Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal
Сайт: https://iibb.uz/ Facebook: fb.com/iibb.uz Instagram: www.instagram.com/iibb_uz ВК – vk.com/iibbuz ОК – ok.ru/iibbuz YouTube: youtube.com/@ToshkentshaharIIBB Mover: mover.uz/channel/Toshkent_IIBB_Multimedia/ Х – x.com/iibb_uz
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal
کانال Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal (@iibbuz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 31 402 مشترک است و جایگاه 7 924 را در دسته اخبار و رسانهها و رتبه 2 510 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 31 402 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 01 نوامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 885 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 131 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 14.91% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 9.96% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 4 681 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 3 127 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 15 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Сайт: https://iibb.uz/
Facebook: fb.com/iibb.uz
Instagram: www.instagram.com/iibb_uz
ВК – vk.com/iibbuz
ОК – ok.ru/iibbuz
YouTube: youtube.com/@ToshkentshaharIIBB
Mover: mover.uz/channel/Toshkent_IIBB_Multimedia/
Х – x.com/iibb_uz”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 02 نوامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اخبار و رسانهها تبدیل کردهاند.
در حال بارگذاری دادهها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 01 نوامبر | +130 |
| 2 | #surdo_tarjima
🇺🇿 Ayollar salomatligini asrashga qaratilgan Xalqaro "Pushti oktyabr oyligi" doirasida Toshkent shahar IIBB tizimidagi xodimalar uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
———
🇺🇿 Аёллар саломатлигини асрашга қаратилган Халқаро "Пушти октябрь ойлиги" доирасида Тошкент шаҳар ИИББ тизимидаги ходималар учун тиббий кўриклар ташкил этилди
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 2 633 |
| 3 | 🇺🇿 Voyaga yetmaganlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda
———
🇺🇿 Вояга етмаганларни касб-ҳунарга йўналтириш ҳамда уларнинг бўш вақтини мазмунли ташкил этиш борасидаги ишлар изчил давом эттирилмоқда
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 3 058 |
| 4 | Aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Ichki ishlar vaziri tomonidan soha mutasaddilari ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi
———
Аҳоли мурожаатлари билан ишлаш борасидаги Давлатимиз раҳбари томонидан белгиланган устувор вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида, Ички ишлар вазири томонидан соҳа мутасаддилари иштирокида фуқаролар учун навбатдаги сайёр қабул ташкил этилди
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV | 2 546 |
| 5 | 👉 Yakkasaroy tumanida Profilaktika inspektorlarining jasurligi bir inson hayotini saqlab qoldi
———
👉 Яккасарой туманида Профилактика инспекторларининг жасурлиги бир инсон ҳаётини сақлаб қолди
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 5 523 |
| 6 | 🇺🇿 Chilonzor tumanida 4-son ichki ishlar bo'limi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
———
🇺🇿 Чилонзор туманида 4-сон ички ишлар бўлими биносининг очилиш маросими бўлиб ўтди
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 5 387 |
| 7 | 👉 RASMIY MA’LUMOT
Sergeli tumanidagi Buyuk avlod shoh ko‘chasida ofisi joylashgan «Imarat Development» mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) faoliyati yuzasidan bir necha fuqaro tomonidan ishonchsizlik bildirilib, jamiyat rahbariyatiga nisbatan qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan. Mazkur murojaatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida quyidagilar aniqlangan.
«Imarat Development» MCHJ tomonidan qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar joy binolari Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani hududida joylashgan. Ushbu turar joylar Toshkent viloyati hududida qurilayotgani sababli ayrim fuqarolar norozilik bildirib, xonadonlar uchun amalga oshirgan to‘lovlarini qaytarishni so‘rab, MCHJ rahbariyatiga murojaat qilishgan, biroq to‘lovlar qaytarilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik»), 192 prim.11-moddasi («Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari Toshkent shahar IIBB boshlig‘i hamda prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Tergov natijalariga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
———
👉 РАСМИЙ МАЪЛУМОТ
Сергели туманидаги Буюк авлод шоҳ кўчасида офиси жойлашган «Imarat Development» масъулияти чекланган жамият (МЧЖ) фаолияти юзасидан бир неча фуқаро томонидан ишончсизлик билдирилиб, жамият раҳбариятига нисбатан қонуний чора кўриш сўралган. Мазкур мурожаатлар юзасидан Тошкент шаҳар ИИББ томонидан ўтказилган текширув давомида қуйидагилар аниқланган.
«Imarat Development» МЧЖ томонидан қурилиши режалаштирилган кўп қаватли турар жой бинолари Тошкент вилоятининг Қуйичирчиқ тумани ҳудудида жойлашган. Ушбу турар жойлар Тошкент вилояти ҳудудида қурилаётгани сабабли айрим фуқаролар норозилик билдириб, хонадонлар учун амалга оширган тўловларини қайтаришни сўраб, МЧЖ раҳбариятига мурожаат қилишган, бироқ тўловлар қайтарилмаган.
Мазкур ҳолат юзасидан Тошкент шаҳар ИИББ ҳузуридаги Тергов бошқармаси томонидан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 168-моддаси («Фирибгарлик»), 192 прим.11-моддаси («Нодавлат тижорат ташкилотида ёки бошқа нодавлат ташкилотида мансабдор шахслар томонидан ўз ваколатларини суиистеъмол қилиш») аломатлари билан жиноят иши қўзғатилган.
Тергов ҳаракатлари Тошкент шаҳар ИИББ бошлиғи ҳамда прокуратура томонидан назоратга олинган. Тергов натижаларига кўра, қонуний қарор қабул қилиниши таъминланади.
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 7 096 |
| 8 | #Xavfsiz_va_soglom_yurt
🇺🇿 1-noyabrdan mamlakatimiz miqyosida oʻtkaziladigan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng koʻlamli tezkor profilaktik tadbirlari oyligining 3-bosqichiga start berildi
———
🇺🇿 1 ноябрдан мамлакатимиз миқёсида ўтказиладиган “Хавфсиз ва соғлом юрт” кенг кўламли тезкор профилактик тадбирлари ойлигининг 3-босқичига старт берилди
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 4 741 |
| 9 | #Xavfsiz_va_soglom_yurt
🇺🇿 Keling, shahrimizning xavfsiz va sog‘lom bo‘lishi yo‘lida birlashaylik!
Yurtboshimiz tomonidan respublikamiz, jumladan poytaxtimiz hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlarida ichki ishlar organlari xodimlari oldiga aniq vazifalarning qo‘yilishi bu boradagi ishlarning ijobiy tomonga o‘zgarishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur qarorlar ijrosini to‘liq va samarali ta’minlash maqsadida, poytaxt IIBB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, mahalla faollari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari hamkorligida tizimli ravishda tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Batafsil...
———
🇺🇿 Келинг, шаҳримизнинг хавфсиз ва соғлом бўлиши йўлида бирлашайлик!
Юртбошимиз томонидан республикамиз, жумладан пойтахтимиз ҳудудида жиноятчиликка қарши курашиш, ҳуқуқбузарликларни барвақт олдини олиш тизими самарадорлигини ошириш бўйича қабул қилинаётган қарорларида ички ишлар органлари ходимлари олдига аниқ вазифаларнинг қўйилиши бу борадаги ишларнинг ижобий томонга ўзгаришида муҳим аҳамият касб этмоқда. Мазкур қарорлар ижросини тўлиқ ва самарали таъминлаш мақсадида, пойтахт ИИББ ҳамда бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралар, маҳалла фаоллари, тегишли ташкилотлар мутасаддилари ҳамкорлигида тизимли равишда тадбирлар ўтказиб келинмоқда. Батафсил...
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 4 577 |
| 10 | Ochiq muloqot va amaliy natija: Ichki ishlar organlarida sayyor qabullar aholi muammolarini hal etishning samarali omiliga aylanmoqda
▶️ Batafsil
———
Очиқ мулоқот ва амалий натижа: Ички ишлар органларида сайёр қабуллар аҳоли муаммоларини ҳал этишнинг самарали омилига айланмоқда
▶️ Батафсил
———
Открытый диалог и практический результат: выездные приемы органов внутренних дел становятся эффективным инструментом решения проблем населения
▶️ Подробно
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV | 4 367 |
| 11 | «APK qoʻriqchini oʻchirib, katta xato qildim…»
Videodagi jabrlanuvchilarning aytishicha, ular «APK qoʻriqchi sizni kuzatadi», «bu — josus dastur» degan gaplarga ishonib, uni oʻchirib tashlashgan. Keyinchalik esa zararli APK fayllar orqali firibgarlik qurboniga aylanib, pullaridan ayrilishgan.
Asossiz gaplarga ishonib, xavfsizligingizni tavakkalga qoʻymang!
———
«APK қўриқчини ўчириб, катта хато қилдим…»
Видеодаги жабрланувчиларнинг айтишича, улар «APK қўриқчи сизни кузатади», «бу — жосус дастур» деган гапларга ишониб, уни ўчириб ташлашган. Кейинчалик эса зарарли APK файллар орқали фирибгарлик қурбонига айланиб, пулларидан айрилишган.
Асоссиз гапларга ишониб, хавфсизлигингизни таваккалга қўйманг!
© IIV | Rasmiy kanal
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 8 806 |
| 12 | #surdo_tarjima
👉 Korrupsiya ortidagi bir lahzalik manfaat — yillab yo‘qotilgan ozodlik!
———
👉 Коррупция ортидаги бир лаҳзалик манфаат — йиллаб йўқотилган озодлик!
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 3 545 |
| 13 | 🌡 Hurmatli fuqarolar, sovuq kunlar yaqinlashmoqda, is gazi zahridan ogoh bo‘ling!
Havo haroratining keskin o‘zgarishi va kunlarning sovishi isitish jihozlariga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda. Biroq isitish manbalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida is gazi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalar, eng achinarlisi, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelib, insonlar qurbon bo‘lishi mumkin.
Maʼlumki, is gazi rangsiz, hidsiz zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida hosil bo‘ladi.
Is gazidan zaharlanmaslik va yong‘in kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
- gaz plitasidan xonani isitishda foydalanmaslik;
- gaz plitasining ustida kiyimlarni quritmaslik;
- yosh bolalarni gaz uskunalari yaqinida qarovsiz qoldirmaslik;
- gaz plitasini nazoratsiz yoqilgan holatda qoldirmaslik;
- gaz sizib chiqayotganini ochiq olov, masalan gugurt chaqib tekshirib ko‘rmaslik;
- gaz ballonlarini issiqlik manbaiga yaqin joyda qoldirmaslik.
Agar xonada gaz hidi sezilsa nima qilish kerak?
- oyna va eshiklarni zudlik bilan ochish va ko‘chaga toza havoga chiqish;
- 104 raqami orqali gaz xo‘jaligi avariya-dispetcherlik xizmati yoki 1050 raqami orqali qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish;
- is gazidan zaharlangan shaxs bo‘lsa, zudlik bilan toza havoga olib chiqish va 103 raqami orqali tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini chaqirish.
Unutmang! Gaz hidi sezilganda chiroqni yoki olov yoqish, elektr uskunalarni ishga tushirish qatʼiyan taqiqlanadi!
———
🌡 Ҳурматли фуқаролар, совуқ кунлар яқинлашмоқда, ис гази заҳридан огоҳ бўлинг!
Ҳаво ҳароратининг кескин ўзгариши ва кунларнинг совиши иситиш жиҳозларига бўлган эҳтиёжни оширмоқда. Бироқ иситиш манбаларидан нотўғри фойдаланиш оқибатида ис гази билан боғлиқ кўнгилсиз ҳодисалар, энг ачинарлиси, фавқулодда вазиятлар юзага келиб, инсонлар қурбон бўлиши мумкин.
Маълумки, ис гази рангсиз, ҳидсиз заҳарли бирикма бўлиб, табиий газ, ёқилғи, кўмир, ўтин чўғлари тўлиқ ёнмаслиги оқибатида ҳосил бўлади.
Ис газидан заҳарланмаслик ва ёнғин келиб чиқишига йўл қўймаслик учун қуйидагилар тавсия этилади:
- газ плитасидан хонани иситишда фойдаланмаслик;
- газ плитасининг устида кийимларни қуритмаслик;
- ёш болаларни газ ускуналари яқинида қаровсиз қолдирмаслик;
- газ плитасини назоратсиз ёқилган ҳолатда қолдирмаслик;
- газ сизиб чиқаётганини очиқ олов, масалан гугурт чақиб текшириб кўрмаслик;
- газ баллонларини иссиқлик манбаига яқин жойда қолдирмаслик.
Агар хонада газ ҳиди сезилса нима қилиш керак?
- ойна ва эшикларни зудлик билан очиш ва кўчага тоза ҳавога чиқиш;
- 104 рақами орқали газ хўжалиги авария-диспетчерлик хизмати ёки 1050 рақами орқали қутқарув хизматига қўнғироқ қилиш;
- ис газидан заҳарланган шахс бўлса, зудлик билан тоза ҳавога олиб чиқиш ва 103 рақами орқали тез тиббий ёрдам хизмати ходимларини чақириш.
Унутманг! Газ ҳиди сезилганда чироқни ёки олов ёқиш, электр ускуналарни ишга тушириш қатъиян тақиқланади!
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 3 531 |
| 14 | 🇺🇿🤝🇧🇾 O‘ZARO DO‘STLIK VA HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi munosabati bilan Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan litseyi hamda IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan onlayn konferensiya tashkil etildi.
Konferensiya davomida ikki ta’lim muassasasi vakillari o‘rtasida o‘zaro suhbat, savol-javoblar va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot jarayonida ta’lim muassasalari faoliyati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intizom va mas’uliyatni shakllantirish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.
Ushbu onlayn uchrashuv ikki muassasa o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish hamda yoshlar o‘rtasida xalqaro aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
———
🇺🇿🤝🇧🇾 ЎЗАРО ДЎСТЛИК ВА ҲАМКОРЛИК АЛОҚАЛАРИ МУСТАҲКАМЛАНМОҚДА
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигининг 35 йиллиги муносабати билан Беларус Республикаси Ички ишлар вазирлигининг ихтисослаштирилган лицейи ҳамда ИИВнинг 1-сонли Тошкент академик лицейи ўртасида дўстлик ва ҳамкорлик алоқаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган онлайн конференция ташкил этилди.
Конференция давомида икки таълим муассасаси вакиллари ўртасида ўзаро суҳбат, савол-жавоблар ва очиқ мулоқот бўлиб ўтди. Мулоқот жараёнида таълим муассасалари фаолияти, ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, интизом ва масъулиятни шакллантириш, шунингдек, ўзаро тажриба алмашиш масалалари юзасидан фикрлар билдирилди.
Ушбу онлайн учрашув икки муассаса ўртасидаги дўстона муносабатларни ривожлантириш, ўзаро ҳамкорликни кенгайтириш ҳамда ёшлар ўртасида халқаро алоқаларни мустаҳкамлаш йўлидаги муҳим қадамлардан бири бўлди.
© IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 3 425 |
| 15 | 🇺🇿 Ayollar salomatligini asrashga qaratilgan Xalqaro "Pushti oktyabr oyligi" doirasida Toshkent shahar IIBB tizimidagi xodimalar uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
———
🇺🇿 Аёллар саломатлигини асрашга қаратилган Халқаро "Пушти октябрь ойлиги" доирасида Тошкент шаҳар ИИББ тизимидаги ходималар учун тиббий кўриклар ташкил этилди
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 3 259 |
| 16 | 🇺🇿 Министерство внутренних дел призывает всех соотечественников принять активное участие в масштабных оперативно-профилактических мероприятиях «Безопасная и здоровая страна», проводимых с 1 ноября по всей территории республики
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV | 2 531 |
| 17 | #tergov_amaliyotidan #из_следственной_практики
👉 Mahsulotdan qutuldi, kamomadga tutildi
Mahsulot ishlab chiqarish bir masala, uni sotib foyda ko‘rish ikkinchi bir masala. Nodir turli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatning rahbari. Mana necha kunki, yurish-turishida orom yo‘q. Sababi, omborxonada yaroqlilik muddatlari o‘tib ketayotgan mahsulotlarning yig‘ilib borayotganligi. Yursa ham, tursa ham tovarlarni qanday o‘tkazish, yangi-yangi bozorlarni topish muammosi o‘ylantiradi. Batafsil...
———
👉 Маҳсулотдан қутулди, камомадга тутилди
Маҳсулот ишлаб чиқариш бир масала, уни сотиб фойда кўриш иккинчи бир масала. Нодир турли озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқарувчи масъулияти чекланган жамиятнинг раҳбари. Мана неча кунки, юриш-туришида ором йўқ. Сабаби, омборхонада яроқлилик муддатлари ўтиб кетаётган маҳсулотларнинг йиғилиб бораётганлиги. Юрса ҳам, турса ҳам товарларни қандай ўтказиш, янги-янги бозорларни топиш муаммоси ўйлантиради. Батафсил...
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 3 180 |
| 18 | 🇺🇿 Ichki ishlar vazirligi barcha yurtdoshlarimizni aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan ishonchli himoya qilish maqsadida, 1-noyabrdan mamlakatimiz miqyosida oʻtkaziladigan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng koʻlamli tezkor profilaktik tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlab qoladi
———
🇺🇿 Ички ишлар вазирлиги барча юртдошларимизни аҳоли саломатлиги ва миллат генофондини гиёҳвандлик ва наркожиноятлардан ишончли ҳимоя қилиш мақсадида, 1-ноябрдан мамлакатимиз миқёсида ўтказиладиган “Хавфсиз ва соғлом юрт” кенг кўламли тезкор профилактик тадбирларида фаол иштирок этишга чорлаб қолади
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV | 2 515 |
| 19 | 🇺🇿 Voyaga yetmaganlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda
Yosh avlodni huquqiy himoya qilish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, foydali kasb-hunar sirlarini o‘rganishiga ko‘maklashish va mustaqil hayotga tayyorlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda amaliy sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan qator muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Batafsil...
———
🇺🇿 Вояга етмаганларни касб-ҳунарга йўналтириш ҳамда уларнинг бўш вақтини мазмунли ташкил этиш борасидаги ишлар изчил давом эттирилмоқда
Ёш авлодни ҳуқуқий ҳимоя қилиш, уларни тўғри йўлга бошлаш, фойдали касб-ҳунар сирларини ўрганишига кўмаклашиш ва мустақил ҳаётга тайёрлаш давлат сиёсатининг муҳим йўналишларидан биридир. Шу мақсадда амалий саъй-ҳаракатларни янада кучайтиришга қаратилган қатор муҳим тадбирлар амалга оширилмоқда. Батафсил...
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 4 428 |
| 20 | 🇺🇿 Poytaxt IIBB rahbariyati hamda sohaviy xizmatlar rahbarlarining navbatdagi qabuli
———
🇺🇿 Пойтахт ИИББ раҳбарияти ҳамда соҳавий хизматлар раҳбарларининг навбатдаги қабули
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads | 3 956 |
