cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY

Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi 🌐Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
11 529
مشترکین
-2424 ساعت
-2457 روز
-1 39630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul2024/2025
⚡️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi
30-maydan boshlab ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. 👉 Batafsil...
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👍 2
#xalqaro_hamkorlik 🗣️Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari Turkiyaning yirik korxonalarida amaliyot o’tashmoqda
Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari ishlab chiqarish mahsulotlari texnologiyalarini o’rganish maqsadida Turkiyaning bir nechta yirik ishlab chiqarish fabrikalari va korxonalari bilan yaqindan tanishishmoqda.
🟠Xususan, bugun talabalarimiz sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonalaridan biri AK Gıda nomli va İÇİM brendi ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar fabrikasida amalyotda boʻlishdi. Talabalarimizga Oziq-ovqat muhandisligi fakulteti o’qituvchilari Dr.Mehmet va Dr.Fuat ma’lumotlar berib borishdi. 🟠Shuningdek, Konya shahri yaqinida joylashgan Torku brendi ostidagi shirinlik va pecheniya mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi hamda ushbu korxonaning İssiqxonalarida amaliyotda bo’lib, mahsulotni saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va import hamda eksport qilish texnologik jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
نمایش همه...
👍 3🔥 1
#xalqaro_anjuman #live ▶️Bugun Urganch davlat universitetida Oʻzbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan ulug’ shoir Avaz O’tar tavalludining 140 yilligiga bag’ishlab o’tkazilayotgan "Filologiyaning dolzarb muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman kunning ikkinchi yarimida o’z ish faoliyatini uchta sho’balar yig’ilishlarida davom ettirmoqda. 1-sho’ba “O’zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari”, 2-sho’ba “O’zbek tilshunosligining dolzarb muammolari”, 3-sho’ba “Jahon filologiyasi: muammo va yechimlar” mavzulariga qaratilgan bo’lib, yig’ilishlarda fakultet professor-o’qituvchilari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
نمایش همه...
👍 5
Repost from Edu.uz
29:34
Video unavailableShow in Telegram
#Vazir_ochiq_muloqot
⚡️ Nima sababdan “avval test, soʻng tanlov” tizimiga oʻtildi?
Qachon rektorlarni jamoatchilik saylaydi? ❓ Taʼlim granti har yili qayta taqsimlansa, poraxoʻrlik avj olmaydimi? ❓ Nega sirtqi taʼlimdan voz kechilmoqda? Ushbu savollarga Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorov suhbatida javob olishingiz mumkin. 🎬 Videoni Full HD formatda koʻrish
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
#Xalqaro_hamkorlik ⚡️⚡️⚡️Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetining bir guruh professor-o'qituvchilari va talabalari Sloveniyaning Primorska universiteti taklif xatiga binoan 26-may kunidan 13-iyungacha malakaviy amaliyot o'tash maqsadida mazkur universitetda bo’lishmoqda. Tashrifning birinchi kuni professor-o'qituvchi va talabalarimizni universitet Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Valentina Bertok, Gumanitar fanlar fakulteti dekani Irina Lazer va dekan o'rinbosarlari iliq kutib olishdi. Universitet rektorati tomonidan talabalarga amaliyot dasturi taqdim qilindi va bundan keyingi amaldagi ishlar to'g'risida kelishib olindi. Shuningdek, universitet vakillari talabalarimizning mazkur oliygohga milliy kiyimlarda tashrif buyurgani ularga o'zbek madaniyati ruhini olib kirganliklarini aytib, o’zlari ham bu yil O’zbekistonga tashrif buyurishlarini mamnuniyat bilan ta'kidlashdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
نمایش همه...
👍 5 2🔥 1🎉 1
02:11
Video unavailableShow in Telegram
#xalqaro_anjuman #live ▶️Ayni paytda Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Oʻzbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan ulug’ shoir Avaz O’tar tavalludining 140 yilligi munosabati bilan "Filologiyaning dolzarb muammolari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
نمایش همه...
🔥 2
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇨🇿Bugun, 30-may kuni Chexiya hayot fanlari universiteti, Tropik agrofanlar fakulteti (Czech University of Life Sciences Prague) professori Jan Sobotnik va universitetning Xalqaro termit tadqiqot kursi (Florida) tadqiqotchisi Ph.D Aleš Buček Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakultetida mehmonlar bilan uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani J.Ro’zimov boshchiligida dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, universitet va fakultet faoliyati bilan mehmonlarni tanishtirdi hamda kelgusida mazkur universitet bilan ilmiy va o‘quv ishlar bo‘yicha hamkorlikda ishlash borasida muzokaralar olib borishdi. Shundan so’ng, fakultet talaba-yoshlari uchun xorijlik olimlar ishtirokida seminar-trening tashkil etilib, talabalar yangi bilimlarga ega bo’lishdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
نمایش همه...
👍 1👏 1
#xalqaro_anjuman ✍️"Har tilni biluv emdi bani odama jondur..." Ushbu misralar erkparvarlik, ozodlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan ijod qilgan buyuk shoir Avaz Oʻtar qalamiga mansubdir. Bu she'r chet tillarini o‘rganishga da’vat qilishi bilan ham muhimdir. Shoir tilni insonlar, turli millatga mansub kishilarni birlashtiradigan, do‘stlashtiradigan «robitai olamiyon» - kishilarning aloqa vositasi deb ataydi. Shuning uchun ham o‘zgalar tilini ona tilidek bilish «foydai kondir» deydi. 🔴Avaz O’tardek ma’rifatparvar ajdodlarimizni xotirlash, uning maʼnaviy merosini yosh avlodga yetish adabiyotshunos olimlarning eng ulugʻ vazifasi sanaladi. Shu munosabat bilan ayni paytda Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Oʻzbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan ulug’ shoir Avaz O’tar tavalludining 140 yilligi munosabati bilan "Filologiyaning dolzarb muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda. Dastlab anjumanni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev kirish so’zi bilan ochib berib, unda ishtirok etayotgan universitet professor-o’qituvchilariga, talaba-yoshlarga, shuningdek tadbir mehmonlariga shoir Avaz O’tar haqida fikrlarini bildirib, bugungi ayyom bilan barchani samimiy qutladi.
Mazkur konferensiyada Zoom platformasi orqali Turkiyaning Pamukkal’e universiteti, Ozarbayjon fanlar akademiyasi folklor instituti, Qozog’iston Respublikasi Jumabek Tashenev nomli universitet hamda Namangan davlat universitetilaridan olimlarning ishtiroki anjumanga xalqaro tus bermoqda.
Konferensiyada Xorazm viloyati hokimining davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi R.Xudayberganov, UrDU O’zbek filologiyasi fakulteti dekani D.G’ayipov, f.f.d., filologiya fanlari doktori, professor M.Asadov hamda bir qator fakultetning professor-oʻqituvchilari so’zga chiqib, shoirning hayoti va faoliyati, uning she’riyati hamda ma’rifatparvarlik va jadidchilik g’oyalarining badiiy talqini xususida atroflicha ma’ruzalar qilishmoqda. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
نمایش همه...
آرشیو پست ها