INTER ZONE | UZB 🇺🇿
الذهاب إلى القناة على Telegram
#inter #intermilan #interfc #interuzbekistan #internazionale #nerazzurri Barchasi #Inter haqida, va albatta O’zbek tilida. Murojaat uchun: Direct dan foydalaning
إظهار المزيد1 245
المشتركون
-124 ساعات
-127 أيام
-4630 أيام
أرشيف المشاركات
1 246
🎙 | Piero Ausilio:
Unutilmas 28 yildan so‘ng, eng qiyin lahza yetib keldi — men uchun hech qachon shunchaki jamoa bo‘lmagan, balki ikkinchi terimdek bo‘lib qolgan klub bilan xayrlashish vaqti. Qariyb uch o‘n yillik davomida hayotimdagi har bir soniyani, butun kuchimni, har bir yurak urishimni “Inter”ga bag’ishladim. “Inter” mening qonimda, har kuni nafas olgan havomdek. Eng chuqur va samimiy minnatdorchiligim sizlarga — muxlislarga. Sizlar bu futbolkaning urib turgan yuragisiz. Shu cheksiz yo‘lda doimo yonimda bo‘ldingiz va meni qo‘llab-quvvatladingiz. Yillar davomida menga ishonch bildirgan barcha klub egalari, rahbarlar va hamkasblarga rahmat. Dunyo futbolining bu gigantida sport yo‘nalishini boshqarish sharafini menga berganingiz uchun minnatdorman. Shuningdek, barcha murabbiylar, futbolchilar, buyuk chempionlar va haqiqiy insonlarga rahmat. Ularning iste’dodi va mehnati tufayli klub tarixida abadiy qoladigan sovrinlar, jumladan neradzurrilarning Ikkinchi Yulduzi ham qo‘lga kiritildi. Men bu lavozimni tark etyapman, ammo bu ranglardan hech qachon uzila olmayman. Bugun faqat professional faoliyatimdagi bir bob yopilmayapti — qalbimning bir bo‘lagi eng ko‘p sevgan narsamdan ajralmoqda. Rahmat, “Inter”.⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
✅ | Rasman: Piero Ausilioning “Inter”dagi 28 yillik faoliyati yakunlandi. Klub va direktor o‘zaro kelishuv asosida yo‘llarini ajratdi.
Endilikda sport yo‘nalishidagi vazifalar Dario Baccinga topshiriladi. “Inter” Ausilioga klub uchun qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida omad tiladi. Baccinga esa yangi lavozimida muvaffaqiyat tilandi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
✅ | “Inter”ning yangi sport direktori Dario Baccin bo‘ladi.
☝️ U uzoq yillardan beri Piero Ausilioning yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
‼️ | Janluka Di Martsioning ma’lum qilishicha, ertaga Piero Ausilio’ning “Inter”dagi so‘nggi ish kuni bo‘ladi.
👋 Ausilio “Inter” mashg‘ulot bazasiga borib, jamoa a’zolari bilan xayrlashadi va shundan so‘ng klubni tark etadi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
‼️🎙 | Bugun soat 21:30 dagi podkastimizga yana bir dolzarb mavzu qo‘shildi: Piero Ausilio’ning “Inter”dan ketishi klubga qanday ta’sir qiladi va uning o‘rnini kim bosishi mumkin?
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
⚡️📰 | Piero Ausilio’ning “Inter”ni darhol tark etishi ehtimoli ham tobora oshmoqda.
☝️ “Oaktree” bilan munosabatlar keskinlashgan. Hozirda ajralish deyarli muqarrar, faqat Ausilio’ning qachon ketishi masalasi ochiq qolmoqda.
👤 | Fabrizio Romano
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
📊 | A Seriyada faoliyat yuritayotgan yarim himoyachilar orasida eng ko‘p assist qayd etganlar:
• 🇹🇷 Hakan Chalhano‘g‘lu — 63
• 🇵🇱 Pyotr Zelinski — 54
• 🇮🇹 Nikolo Barella — 51
🤯 Top-3’ning barchasi “Inter” futbolchilari.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
🎙 | Stankovich:
🗣️ “Inter”dagi 10 yilim butun hayotimdagi eng go‘zal davrlar bo‘lib qoladi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
‼️ | Bugun Beppe Marottaning rasmiy murojaat yoki bayonot bilan chiqishi kutilmoqda.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
➕ | Ivan Zazzaronining ma’lum qilishicha, Ausilio shartnomasini uzaytirmaslik istagini klubga avvalroq bildirgan, “Inter” esa uni qolishga ko‘ndirish uchun jiddiy harakat qilmagan.
☝️ Hatto tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik yanvar oyidan oldin ham yakunlanishi mumkinligi istisno qilinmayapti.
💬 Kaminaning fikricha, bunga Ausilio’ning ayrim intervyularida klub egalari bo’lgan Oaktree fondiga nisbatan biroz keskin fikr bildirgani sabab bo‘lgan.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
‼️ | “Inter”dagi 28 yillik faoliyatidan so‘ng Piero Ausilio klubni tark etishi kutilmoqda.
💭 Hozircha “Inter” uning shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti. Ausilio’ning amaldagi shartnomasi esa kelasi yilning iyun oyida yakuniga yetadi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
🎙 | Maktominey:
🗣️ “Inter” bizdan kuchli emas! Biz ularni bir marta mag‘lub etganmiz, shuning uchun nega buni yana takrorlay olmasligimiz kerakligini tushunmayman.
📰 | Corriere della Sera
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
💸 | Yozgi transfer oynasida A Seriya klublari jami 1,16 mlrd yevro sarfladi. Bu natija bo‘yicha Italiya chempionati faqat Angliya Premyer Ligasidan ortda qoldi.
📈 A Seriya klublarining transferlardan olgan daromadi esa qariyb 739 mln yevroni tashkil etdi. Natijada liga yozgi transfer oynasini taxminan 423 mln yevrolik manfiy balans bilan yakunladi.
☝️ Shunga qaramay, sarf-xarajat bo‘yicha A Seriya Bundesliga, La Liga va Ligue 1’dan ancha oldinda bo‘ldi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
📊 | 365Scores manbasiga ko‘ra, ayni damda Yevropaning eng kuchli 20 jamoasi.
📈 “Inter” ushbu reytingda 6-pog‘onadan joy oldi. Top-20 ichida Italiyadan “Roma”, “Napoli”, “Komo” va “Yuventus” ham bor.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
💸 | Transfer oynasi yakunlariga ko‘ra, A Seriyada eng qimmat tarkibga ega jamoalar.
📈 “Inter” bu borada o’z o’rnida qoldi. “Komo”da esa juda katta o‘sish kuzatildi — klub tarkib qiymati bo‘yicha Italiyadagi eng qimmat uch jamoa qatoriga kirib oldi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
✅📰 | Pio Esposito “Inter” bilan shartnomasini uzaytiradi va reglament o‘zgarganidan so‘ng A Seriya tarixida 5 yildan ortiq muddatga shartnoma imzolagan ilk futbolchiga aylanadi.
💸 Yangi shartnoma 2032 yilgacha amal qiladi. Pio’ning maoshi yiliga €2,7 mln + bonuslarni tashkil etadi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
🎙 PODKAST | ERTAGA 21:30
Ertaga soat 21:30 da kanalimizda “Inter”ning yangi mavsumi haqida katta suhbat bo‘lib o‘tadi. Podkastda yozgi transferlar, mavsum boshidagi o‘yinlardan keyingi xulosalar, Chempionlar Ligasi qur’asida bizga tushgan raqiblar, yaqinlashib kelayotgan “Real”ga qarshi uchrashuv hamda bu mavsum “Inter”dan nimalarni kutish mumkinligi haqida suhbatlashamiz.🎤 Podkast ishtirokchilari: • Erkin aka Salixov • Abrorbek Salohiddinov • Inomov Sirojiddin ⏱ Boshlanish vaqti: 21:30 ✊ Barchangizni kutamiz! 🖤💙 ⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
😅 | Eh, bu kanal admini Alisher do‘stim ajoyib inson-da. Amorim Manchesterda yurganida uni rosa yomonlardi, endi esa u “AC Milan”ga kelsa, eng zo‘r transfer aynan Amorim bo‘libti.
⚽️ INTER ZONE | UZB
1 246
📆 | “Inter”ning sentabr oyi taqvimi.
💭 Yaqin 19 kun ichida bizni 4 ta ajoyib o‘yin kutib turibdi. Shundan so‘ng esa FIFA kunlari sabab jamoamiz 3 hafta davomida o‘yin o‘tkazmaydi.
⚽️ INTER ZONE | UZB
