cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Parlament tadqiqotlari instituti

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti https://pri.oliymajlis.uz https://www.facebook.com/pri.oliymajlis.uz

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
3 279
مشترکین
-2224 ساعت
-647 روز
-26430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Davlat dasturining raqamlashtirish yo‘nalishidagi bandlari ijrosi bo‘yicha qanday ishlar olib borilyapti? ➡️ Elektron davlat xizmatlarining ulushini oshirish maqsadida vazirlik tomonidan yil yakuniga qadar Yagona portal orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar va servislar sonini 700 taga yetkazish belgilangan. Bugungi kunda ushbu xizmatlar soni 646 tani tashkil etmoqda. 72 ta davlat xizmatlari va servislari ro‘yxati shakllantirilib, ularni ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. ➡️ Joriy yilning o‘tgan yarim yili davomida axborot texnologiyalari sohasida eksport hajmi 254,4 mln. AQSH dollariga yetkazilgan. Aholi yashash punktlarini telekommunikatsiya xizmatlari bilan qamrab olish doirasida respublika bo‘ylab 21,5 ming km. optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan. 👉 BATAFSIL Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
نمایش همه...
Davlat budjeti daromadlari ijrosi parlament nazoratida
Tadbirda deputatlar yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hisobiga budjet daromadlarini oshirish, soliq to‘lovlarini oldindan undirishga chek qo‘yish, samarasiz bojxona va soliq imtiyozlarini kamaytirish, davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish auksion tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligini oshirishga qaratilgan o‘z taklif va tavsiyalarini berdilar.
👉 BATAFSIL Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Turkiy ekologiya kengashi tashkil etiladi
Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi qardosh mamlakatlar o‘rtasida ishonch va aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishdir.
👉 BATAFSIL Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
نمایش همه...
00:10
Video unavailableShow in Telegram
#Live ☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi oʻz ishini yakunladi. *** ☝️ Пленарное заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса завершило свою работу. Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
نمایش همه...
IMG_6883.MOV7.82 MB
#Live Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2024-yil 31-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H. Umarovaga “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati to‘g‘risida” Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi yuborilgan edi. Unda umumta’lim maktablarida tibbiyot xonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularni zarur tibbiy jihozlar, dori-darmon vositalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish so‘ralgandi. Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar mazkur parlament so‘roviga yuborilgan javobni ko‘rib chiqildi. Parlament so‘roviga kelgan javobda keltirilishicha, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun tibbiy xizmatni tashkil etish, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish, salomatligini muhofaza qilish masalalari mas’ul vazirliklarning tegishli qo‘shma qarori bilan tartibga solingan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablariga hududiy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar tomonidan reja asosida shifokor va hamshiralar biriktirilgan. Yurtimizdagi 10 165 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida shifokorlar 6 357 nafarni, o‘rta tibbiy xodimlar 10 176 nafarni, stomatologlar 252 nafarni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi 10 165 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 085 tasida tibbiy xonalar mavjud. Ularning 7766 tasi barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Qolganlari qisman jihozlangan. Mazkur tibbiy xonalarni 36 turdagi dori vositalari bilan ta’minlash maqsadida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 7,8 mlrd. so‘m, tibbiy buyumlar xarid qilish uchun 116 mln. so‘m ajratilgan.
Vazir javobida keltirilishcha, sog‘liqni saqlash vazirligining profilaktik emlash kalendar rejasi asosida o‘quvchilarni yoshiga muvofiq emlash ishlari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasida bir yilda bir marotaba tor mutaxassislar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, 1-4 sinflarda yilda bir marotaba 100 foiz gijjaga qarshi tekshiruvlar olib borilmoqda.
Majlisda parlament so‘roviga javobda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar taqdim etilganligi qayd etilib, maktabgacha va maktab ta’limi vazirining javobi ma’lumot uchun qabul qilindi. Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
نمایش همه...
#Live ➡️ Muhokamalar chog‘ida deputatlar mazkur Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etib, milliy mehnat qonunchiligiga ishlab chiqarish jarayonidagi turli baxtsiz hodisalar, kasb kasalliklari, ish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan xalqaro standartlarni samarali joriy etish imkonini berishini ta’kidladilar. ➡️ Bundan tashqari, O‘zbekistonni istiqbolda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xususan, Jahon savdo tashkilotiga integratsiyalashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib, preferensiyalar umumiy (bosh) tizimi doirasida Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi. ➡️ Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi. _______________________ ➡️ В ходе обсуждений депутаты отметив, что ратификация данной Конвенции послужит дальнейшему развитию взаимного сотрудничества между Республикой Узбекистан и Международной организацией труда, эффективному внедрению международных стандартов в национальное трудовое законодательство, направленное на предотвращение и ликвидацию различных несчастных случаев в производственном процессе, профессиональных заболеваний и негативных последствий, которые могут возникнуть во время работы. ➡️ Кроме того, это создаст необходимые условия для будущей интеграции Узбекистана в международные и региональные организации, в частности, во Всемирную торговую организацию, и станет важным фактором дальнейшего развития взаимовыгодного сотрудничества с Европейским Союзом в рамках общей (основной) системы преференций. ➡️ На заседании проект закона принят в третьем чтении. Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
نمایش همه...
#Live 31 мая 2024 года на пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса министру дошкольного и школьного образования Х. Умаровой был направлен парламентский запрос Законодательной палаты «О состоянии оказания медицинских услуг детям в учреждениях общего среднего образования». В нем было определено предоставить обоснованные разъяснения о проводимой работе по налаживанию деятельности медицинских кабинетов во всех общеобразовательных школах, обеспечению их необходимым медицинским оборудованием и медикаментами. На очередном пленарном заседании Законодательной палаты депутаты рассмотрели ответ на данный парламентский запрос. В ответе отмечено, что организация медицинского обслуживания учащихся общеобразовательных школ, оказание им медицинской помощи и вопросы охраны здоровья регулируются соответствующим совместным постановлением ответственных министерств. Врачи и медицинские сестры прикрепляются к общеобразовательным школам региональными районными (городскими) многопрофильными центральными поликлиниками на плановой основе. В 10 165 средних школах страны работают 6 357 врачей, 10 176 средних медицинских работников, 252 стоматолога. При этом медицинские кабинеты имеются в 9 085 из 10 165 общеобразовательных школ при Министерстве дошкольного и школьного образования. Из них 7 766 обеспечены всем необходимым оборудованием, в остальных частичное оснащение. В целях обеспечения этих медицинских кабинетов 36 наименованиями медикаментов за счет средств местного бюджета выделено 7,8 млрд 116 млн сумов на закупку медицинских товаров.
По представленному ответу министра, на основе календарного плана профилактических прививок Минздрава один раз в год проводится вакцинация учащихся по возрасту, узкими специалистами углубленное медицинское обследование школьников. При этом один раз в год проводится 100-процентная дегельминтизация учащихся 1-4 классов.
Депутаты, отмечая, что в ответе представлена подробная информация по вопросам, поднятым в парламентском запросе, приняли ответ министра дошкольного и школьного образования к сведению. Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
نمایش همه...
#Live ♻️ Qonun loyihasi qabul qilinishi bilan mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida zamonaviy kooperativ munosabatlari tartibga solinadi, kooperativlarning huquqiy kafolati yaratiladi. Shuningdek, bozor mexanizmlarini joriy etish, erkin raqobat muhitini shakllantirish, mavjud tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishga xizmat qiladi. ➡️ Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi. _______________________ ♻️ С принятием законопроекта будут урегулированы современные кооперативные отношения в сельском хозяйстве, создано правовое обеспечение кооперативов. Документ также послужит внедрению рыночных механизмов, созданию свободной конкурентной среды и правильному использованию существующих природных ресурсов. ➡️ Проект закона принят депутатами. Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
نمایش همه...
#Live ✅ Ta’kidlanganidek, bugungi kunga qadar Konvensiya 75 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Mazkur Konvensiya barcha iqtisodiy faoliyat sohalarini o‘z ichiga olib, davlat xizmatida ishlovchilarga, yollanib ishlovchilarga, shuningdek bevosita yoki bilvosita ish beruvchining nazorati ostida bo‘lgan ishchi va xodimlarga tadbiq etiladi. ✅ Konvensiyada mehnat faoliyati jaryoni va ishlab chiqarish muhitida mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Jumladan, ish joyida yoki ish vaqtida ishchi va xodimlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi bilan bog‘liq turli baxtsiz hodisalar yoxud xavflarning oldini olishga qaratilgan talablarni yanada kuchaytirish belgilangan. ✅ Bundan tashqari, mazkur xalqaro hujjatda mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash, ishlab chiqarish muhitini yaxshilash bo‘yicha milliy darajadagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish masalalari aks ettirilgan. _______________________ ✅ Отмечается, на сегодня Конвенцию ратифицировали 75 стран. Настоящая Конвенция охватывает все сферы экономической деятельности и применяется на государственных служащих, наемных рабочих, а также на рабочих и служащих, находящихся прямо или косвенно под контролем работодателя. ✅ Конвенция предусматривает обеспечение В частности, определено дальнейшее усиление требованбезопасности и гигиены труда в трудовом и производственном процессах.ий, направленных на предотвращение различных несчастных случаев или рисков, связанных с причинением вреда здоровью рабочих и служащих на рабочих местах или во время работы. ✅ Кроме того, данный международный документ отражает вопросы разработки и реализации мероприятий на национальном уровне по обеспечению гигиены, улучшению производственной среды. Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
نمایش همه...
#Live Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlar chiqilgan qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hokimlar hamda mahalliy Kengashlarning vakolatlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, quyidagilar nazarda tutilmoqda: — mahalliy Kengashlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi; — Xalq deputatlari Kengashi raisi o‘z vazifalarini bajarish davrida doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emasligi; — kengashlar yig‘ilishlarida hokim nomzodi ko‘rib chiqilayotganida nomzod mahalliy Kengash deputatlariga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi shartligi; — mahalliy Kengash va hokim qabul qiladigan hujjatlar Yagona elektron tizimda (e-qaror.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tizimga joylashtirilishi, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlarning haqiqiy emas deb hisoblanishi belgilanmoqda. Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.