🎓 𝐁𝐢𝐥𝐢𝐦𝐥𝐢 𝐲𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢
رفتن به کانال در Telegram
25.08.2018 da tashkil etilgan Aloqa uchun: @Baxmal_ziyolilaribot
نمایش بیشتر493
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-1730 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
آوریل '25
آوریل '250
در 0 کانالها
مارس '25
+3
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '25
+5
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '25
+14
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '24
+16
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '24
+13
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '24
+23
در 1 کانالها
Get PRO
سپتامبر '24
+8
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '24
+8
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '24
+9
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '24
+26
در 0 کانالها
Get PRO
مه '24
+14
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '24
+24
در 3 کانالها
Get PRO
مارس '24
+32
در 5 کانالها
Get PRO
فوریه '24
+21
در 4 کانالها
Get PRO
ژانویه '24
+41
در 2 کانالها
Get PRO
دسامبر '23
+28
در 5 کانالها
Get PRO
نوامبر '23
+47
در 5 کانالها
Get PRO
اکتبر '23
+31
در 2 کانالها
Get PRO
سپتامبر '23
+24
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '23
+30
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '23
+10
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '23
+18
در 0 کانالها
Get PRO
مه '23
+37
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '23
+46
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '23
+47
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '23
+34
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '23
+102
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '22
+58
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '22
+54
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '22
+155
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '22
+63
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '22
+107
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '22
+64
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '22
+68
در 0 کانالها
Get PRO
مه '22
+64
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '22
+94
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '22
+74
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '22
+107
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '22
+276
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '21
+82
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '21
+53
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '21
+330
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '21
+101
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '21
+201
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '21
+93
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '21
+224
در 0 کانالها
Get PRO
مه '21
+258
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '21
+223
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '21
+80
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '21
+160
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '21
+127
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '20
+2 320
در 0 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 04 آوریل | 0 | |||
| 03 آوریل | 0 | |||
| 02 آوریل | 0 | |||
| 01 آوریل | 0 |
پستهای کانال
⚡️BU YILGI YAKUNIY IMTIHONLAR MAHSUS PLATFORMA ORQALI AMALGA OSHIRILADI.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrug’iga ko’ra, joriy yilning 20-apreliga qadar yakuniy davlat attestatsiyasida oʻquvchilarning bilimlarini shaffof va adolatli baholash uchun maxsus platforma yaratiladi.
2025-yilning may oyida yaratilgan platformani oʻrnatilgan tartibda aprobatsiyadan oʻtkazish, platforma bilan ishlash uchun ekspertlar guruhini shakllantirish, ular uchun platformadan foydalanish boʻyicha oʻquv-trening oʻtkaziladi.
Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun fanlar kesimida nazorat materiallari ishlab chiqib, imtihon materiallari bazasini taʼlim beriladigan barcha tillarga tarjima qilish va ekspertizadan oʻtkazish belgilangan.
⚠️Yakuniy imtihonlar bo‘ladigon fanlar ro‘yxati. (ushbu ko‘k yozuvga bosing)
| 2 | Maktab va bogʻcha rahbarlarining ish haqi oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan farmon imzolandi.
Unga ko‘ra:
➖2025-yil 1-sentabrdan boshlab maktab direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻcha direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi maktab direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.
➖Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarining ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.
➖tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari huzuridagi Maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmatidan 810 ta shtat birligini maqbullashtirish hisobidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 5 002 taga yetkaziladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 230 |
| 3 | Ajoyib taqdimotlar tayyorlash uchun shablonlar
#gift / #powerpoint
ℹ️ Yaxshi taqdimot tayyorlash uchun yaxshi shablonlar jamlanmasi. O'zingiz, yaqinlaringiz va tanishlaringiz bilan bemalol ulashavering. Ilm o'rganishda aslo to'xtamang. | 397 |
| 4 | Wondershare Filmora – bu videolarni tahrirlash uchun mo‘ljallangan qulay va funksional dastur bo‘lib, uni professional va havaskor videomontajchilar foydalanishi mumkin.
Filmora'ning asosiy xususiyatlari:
✅ Oddiy va intuitiv interfeys – boshlovchilar uchun qulay, tushunarli dizayn.
✅ Drag & Drop funksiyasi – videolarni kesish, ulash, effektlar qo‘shish juda oson.
✅ Ko‘plab vizual effektlar va filtrlari – tayyor shablonlar va maxsus vizual effektlar mavjud.
✅ Yuqori sifatli video eksport qilish – HD, 4K formatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
✅ Yashil fon (Chroma Key) bilan ishlash – fon almashtirish imkoniyati.
✅ Ekranni yozib olish – o‘yinlar, darsliklar yoki boshqa videolarni yozish mumkin.
✅ Kuchli ovoz muharriri – fon musiqasi, ovoz effektlari va tovushni optimallashtirish.
Kimlar uchun mos?
🎬 YouTuberlar – kontent yaratish uchun juda yaxshi tanlov.
📹 Havaskor video tahrirchilar – shaxsiy videolarini chiroyli qilish uchun.
🎞 Ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar tayyorlovchilar – TikTok, Instagram, va hk | 309 |
| 5 | ⚡️Пенсия тизимига ўзгартиришлар киритилди
(Иш стажи бўлмаган фуқароларга пенсия тайинлаш муддати ўзгарди)
Янги тартибга кўра, эркаклар 65 ёшдан, аёллар эса 60 ёшдан бошлаб пенсия олиши мумкин.
Ҳозирги кунда иш стажисиз фуқароларга тўланадиган пенсия миқдори 745 000 сўм этиб белгиланган.
Бундан ташқари, эркакларнинг 60 ёшда, аёлларнинг эса 55 ёшда пенсияга чиқиши учун камида 7 йил иш стажига эга бўлиши шарт. Бу талаб бажарилмаган тақдирда, улар фақат белгиланган ёшга етгандан кейин пенсия олиш ҳуқуқига эга бўлади.
✉️ Юристга савол юбориш
📞 Юрист билан қўнғироқ орқали боғланиш
Расмий каналимиз:
👉 @Yurist_Xizmati 👈 | 371 |
| 6 | 2025 йил 15-16 март кунлари умумхалқ хайрия ҳашари ўтказилади - ҳукумат фармойиши | 1 |
| 7 | 📣 Hurmatli foydalanuvchilar!
Barcha nosozliklar bartaraf etildi, onlayn-CHSBlarni odatdagi tartibda topshirish mumkin.
Birinchi smenada CHSB topshirishda muammoga duch kelgan o‘quvchilarga ertaga 13.03.2025 kuni soat 08-00 dan 18-00 gacha CHSB topshirish imkoniyati taqdim etildi. | 393 |
| 8 | ⚡️Ertaga, 10-mart attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni!
✅ Xabaringiz bor, 2024-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 15-yanvardan 1-martga qadar davom etdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini haqida ma’lum qilgan edi.
Toʻlovlar miqdori:
a) DXM orqali murojaat etilganda BHMning 100 foizi (375 ming soʻm)
b) https://pedagog.uzedu.uz/ — platformasi orqali murojaat etilganda, BHMning 90 foizi (337 ming 500 soʻm)
v) my.gov.uz orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda BHMning 90 foizi (337 ming 500 soʻm) | 533 |
| 9 | Assalomu alaykum muhtarama ayollar, qizlar, onalar!
💐 Bugun latofat malikalari, nozik hilqat egalari, mushtipar onajonlar hamda, mehribon opa-singillarimizning quvonchli kunlaridan biri.
🌹 Barcha ayollarimizga uzoq umr, salomatlik, eng muhimi bugungidek ardoqda umr kechirishingizni tilab qolaman.
🌹 Sizlarni yaxshi ko‘raman aziz va bo‘lajak ONALAR!
💐 Mening nomimdan uyingizdagi ayollarni ham tabriklab qo‘ying!
@qalbimdan_sadoo | 420 |
| 10 | ⚡️O‘QITUVCHILARNING SANATORIYALARGA YO‘LLANMA OLISH TARTIBI QUYIDAGICHA
🔹 Xodim sanatoriyga yoʻllanma olish uchun ish joyida tuzilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasiga murojaat qiladi.
Kasaba uyushmasi tuzilmagan tashkilot xodimlari sanatoriy yoʻllanmasi olish uchun ish beruvchining ishonchnomasiga asosan hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalariga murojaat qiladi.
🔸 Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga tizimdagi sanatoriylar va dam olish uylari toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
🔹 Xodim oʻziga maʼqul kelgan sanatoriyni tanlab, sanatoriyga yoʻllanma ajratish boʻyicha ariza topshiradi.
🔸 Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimning arizasini qabul qilib, sanatoriyga yoʻllanma olish uchun murojaatlarni roʻyxatga olish kitobiga (13 forma) kiritib, navbat oladi.
🔹 Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga imtiyozli yoʻllanma olish uchun hisobidagi mablagʻdan kelib chiqqan holda yuqori turuvchi kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlariga buyurtma beradi.
🔸 Kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlari buyurtmani qabul qiladi va soʻralgan sanatoriyga yoʻllanmani tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi ishonchnomasiga asosan ajratadi.
🗂 Xodim kasaba uyushmasi qoʻmitasidan yoʻllanma olishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
👉 ariza;
👉 tibbiy maʼlumotnoma;
👉 pasport nusxasi;
👉 mehnat daftarchasi nusxasi;
👉 mehnat taʼtili berilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
👉 yoʻllanma qiymati toʻliq yoki qisman toʻlangani (yoʻllanma narxining 45 foizi) toʻgʻrisidagi toʻlov qogʻozi (kvitansiya).
🔸 Xodim sanatoriy yoʻllanmasi hamda tibbiyot muassasasidan sanatoriyga taqdim etish uchun sanatoriy-kurort kartasini (0.7.2./U-shakl) olib, sanatoriyga yoʻllanmada belgilangan kunda tashrif buyuradi. | 1 113 |
| 11 | ⚡️Bitiruvchi sinflarning yakuniy attestatsiya imtihonlari 26-maydan boshlanadi!
9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan mustasno).
Chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi.
Tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlanadi.
Tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.
✅ @talimuz | 287 |
| 12 | 🔍Metodik ishlarni ommalashtirish tartibi quydagicha
⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 7-fevraldagi 34-sonli buyrug‘i yuqoridagi. Shunga ko'ra:
1️⃣ Mezon asosida Metodik tavsiya yoki Metodik qo‘llanma yoziladi. (01.09.2024 dan 01.03.2025 gacha)
2️⃣ Maktab Pedagogik kengashiga topshiriladi. Ped kengash qaror chiqaradi. 01.03.2025 gacha
3️⃣ Agar maktab miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsa, keyin ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi. (01.03.2025 dan 20.03.2025 gacha)
4️⃣ Platformaga joylashtirish uchun kerakli hujjatlar:
-Metodik ishingizning ta'lim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi to‘g‘risida Pedagogik kengash qarorining elektron (PDF) nusxasi;
-Metodik ishning elektron (PDF) nusxasi;
-Obyektivka va diplomingiz nusxasi;
5️⃣ Undan so‘ng ishingiz maxsus metodik kengash tomonidan ko‘rib, baholanadi. (20.03.2025 dan 15.05.2025 gacha)
- Plagiat tekshiruvi(mualliflik huquqi) qoniqarsiz chiqqan ishlar rad etiladi.
- 0-49 ball olgan ishlar maktab miqyosda ommalashishgan hisoblanadi.
- 50-65 ball olgan ishlar tuman miqyosida ommalashgan hisoblanadi.
- 66-80 ball olgan ishlar viloyat miqyosida ommalashgan hisoblanadi.
- 80 balldan yuqori olgan ishlar respublika miqyosida ommalashishgan hisoblanadi.
6️⃣ Tuman(shahar), viloyat miqyosida miqyosida ommalashishgan ishlarga sertifikatlar beriladi 25.05.2025 maydan
7️⃣ Respublika tavsiya qilingan ishlar muallif tomonidan oflayn taqdimot qilib beriladi. Taqdimot 20 balllik mezonda baholanadi. Umumiy balli 86-100 olgan ishlar respublika miqyosida ommalashishgan hisoblanadi. Respublikadan qaytgan ishlar viloyatda ommalashgan hisoblanadi . 05.06.2025 da . | 827 |
| 13 | #kasbiy_sertifikatlash
📣 Kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 1-martdan boshlanadi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishlari mumkin.
✔️ Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi
👉 Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:
➖ umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;
➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;
➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 397 |
| 14 | DIQQAT! ULGURIB QOLING
Yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish davom etmoqda. Navbatdan tashqari malaka toifa (test) sinovlarida qatnashish uchun murojaat yuborilganda, tegishli to‘lov amalga oshirilgandagina murojaat ko‘rib chiqiladi. Belgilangan muddatlarda to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, murojaat ko‘rib chiqilmasligini yana bir bor eslatib o‘tamiz. Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! | 355 |
| 15 | ХИБДЎга директор жамғармасидан устама тўланмайдими?
@Yurist_Xizmati 4996-савол:
Ассалому алайкум. Мен президент таълим муассалари агентлигига карашли ихтисослаштирилган мактабида Хибд уринбосари булиб ишлайман. Пф 6108 7-бандида курсатилган директор жамгармасидан рагбатлантириш олишга хаклиманми. Агар хакли булсам кимга мурожат килишим керак. Жавоб ингиз учун олдиндан рахмат.
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 06.11.2020 йилдаги ПФ – 6108 сонли “Ўзбекистоннинг янги тараққиёт даврида таълим-тарбия ва илм-фан соҳаларини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармонининг 7-бандига мувофиқ умумтаълим муассасалари битирувчиларининг олий ҳамда профессионал таълим ташкилотларига ўқишга кириш ҳамда ишга жойлашиш кўрсаткичлари асосида директор жамғармаси маблағлари ҳисобидан умумтаълим муассасалари раҳбар ходимлари қуйидаги меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорида рағбатлантирилади:
👉 ўқувчиларининг 90 фоизи ва ундан ортиқ қисми олий ҳамда профессионал таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилинган ва (ёки) ишга жойлашган умумтаълим муассасаларининг директорлари — 12 баравар, директори ўринбосарлари — 6 баравардан;
👉 ўқувчиларининг 85 — 89 фоиз қисми олий ҳамда профессионал таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилинган ва (ёки) ишга жойлашган умумтаълим муассасаларининг директорлари — 9 баравар, директори ўринбосарлари — 4,5 баравардан;
👉 ўқувчиларининг 80 — 84 фоиз қисми олий ҳамда профессионал таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилинган ва (ёки) ишга жойлашган умумтаълим муассасаларининг директорлари — 6 баравар, директори ўринбосарлари — 3 баравардан.
✅ Шунга кўра директор ва директор ўринбасарлари юқоридаги тартибда директор жамғармасидан рағбатлантириш олишга ҳақли бўлади.
Бироқ Вазирлар Маҳкамасининг 2019-йил 30-сентябрдаги 823-сон қарорига 1-иловада тасдиқланган низомда раҳбар ходимларига директор, директорнинг ўқув ишлари ҳамда маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосарлари киритилган.
🚫 Шунга кўра бу устама ХИБДЎга тўланмайди.
📩 Юристга савол юбориш
☎️ Юрист билан қўнғироқ орқали боғланиш
📚Барча турдаги ҳужжатларга буюртма бериш
Расмий каналимиз:
👉 @Yurist_Xizmati 👈 | 543 |
| 16 | ❔ Пенсия тайинлашда “иш стажи кам чиқиш” муаммосига дуч келмаслик учун нима қилиш керак?
Масалан, сиз бирор ташкилотда ишлагансиз, лекин пенсияни ҳисоблаш вақти келганда ушбу ишлаган даврдаги иш стажингиз тизимдан чиқмаяпти.
⌨️ Бу муаммо ўша вақтда ишлаганлигингиз тўғрисидаги маълумотлар Ягона миллий меҳнат тизими (my.mehnat.uz) га киритилмаганлигидан келиб чиқади.
Бундай ҳолларда сиз ташкилотдан ишга қабул қилиш ва ишдан бўшатиш ҳақидаги буйруқлардан кўчирмалар олган ҳолда ва ушбу жойда мазкур давр мобайнида меҳнат фаолияти юритганлик фактини тасдиқлатишингиз керак бўлади.
☝️ Шунинг учун, бирор ташкилотга ишга жойлашаётганингизда ёки у ердан бўшаганингизда доимо ташкилотнинг кадрлар бўйича ходимидан маълумотларингизни my.mehnat.uz базасида тўлиқ рақамлаштирилганлиги тўғрисидаги маълумотларни сўраб олинг.
📩 Юристга савол юбориш
Расмий каналимиз:
👉 @Yurist_Xizmati 👈 | 374 |
| 17 | Nimaga yozuv taxtalari yashil rangda bo'ladi?
— Yashil rang bu - Miyaga dam beruvchi, insonni psixologik tomondan tinchlantiruvchi rang hisoblanib, Yashil rangga ko'p qarab turilsa ham u miyani charchatmaydi va ko'zni toliqtirib qo'ymaydi. Shuning uchun maktab va o'quv muassasalarining juda ko'plab doskalari, yashil rangda bo'ladi.
https://t.me/jonajon_ustozlar_kanali | 473 |
| 18 | 100 kVt quyosh panel o‘rnatganda mol-mulk va yer solig‘idan nech yil muddatga ozod qilinadi?
@Yurist_Xizmati 4992-savol:
Assalomu aleykum. Men jismoniy shaxs sifatida faoliyat yuritaman. Menda noturar binolar bor. Hamma binolar 1 ta yer uchastkasida joylashgan. Har yili yer va mulk solig'ini to'lab boraman. Ushbu soliqlar yuridik shaxslarga belgilangan soliqlar ko'rinishida to'lanadi. Qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini o'rnatganlik uchun soliq imtiyozi berilvotkan ekan. Agarda men quyosh panellarini 100kv dan oshiq va 25% saqlash bilan ulasam. Soliq imtiyoziga tushar ekanman. Ushbu qurilmalani bir bino tomiga o'rnatsam. Savol. Agar imtiyoz berilsa yer solig'i va mulk solig'idan to'liq ozod bo'lamanmi yoki qisman ushbu qurilmalar joylashga joy bo'yicha ozod bo'lamanmi?
YURIST JAVOBI:
Soliq imtiyoziga to'xtaladigan bo'lsak:
Ma'lumki, Soliq kodekisning 414-moddasi yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i yuzasidan imtiyozlar bayon qilingan. Ushbu moddaning ikkinchi qismi 2-bandiga ko'ra, umumiy quvvati quyidagicha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari:
⭐️ 100 kVtgacha bo‘lgan — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda esa — ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil muddatga;
⭐️ 100 kVt va undan ortiq bo‘lgan — ular foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil muddatga mol-mulk solig'idan ozod qilinadi.
Shuningdek, Soliq kodeksining 428-moddasida yuridik shaxslar uchun yer solig'idagi imtiyozlar ko'zda tutilgan bo'lib, ushbu moddaning birinchi qismi 12-xatboshiga asosan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining umumiy quvvati quyidagicha bo‘lgan alohida turuvchi qurilmalari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari:
⭐️ 100 kVtgacha — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga, quyosh panellari quvvatidan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda esa — ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil muddatga;
⭐️ 100 kVt va undan ko‘proq — ular foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil muddatga yer solig'idan ozod qilinadi.
📩 Yuristga savol yuborish
☎️ Yurist bilan qo‘ng‘iroq orqali bog‘lanish
Rasmiy kanalimiz:
👉 @Yurist_Xizmati | 458 |
| 19 | Пенсияга чиққандан кейинги ишлаган йилларни қайта ҳисоблатиб, пенсия миқдорини ошириш мумкинми?
@Yurist_Xizmati 4973-савол:
Ассалому алайкум. Мен 2 гурух ногирониман. 2545000 нафака оламан. 2023 йил апрель ойидан узини УЗИ банд килган шахс сифатида руйхатдан утганман. Утган йили декабрь ойида битта минималка тулаганман. Бу йил апрель ойида 2 йил булади узини УЗИ банд килган шахс сифатида руйхатдан утганимга. Менинг саволим шундай: Яна Бир йилга битта минималка туласам Икки йил стажимни тулдирсам ва нафака микдорини перерасчёт килдирсам , нафака микдори кандай узгаради? Хозирги нафакамга кушиладими ёки камайтириб ташланадими?
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
“Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги қонун 48-моддасига кўра пенсияларни қайта ҳисоблаш асослари қуйидагича:
👉 пенсионер пенсия миқдорига таъсир кўрсатувчи (пенсия тайинланишигача бўлган иш стажи ва иш ҳақи тўғрисидаги ҳамда бошқа) қўшимча ҳужжатларни тақдим этган тақдирда;
👉 ногиронлик гуруҳи ўзгарганда;
👉 боқувчисини йўқотганлик пенсияси оладиган оила аъзолари сони ўзгарганда;
👉 пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдорлари ўзгарган тақдирда;
👉 даромадлар индексация қилинган тақдирда амалга оширилади.
Юқоридаги асослар мавжуд бўлганда сизнинг пенсиянгиз қайта ҳисоблаб чиқарилади.
Энди қаранг! Вазирлар маҳкамасининг 13.10.2022 йилдаги 592-сонли қарори қабул қилинган(Давлат пенсияларини тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида). Юқоридаги Низомнинг 137-бандига мувофиқ иш стажи ва пенсия тайинлангандан кейин эга бўлинган иш ҳақи ҳисобга олинган ҳолда пенсия миқдорини қайта ҳисоблаш амалга оширилмайди.
Бундан ташқари низомнинг 138-бандига кўра эса умумий белгиланган ёш камайтирилган ҳолда ёшга доир пенсия тайинланган шахсга у умумий белгиланган ёшга тўлганлиги муносабати билан пенсия миқдорини қайта ҳисоблаб чиқилмайди.
⏺️Хулоса қилиб айтадиган бўлсак, пенсия тайинлангандан кейин ишлаган йилларингиз учун пенсияни қайта ҳисоблаб берилмайди. Агарда юқоридаги асослар мавжуд бўлса аризангиз қаноатлантирилиши мумкин. | 587 |
| 20 | Йил ўртасида тайинлаган устамани қайта кўриб чиқиш мумкинми?
@Yurist_Xizmati 4973-савол:
Ассалому алайкум мени саволим шундан иборатки мен 2024-2025 ўқув йили учун 823 қарор асосида директор жамғармасидан устама олаётган эдим. Январ ойига келиб дарс ишланма муҳлати тугади. Энди ишчи гуруҳ томонидан устама кўриб чиқилиб дарс ишланма учун берилган балл олиб ташланиши айтилди Январ ойида методик тавсия яратдим ва мактабда оммалаштирдим шу асосида дарс ишланма учун балл олишим мумкинми ва устамам давом этиши мумкинми?
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
Устама ўқитувчининг бир ўқув йилидаги натижаларига қараб белгиланади.
Бунда ўқитувчининг маълум муддат меҳнатга қабилятсиз бўлиши, декрет таътили олиши, малака оширишга бориши устамага даъвогарлик қилишга таъсир кўрсатмайди.
Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 30 сентябрдаги 823-сон қарори билан тасдиқланган “Умумий ўрта таълим муассасаларининг ўрнак кўрсатган ходимларини рағбатлантиришнинг директор жамғармасини ташкил этиш ва унинг маблағларидан фойдаланиш тартиби тўғрисида”низомнинг 20-бандига кўра педагог ходимларининг базавий тариф ставкаларига ҳар ойлик устамалар:
⏩ тарбиявий жараённинг амалга оширилиш сифати ва самарадорлигига;
⏩ синфдан ташқари ишларга ҳамда ўқувчиларни инсонпарварлик ва меҳр-оқибат руҳида тарбиялашга;
⏩ тегишли синфлар ва ўқув фанлари учун тасдиқланган умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандартларида назарда тутилган билимлар ва кўникмалар тўлиқ ҳажмининг ўқувчилар томонидан ўзлаштириб олиниши даражасига;
⏩ ўқув жараёнига қўшилган аниқ ҳисса, ўқитишнинг юқори самарадорлиги ва сифати учун 40 фоизгача миқдорда белгиланади.
Низомнинг 21 – бандига кўра умумтаълим муассасалари педагог ходимларининг базавий тариф ставкаларига Жамғарма ҳисобидан ҳар ойлик устамалар янги ўқув йили учун ўтган ўқув йили якунлари бўйича белгиланади.
Шунингдек, низом 28-бандига кўра умумтаълим муассасалари педагог, психолог ва кутубхона ходимларининг базавий тариф ставкаларига Жамғарма ҳисобидан ҳар ойлик устамалар ҳар йили 1 июлга қадар белгиланади ва ўқув йилининг ярим йиллик якунлари бўйича қайта кўриб чиқилиши мумкин.
☝️Эътибор берган бўлсангиз, устама 1 ўқув йилига берилиши назарда тутилган. Шунга кўра сиздаги ҳолатда тайинланган устама ўқув йилига берилади.
✅ Лекин йил ўртасида тайинлаган устамани қайта кўриб чиқиш мумкин.
📩 Юристга савол юбориш
☎️ Юрист билан қўнғироқ орқали боғланиш
📚Барча турдаги ҳужжатларга буюртма бериш
Расмий каналимиз:
👉 @Yurist_Xizmati 👈 | 407 |
