cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Far·hod·jon

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
690
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
-530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Ingliz tilida sonlar Menga ingliz tilida, ayniqsa, amerikancha inglizchada turli sonlarni qisqartirilishi yoki qulay aytilishi yoqadi. 1924 yili “19”-“24” deb ajratib aytilishini hamma biladi: nineteen-twenty four. “Bir ming to’qqiz yuz yigirma to’rt” bilan “o’n to’qqiz yigirma to’rt” solishtirib ko’rish kifoya. Lekin boshqa osonlashtirish ham ko’p ishlatiladi: - K/M/B/T - ming/million/milliard/trillion. Masalan, 14 000 soni “fourteen thousand” o’rniga “fourteen key” deyiladi va “14K” sifatida yoziladi. - Ming “grand” bilan ham almashtiriladi: 13000 - thirteen grand. - Agar sonlar faqat yuz (100) bilan tugasa, so’nggi ikkita nol “hundred” bilan almashtiriladi: 1400 - fourteen hundred, 2500 - twenty five hundred. - Yuqoridagi yilni bo’lish boshqa holatlarda ham ishlaydi: 4568 Main St. - fourty five sixty eight main street. - 3 ta raqamli sonlar ham ikkiga bo’linadi: 345 - three fourty five. - Nolni “O” harfi bilan almashtirish: 103 - “one zero three” o’rniga “one oh three.” Uzun sonlarni yozishda minglar “,” bilan ajratlishi ham juda qulay: 329874501 o’rniga 329,874,501 yoziladi. Tipografika qoidalari bo’yicha o’zbek tilida minglar (bo’linmas) probel bilan ajratilishi kerak (329 874 501), lekin buni juda kam odam yozishmalarda ishlatadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 15🔥 2
2022-yilda o’g’lim boradigan Trailwood Elementary School (Trailwood boshlang’ich maktabi) ochiq eshiklar kuni o’tkazgandi. Birinchi marta maktabning hamma detallarini o’shanda bemalol ko’rishga muvaffaq bo’lgandik. Quyida birinchi taassurotlar asosidagi fikrlarim: 1. Maktabda qorovul yo’q. Maktab eshiklari avtomatik yopiladi va administrator zarur bo’lganda tashqaridagi odamni kiritishi mumkin. 2. Ota-onalar maktab tashqarisidagi piknik stollarida bolalari bilan tushlik qilishi mumkin. 3. Maktab devorlari va sinf xonalarida yaxshi, pozitiv xabarlar yozilgan. 4. Umuman, hamma xonalar va koridorlarda juda yaxshi detallarni ko’rish mumkin va sifatli dizayn qilingan. 5. Sinfda bolalar stol atrofida o’tiradi va birga ishlashadi. Odatda, bir sinfda 20 ta atrofida bola. 6. Hamma o’quvchilar maktabdan iPad oladi (turli onlayn materiallardan foydalanish uchun). 7. O’quvchilarning maxsus ochiq shkaflari va narsalarni saqlaydigan joylari mavjud. 8. Sinfda turli o’yinlar bor. Bu - umumiy davlat maktabi (public school). Xususiy maktablarda sharoit va talablar boshqacha bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi xususiy diniy maktablarda maktab formasi bor. Yana bir detal maktabning qanaqa qurilgani (so’nggi suratda). Maktab juda mashinaga moslashtirilgan. Maktabga tegishli yo’lning alohida kirish va chiqishi bor, yana ikkita parkovka mavjud - 1 va 4. Kirish ikkita tomondan (2 va 3), lekin maxsus bayramlardan tashqari faqat bittasi foydalaniladi. O’quvchilarni olish uchun kiraverishda (5) maktab xodimi qaysi o’quvchi chiqishini bildiradi va mashina eshikka yaqinlashguncha o’quvchi chiqib turadi. Kirishga ikki tomondan kelayotgan mashinalar esa tabiiy ravishda ketma-ket o’tishadi - juda tartibli. @farhodjon #usa
Hammasini ko'rsatish...
👍 25
Hozirgi O’zbekiston hududida Sovet davrigacha olingan eng mashhur fotosuratlaridan biri - Buxoro amiri Said Olimxonniki. Foto muallifi - Sergey Prokudin Gorskiy. Avvallari shu fotoning tarixi haqida bilmasdim. Lekin yaqinda Sergey Prokudin Gorskiy va uning boshqa fotolar orqali Rossiya Imperiyasi paytidagi shaharlar va hayotni qisman ko’rish mumkin. Bu fotolar Gorskiyning 1909-1915-yillarda Rossiya imperiyasining turli hududlariga sayohati davomida olingan. Fotograf qizil-ko’k-yashil filtr orqali rangli fotolar olgan va ular haligacha sifatini yo’qotmagan. Oktabr revolyutsiyasidan keyin Gorskiy, asosan, Yevropada faoliyat yuritgan. Uning to’liq kolleksiyasi esa avlodlari tomonidan AQSh kongressi kutubxonasiga sotilgan. Kutubxona saytida hamma fotolarni ko’rish mumkin: https://www.loc.gov/search/?fa=partof:lot+10338&sp=1 Fotolarga e’tibor berilsa: - Tarixiy obidalarning ahvoli juda chatoq bo’lgan - Dengizga yaqin shaharlardan farq juda katta: masalan, Suxumi bilan Samarqand/Buxoroni solishtirish qiyin - Erkaklarning kiyimlari juda rang-barang. @farhodjon
Hammasini ko'rsatish...
👍 11
Suno o’zbek tilini yaxshi tushunmaydi va juda sezilarli aksent bilan kuylayapti. Lekin keng tarqalgan tillarni juda yaxshi tushunadi. Yalla guruhining “Uchquduq” qo’shig’i menga juda yoqadi. Va rus tilida aytilgani uni Suno’ga juda yaxshi nomzod qiladi. Birinchi video shu qo’shiq 1920-yillardagi Amerika jaz usulida “ayttirdim.” Ikkinchi videoda esa shu qo’shiq 1980-yillarning Bollivud stilida aytilgan. Ikkala qo’shiq ham xuddi originaldek: biror odamga qo’yib berilsa “cover” sifatida kuylanganligiga ishonadi! @farhodjon #ai
Hammasini ko'rsatish...
👍 12🔥 3🤔 1
02:00
Video unavailableShow in Telegram
Mustaqillik bayramlarida O’zbekiston madhiga juda ko’p qo’shiqlar kuylanadi. Bunaqa qo’shiqlarning matnini ChatGPT yoki o’xshash uskunalar orqali generatsiya qilish qiyin emas. Qo’shiq qilish uchun esa suno.ai yordam beradi. Matn va qo’shiqning usuli berilganda o’zi ovoz tanlaydi, musiqa bastalaydi va birlashtirib tayyor qo’shiq sifatida chiqaradi. Sizlarga bayramlarda bemalol ijro etsa bo’ladigan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan “Musaffo osmon” qo’shig’ini taqdim qilaman! 😅 @farhodjon #ai
Hammasini ko'rsatish...
👍 12😱 7🤯 3😢 2👎 1🤬 1
Photo unavailableShow in Telegram
Startap olamida “ramen profitable” degan termin mavjud - yangi startapning daromadi asoschilarning yashash uchun yetarli chiqimlarini qoplaydi xolos. Bizning til bilan aytganda: rolltonga yetarli foyda beradi. Bu haqida Pol Grem (Y Combinator asoschisi) blogida juda yaxshi yozgan. Yuqoridagi foto Suhail Doshiga tegishli - Mixpanel asoschisi. 2009-yilda kompaniya inkubatordan o’tayotgan vaqtda yashagan xonasi. Twitter/X’da hozirda mashhur boshqa kompaniya asoschilarining (Box, Zapier, xonalarini ko’rish mumkin: https://twitter.com/Suhail/status/1754286822837162419 “Xona” deyishimning sababi bor: San-Fransiskoda ijara juda qimmat va startap asoschilari, asosan, pulni tejash uchun bitta xonani ijaraga olishadi.
Hammasini ko'rsatish...
🔥 9👍 7
Sun’iy intellekt demokratlashuvi Har qanday texnologiya yoki bilimning demokratlashish jarayoni bor - texnologiya yoki bilimdan ko’proq odamlar qulayroq ko’rinishda foydalanishni boshlaydi. Boshida cheklovlar ko’proq odam ishlatishi jarayonida yo’q bo’lib boradi. Oxirgi 30 yil ichida bir nechta texnologiyalar shu jarayondan o’tgan; XIX asrdan boshlab esa juda ko’p. Boshlanishida faqat harbiylar, keyinroq olimlar tomonidan ishlatilgan internetdan hozir butun odamzod foydalanadi. iPhone orqali boshlangan smartfonlar revolyutsiyasi hisoblash tizimlarini deyarli hammaga ochib berdi. Bunaqa misollarni ko’p keltirish mumkin. Har bir texnologiya demokratlashganda odamlar shug’ullanadigan kasblarda bir necha siljishlar bo’ladi. Mashina ommalashgani ot aravalarni yo’qotgan, printer paydo bo’lishi hattotlarni, internet ommaviylashishi internet-klublarini, robotlar zavod-fabrikadagi ko’p ishchilarni almashtiragan va hokazo. Lekin shu paytgacha, almashinuv odam qo’li bilan qiladigan ishlarni almashtirgan. Ya’ni, qo’l bilan qilinadigan ish avtomatlashgan. Sun’iy intellekt esa, nomidan kelib chiqib, fikrlab qilinadigan ishlarni avtomatlashtirish yoki demotratlashtirish qobiliyatiga ega. Dizayndan tortib rassomlargacha, dasturlashdan tortib direktor yordamchilarigacha. Bundoq o’ylab qarasa, COVID’dan keyingi masofadan qilinadigan har qanday ishni kelajakda sun’iy intellektga topshirsa bo’ladi (agar sun’iy to’xtatilmasa, albatta). Demokratlashishning yaxshi tomoni - har bir insonning mahsuldorligi har qanday sohada oshadi. Bilim ham demokratlashadi. Avvallari biror sohaga yillab vaqt sarflagan odamlargagina tegishli bilim yoki tajribadan sun’iy intellekt orqali juda ko’p odamlar foydalanishi mumkin. Hozir Midjourney, Devin, ChatGPT kabi mahsulotlar shu imkoniyatni ochadi: endi men ba’zi ishlarim uchun mutaxassis yollashim shartmas - sun’iy intellektga to’g’ri buyruq berish yetarli. Bu jarayon faqat axborot texnologiyalari sohasidamas, boshqa sohalarni ham qamrab olishiga ishonaman. Afrikada sifatli tibbiyotga imkoniyati yo’q odamlarning smartfonidagi intellekt 90% kasalliklarga qanday chora ko’rishni maslahat berishi - juda katta muvaffaqiyat. Yoki sun’iy intellekt bizga kosmosni o’zlashtirishimizda yordam berishi mumkin. Menimcha, sun’iy intellekt almashtirib bo’ladigan odamlarni albatta almashtiradi. Yomon mutaxassisga solishtirganda sun’iy intellekt kamida berilgan topshiriqni bajaradi va shuning o’zi juda katta yutuq. Va bu faqat axborot texnologiyalari sohasi bilan cheklanmaydi (robotlarni hisobga olsa). Bundan tashqari, sun’iy intellektga uskuna sifatida qarash mumkin. Hozir hamma dasturchilar Git ishlatayotganidek, 2-3 yilda hamma mutaxassislar uni ishlatishni boshlaydi; hozir hech kimni Zoom/Google ishlatish hayron qoldirmaganidek. Muammoni yechish uchun to’g’ri qo’llaydiganlar yutadi. Keyinroq bir odam hozir 100 kishilik kompaniya qilayotgan qiymatni beradigan bo’ladi. Yaqinda NVIDIA kompaniyasi asoschisi Jensen Huang “bolalar kod yozishni o’rganishi shartmas, chunki, sun’iy intellekt kod yozishga hojat qoldirmaydi”, degan ma’noda fikrlarini bo’lishdi. Bundoq o’ylab qarasa - to’g’ri, kod yozish natijaga erishishdagi bir qadam va bunaqa qadamlar qancha kam bo’lsa, shuncha yaxshi. Shu borada Jon Karmakning bir fikrini keltirmoqchiman: “dasturlash” hech qachon qiymat/bahoning manbasi bo’lmagan; muammoni yechish - asosiy mahorat (“Coding” was never the source of value... Problem solving is the core skill). @farhodjon #ai
Hammasini ko'rsatish...
👍 17🤔 1
2009-yilda chiqarilgan Objectified hujjatli filimini 14-17-mart oralig’ida bepul ko’rish mumkin. Film bizning ishlab chiqarilgan (manufactured) obyektlar bilan murakkab munosabatimiz va shularni yaratgan dizaynerlar haqida. Joni Ayv, Tim Braun, Dieter Rams, Karim Rashid, IDEO studiyasi va boshqalar ishtirok etgan. https://www.ohyouprettythings.com/free Sanoat dizayni va umuman dizaynga qiziqadiganlar uchun juda yaxshi film. @farhodjon #design
Hammasini ko'rsatish...
Watch Objectified Free! — Oh You Pretty Things

👍 10🔥 4
01:50
Video unavailableShow in Telegram
Shu kunlarda yaxshigina shov-shuv bo’layotgan mahsulot - Devin - AI Software Engineer. Inson dasturchi ega bo’lgan hamma uskunalarni ishlatadigan sun’iy intellekt agenti: brauzer, kod, terminal, chati bor. Berilgan topshiriqqa o’zi reja tuzadi, internetni o’rganadi, kod yozadi, debug qiladi, xatolarini tuzatadi. Twitter’da Devin’ni ishlab chiqargan kompaniya turli sinovlarni bo’lishyapti: - notanish texnologiyalarni o’rgana oladi - blogdagi maqola berilganda o’zi o’rganib chiqib topshiriqni bajaryapti; - GitHub repodagi bug berilganda yechim topyapti; - o’zining AI modellarini o’rgatyapti; - Upwork’dagi haqiqiy topshiriqning ustida ishlayapti. Yuqoridagi videodagi Scott Wu o’zini “Human Software Engineer”, deb atayapti 😊 Shu borada ish olib borayotgan yana bir startap bor, lekin hali demo ko’rsatishmadi: https://magic.dev Ajoyib davrda yashayapmiz.
Hammasini ko'rsatish...
👍 11🤔 2🤮 2👎 1😱 1🤬 1
Yana bir qo’shimcha pozitsiya ochildi: - Data Scientist AQShda avtotransport sohasini rivojlantirish uchun juda yaxshi imkoniyat, qiziq muammolarni birga yechamiz!
Hammasini ko'rsatish...
👍 16😱 2