INTER ZONE | UZB 🇺🇿
رفتن به کانال در Telegram
#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida. Murojaat uchun: Direct dan foydalaning
نمایش بیشتر1 246
مشترکین
-1024 ساعت
-87 روز
-4630 روز
آرشیو پست ها
1 246
💸 | Yozgi transfer oynasida A Seriya klublari jami 1,16 mlrd yevro sarfladi. Bu natija bo‘yicha Italiya chempionati faqat Angliya Premyer Ligasidan ortda qoldi.
📈 A Seriya klublarining transferlardan olgan daromadi esa qariyb 739 mln yevroni tashkil etdi. Natijada liga yozgi transfer oynasini taxminan 423 mln yevrolik manfiy balans bilan yakunladi.
☝️ Shunga qaramay, sarf-xarajat bo‘yicha A Seriya Bundesliga, La Liga va Ligue 1’dan ancha oldinda bo‘ldi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
📊 | 365Scores manbasiga ko‘ra, ayni damda Yevropaning eng kuchli 20 jamoasi.
📈 “Inter” ushbu reytingda 6-pog‘onadan joy oldi. Top-20 ichida Italiyadan “Roma”, “Napoli”, “Komo” va “Yuventus” ham bor.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
💸 | Transfer oynasi yakunlariga ko‘ra, A Seriyada eng qimmat tarkibga ega jamoalar.
📈 “Inter” bu borada o’z o’rnida qoldi. “Komo”da esa juda katta o‘sish kuzatildi — klub tarkib qiymati bo‘yicha Italiyadagi eng qimmat uch jamoa qatoriga kirib oldi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
✅📰 | Pio Esposito “Inter” bilan shartnomasini uzaytiradi va reglament o‘zgarganidan so‘ng A Seriya tarixida 5 yildan ortiq muddatga shartnoma imzolagan ilk futbolchiga aylanadi.
💸 Yangi shartnoma 2032 yilgacha amal qiladi. Pio’ning maoshi yiliga €2,7 mln + bonuslarni tashkil etadi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
🎙 PODKAST | ERTAGA 21:30
Ertaga soat 21:30 da kanalimizda “Inter”ning yangi mavsumi haqida katta suhbat bo‘lib o‘tadi. Podkastda yozgi transferlar, mavsum boshidagi o‘yinlardan keyingi xulosalar, Chempionlar Ligasi qur’asida bizga tushgan raqiblar, yaqinlashib kelayotgan “Real”ga qarshi uchrashuv hamda bu mavsum “Inter”dan nimalarni kutish mumkinligi haqida suhbatlashamiz.🎤 Podkast ishtirokchilari: • Erkin aka Salixov • Abrorbek Salohiddinov • Inomov Sirojiddin ⏱ Boshlanish vaqti: 21:30 ✊ Barchangizni kutamiz! 🖤💙 ⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
😅 | Eh, bu kanal admini Alisher do‘stim ajoyib inson-da. Amorim Manchesterda yurganida uni rosa yomonlardi, endi esa u “AC Milan”ga kelsa, eng zo‘r transfer aynan Amorim bo‘libti.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
📆 | “Inter”ning sentabr oyi taqvimi.
💭 Yaqin 19 kun ichida bizni 4 ta ajoyib o‘yin kutib turibdi. Shundan so‘ng esa FIFA kunlari sabab jamoamiz 3 hafta davomida o‘yin o‘tkazmaydi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
Yozgi transfer oynasida “Inter” safiga umumiy hisobda 8 nafar futbolchi qo‘shildi. Klub yangi futbolchilar uchun jami 92 mln yevro sarfladi.
Shu bilan birga, “Inter” yoshi katta futbolchilar bilan yangi shartnoma imzolamadi, jamoa rejalariga kirmagan o‘yinchilarni esa sotdi yoki ijaraga yubordi. Ushbu transferlardan klub taxminan 46 mln yevro daromad oldi.
Natijada “Inter” tarkibni sezilarli darajada yoshartirdi va yangiladi, transfer balansida esa taxminan 46 mln yevrolik minus bilan yozgi oynani yakunladi.
Yozda “Inter” safiga qo‘shilgan futbolchilarni qayta eslaymiz:
• 🏴 Kertis Jons — €30 mln
• 🏴 Djed Spens — €30 mln
• 🏴 Jon Stouns — tekinga
• 🇮🇹 Provedel — €3 mln
• 🇷🇸 A. Stankovich — €13 mln
• 🇨🇭 Akanji — €15 mln
• 🇮🇹 Marello — €1 mln
• 🇫🇷 Pavar — ijaradan qaytdi
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
🫣 | Aytgancha, “Kalyari” ham transfer oynasining so‘ngida kuchli transferni amalga oshirdi.
☝️ Yaxshiyamki, bu kelishuv “Inter”ga qarshi o‘yindan keyin rasmiylashdi — aks holda maydon markazida biz uchun ancha qiyin bo‘lishi aniq edi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
🎙 | Janluka Rokki:
Marotta? Bizning o‘rtamizda hech qachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘lmagan. Men boshqa klub rahbarlari bilan ham munosabat o‘rnatishga na harakat qilganman, na bunga intilganman. Aynan shu sababli “Hakamlar masalalari bo‘yicha direktor” lavozimini joriy qilganman. Bilvosita e’tirozlar bo‘lganmi? Albatta. Barcha klublar, turli davrlarda bo‘lsa-da, hakamlar yoki hakamlik haqida e’tirozlarini bildirgan. Bu azaldan shunday, va men faqat men rahbar bo‘lgan davrni nazarda tutmayapman. Shuni aniq ayta olaman: men hech qachon biror jamoaga yon bosmaganman va hech bir jamoaga ataylab zarar yetkazmaganman. Barcha qarorlarimni to‘liq mustaqil ravishda qabul qilganman.⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
✅ | “Inter” Luis Enrikening o‘rniga ko‘rib chiqqan futbolchilardan biri — Malik Fofana “Sanderlend”ga qo‘shilmoqda.
📰 | Fabrizio Romano
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
🎙 | Fabio Kapello:
Chempionlik uchun “Inter”ning asosiy raqibi — “Roma”. Ular o‘tgan mavsumni qanday yakunlagan bo‘lsa, xuddi shu darajada davom etmoqda, yangi futbolchilarning moslashuvida ham muammo yo‘q. Malen esa o‘z saviyasini yana bir bor tasdiqlamoqda. Fabregasning o‘yinlarni yaxshi o‘qishiga qaramay, “Komo” meni ishontirmadi. Ular ham “AC Milan” va “Yuventus” kabi hali shakllanish jarayonida. “Napoli” esa avvalgi ruhiyatini qayta topishi kerak. “Inter”ning “Kalyari”ga qarshi o‘yini menga juda katta taassurot qoldirdi — ular juda ko‘p vaziyat yaratdi. Hozircha “Inter” va “Roma” qolganlardan ancha oldinda.⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
📊 | WhoScored portaliga ko‘ra, A Seriyaning hafta ramziy jamoasi.
🔝 Nikolo Barella nafaqat hafta jamoasidan joy oldi, balki turning eng yuqori baho olgan futbolchisi ham bo‘ldi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
✅📰 | Inter” uchun transfer bozori allaqachon yopilgan. Jamoa tarkib yangi mavsum uchun to‘liq deb hisoblanmoqda.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
✅ | Rasman: Skot McTominay jarohat sabab “Inter”ga qarshi o’yinni o’tkazib yuboradi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
⚡️✍️ | Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, bugun “Inter” transfer qiymati 50 mln yevrodan ortiq bo’lgan yosh hujumchi bilan shartnoma imzolaydi.
✅ Ya’ni, Pio bilan shartnoma 2031-yilgacha uzaytiradi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
⚡️ | Djed Spens jarohat olmagan, ammo jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha jamoadoshlaridan biroz ortda qolmoqda. Unda mushaklarda charchoq kuzatilgan, hozir esa to‘liq tiklangan.
Uning debyuti “Roma”ga qarshi o‘yinda bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa Spens “Napoli” va “Udineze”ga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushmasligini anglatadi.
📝 | Simone Togna
⚽️ INTER ZONE | UZB
