Bookerberg
前往频道在 Telegram
📚 Kitoblar haqida fikrlar, taqrizlar, loyihalar... ▶️ YouTube: https://www.youtube.com/@Bibliotubeuz 📺 Kinolar haqida: @nextepisodeplease ✏️ Muallif shaxsiy blogi: @theperfectionist Bog'lanish uchun: @Afterway
显示更多2 596
订阅者
-524 小时
-97 天
-2930 天
帖子存档
2 598
Ushbu video oxirida loyihamizning oldingi sonida e'lon qilingan tanlov g'olibini e'lon qilganmiz. Shu an'anani davom ettirib, har galgi sonning oxirida g'olibni e'lon qilib bormoqchimiz.
Birinchi tanlovimizning g'olibi esa Madinabonu Sobirova ismli kuzatuvchimiz bo'ldi. Keyingi tanlovlarimizda siz ham qatnashing. Buning uchun shunchaki video ostida izoh qoldirsangiz kifoya (qanday izoh ekanligini esa videoda tushunytirib o'tganman).
@Bookerberg
2 598
▶️ Nega tanlovni siz uchun qilib bo’lishgan? | Non-Fiction #21
Nega insonlar o‘zlari uchun foydasiz bo'lgan qarorlar qabul qilishadi? Nima uchun muhim ishlarni keyinga suramiz, o‘ylamay xaridlar qilamiz va nega har doim ham oqilona yo‘l tutolmaymiz?
Ushbu videoda Richard Taler va Kass Sansteynning “Nudge. Tanlov arxitekturasi” nomli kitobini tahlil qilamiz. Siz unda atrof-muhit qarorlarimizga qanday ta’sir etishini va axborotni taqdim etish usulidagi kichik o‘zgarishlar inson xulq-atvorini qay darajada o‘zgartirishi mumkinligini bilib olasiz.
Kitob psixologiya, xulq-atvor iqtisodiyoti, marketing va boshqaruvga qiziquvchi har bir kishi uchun foydali bo‘ladi.
Bu safargi sonida ham tanlov e'lon qilganmiz va unga ko'ra siz kitob yutib olishingiz mumkin.⏺https://youtu.be/3iMIEsOndss @Bookerberg
2 598
Repost from 1000KITOB
Kitobsevarlar diqqatiga!
“Tashabbuslar marafoni”ga start berilmoqda. To‘yga to‘yona degandek, 1000kitob jamoasi ham hududlarga “Kitob karvoni” bilan yo‘l oladi.
Marafon doirasida “KitobFEST” tashkil etilib, “Devon” ma’rifiy muloqotlari ham o‘tkaziladi. Unda:
– har bir hududda kitoblar taqdimoti;
– soha ekspertlari bilan uchrashuvlar;
– tarjimon va muharrirlar ishtirokida ochiq muloqotlar bo‘ladi.
Tarjima, muharrirlik va ijodiy yo‘nalishlarda o‘z salohiyatini namoyon qilishni istagan yoshlar uchun bu marafon yangi imkoniyat va katta tajriba maydoniga aylanadi!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ro‘yxatdan o‘tib, safimizga qo‘shiling!
👉 yoshlar.gov.uz
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2 598
Mana bu kitob o'zbek tiliga tarjima qilinib, "Tajribaga aldanganlar" nomi ostida nashr etishibdi. Qiziq kitob.
"Non-Fiction"da shu kitob haqida video chiqargandim. Kitobning mazmuni va asosiy g'oyalari bilan tanishishni xohlasangiz, videoni ko'rishni tavsiya qilaman.
@Bookerberg
2 598
Bugun hammamiz uchun sifatli kitoblar ramziga aylanib ulgurgan Zabarjad Media nashriyotining 7 yilligi nishonlanayapti.
Nashriyotning loyal mijozi va oddiy bir kitobxon sifatida bundan keyin ham katta yutuqlar tilaymiz. Zabarjad Medianing 10, 15, 30 yillik marralarini ham nishonlab yurish nasib qilsin.
Bugun hammamizni nashriyot o'z ofisiga, ushbu kunni birgalikda nishonlash uchun chaqirgan. Kimlar allaqachon o'sha yerda va kimlar endi bormoqchi?)
@Bookerberg
2 598
▶️ Gap talantda emas — rivojlanmayotganingizning asosiy sababi nimada? | Non-Fiction #21
Nihoyat, "Non-Fiction" loyihasining yangi sonini YouTube`ga joyladik. Buguni soni Kerol Dvekning “Mindset: The New Psychology of Success” kitobi haqida.
Bu safargi sonida bir tanlovcha qilishga qaror qildik va sovringa xuddi shu kitobning o'zbek tilidagi nashrini qo'ydik. Kitobni yutib olish uchun esa video ostidagi sharhlar qismiga o'tib komment qoldirishingiz kerak. U qanday komment bo'lishi kerakligini esa videoda tushuntirganman (sharti juda oddiy).Nega ba'zi odamlar muvaffaqiyatsizliklardan keyin o'sishadi, boshqalar esa — hatto harakat qilsalar ham — bir joyda qotib qolishadi? Mana shu savollarga bugun ushbu kitobni tahlil qilgan holda javob topamiz. ⏺https://youtube.com/watch?v=i_ofTfvZP4Q&feature=youtu.be @Bookerberg
2 598
O'tgan hafta bo'lib o'tgan tadbirning yozib olingan videosi tez kunlarda YouTube'ga joylanadi.
@Bookerberg
2 598
18-aprel, shanba kuni Sun'iy intellekt nazorati haqida yuqoridagi kabi muammolarga bag'ishlangan muhokama (debat) tadbiri bo'lib o'tadi.
Muhokama davomida Styuart Rasselning "Insonga mos sun'iy intellekt va nazorat muammosi" kitobida keltirilgan masalalar, insoniyat kelajagi, hamda super ong mavjud dunyoga qanday tayyor bo'lish kerakligi haqida bahslar bo'ladi.
Aytishlaricha, tadbirda Davronbek Turdiyev, Hamid Sodiq, Alisher Tojiyev ham qatnashar ekan. Tadbir debat ko'rinishida bo'larkan, ya'ni ekspertlar sun'iy intellekt va uning muammolarini muhokama qilishadi. Xullas, qiziqarli fikrlar eshitamiz deb o'ylayapman. Chunki mavzu ham, kitobning o'zi ham juda qiziqarli.
O'sha kuni Toshkentda bo'lsangizlar, albatta kelinglar. Kirish bepul.
@Bookerberg
2 598
Shoh Midas haqidagi afsona haqida eshitgan bo'lsangiz kerak? Unga ko'ra, Midas Silena va iloh Dionisga qilgan yaxshiligi uchun taqdirlangan va o'zi tekkan hamma narsani oltinga aylantira olish qobiliyati bilan siylangan.
Ammo biroz vaqt o'tgach, bu "mukofot" aslida "qarg'ish" ekanligini tushuna boshlagan: ovqat, suv, uning yaqinlari — hamma narsa oltinga aylanib qolaverardi. Midas Dionisdan bu mukofotni qaytarib olishni iltimos qiladi...
Insoniyat sun'iy intellekt yaratib, unga ma'lum bir topshiriqni bergach, xuddi Midasniki kabi muammoga duch kelishimiz mumkin. Biz o'ylayotgan sun'iy idrok, biz o'ylagandek "yovuz" yoki "insonga qarshi" bo'lmasligi mumkin, lekin biz uni nazorat qila olmay qolishimiz ehtimoli kattda.
Muammo shundaki, misol uchun sun'iy intellekt oldiga skrepkalar (paper clips) yaratish vazifasi qo'yilsa — u bu vazifani o'z mavjudligining mazmuni deb qabul qilishi va hamma narsadan skrepka yasay boshlashi mumkin. Va unga mutlaqo farqi bo'lmaydi, uning "cheksiz skrepkalar" yasashi insoniyatga, tabiatga zarar yetkazadimi, resurslarni cheklab qo'yadimi — u bitta ishni bajarishi kerak — u ham bo'lsa skrepka yasash...
Bu analogiya haqida Styuart Rasselning "Insonga mos sun'iy intellekt va nazorat muammosi" kitobida o'qigandim. Ushbu kitobda shunga o'xshash turli muammolar va keyslar keltirilgan. O'qishni tavsiya qilaman.
@Bookerberg
2 598
Korrupsiya haqida gaplashamiz
Ertaga, 11-aprel, soat 11:00 da "Founders Cafe"da (eski Shakespeare kafesi) 1000KITOB loyihasi doirasida chop etilgan "Korrupsiya: Buni hamma bilishi kerak" kitobining taqdimoti va ochiq muloqot bo'lib o'tadi.
Taklifnomani sizlarga ham tashlab qo'yayapman, boshqalarga ko'rsatmanglar, "pora" deb o'ylashlari mumkin))
Agar kitob bilan oldindan tanishaman desangizlar, kitobning elektron varianti Mutolaa platformasida bor.
Xullas, ertaga o'zim ham shu yerda bo'laman. Bir qator bookblogerlar ham tashrif buyurishadi. Yengil muhitda, bir piyola choy ustida o'tirib, suhbat quramiz. Kelaverasizlar.
@Bookerberg
2 598
Kecha "Книжный мир"ga borib, o'zim anchadan beri qidirib yurgan — Jozef Kempbellning "Тысячеликий герой" ("Ming yuzli qahramon") kitobini oldim.
Bu kitobni ko'proq miflarga bo'lgan qiziqishim sababli emas, balki arxetiplarni o'rganish istagim sababli qidirayotgandim. Ko'plab mashhur ssenaristlar o'z "baza"sini shu kitobdan olishgan. Mening ham qandaydir obrazlar yaratib, biror asar yoki ssenariy yozish niyatim bor. Ilk ishlarim sayoz va puxta o'ylanmagan bo'lishi ehtimoli bor, shunday holida ham, boshlanishiga qo'llab-quvvatlab turasizlar degan umiddaman.
Yana bir xaridim Irvin Yalomning "Проблема Спинозы" ("Spinozaning muammosi") asari bo'ldi. Irvin Yalom yaxshi yozadi, avvalroq uning "Шопенгауэр как лекарство" va "Лжец на кушетке" nomli asarlarini o'qigandim — menga yoqqandi. Uning o'zi psixoterapevt, shuning uchun dialoglar orqali insonlarni juda yaxshi ochib bera oladi. Biror asarini o'qib ko'ring, tavsiya qilaman.
Oxirgi bir oy ichida ko'p kitoblar sotib oldim. Asosan menda shunday, ketma-ket kitoblar sotib olaman va biroz muddat hech narsa xarid qilmayman — mutolaaga sho'ng'iyman. Hozir, endi yana shunday qilsam kerak.
Siz hozir qaysi kitoblarni o'qiyapsiz?
@Bookerberg
2 598
Repost from BOOK.UZ
🤩 BAYRAMONA CHEGIRMA!!!
🥰 Ramazon hayit bayrami va Navro‘z ayyomi munosabati bilan Book.uz mega chegirma e'lon qiladi! ✨
📚 Bayram hadyasi uchun 1000 dan oshiq kitoblarni 3000 so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin. ✔️
⏺Ushbu chegirma faqat Bosh do‘konimizda amal qiladi!
📌 Manzil: Toshkent sh. Chilonzor 8, Qatortol koʻchasi 60.
🚀 Shoshiling chegirma muddati 18-23-martgacha!
📚 @bookuzbekistan
2 598
Repost from Next Episode, Please!
“The Girl Who Cried Pearls”
Mana bu multfilm ("Marvarid toʻkib yigʻlaydigan qizaloq" yoki "Девочка, которая плакала жемчугом") eng yaxshi qisqa metrajli multfilm nominatsiyasi bo'yicha Oskar mukofotini olibdi. Juda qiziqarli chiqqan ekan.
Hozirni o'zida ko'rvorsa bo'ladi, 17 daqiqa: https://www.youtube.com/watch?v=AYRVQaDthls
➡️Please!
2 598
Repost from Next Episode, Please!
“The Girl Who Cried Pearls”
Mana bu multfilm ("Marvarid toʻkib yigʻlaydigan qizaloq" yoki "
Девочка, которая плакала жемчугом") eng yaxshi qisqa metrajli multfilm nominatsiyasi bo'yicha Oskar mukofotini olibdi. Juda qiziqarli chiqqan ekan.
Hozirni o'zida ko'rvorsa bo'ladi, 17 daqiqa: https://www.youtube.com/watch?v=AYRVQaDthls
➡️Please!
2 598
Bugungi xaridlarim:
Simona Devis "Montessori go'dak". Yaqindagina Akademnashr tomonidan chop etildi. Juda sifatli chiqqan. Kichkina yoshdagi bolalar tarbiyasi va ularni rivojlantirish haqidagi qo'llanma. Montessori metodikasi haqida eshitgan bo'lsangiz kerak.
Kerol Dvek "Dunyoqarash". Bu kitobni ancha oldin ingliz tilidagisini o'qigandim ("Mindset", Carol Dweck). Yaqinda "Non-Fiction" loyihasi doirasida mana shu kitob haqida video suratga oldik, bu kitobni YouTube kanaldagi faol obunachilardan biriga sovg'a qilishni rejalashtirayapman (hali g'olibni qanday tanlab olish haqida bir qarorga kelganim yo'q). Xullas, tushundingiz, kuzatib boring.
Charlz Uilan "Yalang'och iqtisodiyot". Bu kitobni o'zi ancha avval olishim kerak edi. Shu "probel"ni to'ldirib qo'ydim. Buni ustiga, iqtisodiyot haqida nimadir o'qishni xohlab yurgandim.
Margaret Atvud "Oqsoch hikoyasi". Bilasiz, antiutopik asarlarni o'qishni yaxshi ko'raman. Kanadalik yozuvchining bu asarini ham maqtashadi, o'qib ko'rmoqchiman.
Meg Jey "Hal qiluvchi davr". Garchi 30 yoshni qarshilashga ulgurgan bo'lsam-da, Meg Jeyning bu kitobini o'qishga qaror qildim. Bu kitob rus kitobxonlari orasida mashhur ("Важные годы"). O'zbek tiliga yaqindagina tarjima qilindi.
Sherzod Komil Xalil "Turkiylarning xayoliy jonzotlari". Yunon, Misr va Skandinaviya mifologiyasi (shuningdek, slavyan, yapon mifologiyasini ham qisman) haqida ko'p o'qiganman. Turkiy xalqlar mifologiyasi bilan ham tanishishni xohladim. Bu kitobga hali sotuvga chiqmasidanoq oldindan to'lov qilgandim, chiqqandan keyin esa borib olishga vaqt topolmayotgandim. Endi bir tanishamiz "mahalliy mahluqotlarimiz" bilan.
Eduard Dyujarden "Dafnalar kesildi". Alp nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu kitob Eduard Dyujardenning eng mashhur asari ekan. Hajmi kichkina, menimcha bir o'tirishda o'qib chiqsa bo'ladi.
Siz bu kitoblardan qaysi birini o'qigansiz?@Bookerberg
2 598
Agar biz superkuchli sun'iy intellekt yaratsak va uning maqsadlari odamlarniki bilan mos kelmasa-chi?
Mana bir necha o'n yildirki, ko'pchilikni o'ylantirib kelayotgan savol. Styuart Rassel o'zining "Insonga mos sun'iy intellekt va nazorat muammosi" nomli kitobda mana shu savolga javob topishga harakat qilgan. Styuart Rasselning o'zi AI sohasini o'rganuvchi olim (nihoyat shu soha mutaxassisining shu mavzuda yozgan kitobi), uning sun'iy intellekt haqida yozgan bir qancha kitoblari bor.
Uning ta’kidlashicha, muammo sun'iy intellektning "yovuz" boʻlishi mumkinligida emas. Muammo — u belgilangan maqsadni, hatto u falokatli bo'lsa ham, haddan tashqari yaxshi bajarishida.
Kitobdan olingan klassik misol:
agar mashinaga qog'oz qisqichlar ishlab chiqarishni maksimallashtirish maqsadi qo'yilsa, yetarlicha kuchli sun'iy intellekt tom ma'noda hamma narsani — hattoki, insoniyat sivilizatsiyasini ham xomashyoga aylantira boshlashi mumkin. Shu sababga ko'ra, sun'iy intellektni nazorat qilish qiyin bo'lishi mumkin.
"Cosmos Books" nashriyoti ushbu kitobi sotuvga chiqardi. Ushbu kitob 1000KITOB loyihasi doirasida o'zbek tiliga tarjima qilindi. Loyiha doirasida chiqqan kitoblar nega so'tuvda yo'q deb ko'pchilik so'rayotgandi, mana bu kitob esa birinchi bo'lib sotuvga chiqdi (hali kutubxonalarga bepul tarqatilgani yo'q, lekin bunisi ham bo'ladi yaqinda).
Xullas, o'qinglar, yaxshi kitob ekan.
@Bookerberg
2 598
"Atrof to'la ahmoqlar" kitobi muallifi Tomas Erikson va uni tanimagan holda uning kasbini topishga harakat qilayotgan vloger.
YouTube`da "Career Ladder" nomli bitta loyiha bor. Unda boshlovchi istalgan biror insonni to'xtatib, uni zinaga taklif qiladi va 2 daqiqa ichida turli savollar berib, uning kasbini topishga harakat qiladi. Shunday ko'rsatuvlardan birida boshlovchi Shvetsiyadagi eng mashhur kitob muallifi Tomas Eriksonga duch kelibdi.
Manba
@Bookerberg
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
