’zgarasiz! Kurs haqida to’liq malumot bu yerda: https://t.me/+QSGS5PBYEGk3Njky Darslar iyuldan boshlanadi, faqat 20 ta ustoz olamiz! @MuhammadUralov

Ustoz tayyor bo’lganingizda keladi $1500 lik kursga bordik, mavzular o’ta dolzarb, juda nozik ilmlar berilardi. Shu darsga kelib ham uxlab o’tiradiganlar, darsga umuman kelmaydiganlar topilardi. Muammo ustozda emas, shogirdlar bu ilmga tayyor emasdi, hali hayotida bu ilmlar yecha oladigan og’riqlarga yetib kelmagandi. Ustozim bir kitob maslahat berdi, o’qib umuman foyda olmadim. Men eng ko’p foyda olgan kitoblarimdan birini o’quvchilarim umuman tushunishmadi. Bu yerda bitta umumiylik bor: shogirdlar ustozlar bermoqchi bo’lgan ilm darajasidagi muammoga hali yetib kelmagan. Ehtiyoj bo’lmagani uchun, ilm ham tushunarsiz. Gap o’qiyotgan kitob yoki bo’layotgan voqealarda emas, asosiy masala bizning miyamizda, tahliliy ko’nikmamizda va ichki olamimiz qanchalik boyligida! Shu narsalar tayyor bo’lsa butun hayot ustozga aylanadi, hamma narsa va har bir voqea dars bera boshlaydi! Ustoz qidirmang, uning kelishiga o’zingizni tayyorlang. Shogird tayyor bo’lganda ustoz paydo bo’ladi! @MuhammadUralov

Repost from Ustoz Kundaligi
Дўстим Муҳаммад — "Pedagog Podcast" лойиҳаси билан кўпчиликка таниш. Лойиҳа форматини озгина ўзгартирган ҳолда энди мактабларни ичидан «обзор» қилиб чиқаётган экан. Илк сони — "Rahimov School" хусусий мактаби ҳақида. Мактаб ички муҳити, ўқитувчиларга қилиб берилган шароитлар ҳақида билишни истасангиз: кўриб чиқишни тавсия қиламан. Видео линки: 👉 https://youtu.be/jbE_iXybOqM?si=1r7lzGSdAEQIty5z Яна қайси хусусий мактаблар ички муҳити ҳақида билишни истайсиз? Ёзиб қолдиринг).

Qaroqchilik qilma! Yaqindan boshlab kinolarni faqat kinoteatrda(avval umuman ko’rmasdim deyarli), kitoblarni esa faqat sotib olib o’qishni odat qilishga harakat boshladim. O’zim pedagog podcastni boshlaganimdan keyin ijodkor ahlini tushuna boshladim. Yillar davomida to’plangan bilim va tajribalarni bir kitobga yig’asan, katta sarf-harajatlar qilasan. Uni esa kimdir pdf shaklda o’g’irlab o’qiydi. $100 mlnlab sarflab kino ishlaysan, uni esa qaroqchilardek, o’g’irlab ko’rishadi. Bu xuddi sen 51 qavatli uy qurasan 20 qavatini sotasanu, lekin 31 qavatini kimdir tekinga egallab olganga o’xshaydi. Keyingi safar shu uyni qurgan bo’larmiding? Bizda sifatli yozuvchilar yo’q, kino sanoatimiz yomon deymiz. Lekin o’zimiz shu kitob va kinolarni haqqoniy pulini to’lab olgimiz kelmaydi. Men hammadan ham buni talab qilish noto’g’ri ekanini bilaman. Lekin ozgina moliyaviy holating yaxshi bo’lsa, kitoblarni pulga sotib ol, kinolarni kinoteatrda o’z narxiga ko’r. Bu ijod ahli uchun motivatsiya bo’ladi. Ular sen va men to’lagan pullar bilan o’z moliyaviy ehtiyojlarini yopadi. Bo’sh vaqtida esa sen, men va xalq uchun ijod qilishadi. Musulmon ahlida olimlar ko’payadi. Yurtimizda ilm-fan, san’at rivojlanadi. @MuhammadUralov

Sodda bo’lmaylik! Koreyada aholisining 32%i xristianlar. Eng qizig’i dinni katta qismini koreys ziyolilari bilmagan holda olib kirishgan. XIX asr boshlarida Koreya yopiq va rivojlanishdan juda ortda bo’lgan. Keyinchalik, buni tan olgan holda Yevropaga o’z eshiklarini ochadi. Ulardan o’rganishi kerak bo’lgan ilmlar, texnika, texnologiya, ishlab chiqarishdan tashqari o’zlari bilmagan holda Yevropa madaniyatini ham o’zlashtirishadi va xristianlarning tuzoqlariga tushadi. Ziyolilar orqali, yevropa madaniyati, urf-odatlari va xristian dini osonlikcha kirib keladi. Chunki ziyolilar qilayotgan ishlar oddiy xalq uchun to’g’ridek ko’rinaveradi, axir ular ziyoliku! O’z dinlari va odatlarini esa unutishadi. Bizda ham bu jarayonni kuzatyapman. Ingliz tilini o’rganganlar, Yevropa va AQSHda yashab kelganlar o’zlarini zamoviyroq deb hisoblay boshlagan. Kiyimlar, odatlar, fikrlar, hattoki qadriyatlar o’zgargan. Va media orqali boshqalarni ham o’zgarishga propaganda qilishmoqda. Ha men aytayotgan odamlarning juda ko’pi aqlli, lekin Koreyaga xristianlikni olib kelganlar ham aynan shunday odamlar edi! Ular inglizzabonlarning fikrlarini kitob, podcast, kino va boshqa shakllarda juda ko’p qabul qilishadi. Asosiy masala esa inson aqllilashgani sari har qanday yomon narsani ham yaxshi qilib talqin qilib bera olishida. Ularning olimlarini fikrlarini eshitasiz, o’qiysiz va tafakkur qilsangiz aqlga to’g’ri keladi! Aqlga to’g’ri keladigan qilib tushuntirib bera oladi! Biz esa ularning fikrlarini saralamaymiz, izlanib, tekshirib ko’rmaymiz, olim deymiz va hammasini boricha qabul qilamiz. Har 10 ta gapning orasiga 8 ta to’g’ri 2 ta qadriyatlarga zarba beruvchi fikrlar berishadi. Oqibatda qadriyatlarni yo’qotamiz, o’zligimizni unutamiz! Do’stlar! Saralashni, tekshirishni, fikrlashni o’rganaylik! Sodda bo’lmaylik, nafsimizga yoqsa qabul qilavermaylik! Ilm olaylik, hidoyatni o’zidan so’raylik! @MuhammadUralov

Darsni muqaddas sanaydiganlar Toshkentdagi mashhur o’quv markazlaridan biriga bordik. Dars boshlanib ketgan ekan. O’qituvchisini chaqirdik va agar darsingiz bo’lsa kutib turamiz dedik. Yo’q, hali ancha bor dedilar va chiqib biz bilan bemalol gaplashdilar. Nafsimga yoqdi, lekin aqlimning ustozdan va markazdan ozgina ko’ngli qoldi. Hozir bir yaqinimizning ingliz tili kursiga keldim, aka yarim soatda darsim tugaydi, kutib tura olasizmi dedi. Nafsimga ozgina yoqmadi. Lekin aqlim unga hurmati oshdi. Darsni hurmat qiladiganlar va uni muqaddas sanaydiganlarni hurmat qilaman. O’zim ham o’rgandim. Men taniydigan deyarli barcha yaxshi ustozlarda bu ko’nikma bor ekan. Demak, ustozlarni saralashning bir usulini endi bilamiz! @MuhammadUralov

Krutoy ko’rinasiz Birinchi post yozganlarimda ingliz va rus tillaridagi so’zlarni qo’shishga harakat qilardim. Bu meni tashqaridan krutoy ko’rsatadigandek tuyulardi. O’quvchilarimga tanqidiy fikrlashini oshirish uchun insho beraman, ichiga boshqa tillardagi so’zlarni ham yozishadi, nega deb so’rasam, chiroyliroq ko’rinadi ustoz deyishadi. Bunaqa insonlar ko’pmiz, 2-3 ta tilda gapirsak, yozsak, chet tillarini bilishimizni bildirsak qoyil qolishadi deb o’ylaymiz. Va adashamiz. Yaqinda bir seminarga bordim, nutq so’zlovchi taxminan 2 soat faqat sof o’zbek tilida gapirdi. Mazza qilib yubordim. Eslolmayman bunday tiniq o’zbek tilidagi suhbatni oxirgi marta qachon eshitganimni, o’zi umuman eshitganmikanman? Ha, qachonlardir har xil tilda gapirish ham obro’ olib kelgandir. Lekin u vaqtda juda kam odam chet tillarini bilardi. Hozir esa juda kamchilik sof o’zbek tilida gapira oladi. Mantiq oddiy, nima kamyob bo’lsa uni qadri oshaveradi, obro’li ko’rinaveradi. Krutoy so’zini ma’nosini bilganlar izohlarda yozib yuborsangiz bo’ladi) @MuhammadUralov

Atrofdagilardan ozgina ko’proq Universitetga endi kirganimda, butun o’qishimizdagi eng zo’r o’qiydigan yigitdan qanday qilib hamma fanlarimni 5 bahoga yopsam bo’ladi deb so’raganman, judayam zo’r o’qishing shartmas, guruhdagilardan ozgina yaxshiroq o’qi, ozgina ko’proq javob ber shuni o’zi yetadi degandi. Keyinchalik bu qoida ishga kirayotganimda ham yordam berdi, bitiruvchilar ichidan ozgina yaxshiligim avval birinchi ochilgan prezident maktabiga keyin esa xususiy maktabga o’tishimga yordam berdi. Eng qizig’i kompaniyalar va hayotda ham shu tizim ishlaydi, o’z hamkasblaring yoki yo’nalishing ichida top 10% ichiga kirib olsang oyliging, obro’ying ham shunga yarasha bo’laveradi. Yuqori maoshlar, nobel, oltin to’p, oskarga o’xshash barcha mukofotlar belgilab bo’lingan. Ular esa qolganlardan ozgina yaxshiroqlarni kutishmoqda. @MuhammadUralov

Seni qanday kuzatishlarini xohlaysan? Meritga birinchi kelganimda 10-sinflar xonamga yig’lab kirishgan, keyinroq bilsam arab tili o’qituvchisi ketayotgan bo’lgan maktabdan. Ichimdan havas tuyg’usi o’tgan. Shunday fidokorlik bilan ishlashim kerakki, men ketayotganimda ham kamida shunday xafa bo’lishsin deb o’ylaganman. Lekin shu vaqti bunday bo’lishi uchun qanchalik katta mehnat ketishini men hali bilmasdim. Balki, hoziram bilmasman. Futbolda shu mavsum juda ko’p katta shaxslar ketdi. Menga eng yoqqani Kloppniki bo’ldi. Va hammasini har xil kuzatib qo’yishdi. Kimnidir 100 minglab odamlar yig’ilar va qarsaklar bilan, kimnidir yopiq eshiklar orasida shunchaki 4 kishi majburlab haydadi. Negadir ta’lim bilan futbolni solishtiraveraman, futboldan ko’p narsa olganman ham. Ayniqsa futbol murabbiylari hayotini o’qib o’qituvchilik uchun xulosalar olish juda yoqadi. Xalqimizda maqol bor: avvaling xor bo’lsa bo’lsin oxiring xor bo’lmasin. Sen bu dunyoga kelarkansan, biror kasbga kirarkansan tabiiyki xatolar qilasan, tajriba yig’asan. Lekin bu xato va tajribalar oxirini chiroyli qilish uchun poydevor bo’lsin. Shaxsiyatingni va sening kimligingni belgilab qo’ymasin! Klopp aytganidek: kelganingizda sizni qanday kutib olishgani muhim emas, lekin ketayotganingizda qanday kuzatishlari juda muhim. Bu sening kimligingni belgisi! Men yana bir narsani xohlardim, qachonlardir o’qituvchilarni ham xuddi hozirgi futbol murabbiylariyu futbolchilari kabi kuzatib qo’yishsin. Mayli, 100 minglab odamlar va butun stadion emas, shunchaki butun maktab ma’muriyati va o’quvchilari. Bilaman, xattoki milliardlar o’yini bo’lgan futbol olamida ham Kloppdek kuzatiladiganlar judayam kam. Lekin maktabda kamida 10 yil samarali ishlagan har bir o’qituvchi bunday kuzatuvga loyiq! O’zi umuman bunday kuzatilish uchun odam qanday ishlaganidan tashqari, uning obro’si va to’g’ri vaqtda ketishni bilishi ham muhim ro’l o’ynaydi. Lekin endi bu umuman boshqa hikoya! @MuhammadUralov

To’lib toshsin! Postlar kam yozasiz deb qolishadi ba’zan. Post kam yozyapman deb yozganlarim yaxshi chiqqanini deyarli eslolmayman. Miyamdagi g’oyalar “piyolaga” to’ladi. To’lgandan keyin, toshib chiqqanlarini sizlar bilan bo’lishsam foydaliroq bo’lgan doim. Toshgan xulosa qismi eng shirin joyi. Xuddi sutning ustiga qaymoqlari chiqib qolgandek. To’lishi uchun kitob o’qishim, tafakkur qilishim, insonlar va tabiatni kuzatishim, yetmay qilgan joyiga research qilishim kerak. Bu vaqt talab qiladi. Yozmayapmanmi demak hali to’lmagan, yaxshi yozmadimmi? Demak to’ldirmasdan yozganman. @MuhammadUralov

Avval jahlim chiqardi keyin esa rahmim keldi Yangi kursga bordim, bir yigit hamma gapga aralashaverar, bilmasa ham biladigandek tutardi o’zini boshida asabimni buzardi. Keyinroq yaqinroq tanishdim, rahmim kelishni boshladi bu yigitga. Ko’p gapiraverganidan o’ta ko’p xatolar qilgan, do’stlari jiddiy olmay qo’yishgan, ba’zan urshib ham tashlashadi. Gapni kamaytirish o’rniga xatolarni to’g’irlash uchun yanayam ko’proq gapiradi, ahvoli yanayam og’irlashardi. E’tibor topaman deb qilgan barcha harakatlari unga ommaviy e’tiborsizlikni sovg’a qilgan. Ikkinchi insonni taniyman, insonlarni hurmat qilishni bilmaydi. Boshida jahlim chiqardi. Keyin bilsam buni atrofidagi barchaga qilar ekan, shu yerda o’ylab qolaman, farosat tug’ma bo’larmikan yoki? Hozir ularni ko’rsam rahmim keladi, birorta insonni ko’rmadim ularni hurmat qilgan va ulardan xursand bo’lgan. Hayotlari juda qiyin! Atrofni kuzatishni boshladim, bunaqa holatlar ko’p. Kim biror xatoni ko’p qilib insonlarga ozor berar ekan, jamiyat unga shunga yarasha jazoni ham berib qo’ygan. Buni yaqinlashsakkina ko’ramiz. @MuhammadUralov

Bolalarni haydamang! Yoshligim ko’p qavatli uylarda o’tgan. Futbol o’ynash uchun hozirgidek mini stadionlar bo’lmasdi. Ozgina ochiq joy topsak toshlimi, qumlimi, sementmi farqi yo’q ikkita toshni qo’yib o’ynab ketaverardik. Ba’zan domlardagi padezlar yoni ham bizga to’p tepish uchun “stadion” vazifasini bajarardi, lekin ko’pincha ayollar yoki kampirlar chiqib haydab yuborishardi shovqin qilma deb, futbolni tinch o’ynab bo’larkanmi? U vaqtlarda odamlarda mashina kam bo’lardi, butun 2ta domda 7-8 ta mashina bo’lardi, kechga ular kelsa futbol maydoni yana ham torayardi. Hozir mahallamizni aylanib keldim, 5-6ta dom yonma yon joylashgan 30-40talar mashina bor, deyarli ochiq joylar qolmagan. Bolalar uchun sharoitlar hozir ham o’zgarmagan ko’p domlarda stadion yo’q. Kamiga mashina ham ko’paygan, ochiq joy qolmagan. Ko’pincha ko’p bolalar yig’ilib bizning padez yoniga kelib o’ynashadi, mening xonam tagiga, ba’zan darsimga, dam olishimga halaqit qilishadi. Chiqib haydayman deymanu 15 yil oldingi o’zim esimga tushadi. Futbol eng qiziq vaqtida bizni ham haydab yuborishar, murg’ak qalbimiz o’ksib, lekin dardimizni hech kimga ayta olmay, o’zimizga o’zimiz gapirib boshqa joy qidirib ketardik eskiroq to’pimiz bilan. Shuning uchun ular o’ynasin deyman, mayli halaqit bersa ham, bolalikdan zavq olishlarini xohlayman. Yangi koptok ham olib kelib bermoqchiman, chunki buni biz yoshligimizda orzu qilganmiz, juda kam odam qilgan buni , aniqrog’i faqat bir kishi! Ulardan Alloh rozi bo’lsin! Bizdan bahtli bola bo’lmasdi shu vaqtlar, kir yuzimiz va toshli joyda shilingan oyoqlarimiz bilan kechqurun koptok ko’rinmay qolgunigacha futbol o’ynardik. Onam zo’rg’a uyga opkirib olardilar. Meni futboldan ayirish eng katta jazo edi shu vaqtlar, bunday ishni qilganlarni yomon ko’rardim. Xoh u yoshi katta kampir, xoh qo’shni ayol yoki mashinasi bor qo’shni amaki. Shuning uchun bolalarni tushunaman, iltimos ko’p qavatli uylarda tursangiz siz ham tushuning. Ular futbol o’ynayotganda haydamang, bolalikdan bahra olishiga qo’yib bering. Ha, mini stadionlar hozir ko’p, lekin 7-8 yoshli bolalar u yerga bora olmaydi, domda esa mashinalar va ba’zi ayollar bo’sh hududlarni egallab olishgan. Huddi bolalarni bolaligini egallab olishganga o’xshaydi. @MuhammadUralov

Tortishuvda yutishning eng zo’r usuli Bir hamkasbim bolalarga nohaqlik qilayotganini ko’rdim, jahl bilan borib bolalarni yonini ola boshladim, noto’g’ri qilyapsiz dedim hammani oldida! Hamkasbim javoban Muhammad men siz bilan tortishgim kelmayapti, judayam hurmat qilaman sizni, boshqacha hal qilaylik shuni dedilar. O’zimdan uyalib ketdim, meni hurmat qiladigan odamga men hurmat bilan munosabatda bo’la olmaganim uchun uyaldim. Ular bu yerda yutib ketdilar. Chunki samimiy aytdilar. Tortishuvni bunday yutish yo’llari haqida o’qigandim, hatto yozib ham qo’ygandim qo’llayman deb, esdan chiqarib yuborayotgandim. Endi hayotda ham ko’rdim, endi unutmasam kerak. @MuhammadUralov

O’yin qoidalari “Odam o’ldirganingizda o’zingizni qanday his qilgansiz?”- deb so’radim Afg’onistonda ikki yil hizmat qilgan urush faxriysidan. Mazza qilganman dedi. Birinchidan, O’yin qoidlari shunday bo’lgan sen o’ldirmasang seni o’ldirishadi. Ikkinchidan, o’ldirilgan do’stim uchun qasos hissi tuyardim dedi. Bundan 5 yil oldin O’zbekistonda deyarli barcha ilm uchun emas, diplom uchun o’qirdi va hamma yigitlar pul berib bo’lsa ham armiyaga ketardi. Chunki, deyarli yagona ish beruvchi davlat(xususiy korxonalar ko’p emasdi) edi va unga diplom va harbiy guvohnomasiz ishga kirolmasding. Barcha shu o’yin qoidalari bilan yashashga mahkum edi. “Davlatlar kambag’alligining eng asosiy sababi o’yin qoidalari hamma uchun bir xil emasligi”(boyga ham kambag’alga ham, prezident kuyoviyu oddiy o’qituvchiga ham qonunlar teng ishlashi haqida gap ketyapti)- deb yozilgan edi Why nations fail kitobida. Davlatda ko’pchilik odamlar noto’g’ri ishlarni qilyaptimi? Ayb odamlarda emas, tizimda. O’yin qoidalari noto’g’ri tuzilgan va tirik qolish uchun barcha bu qoidalarga amal qilishga majbur! Bu qoida kompaniyaga ham, o’qituvchi bo’lsang sen dars o’tayotgan o’quvchilarga ham va oilaga ham tegishli! To’g’ri qoidalar yarat yaxshi yashaysan! @MuhammadUralov

Eng qulay vaqt Odamlar bilan yillab tanish bo’lasan, doim kulib turganini, yaxshi muomila qilganini ko’rasan. Yaxshi inson deb o’ylaysan. Keyin, kutilmagan vaziyatlar, qiyin kunlar va hissiyotlarni jilovlash qiyin vaqealar sodir bo’ladi va odamni haqiqiy yuzini ko’rasan. Odamlarni yaxshi bilmoqchi bo’lsang ularni jahlini chiqarib ko’r, “samimiylik” haqiqiy yuzni yashiruvchi eng yaxshi qurol bo’lishi ham mumkin. Umar ibn Xattobdan kelgan adashmasam. Uch holatda insonning haqiqiy yuzini ko’rasiz. Sayohatda, qarz oldi berdisi qilganingizda, uchinchisini eslolmadim, esingizda bo’lsa kamentga yozib yuboring) Ustozim aytgandilar, qiyin vaziyatlar yaxshi muomila qilishning eng qulay vaqti, juda ko’pchilik buni eplolmaydi. Haqiqiy yuzlarimiz ham shu joyida ochiladi! @MuhammadUralov

Ta’limdagi paradoxlar Ba’zi maktablarda rahbariyatga o’quvchilarga nisbatan talabchan o’qituvchilar yoqadi. Lekin rahbariyatga nisbatan talabchanligi yoqmaydi. Ular tushunmaydiki talabchanlik yoki hammaga nisbatan bo’ladi, yoki hech kimga! Men bilgan talabchan ustozlar avvalo o’ziga, keyin o’quvchilarga, so’ngra rahbariyat va ota-onalarga talablarini qo’yadi. Natijalar esa shularning ustiga quriladi. O’quvchilar aqlli, dono, zo’r natija qiladigan, top universitetga kiradigan inson bo’lishni xohlashadi. Lekin qattiq ishlashni, zerikarli ishlarni qayta-qayta qilishni, vazifalarni vaqtida qilishni xohlashmaydi. Ustozlar bolalar darslarni vaqtida qilishini, faqat kitob o’qib telifon o’ynamaydigan o’quvchilardan bo’lishini xohlashadi. Lekin o’zlari darslarga har doim tayyorlanmaydi, bolalar xonaga kirib kelganida esa ustozi kitob o’qiyotganini emas, telifon o’ynab o’tirganini ko’rishadi. Insonlar kuchli, sabrli va boy bo’lishni xohlashadi. Lekin shunga yarasha sinovlar va qiyinchiliklar berilganda uni yechishni xohlashmaydi. Ular xohlagan natija shu qiyinchiliklar ortida turganini bilishmaydi. @MuhammadUralov

Hayotimizdagi eng katta loyiha 4 yildan beri ta’lim berish bilan shug’ullanaman, 700ta atrofida bola o’qitdim. Shulardan 10%ini ham ota-onasi kelib men bilan tanishmadi, qadriyatlarimni so’ramadi, kelajakda u farzandini qanday bo’lishini xohlashini va men qanday inson yetishtirib bermoqchiligimni tahlil qilmadi. Balki g’irt ilmsiz va johil ustozdirman, nega norasida bolalarini g’irt begonalarga bunchalik ishonishadi? Ko’plab ota-onalar tarbiyani outsource(boshqa odamlar orqali berishadi) qilishadi. Bog’cha, maktab, universitet tanlab berishadiyu, ichidagi ustozlari bilan suhbat qilishmaydi. Xususiy maktabda bola kuniga 10 soatlab vaqt sarflaydi. Ota-ona bilan uzog’i 30 daqiqa. 20ga kirgan farzandi ota-onasidan umuman boshqacha fikrlaydigan, qadriyatlari farqli bo’lganini ko’rgandan keyin esa sen kimga o’xshading o’zi deb hayron bo’lishadi. Bolangizga vaqt ajrating deganimda, meni ishim bor bunga vaqtim yo’q, men bu uchun maktabga pul to’layapman, bu maktabning vazifasi deydiganlarni ko’rdim. O’z ishini deb hayotidagi eng katta loyihasi “farzand loyihasi” ni qurbon qilishadi afsus bu loyihani ma’lum yoshdan keyin umuman qayta qurib bo’lmaydi. @MuhammadUralov