fa
Feedback
Bookerberg

Bookerberg

رفتن به کانال در Telegram

📚 Kitoblar haqida fikrlar, taqrizlar, loyihalar... ▶️ YouTube: https://www.youtube.com/@Bibliotubeuz Bog'lanish uchun: @Afterway

نمایش بیشتر
2 815
مشترکین
+224 ساعت
-147 روز
-6530 روز
آرشیو پست ها
Bookblogerlar bilan Sirli Santa o'yinini o'ynayapmiz (ha, garchi hozir kuz fasli bo'lsa-da). Menga Santadan sovg'alar kelibdi. Hozirgina "unpacking" qilib ko'rdim. Santaga ajoyib sovg'a uchun katta rahmat. Juda hursand bo'ldim. Endi Santa kim ekanini topishga yordamlashib yuboringlar. Sizningchi kim? @Bookerberg

پیام ویدیو01:00

پیام ویدیو01:00

Shu kitobni 2022-yil o'qigandim. O'sha payt bu kitob haqida yozgan ekanman. Esimdan ham chiqib ketgan ekan. O'tgan yil oxirida shu kitobni o'zbek tiliga tarjima qilgandim. Yaqinda sotuvga chiqibdi — "Diqqatni jamlash erkinligi" nomi ostida. Foydali kitob — tavsiya qilaman. @Bookerberg

Repost from Bookerberg
Samaradorlik o'zi nima? Hozir o'qiyotgan kitobimda bitta qiziq fikrga duch keldim. Biz samaradorlik deganda nimani tushunishimiz haqda hech o'ylab ko'rganmisiz? Balki "mindset"ni biroz o'zgartirish kerakdir. "Men rahbarlar va tadbirkorlar bilan ishlayotganimda bir narsani guvohi bo'lamanki, odatda ular samaradorlik deganda ishni tez bajarish va iloji boricha ko'proq hajmdagi ishlarni bajarishni nazarda tutishadi. Chunki bizda samaradorlik to'g'risidagi instinktiv tasavvur qo'l mehnati (manufaktura) davrida shakllangan va shundayligicha qolib ketgan. U paytlar insonlar doimiy takrorlanuvchi vazifalar bilan shug'ullanishgan va ishni tezlashtirish orqali samaradorlikka erishishgan. Ammo hozirda men qilayotgan ish mutlaqo bunday emas. Hozirgi davrda kasblarda va vazifalarda juda ko'p rang-barangliklarni kuzatishimiz mumkin. Ular ijodkorlik va yangilik talab qiladi". Biz samaradorlik tushunchasiga eskicha fikr bilan qaragan holda ishlaydigan bo'lsak, biz o'zimiz istamagan holda qattiq charchash, "emotsional yonish" kabi muammolarga ro'baro kelishimiz mumkin. "Agar sizni noto'g'ri tomonga yo'naltirishsa, tez yugurish sizga yordam bermaydi". Kitobning to'liq nomi: "Жизнь в расфокусе. Как перестать отвлекаться на ерунду и начать успевать больше за меньшее время", Майкл Хайятт 'Free to Focus: A Total Productivity System to Achieve More by Doing Less', Michael Hyatt @Bookerberg

Kim-kim, Kafka buni yaxshi tushungan. Bilmagan narsasini gapirmagan)) @Bookerberg
Kim-kim, Kafka buni yaxshi tushungan. Bilmagan narsasini gapirmagan)) @Bookerberg

Shu kunlarda Ayn Rendning "Источник" (The Fountainhead) asarini o'qiyapman. Menga yoqyapti. Uzunroq qilib aytadigan bo'lsam, Ayn Rend asarlaridagi qahramonlar xarakteri va ularning fikrlash tarzi shunday qiziqki, yozuvchining qobiliyatiga qoyil qolmasdan iloj yo'q. "Atlant qaddini rostladi" (Atlas Shrugged) asaridayoq shuni his qilgandimki, Ayn Rend ishbilarmon qatlamni juda yaxshi bilgan, har sohada o'z ishining ustalari bilan yonma-yon yashagan, tanish bo'lgan deb o'ylayman. Masalan, "Источник"da u arxitektorlar haqida hikoya qilgan. Asardagi asosiy qahramonlar Piter Kiting va Govard Rork — ikkalasidan ham nimalarnidir o'rgansa bo'ladi. Ayniqsa, Rorkning o'z kasbini qanchalar sevishi, o'z ideallaridan voz kechmasdan, qashshoqlikda hayot kechirishga ham rozi bo'lgani, sizda qandaydir hurmat uyg'otadi. Asarni hali o'qib tugatganim yo'q. Lekin shu Rork oxirida nimagadir erishadimi yoki shu ahvolida qolib ketadimi degan savol aylanyapti menda. O'qiganlar bo'lsa, spoyler qilmay turasizlar. Tugatgach, yangi fikrlar bilan qaytaman. Bu asarni o'qiganlar bo'lsa — 🔥 qoldiringlar. Bilaychi, kanal kuzatuvchilari orasida muhokama qilish uchun odam topilarmikan. @Bookerberg

Yangi Asr Avlodi nashriyoti "Odisseya"ni nashr qilyapti ekan. Kitob yaxshi sotilsa kerak. Avvalroq Nolanning ushbu asar ekranizatsiyasidan keyin butun dunyoda uning sotuvi keskin oshganligi haqida yozgan edim. Nihoyat "Odisseya" o'zbek tilida ham qayta nashr qilinmoqda. @Bookerberg

Repost from Bookerberg
"Agar siz o'zingiz o'qigan har bir narsaga ishonaversangiz, o'qimaganingiz yaxshi". Yapon maqoli Har qachongidan ham dolzarbr
"Agar siz o'zingiz o'qigan har bir narsaga ishonaversangiz, o'qimaganingiz yaxshi". Yapon maqoli Har qachongidan ham dolzarbroq fikr ekan. Kitoblarni aslida fikrlash uchun o'qishimiz kerak, ulardagi barcha yozilganlarga ishonish uchun emas. Masalan, siz qaysidir yozuvchining 80% fikrlarini inkor qilishingiz, ammo o'zingiz uchun yangi ma'lumot olishingiz yoki shunchaki uning fikrlarini tahlil qilish orqali tiniqroq fikrlashni o'rganishingiz mumkin. Afsuski, ko'pchiligimiz kitoblarda yozilgan narsalarni haqiqat deb qabul qilamiz. @Bookerberg

Darvoqe, tarjimonlik sohasiga qiziqayotganlar va shu sohaga kiraman deb niyat qilganlar uchun: sentyabr oyida boshqa tarjimonlar bilan birgalikda kurs tashkil qilinyapti. Unda har bir tarjimon bittadan ma'ruza o'qiydi, tajribaga ega bo'lishingiz uchun topshiriqlar beradi. Topshiringlar)

Ha, qozon qaynatsa bo'ladi. Lekin doimiy daromad bo'lishi uchun biror nashriyotga ishga kirgan ma'qul. Bir xil oylik ta'minlanadi. Agar mustaqil, buyurtma asosida ishlayman desangiz, biroz qiynalib qolishingiz mumkin. Chunki buyurtmalar doim ham bo'lavermaydi. Farqi — buyurtma asosida ishlaganda, siz yaxshiroq summada gonorar olishingiz mumkin, lekin bu stabil bo'lmaydi. Nashriyotda ishlasangiz, maosh u qadar katta bo'lmasligi mumkin, lekin bu doimiy bo'ladi. Tarjiba to'plab, shaxsiy brendingiz ustida ishlasangiz — sizni ko'pchilik taniy boshlasa, buyurtmalar ham oshadi, bu holatda mustaqil ishlashni boshlasangiz ham bo'ladi. Bundan tashqari, o'zimning misolimda aytadigan bo'lsam, men faqatgina kitoblar tarjimasi bilan emas, turli saytlar uchun gonorar evaziga maqolalar ham tarjima qilib beraman. Bunda, albatta, mening qachonlardir turli saytlarda ishlab, ko'pchilik tanish orttirganim ham rol o'ynagan. Xullas, faoliyatingizning boshida pulingiz kam, vaqtingiz ko'p bo'ladi. Lekin hammasini to'g'ri qilsangiz, vaqti kelib, ish va buyurtmalar ko'p, pul ham yetarli, ammo bo'sh vaqtingiz kam bo'ladi. @Bookerberg

Mayli, bu savollar ozgina farq qilarkan. Javob beraman. Bir kanal ochib, o'z tarjimalaringizni o'sha yerda ulashib boring. Nashriyotlarga taklif bilan chiqqaningizda, shu kanalni portfolio sifatida ko'rsatasiz. Mening ham nashriyotlar bilan ishlab keta olishimda, buyurtmalar olishimda mana shu blogim katta rol o'ynagan. Maslahatim, kichik qadamlardan boshlang. Menga o'xshab birdaniga kaaatta kitoblarni boshlamang. Ham o'zingizni qiynaysiz, ham tarjimonlikdan ko'nglingiz qolishi mumkin. Kichik narsalar tarjimasidan boshlasangiz, ancha moslashasiz. Lekin qanday xatolar qilgansiz degan savolingizga javobim ham yuqoridagi masalaga bog'liq: birinchi tarjimamga murakkab va katta kitobni olganim — bir tomondan mening xatoyim, yana bir tomondan meni qisqa vaqt ichida yaxshigina "pishirgan" (xuddi olov g'isht olovda pishishi kabi). Shu jihatdan ayta olamanki, mening xatolarim, hozirgi darajamni keltirib chiqargan. Demak, odam yaxshigina "pishishi" uchun o'zini o'tga tashlashi kerakmi yoki kichik qadamlar bilan o'sgani yaxshimi degan savol tug'iladi. Bunga aniq javob berishim qiyin. O'zimda birinchi holatdagidek bo'lgan, lekin o'z yo'limni maslahat bermayman. @Bookerberg

Tarjima sohasi va unga kirish, nimadan boshlash haqida ko'plab savollar yuborilgan ekan botga. Uzr, har biriga javob berib o'tirmadim, chunki bu bo'yicha bir-ikkita savollarga javoblarimni kanalda e'lon qildim va savollar mazmunan bir xil bo'lgani uchun shu postlarni javob sifatida qabul qilasizlar deb umid qilaman. @Bookerberg

Men tarjima qilgan asarlar bilan mana bu ro'yxat orqali tanishishingiz mumkin. E'tibor uchun katta rahmat. https://t.me/bookerberg/2155 @Bookerberg

Albatta, hech narsa asliyatga teng kelolmaydi. Oddiy misolda tushuntiraman: deylik, siz ikki tilda gaplasha olasiz, o'zbek va ingliz. Siz o'zbek tilida gapirayotganda o'zingizni bir shaxs sifatida his qilsangiz, ingliz tilida gapirayotganda boshqa shaxs sifatida his qilishingiz mumkin. Chunki til, qaysidir ma'noda, tafakkurni shakllantiradi. Tilning qanday ekanligi, uning xususiyatlari, undagi ifodalarning aniqlik darajasi sizning shu til ta'sirida qanday fikrlashingizni belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan, tarjimalar original tildagi matn beradigan barcha narsani 100% yetkazib bera olmaydi. Bu ayniqsa badiiy asarlarda o'z aksini topadi. Lekin g'oyalarni, mazmunni to'liq yetkazib berishga harakat qilish orqali, originalnikiga yaqin qilib tarjima qilish mumkin — ammo 100% bir xil bo'lmaydi. Chunki har bir tilning o'ziga xosligi, xususiyatlari bor. Bundan tashqari, inson faktorini ham hisobga olish lozim. Ikki kishi bir xil kartinaga qarab turib, ikki xil narsani ko'rishi mumkin. Matnlarda ham, asosan, tagma'no yotadigan joylarida shunday holatlar bo'lishi mumkin. Tarjimon ba'zan yozuvchining nozik ifodalarini, so'z o'yinlarini tushunmasligi mumkin. Lekin buning teskari bo'ladigan holatlar ham yo'q emas. Ba'zi asarlar tarjimasi shunday bo'ladiki, ikkala tilni ham biladigan odam tarjimaning hatto originalidan ham yuqori darajaga olib chiqilganligini ayishi mumkin. Bu albatta, tarjimonning mahoratiga bog'liq. Chunki tarjimon qaysidir ma'no asarni qaytadan yozadi. Uni o'qib turib, hazm qilib, o'z prizmasidan o'tkazib, keyin o'zbekcha so'zlarda uni ifoda etishga kirishadi. Bu qayta yozish bo'lmay nima?) Xo'sh, bundan tashqari, har bir tilning o'ziga xosligi bor degan gapimga bitta misol keltirsam: biz "qor odam" deb ataydigan mavjudotni inglizlar "bigfoot" deb ataydi. Qarang, biz uning tasavvurimizdagi obrazi, sovuq joyda yashashi yoki oq junli ekanligini hisobga olib, shunday atasak, inglizlar u qoldirgan izlardan kelib chiqib nomlashgan. Xuddi shu tariqa, turli tillardagi turli so'zlarning kelib chiqishi, mutlaqo har xil kelib chiqishga (garchi bir xil predmet bo'lsa-da), turli xil tafakkurga asoslanishi mumkin. So'zlarning mana shunday jihatlari, ba'zan sizning fikrlash chegarangizni oldindan belgilab berishi mumkin ("1984" asarida har yili e'lon qilinadigan lug'atlarni eslang). Mana nega doimo til o'rganish kerakligi aytiladi. Bu ko'pincha shu tilda so'zlasha olish uchun emas, har xil yo'nalishda, har xil tekislikda fikrlay olish uchun kerak. Shu jihatdan, bemalol aytsak bo'ladiki, hech bir asarning tarjimasi 100% asliyatidagidek mazmun yoki his-tuyg'ularni yetkazib bera olmasligi mumkin. Lekin bu — til bilmaydigan odamlar xorijiy tillardagi asarlardan bahramand bo'la olmasligi kerakligini anglatmaydi. Aynan shuning uchun ham tarjimachilik hali ham tirik.

Tarjimonlik sohasida eng muhimi — mustaqil izlana olish, mustaqil o'rgana olish ko'nikmasi. Biror bir notanish so'z, atama, ibora, ideoma yoki birikmaga duch kelganda, siz shuni chuqur o'rganib, tushuna oladigan darajada bo'lishingiz kerak. Albatta, hamma narsa birdaniga bo'lib qolmaydi, ko'nikmalarni tajriba asosida shakllantirib boraverasiz. Bundan tashqari, shuni ham aytishim kerakki, ko'pchilik odamlar — kitob tarjimasi deganda xorijiy tilni yaxshi bilishni tushunishadi. Lekin bu yerda xorijiy tildan (qaysi tildan tarjima qilinayotgan bo'lsa, o'sha til bo'yicha bilimlar) ko'ra, tarjima qilinayotgan til (bizni holatimizda o'zbek tili) ko'proq muhim. Deylik, ingliz tilini zo'r bilsangiz, kitobdagi jumlalarni juda yaxshi tushunayotgan bo'lsangiz-u, lekin o'sha g'oyani tiniq ifoda etish uchun o'zbek tilida so'zlar topa olmasangiz, sizning tarjimangiz no'

Og'ir masala. Afsuski, bizda ko'pchilik kitob o'qiydigan ayolning butun bir oilaga qanchalik manfaat keltirishini tushunmaydi. Chunki umumiy olib qaraganda, kitobxon millat emasmiz. Uyda farzand ko'p vaqtini onasi bilan o'tkazadi (mustasno holatlar bo'lishi mumkin, ammo tasavvurimizdagi klassik o'zbek oilalarida shunday) — ona kitob o'qisa, bola ham o'qiydi. Ona aqlli bo'lsa, bola ham aqlli bo'ladi. Afsuski, ko'p oilalardagi ayollarga bo'lgan munosabat odamni g'ashini keltiradi. Qaysi jihatdan, aynan kognitiv tomonlama ayollar va qizlarning bilim olishga bo'lgan ehtiyoji ancha keyingi o'rinlarga qo'yiladi... Shunday narsalarni tushunadigan oilalar, erkaklar ko'paysin deb qolamiz, boshqa nimayam derdim. Avvalambor, anonim kuzatuvchi, sizga e'tirof uchun rahmat. Kanalda u bir paytlar yozilgan "Tuxum" (Endi Veyr) hikoyasini o'qigan ekansiz, demak anchadan beri shu yerda ekansiz. Kitob o'qishga bo'lgan xohishingizni, intilishingizni hurmat qilaman. Ehtimol, tarjimonlik yoki muharrirlikka qiziqsangiz, uydan turib ishlab shu sohadan daromad olish variantini o'ylab ko'ring. Agar menga qiziq desangiz, sohaga kirib olishingizga yordamlashishim mumkin.

O'ylashimcha, hammamiz ertak kitoblardan boshlaganmiz. Mayli, buni va darslilarni hisobga olmasak, men o'qigan kattaroq hajmdagi ilk kitob — Xudoyberdi To'xtaboyevning "Qasoskorning oltin boshi" kitobi bo'lgan. Namoz Pirimqul o'g'li haqida yozilgan. Adashmasam, 8-sinf edim, 14-yanvar kuni onam sovg'a qilgandilar. Ungacha ham o'qigandirman, lekin aynan shunisi esimda qolgan ekan.

Urganchdan