cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

TSUL - Science and Innovation

📢: Ushbu kanalda Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat hamda Ilm-fan taraqqiyotiga ko‘maklashadigan ma’lumotlar berib boriladi. 📢:Murojaatlar uchun: @TSUL_Science_and_Innovation_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 660
مشترکین
+224 ساعت
+67 روز
+1230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
📣📣📣 Toshkent davlat yuridik universitetida 2024-yil 6-iyun kuni soat 15:00 da (universitet 3-o‘quv binosi 234-xona) ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a'zolarining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ilmiy seminar majlisi kun tartibiga Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Jo‘rayev Dilmurot Muxtorovichning “Ma’muriy va ommaviy huquqiy nizolarni hal etishning muqobil usuli sifatida kelishuv bitim” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi kiritilgan.
نمایش همه...
👏 1
👍
🤝
👏🏻
TSUL_SCIENCE_AND_INNOVATION
Photo unavailableShow in Telegram
 #Konferensiya #Scopus 📣📣📣2024-yil 14-16-iyun kunlari "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Sizni "Barqaror rivojlanish uchun yashil taksonomiya: yashil texnologiyalardan yashil iqtisodiyotgacha" CONGREENTAX-2024" birinchi xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi. ✅Konferensiya materiallari to‘plami E3S Web of Conferences jurnalida chop etiladi. Konferensiya materiallari to‘plami indekslash uchun SCOPUS Q3 protsentilga ega bo‘lgan jurnalga shuningdek, Web of Science (CPCI). ga taqdim etiladi 📆Maqolalar 2024 yil 12 iyunga qadar qabul qilinadi. ✉️E-pochta: [email protected] 📝https://t.me/greentaxonomy
نمایش همه...
👍 2👏 1
👍🏻
👏🏻
TSUL-SCIENCE AND INNOVATION
Photo unavailableShow in Telegram
📣📣📣 Toshkent davlat yuridik universitetida Mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) institutiga qabul qilish bo`yicha talabgorlarlar bilan ixtisosliklar bo'yicha suhbat o'tkazish sanalari e`lon qilindi. 📆Imtihonlar TDYU 3-bino 234-xona (Forsayt xona) da o'tkaziladi.
نمایش همه...
👍 2
👍🏻
👏🏻
TSUL-SCIENCE AND INNOVATION
00:05
Video unavailableShow in Telegram
📣Toshkent davlat yuridik universiteti “University 3.0” konsepsiyasini ya’ni ta’lim – fan – innovatsion tadbirkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Unga ko‘ra universitet tomonidan ilmiy-innovatsion faoliyatni tijoratlashtirish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tashkilotlar, NNTlar, NTMlar bilan shartnomalar tuzish yo‘lga qo‘yilgan. 📚Universitetda huquqning 17 ta yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik kafedralari mavjud bo‘lib, Huquqiy targʻibotlarni tashkil etish, Huquqiy targʻibot-tashviqot materiallarini tayyorlab berish, xizmatlari taklif etiladi. 📲Ma’lumot uchun: 71-233-66-36.
نمایش همه...
Let's discuss.mp45.38 KB
👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
📣📣📣Buxoro davlat universitetida 2024-yil 5-iyun kuni “Global iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatishning ilmiy asoslari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi. 🎓Ilmiy-amaliy konferensiyada yetakchi xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari, vazirlik vа korxonalarning rahbar xodimlari va mutaxassislari qatnashishlari mumkin.
نمایش همه...
👍🏻
👏🏻
TSUL-SCIENCE AND INNOVATION
Photo unavailableShow in Telegram
📢📢📢Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi vа "Clarivate" kompaniyasi hamkorligida "Web of Science" xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalaridan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar va uning imkoniyatlari haqida ma'lumot beruvchi bepul onlayn treninglar tashkil etilmoqda. 📆Online treninglar: 27 maydan 7 iyungacha dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 15:00-16:30 da ZOOM platformasi orqali tashkil qilinadi. ✅Har bir tadbirdan keyin bajarish uchun uy vazifasilar berilib keyingi darsdan oldin talab qilinadi hamda maksimal ball miqdori belgilanadi 📜Modul bo‘yicha 30 balldan yuqori ball to‘plagan talabalarga sertifikat beriladi. ✍🏾Har bir dars uchun quydagi havola orqali ro'yxatdan o'tish so`raladi https://forms.gle/VBi3osxrYam8Y8Vv6
نمایش همه...
👍🏻
👏🏻
TSUL-SCIENCE AND INNOVATION
Photo unavailableShow in Telegram
📣📣📣Toshkent davlat yuridik universitetida 2024 yilning 28 may kuni soat 16.00 da (universitet 3-o`quv binosi 234-xona) Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zolarining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🎓Ilmiy seminar majlisi kun tartibiga Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Egamova Dilrabo Talibovnaning «Internetda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish masalalari» mavzusidagi yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosligi bo‘yicha yozilgan doktorlik dissertatsiyasi muhokamasi kiritilgan.
نمایش همه...
👏 3 1
👍🏻
👏🏻
ZOOM
TSUL-SCIENCE AND INNOVATON
Photo unavailableShow in Telegram
📢📢📢Toshkent davlat yuridik universitetida 2024 yilning 28-may kuni soat 14.00 da (universitet 3-o`quv binosi 234-xona) Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zolarining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🎓Ilmiy seminar majlisi kun tartibiga Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Batirova Kamolaxon Yusupovnaning «Проблемы правового регулирования IPO в Республике Узбекистан» mavzusidagi yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosligi bo‘yicha yozilgan doktorlik dissertatsiyasi muhokamasi kiritilgan.
نمایش همه...
👍 3
👍🏻
👏🏻
ZOOM
TSUL-SCIENCE AND INNOVATON
Photo unavailableShow in Telegram
📢📢📢2024-yil 29-may kuni soat 10:00 da "University of Business and Science” Universiteti olimlar, o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy muassasalar, biznes hamjamiyatlari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari vakillarini “Iqtisodiyotda uch spiralli innovatsiyalar tizimini shakllantirish: yangi yondashuvlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida oflayn/onlayn shaklda o`tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi. ✅Konferensiya materiallari elektron maqolalar to‘plamida (PDF formatida) ISBN topshirilgan holda chop etiladi.
نمایش همه...
👏 1
👍🏻
👏🏻
TSUL-SCIENCE AND INNOVATION
Photo unavailableShow in Telegram
📣TDYUda Davlat soliq qoʻmitasida koʻp yillar davomida faoliyat yuritgan, oxirgi yillar "Soliq solish va buxgalteriya hisobi" jurnalida bosh muharrir boʻlib ishlagan mutaxassis (PhD) Adilov Mumin Kadirovich ishtirokida seminar-trening o'tkazildi. 🔹Seminar-treningda tadbirkorlik faoliyatining boshlang'ich bosqichlari hamda tadbirkorlarga nisbatan qanday soliq imtiyozlari mavjud ekanligi bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi. Tadbirkorlikka oid soliqlar haqida savollaringiz bo'lsa, soliq sohasi mutaxassisi Adilov Mumin Kadirovich tomonidan tashkil etilgan kanalga a'zo bo'lib barcha ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin 👉 https://t.me/nalogi_onlayn_uz
نمایش همه...
👍 2🔥 2 1