fa
Feedback
Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

Buxgalteriya || Accounting Stuff ||📘

رفتن به کانال در Telegram

Bu kanalda siz Buxgalteriya to'g'risida darslar ko'rib, testlar yechib o'z bilmingizni mustahkamlab borasiz! Bonus: Xalqaro standardlarga doir mavzular; YouTube kanalimizga qo'shiling👇 https://m.youtube.com/channel/UCQCy-5fq_pO5tgm1eFYt7-w

نمایش بیشتر
2 604
مشترکین
-124 ساعت
-57 روز
-3630 روز
آرشیو پست ها
Меҳнат кодексининг 148-моддасига кўра йиллик таътиллар даври учун ходимга ўртача иш ҳақидан кам бўлмаган миқдорда ҳақ тўлаш кафолатланади.Шунингдек,ушбу кодекснинг 154-моддасида иш берувчи ўзининг молиявий ҳолатидан қатъи назар, ходимга бажарган иши учун ҳақни белгиланган меҳнат ҳақи шартларига мувофиқ ушбу Кодекснинг 161-моддасида кўрсатилган муддатларда тўлаши шартлиги белгиланган. Эътибор беринг! Таътил учун ҳақ тўлаш жамоа шартномасида белгиланган муддатларда, лекин таътил бошланмасидан олдинги охирги иш кунидан кечикмай амалга оширилади. Демак, таътил учун ҳақ сизга таътилга чиқмасингиздан олдин тўлаб берилиши керак.Аммо амалиётда тескари.

Меҳнат шартномаси бекор қилинганлиги ҳақидаги иш берувчи буйруғининг кўчирма нусхаси ходимга топширилган кундан эътиборан, ишга қайта тиклаш бўйича судга даво киритиш муддати қанча?
Anonymous voting

Repost from YURISTKADR
#yangi_mehnat_kodeksi Эски ва амалдаги Меҳнат кодексидан биринчи фарқи. Янги таҳрирдаги Меҳнат кодексининг эскисидан асосий фарқли жиҳатларидан бири бу шубҳасиз унинг хажмида. 1995 йил 21 декабрда қабул қилинган ва кейинги йилга ўтиб ўз кучини йўқотадиган эски Меҳнат кодексида 2 та қисм (умумий ва махсус қисм), 15 та боб ва 294 та модда мавжуд эди. ❗️Янги таҳрирдаги Меҳнат кодекси эса 2 қисм, 7 бўлим, 34 та боб ва 581 моддадан иборат. ▪️Янги кодекс биринчи ва умумий қисмининг ўзи 9 та бобни ўз ичига олган бўлиб, бунда меҳнат ҳуқуқига доир умумий қоидалар ва асосан, меҳнат муносабатларига доир фундаментал қоидалардан иборат. Бироқ умумий қисмда бор-йўғи 93 та модда бор, 93 та. ▪️Янги кодекснинг иккинчи ва махсус қисми эса 25 та бобдан иборат. Унда меҳнат ҳуқуқининг алоҳида соҳаларига бағишланган қоидалар мавжуд: ходимларнинг якка тартибдаги меҳнат муносабатлари, уларни ишга жойлаштириш ва ишга қабул қилиш; меҳнат шартларини ўзгартириш, меҳнат шартномасини бекор қилиш, иш вақти ва дам олиш вақти, таътиллар, рағбатлантириш ва интизомий жазолар, ходимларни касбий тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш; айрим тоифадаги ходимларнинг меҳнатини тартибга солишнинг ўзига хос хусусиятлари; ходимларнинг меҳнат ҳуқуқларини ҳимоя қилиш; меҳнат низоларини кўриб чиқиш ва ҳоказо. Эътибор беринг, бор моддалар ҳам мана шу махсус қисмда, яъни 488 та модда. ❗️Яъни, янги таҳрирдаги Меҳнат кодекси эскиси ва амалдагисига қараганда 19 та бобга ва 287 та моддага кўп. Бунда эътибор бераётган бўлсангиз, деярли 2 баробарга кўп хажм ҳақида гап кетяпти. Демак, янги Меҳнат кодекси иш берувчилар ва кадрлар хизмати ходимларидан 2 баробарга кўпроқ тер тўкишларини ва 2 баробарга кўпроқ масъулият билан ишлашларини талаб қилади. 🥹 Бироқ, қурмағур янги МК жавоби топилиши қийин бўлган мана бу саволни беришга ҳам ундайди бизни: ➖ходимлар билан ишлайдиган HR ва кадрлар хизмати ходимларининг ойлиги ҳам 2 баробарга ошармикан? 👉@yuristkadr

Assalomu alaykum hammaga 1 noyabrdan kasallik varaqasini kiritish yopiladi hamma tashkilotlarni ogohlantirib qoyinglar xatni tashlab beringlar kasallik varaqa faqat elektron shaklda kelishi kerak

Материал ва ишлаб чиқариш ҳисобини эхселда юритувчи ҳисобчилар учун дастур.

Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaymiz! Qadimiy va so'zga boy o‘zbek tili xalqimiz uchun ulkan ma’naviy qadriyat va mustaqillik timsolidir. U birlashtiradi, tarbiya beradi, millatimiz an’analari va madaniyatini asraydi. Ona tilimiz barchamizga ulkan kuch va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilsin! Bayram muborak! 🇺🇿 —— Поздравляем всех соотечественников с Днём праздника Узбекского языка! Древний и богатый узбекский язык является для нашего народа огромной духовной ценностью и символом независимости. Он объединяет, воспитывает, сохраняет традиции и культуру всей нашей нации. Пусть родной язык служит для всех нас источником огромной силы и вдохновения! С праздником! 🇺🇿

Repost from YURISTKADR
Текшириш билан шуғулланадиган давлат органлари диққатига Кеча – 2020 йил 19 октябрь куни Вазирлар Маҳкамасининг “Назорат қилувчи органлар томонидан тадбиркорлик субъектлари фаолиятида давлат назоратини ташкил этиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 611-сонли қарори тасдиқланди. Қарор шу куниёқ кучга кирди. Эътибор беринг, мазкур қарор билан: “Текширувларни рўйҳатга олиш тартиби тўғрисида”ги низом; “Назорат қилувчи органлар мансабдор шахсларини тадбиркорлик субъекти фаолиятини текшириш ҳуқуқини бериш юзасидан аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисида”ги низом; ҳамда Назорат қилувчи органларнин “хавфни таҳлил қилиш” тизимларига қўйилган минимал талаблар тасдиқланди. 👉@yuristkadr

#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-oktabr sentabr oyi uchun: - QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni (Soliq qodeksining 273-moddasi 1- va 2- qismlari); - agar sentabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi); - norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi); - yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 454-moddasi 3-va 4-qismlari); oktabr oyi uchun: - soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi); III chorak uchun: - foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi va 340-moddasi 1-qismi); - jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 280-moddasi 3-qismi); - maxsus renta solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 454(7)-moddasi 2-va 3-qismi). Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

Agar tashkilot yengil avtomobilni sotib olsa, u QQSni hisobga olish huquqiga egami❓ - Yengil avtomobilni QQS bilan sotib olayotgan yuridik shaxs, o‘zi tomonidan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasini sotib olingan transport vositasi bo‘yicha yetkazib beruvchiga to‘langan QQS summasiga kamaytirishga haqli. Buning uchun soliq to‘lovchi sotib olingan avtomobil bo‘yicha “kiruvchi” QQSni hisobga olishi mumkin. QQS barcha holatlarda ham hisobga olinavermaydi. Buning uchun bir vaqtning o‘zida qator shartlar bajarilishi kerak: 1) QQS summasi ko‘rsatilgan hisobvaraq-fakturaning mavjudligi; 2) avtomobilning tegishli birlamchi hujjatlar asosida qabul qilinganligi; 3) sotib olingan avtomobildan QQS solinadigan operatsiyalar bo‘yicha foydalanish. Ayni shu joyda, sotib olingan avtomobil QQS solinadigan operatsiyalar uchun foydalanilganligiga soliq organi tomonidan norozilik bildirilishi mumkin. Biroq, avtomobilni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomani tuzayotganda, avtomobilni sotib olish va uni yuridik shaxs balansiga qo‘yish, undan tadbirkorlik yoki boshqa daromad keltiradigan faoliyatda foydalanishni nazarda tutadi, deb hisoblanadi. Soliq organlari qanday holatlarda sotib olingan avtomobil uchun QQSni hisobga olinishini rad etishlari mumkin❓ Agar yengil avtomobilni sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmasa, Soliq kodeksining 267-moddasiga asosan QQS summasi hisobga olinmaydi. Soliq to‘lovchida avtomobil uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qatnovlarni amalga oshirishda foydalanganligini tasdiqlovchi hujjatli dalillar (birlamchi hujjatlar) bo‘lishi kerak. Bunday hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan (jo‘nash va boradigan joylar, qaytish vaqti, bosib o‘tilgan masofa, yoqilg‘i sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar) yo‘l varaqalari bo‘lishi mumkin. Soliq to‘lovchining hujjatlarida avtomobil shaxsiy qatnovlar uchun emas, balki kompaniyaning maqsadlariga erishish uchun foydalanganligini aks ettiruvchi xo‘jalik hayoti faktlari qayd etilishi kerak. Agar soliq to‘lovchi tomonidan sotib olingan yengil avtomobillar soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilayotganligi soliq organi tomonidan dalilar bilan isbotlansa, sotib olish chog‘ida to‘langan QQS summalari hisobga olinmaydi. @accounting_stuff

EA Sports FIFA 23 uchun noodatiy reklamani suratga oldi: ular o‘yin fragmentlarini muxlislarning stadionga ketayotgan jonli tasvirlari bilan birlashtirdilar... lekin aslida ular uyga qaytishmoqda. FIFA o'ynang. Vidolar jonli va dinamik bo'lib chiqdi, u futbol yulduzlarini ham, ularning muxlislarini ham aralashtirib yubordi. Bundan tashqari, o'yin dunyosi deyarli haqiqiy dunyo kabi muhim ekanligiga ozgina ishora. Yoki deyarli emas. Juda ko'p his-tuyg'ular bor. Mana haqiqiy reklama!!!

#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 17-oktabr - jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni; sentabr oyi uchun: - hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari); - aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lash kuni (Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi). __________________________________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 17 октября 2022 года последний день - уплаты физическими лицами налога на имущество и земельного налога; за сентябрь: - представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного налога на доходы физических лиц, а также представления отчетности и уплаты социального налога (ч.1 ст.389 Налогового кодекса, ч.4 и 5 ст.407 Налогового кодекса); - представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота (ч.3 ст.470 Налогового кодекса). Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram

В супермаркете упаковывают товар в полиэтиленовые пакеты без ручек. Пакеты являются неотъемлемой частью товара. Куда отнесет бухгалтер расходы по упаковке товара в пакеты?
Anonymous voting

Supermarketda tovarlar tutqichsiz plastik qoplarga qadoqlanadi. Paketlar mahsulotning ajralmas qismidir. Buxgalter tovarlarni paketlarga qadoqlash xarajatlarini qayerga oladi?
Anonymous voting

Иккита жойда ишлайдиган аёллар "декретной"ни қайси иш жойидан оладилар? МКнинг 233-моддасида Ҳомиладорлик ва туғиш бўйича таътил нафақа тўланган ҳолда тақдим этилиши белгиланган. Ҳар қандай иш берувчи (мулкчилик шаклидан қатъий назар), бундай таътилни тақдим этаётганда ходимага нафақа тўлаши лозим. Ўриндошликда ишлайдиган аёллар асосий иш жойидан ҳам, ўриндошликдаги иш жойидан ҳам ҳомиладорлик ва туғиш бўйича нафақа олишга ҳақли. (ВМнинг 18.10.2012 йилдаги 297-сон қарори)

Списочная численность работников с 1 января по 31 декабря составляла 80 человек. За период с 1 июня по 31 августа было принято 10 работников по совместительству. Какова средняя списочная численность персонала за год?
Anonymous voting

1 yanvardan 31 dekabrga qadar xodimlarning ro'yxati 80 kishini tashkil etdi. 1 iyundan 31 avgustgacha bo'lgan davrda 10 nafar o'rindosh ishchilar ishga qabul qilindi. Yil davomida o'rtacha ishchilar soni qancha?
Anonymous voting

С 1 января на предприятии работало 120 человек, и 1-го числа каждого месяца численность персонала возрастала на 6 человек вплоть до конца года. Какова среднегодовая численность работников?
Anonymous voting