"KATTAQO’RG’ONSHAHARGAZ" gaz ta'minoti boʻlimi rasmiy kanali.🔥
رفتن به کانال در Telegram
"XAVFSIZ GAZ" "KATTAQO’RG’ONSHAHARGAZ" gaz ta'minoti boʻlimi rasmiy kanali.🔥 Телефон: 104 ёки +998884053090
نمایش بیشتر314
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-47 روز
-830 روز
آرشیو پست ها
“Hududgaztaʼminot” AJ jamoasi barchani 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan chin yurakdan muborakbod etadi!
Bu muqaddas sana – mardlik, sabr-toqat va fidoyilik timsoli bo‘lgan ajdodlarimizni yod etish, ularning nurli xotirasini e’zozlash kunidir. Tarixda o‘chmas iz qoldirgan, jasorat va mardlik ramzi bo‘lgan ota-bobolarimiz, Vatan himoyasi yoʻlida jon fido qilgan aziz yurtdoshlarimiz xotirasi hamisha barhayot boʻlsin!
Yurtimizda abadiy tinchlik, xonadonlarimizda osoyishtalik va farovonlik hukm sursin!
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Repost from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
☄️ Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etilmoqda. Jarayonlar haqida quyidagi sahifa orqali ma'lumot berildi.
🌐🌐🌐
https://youtu.be/L3tR1z2-1fY
Repost from Xushnudbek.uz
+1
❗️Ertaga, 1-maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshadi
💡Elektr energiyasi uchun yangi tariflar quyidagicha:
🔹 oyiga 200 kWh’gacha (bazaviy me'yor doirasida) — 600 so‘m (bungacha 450 so‘m edi);
🔹 201 - 500 kWh — 800 so‘m;
🔹 501 - 1000 kWh — 1 ming so‘m;
🔹 1001 - 5000 kWh — 1 ming 500 so‘m;
🔹 5001 - 10 000 kWh — 1 ming 750 so‘m;
🔹 10 000 kWh va undan yuqori — 2 ming so‘mdan.
🔥 Tabiiy gaz uchun yangi tariflar esa quyidagicha:
🗓 Isitish mavsumida (noyabr-fevral):
🔸 oyiga 500 kub/metrgacha (bazaviy me'yor doirasida) — 1 ming so‘m (bungacha 650 so‘m edi);
🔸 501 - 2 500 kub/metrgacha — 1 ming 800 so‘m;
🔸 2 501 - 5 000 kub/metrgacha — 2 ming 100 so‘m;
🔸 5001 - 10 000 kub/metrgacha — 2 ming 500 so‘m;
🔸 10 001 kub/metr va undan yuqori miqdorda — 3 ming so‘m.
🗓 Boshqa mavsumda (mart-oktyabr):
🔸 oyiga 100 kub/metrgacha (bazaviy me'yor doirasida) — 1 ming so‘m;
🔸 101 - 2 500 kub/metrgacha — 1 ming 800 so‘m;
🔸 2 501 - 5 000 kub/metrgacha — 2 ming 100 so‘m;
🔸 5 001 - 10 000 kub/metrgacha — 2 ming 500 so‘m;
🔸 10 001 kub/metr va undan yuqori miqdor uchun — 3 ming so‘mdan.
⛽ Shuningdek, AGTKShlar uchun bir kub/metr tabiiy gaz 2 ming 500 so‘mdan (bungacha 1 ming 800 so‘m edi) yetkazib berilsa, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari buning uchun 1 ming 800 so‘mdan (bungacha 1 ming 500 so‘m edi) to‘lashadi.
Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning 1 kilogrammi esa 2 ming so‘m (bungacha 1 ming 600 so‘m edi) etib belgilandi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from KATTAQO'RG'ON SHAHAR HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
+9
#ayni damda
⚽️ Hududgazta'minoti Samarqand viloyati kasaba uyushmasi tomonidan sog'lom turmush tarzini shakllantirish, sportga jalb etish maqsadida mini futbol o'yinlari tashkil qilindi.
🤾♂️Ayni damda Kattaqo'rg'on shahrida Paxtachi, Narpay Kattaqo'rg'on tumanlari Kattaqo'rg'on shahar gaz idoralari filiallarining ishchi- xizmatchilar o'rtasida musobaqaning saralash bosqichi bo'lib o'tmoqda.
✅https://t.me/kattaqurgon_shahar_hokimligi
Repost from "HUDUDGAZ SAMARQAND" gaz ta‘minoti filiali
❗️Diqqat eʼlon
Joriy yilning 25-aprel kuni soat 08:00dan 17:00ga qadar Kattaqo‘rg‘on shahridagi "Kattaqo‘rg‘on-1" GTSdan chiquvchi yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasi yaroqsiz holga kelib qolganligi va tezda yangisiga almashtirish maqsadida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatildi.
Aholi xonadonlari soni: 15600 ta
Ulgurji iste’molchilar soni: 33 ta
Taʼmirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali uzr so‘raydi!
"Hududgaz Samarqand" gaz taʼminoti filiali axborot xizmati
📱Telegram 📱You tube 📱Facebook 📱Internet
E'lon!
"Kattaqo'rg'on-1" GTSdan chiquvchi yuqori bosimli RDUK-100 gaz taqsimlash qurilmasi yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli, ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, Kattaqo'rg'on shahridagi G'arb machit, Qoʻshhovuz, Chordara, Balandchordara, Do'stlik, Miyonqol, Alisher Navoiy, Bahoriston, Qoriravot, Kunjupay, Zarafshon, Noqis, Nurafshon, Mehrjon, Zarifobod, Zomin, O.Miriy, Sufi Olloyor, Haydarchaman, Ziyolilar, Yakkabog', Goʻzalkent, Jarqudud hamda Ingichka qo'rg'onidagi barcha mahallalardagi aholi va ulgurji iste’molchilarga joriy yilning 25-aprel kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.
Kattaqo'rg'onshahargaz gaz ta'minoti bo'limi.
https://t.me/kkgorgaz
Repost from Bosh prokuratura
Бош прокурор ўринбосари Ш.Аминов раҳбарлигидаги ишчи гуруҳлар томонидан ҳудудларда табиий газ ва электр энергиясини узатишдаги йўқотишларни қисқартириш, энергия ресурсларини иқтисод қилиш, уларни талон - торож қилиш ҳолатларини олдини олиш борасида бир қатор ишлар амалга оширилмоқда.
Хусусан, жорий йилнинг 23 апрель куни 367 та энергоресурсларни йўқотиш ҳолатлари ҳамда 487 та ҳолатда 3,3 млрд. сўмлик талон-торож қилиш ҳолатлари аниқланди.
Шу билан бирга, газ тақсимлаш пунктларининг 7 таси алмаштирилди ва 389 таси таъмирланди, 4 278 та хонадон икки босқичли тизимга ўтказилди, 7 744 та газ ҳисоблагич батареяси алмаштирилди, 6 500 та газ ҳисоблагичининг алоқаси тикланди, 10 та янги трансформатор ўрнатилди, 191 км. тармоқ, 396 та трансформатор пунктлари таъмирланди, 9 км. юқори юкламали тармоқларда симлар алмаштирилди.
Шунингдек, қонунбузилишга йўл қўйган 21 нафар шахслар маъмурий ва интизомий жавобгарликка тортилди, 7 та жиноят ишлари қўзғатилди.
Бу борадаги тадбирлар ва амалий ишлар давом эттирилмоқда.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Sayt |Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Repost from Bosh prokuratura
Ёқилғи-энергия ресурсларидан ноқонуний фойдаланиш билан боғлиқ ҳолатларни фош этишга қаратилган назорат тадбирлари давом этмоқда.
Хусусан, Андижон вилояти Улуғнор туманида фаолият кўрсатувчи “А.Ф.Г.” МЧЖ раҳбари З.А. томонидан жамиятга қарашли умумий овқатланиш шоҳобчасини табиий газ тармоғига тўғридан-тўғри улаб фойдаланиб келиниши оқибатида 519,5 млн. сўмлик табиий газ ўғрилик йўли билан талон-торож қилинган.
Мазкур ҳолат юзасидан фуқаро З.А. ва бошқаларга нисбатан Жиноят кодексининг 169-моддаси 4-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, З.А.га нисбатан "қамоққа олиш" тарзидаги эҳтиёт чораси қўлланилган.
Ҳурматли тадбиркорлар!
Фаолиятингиз давомида энергия ресурсларидан қонуний тартибда ва оқилона фойдаланинг.
Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи ва назорат органлари томонидан табиий газ ва электр энергиясидан ноқонуний фойдаланиш ҳолатларини фош этишга қаратилган кучайтирилган рейд тадбирлари давом этмоқда.
Шуни унутмангки, энергия ресурсларидан қонунга хилоф равишда фойдаланиш ҳолатлари фош этилади ва жазо муқаррарлиги таъминланади.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Veb-sayt
Ёқилғи-энергия ресурсларидан ноқонуний фойдаланиш билан боғлиқ ҳолатларни фош этишга қаратилган назорат тадбирлари давом этмоқда.
Хусусан, Андижон вилояти Улуғнор туманида фаолият кўрсатувчи “А.Ф.Г.” МЧЖ раҳбари З.А. томонидан жамиятга қарашли умумий овқатланиш шоҳобчасини табиий газ тармоғига тўғридан-тўғри улаб фойдаланиб келиниши оқибатида 519,5 млн. сўмлик табиий газ ўғрилик йўли билан талон-торож қилинган.
Мазкур ҳолат юзасидан фуқаро З.А. ва бошқаларга нисбатан Жиноят кодексининг 169-моддаси 4-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, З.А.га нисбатан "қамоққа олиш" тарзидаги эҳтиёт чораси қўлланилган.
Ҳурматли тадбиркорлар!
Фаолиятингиз давомида энергия ресурсларидан қонуний тартибда ва оқилона фойдаланинг.
Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи ва назорат органлари томонидан табиий газ ва электр энергиясидан ноқонуний фойдаланиш ҳолатларини фош этишга қаратилган кучайтирилган рейд тадбирлари давом этмоқда.
Шуни унутмангки, энергия ресурсларидан қонунга хилоф равишда фойдаланиш ҳолатлари фош этилади ва жазо муқаррарлиги таъминланади.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Veb-sayt
Avvalroq xabar berganimizdek yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlanganligi sababli Kattaqo'rg'on shaxarning ayrim maxllalarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha toʻxtatilgan edi. Ayni vaqtda ta'mirlash ishlari yakunlanib bosqichma bosqich tabiiy gaz yetkazib berish qayta tiklanmoqda.
Xavfsizlik choralarini ko'rishingizni hamda ogox bo'lishingizni so'rab qolamiz .
"Kattaqo'rg'onshaxargaz" gaz ta'minoti bo'limi .
Repost from "HUDUDGAZ SAMARQAND" gaz ta‘minoti filiali
❗️Diqqat eʼlon
Joriy yilning 23-aprel kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar Kattaqo‘rg‘on shahri hamda Kattaqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi yuqori bosimli yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlanganligi sababli tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatildi.
Kattaqo‘rg‘on shahri: Aholi xonadonlari soni: 7600 ta
Ulgurji iste’molchilar soni: 150 ta
Kattaqo‘rg‘on tumani: Aholi xonadonlari soni: 2798 ta
Ulgurji iste’molchilar soni: 12 ta
Taʼmirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali uzr so‘raydi!
"Hududgaz Samarqand" gaz taʼminoti filiali axborot xizmati
📱Telegram 📱You tube 📱Facebook 📱Internet
#Тезкор
#эълон
Амир Темур кучасидан утган газ кувуридан газ сизиб чикиш холати юзага келганлиги сабабли
Бугун 2025-йил 23-апрел куни соат 08:30 дан 18:30 гача Каттақўрғон-2 ГРС дан табиий газ етказиб бериладиган махаллалар Ермачит , Дамарик , Урикзор , Чинобод, Кухнадам , Навбахор, Ок олтин, Амир Темур Гузалкент Баландчордара Дустлик махаллаларнинг ахоли ва улгуржи истеъмолчиларига табиий газ етказиб бериш вақтинчалик номалум муддатгача тухтатилади.
Уй ичи газ жихозларингизни каровсиз колдирманг эътиборли булинг.
Келтирилган нокулайликлар учун узр сураймиз.
❗Хонадонингизда чиқаётганда барча газ жихозларини учиришни асло унутманг.
🔥 "Каттақўрғоншахаргаз" газ таъминоти бўлими.
https://t.me/kkgorgaz
Repost from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
+4
😊😊😊😊😊
⚡️Mobil laboratoriya – gaz sizib chiqishini aniqlashda zamonaviy usul
Batafsil: https://hududgaz.uz/news?4&id=13775
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Repost from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Eʼtibor va eʼtirof — samimiy xizmatga munosib baho
So‘nggi yillarda “Hududgaztaʼminot” AJ raisi Marufxon Maqsudovich rahbarligida tizimda samarali ishlayotgan, fidokorona xizmat qilayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, ularning mehnatini qadrlash borasida bir qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun esa “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filialida chin maʼnoda tarixiy va quvonchli voqea ro‘y berdi.
“Quvasoyshahargaz” bo‘limi boshlig‘i lavozimida halol mehnat qilib, bugungi kunda filial direktori o‘rinbosari (tabiiy gaz masalalari bo‘yicha) sifatida samarali faoliyat yuritayotgan Otabek Sopiyev va u kishining oilasi uchun esda qolarli kun bo‘ldi.
Filial rahbari Shavkatjon Abdumajidov tomonidan Otabek Sopiyev, ularning otalari hamda turmush o‘rtoqlari uchun muborak Umra safariga yollanma taqdim etildi. Bu ulug‘ ne’mat, avvalo, yillar davomida tizim rivoji uchun sadoqat bilan xizmat qilgan inson mehnatiga berilgan yuksak e’tibor namunasi bo‘ldi.
Bu kabi rag‘batlantirishlar tizimda halollik, sadoqat va mehnatsevarlikni yanada kuchaytirishi shubhasiz. Zero, mehnat qadrlansa, fidokorlik ortadi!
"Hududgaz Farg'ona" GTF Matbuot xizmati
Repost from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona faoliyati fosh etildi
Respublikaning barcha hududlarida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan gaz taʼminotidagi noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Samarqand” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida oʻtkazilgan reyd jarayonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Shaharning “Balandchordara” MFYda joylashgan novvoyxonada isteʼmolchi tabiiy gazdan qoidalarga zid ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 189 million 337 ming soʻmlik zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirildi.
Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=13727
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Repost from MINENERGY.UZ
+2
Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi 196 mln so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “M.E.K.” MCHJ rahbari B.K. jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab noqonuniy foydalanishi oqibatida 196 mln so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.
Holat bo‘yicha B.K. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
