DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
رفتن به کانال در Telegram
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
نمایش بیشتر3 030
مشترکین
-524 ساعت
-227 روز
-5730 روز
آرشیو پست ها
+4
#oʻzbek_tili_kurslari
😊 Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasida xorijlik talabalar uchun tashkil etilgan o‘zbek tili kursi yakunlandi.
📂 Uch oy davom etgan o‘quv kursida xorijlik talabalar o‘zbek tilining boshlang‘ich muloqot ko‘nikmalarini egallash, kundalik hayotda erkin muloqot qilish hamda o‘zbek tili va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini kompleks rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
✉️ Kurs yakunida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari baholanib, ularni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
✍️ Mazkur o‘quv kursi xorijlik talabalarning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mamlakatimizdagi ta’lim va ijtimoiy hayotga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zbek tilining xalqaro nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
✅ Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet ellik talabalar uchun Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida davlat tili bo‘yicha bepul o‘qitish kurslari tashkil etib kelinmoqda.
🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
💐BUGUN TUG'ILGAN KUN
💐 15-iyul Toshkent shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Akmal Roʻzitoyev tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Akmal Roʻzitoyevga uzoq umr tilagan holda, barcha davlat tashkilotlar rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐Toshkent shahrida davlat tilini rivojlantirish borasidagi keng ko'lamli ishlarni olib borayotganligingizni yuksak qadrlaymiz!
💐Shunday qutlug' kunda sizga sog'lik-salomatlik, tinchlik-omonlik, uzoq umr, mustahkam iroda tilaymiz!
Hurmat bilan
Davlat tilini rivojlantirish departamenti
#Ibrat
Bir millatning ishlatadigan so‘zlari orasida qaysidir so‘z tushib qolsa yoki yo‘qolib borayotgan bo‘lsa, o‘sha so‘z bilan bog‘liq narsalar ham yo‘qolib borayotganini bildiradi.❗️Siz oilangizda, atrofingizda yoki o‘zaro suhbatlaringizda shafqat va marhamat so‘zlarini qachon ishlatingiz? Kanalga ulanish 👉https://t.me/ozbekcha_gapiramiz
+3
#Tilimiz_boyligimiz
🤩Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “YOSHLAR” radiokanali bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Tilimiz boyligimiz” radioviktorinasining may oyi g‘oliblari aniqlanib diplom hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.
G‘oliblar:
🥇 - o‘rin – Hasanova Xolisxon Sharofiddinovna;
🥈 - o‘rin – Nurjonova Zulayxo Yo‘ldoshovna;
🥉 - o‘rin – Qilichov Abdurahmon Qozoqovich.
🤩Har haftaning yakshanba kuni soat 16:15 da “Yoshlar” radiokanalida (FM 104.0) “Tilimiz boyligimiz” radioviktorinasini o‘tkazib yubormang!
✈️ Telegram | ✅ Veb-sayt
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
+5
🦅 Davlat tili nufuzi – qonun ijrosi va amaliy mas'uliyat uyg‘unligida
🇺🇿 2026-yil 10-iyul kuni Andijon viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida", "Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida" hamda "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunlari va sohaga oid qonunosti hujjatlari ijrosini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿Unda Andijon viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat ishchi guruhi a'zolari, shuningdek, viloyatdagi barcha shahar va tuman hokimlarining ma'naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdilar. 🇺🇿 Yig‘ilishni Andijon viloyati hokimining ma'naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A. Hamraqulov olib borib, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta'minlash, hududlarda ish yuritish hujjatlarini davlat tilida to‘g‘ri rasmiylashtirish, geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash jarayonlarini amaldagi qonunchilik asosida tashkil etish, tashqi reklama vositalari, peshlavha va ko‘rgazmali axborotlarning davlat tili me'yorlariga muvofiqligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan ma'lumot berdi. 🇺🇿 Yig‘ilish davomida Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari atroflicha tahlil qilindi. O‘rganishlar davomida aniqlangan ijobiy tajribalar bilan bir qatorda ayrim davlat organlari va tashkilotlarida uchrayotgan kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari hamda qonunchilik talablarini buzgan holatlar yuzasidan ko‘rilgan ta'sir choralari muhokama qilindi. 👨💼 Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda xodimlarining davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning davlat tilida o‘qitish kurslarida ishtiroki, malaka oshirish tizimining bugungi holati hamda ushbu yo‘nalishda mavjud tashkiliy va moliyaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi. Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining izchil ijrosini ta'minlashda kadrlar salohiyatini oshirish muhim omillardan biri ekani alohida ta'kidlandi. ✅ Muhokamalar jarayonida shahar va tuman hokimlarining ma'naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari o‘z hududlarida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda amaliyotda uchrayotgan muammolar haqida axborot berdilar. Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar asosida mavjud muammolarni bartaraf etish, hududlarda monitoring va nazorat ishlarini kuchaytirish, davlat tili me'yorlariga rioya etilishi ustidan ta'sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. ✅ Yig‘ilish yakunida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini yanada jadallashtirish, barcha mas'ul tashkilotlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish, vazifalarga sidqidildan yondashish, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish tizimini takomillashtirish, mazkur yo‘nalishdagi moliyaviy muammolarni bartaraf etish hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi. 🇺🇿 Mazkur yig‘ilish davlat tilining jamiyat hayotidagi nufuzini yuksaltirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta'minlash hamda davlat tili me'yorlariga hurmat bilan yondashish madaniyatini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim amaliy muloqot maydoni bo‘ldi.
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 21-sonini e’tiboringizga havola etamiz!
1. Shukur Qurbon "Ro'molcha" she'ri
2. Ozodbek Nazarbekov "Pariyro'y sanamlar" qo'shig'i
3. O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" romani
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Hujjat
🫥 Normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
✈️@tilxon
Repost from Orif Tolib
Qoʻshtirnoq ishlatilmaydigan 4 holat
Qoʻshtirnoqdan keraksiz oʻrinlarda foydalanmaslik zarur. Masalan, mana bu holatlarda u mutlaqo ortiqcha:
1️⃣ Baholar. Baho nomlari qoʻshtirnoqqa olinmaydi: besh, ikki, aʼlo, qoniqarli.
2️⃣ Bayram nomlari. Tarixiy sanalar va bayramlar doim qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Navroʻz bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Yangi yil.
3️⃣ Laqablar, tarixiy unvonlar, sifatlashlar. Mashhurlar tarixiy shaxslarning ismiga qoʻshib aytiladigan sifatlashlar yoki laqablar qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Richard Sheryurak, Dveyn Qoya Jonson.
4️⃣ Turdosh otga aylangan brendlar. Aslida tovar belgisi boʻlgan, ammo tilimizga oddiy atamadek singib ketgan nomlar qoʻshtirnoqsiz, kichik harfda yoziladi: kseroks, jip.
Siz koʻproq qaysi birida ikkilanib turardingiz?
🔥 – bayramlar nomida
✍️ – baholar nomida
😎 – barchasini bilardim
@oriftolib | Sahifalarimiz
+3
🇺🇿 Yangihayot tumanida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tegishli tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda
👍 Xususan, Yangihayot tumani hokimining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida", "Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida" hamda "Reklama to‘g‘risida"gi qonunlari, shuningdek, sohaga oid Hukumat qarorlari va farmoyishlari talablariga rioya etilishi yuzasidan yuridik shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
👍 Tushuntirishlar davomida reklama va e’lonlarni, jumladan, tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirilayotgan axborotlarni davlat tilida hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlash va e’lon qilish zarurligi yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
#rasmiy_uslubda_yozamiz
❌ "Katta yutuqlarga erishildi"
(publitsistik uslub)
✅ "Ma’lum natijalarga erishildi"
(rasmiy uslub)
✈️ @tilxon
#ona_tili_uchun
Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanadа rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020 – 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib borish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini samarali ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid atamalar muntazam ravishda tahlil qilinib, ularning milliy til me’yorlariga mos muqobillari ishlab chiqilmoqda hamda belgilangan tartibda rasmiy iste’molga kiritilmoqda. Ushbu jarayon o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish, terminologik tizimni milliylashtirish, atamalarning yagona me’yor asosida qo‘llanishini ta’minlash hamda davlat tilining nufuzi yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Yuqorida turli sohalarga oid xorijiy oʻzlashmalarning ilmiy asoslangan, oʻzbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan oʻzbekcha muqobillari beriladi.
Bizni kuzatib boring👇😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
#ona_tili_uchun
Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanadа rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020 – 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib borish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini samarali ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid atamalar muntazam ravishda tahlil qilinib, ularning milliy til me’yorlariga mos muqobillari ishlab chiqilmoqda hamda belgilangan tartibda rasmiy iste’molga kiritilmoqda. Ushbu jarayon o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish, terminologik tizimni milliylashtirish, atamalarning yagona me’yor asosida qo‘llanishini ta’minlash hamda davlat tilining nufuzi yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Yuqorida turli sohalarga oid xorijiy oʻzlashmalarning ilmiy asoslangan, oʻzbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan oʻzbekcha muqobillari beriladi.
Bizni kuzatib boring👇😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Repost from Orif Tolib
Xaspoʻshi va xaspoʻshlash
Tilimizda kimdir oʻzining xato va kamchiliklarini yashirishini, aybini sezdirmaslikka harakat qilishini yoki shunga oʻxshash urinishlarni xaspoʻshlash degan soʻz bilan ifodalaymiz. Qizigʻi shundaki, janubiy viloyatlarimizda qadimda usti qurigan xashak bilan yopilgan vaqtinchalik turarjoy, kapa xaspoʻshi deb atalgan.
Xaspoʻshini hozirgacha baʼzi joylarda uchratib qolish mumkin. Umuman, bu soʻzning tub ildizi xas-xashak bilan yopish degan maʼnoni anglatgan. Aybini xaspoʻshlayotgan odam ham aybi ustiga ramziy maʼnoda xas-xashak yopishga urinadi.
Eshqobil Shukur
@oriftolib | Sahifalarimiz
#etimologiya
So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓
YASSI — “sathi yassi”, “tekis”.
[Yigitning] keng yuzi zahil, ko‘zlari nursiz, burni yassi... (Ibrohim Rahim).Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan bu sifat yası tarzida talaffuz qilingan. O‘zbek tilida s undoshi qatlangan, unlilar qattiqlik belgisi yo‘qolgan: yası > yassi. 🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
