fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Zafar Khashimov

Zafar Khashimov

رفتن به کانال در Telegram

💻 Facebook саҳифам: facebook.com/zkhashimov 📱Instagram саҳифам: goo.gl/gKQmnz ✏️Twitter саҳифам: twitter.com/Khashimov #happinessшунослик

نمایش بیشتر
6 620
مشترکین
-424 ساعت
+87 روز
-2230 روز
آرشیو پست ها
photo content

photo content

#Yangilanish_shiddati |15.10.2026 mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)

Savdo va Servis Academy’ning to‘rtta ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Admi
Savdo va Servis Academy’ning to‘rtta ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi quyidagi dasturlarni maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazdi: — Tovarshunos — 6 hafta, 222 soat. — Go‘shtni parchalash va ishlov berish — 13 hafta, 432 soat. — Nonvoy-tandirchi — 13 hafta, 432 soat. — Sotuvchi-kassir — 4 hafta, 144 soat. Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan dasturlar Milliy malaka ramkasining 4-darajasiga mos keladi. Ta’lim kunduzgi shaklda, o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Bitiruvchilarga sertifikat beriladi. ⸻ Четыре программы Savdo va Servis Academy получили государственную аккредитацию Национальное агентство по обеспечению качества образования при Администрации Президента Республики Узбекистан провело специальную государственную аккредитацию программ: — Товаровед — 6 недель, 222 часа. — Разделка и обработка мяса — 13 недель, 432 часа. — Пекарь-тандырщик — 13 недель, 432 часа. — Продавец-кассир — 4 недели, 144 часа. Программы переподготовки и повышения квалификации соответствуют 4-му уровню Национальной рамки квалификаций. Обучение очное, на узбекском и русском языках. Выпускникам выдаётся сертификат.

photo content

🎓 Savdo va Servis Academy dasturi davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi “Sotuvchi-kassir” ta’lim dasturi O‘zbekiston Respublikasi
🎓 Savdo va Servis Academy dasturi davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi “Sotuvchi-kassir” ta’lim dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi. Bu Savdo va Servis Academy faoliyatini rivojlantirish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun malakali mutaxassislarni tizimli tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir. Akademiya amaliy ko‘nikmalar va biznesning real ehtiyojlariga asoslangan ta’lim dasturlarini rivojlantirishda davom etadi. ________________________ 🎓 Программа Savdo va Servis Academy получила государственную аккредитацию Образовательная программа «Продавец-кассир» прошла специальную государственную аккредитацию Национального агентства по обеспечению качества образования при Администрации Президента Республики Узбекистан. Это важный шаг в развитии Savdo va Servis Academy и создании системной подготовки квалифицированных специалистов для торговли и сферы услуг. Академия продолжит развивать образовательные программы, основанные на практических навыках и реальных потребностях бизнеса.

Repost from Saida Mirziyoyeva
Istanbulda Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga bordik. Ushbu muassasal
+6
Istanbulda Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga bordik. Ushbu muassasalarning o‘qitish uslublari, yondashuvlari menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bunday ilg‘or amaliyot o‘zaro hamkorlik uchun keng yo‘l ochadi. Tashrif davomida ta’lim maskanlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar, pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib oldik. Ta’lim sohasi — O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi doʻstona munosabatlarning muhim qirralaridan biridir. Mazkur yo‘nalishdagi hamkorligimiz yoshlarning o‘qib-o‘rganishi, dunyoqarashi o‘sishi hamda bir-birini yanada yaqindan tanishiga xizmat qiladi. — В Стамбуле вместе с Неджмеддином Билалом Эрдоганом посетила университет Ибн Халдуна и школу Yenidogu. Было интересно познакомиться с их образовательными подходами. Здесь уделяют внимание качеству знаний, развитию способностей молодых людей и формированию самостоятельного мышления. Этот опыт открывает возможности для совместной работы. Во время визита договорились расширять сотрудничество между нашими учебными заведениями, обмениваться опытом и создавать новые возможности для школьников, студентов и преподавателей. Образование — важная часть близких отношений между Узбекистаном и Турцией. Наше сотрудничество в этой сфере помогает молодым людям учиться, развиваться и лучше узнавать друг друга.

⚡️Zafar Hoshimov Prezident Administratsiyasi huzuridagi maxsus ishchi guruhga rahbar etib tayinlandi Prezident matbuot xizmat
⚡️Zafar Hoshimov Prezident Administratsiyasi huzuridagi maxsus ishchi guruhga rahbar etib tayinlandi Prezident matbuot xizmati Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonda ta’lim sifatini oshirish, bozor talablariga mos ta’limni rivojlantirish hamda raqobat va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish vazifalari belgilanganini ma’lum qildi. Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda.
Unga Anglesey Food (Korzinka) kuzatuv kengashi raisi, Savdo va servis uyushmasi raisi Zafar Hoshimov jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi.
Guruh tarkibiga tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar va xalqaro ekspertlar jalb etiladi: https://www.spot.uz/oz/2026/10/03/zafar-hoshimov/ Telegram | Instagram | YouTube

O‘zbekistonda ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish masalalari ko‘p yillardan buyon faoliyatimning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bugun mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga o‘z hissamni qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan mamnunman. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi Ta’lim va fan vazirligining tashkil etilishi ta’lim tizimiga yangicha yondashuvlarni joriy etish, uni iqtisodiyot ehtiyojlari bilan yanada uyg‘unlashtirish, raqobatni kuchaytirish hamda xususiy sektorning ishtirokini kengaytirishga bo‘lgan qat’iy intilishni aks ettiradi. Ushbu islohotlar doirasida Prezident Administratsiyasi huzurida inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqish uchun maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Mazkur ishchi guruhga jamoatchilik asosida rahbarlik qilishdek mas’uliyatli vazifani menga ishonib topshirgani uchun Prezidentimizdan minnatdorman. Bu mas’uliyat O‘zbekistonning kelajak avlodini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘p yillik faoliyatimning mantiqiy davomidir. Jumladan, men Teach For Uzbekistan tashkiloti Vasiylik kengashi a’zosi, mamlakatimizdagi ilk tadbirkorlik universiteti — TEAM University asoschilaridan biri, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti jamoasining faxriy a’zosi (Honorary Fellow) hamda Toshkent davlat universiteti Kengashi a’zosi sifatida ta’lim sohasidagi tashabbuslarda ishtirok etib kelmoqdaman. Oldimizda turgan muhim vazifalarni amalga oshirish yo‘lida tadbirkorlar, ta’lim sohasi mutaxassislari, olimlar va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutmoqdaman. Qilinadigan ishlar ko‘p. Bu mas’uliyatli vazifaga o‘z amaliy tajribam, kuch-g‘ayratim va aniq natijalarga erishishga qaratilgan yondashuvim bilan hissa qo‘shishga tayyorman. Ishonchim komilki, insonlarga sarmoya kiritish va o‘zgarib borayotgan iqtisodiyot ehtiyojlariga javob bera oladigan ta’lim tizimini shakllantirish O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali sezilarli va uzoq muddatli natijalarga erisha olishimizga ishonaman.

“O‘zbekistonda yaratilgan”: Kirill Altman biznes vakillari haqida kitob nashr etdi Alter Ego loyihasi asoschisi Kirill Altman
+2
“O‘zbekistonda yaratilgan”: Kirill Altman biznes vakillari haqida kitob nashr etdi Alter Ego loyihasi asoschisi Kirill Altman mahalliy tadbirkor va top-menejerlar bilan suhbatlariga asoslangan “O‘zbekistonda yaratilgan” nomli yangi kitobini taqdim etdi. O‘zbek va rus tillarida chop etilgan nashrdan mamlakatdagi 30 nafar biznes vakillarining hayotiy qoidalari, amaliy tajribasi va sohaga oid qarashlari o‘rin olgan. Ular orasida Korzinka, Express24, Alif, TBC Uzbekistan, Click, Payme, Uzbekistan Airways, Hamkorbank hamda boshqa yirik kompaniyalar rahbarlari bor.
“O‘zbekistonda yaratilgan” kitobi men uchun yoshlar uchun yaxshi dastyor, tajribali insonlar uchun esa barchasini to‘g‘ri bajarishayotganining tasdig‘i va ramziga aylanishi kerak, — deya ta’kidlaydi muallif.
Rasmda: “O‘zbekistonda yaratilgan” kitobidan fikrlar. Telegram | Instagram | YouTube

Prezidentimiz Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekanlar, ta’lim sifatini oshirish va
Prezidentimiz Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekanlar, ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi. Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi. — Подписывая указ о создании Министерства образования и науки, Президент нашей страны поставил задачу применять новые подходы для повышения качества образования и вывода отрасли на новый уровень, развивать образование с учетом запросов рынка, усиливать конкуренцию и расширять участие частного сектора. В этих целях при Администрации Президента формируется специальная рабочая группа по разработке общенациональной концепции стратегии развития человеческого капитала и непрерывного образования. На общественных началах ее возглавит предприниматель Зафар Хашимов. В состав группы войдут предприниматели, имеющие опыт создания образовательных учреждений и эффективных систем, профильные специалисты, ученые и международные эксперты. Facebook|Instagram|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat. Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan. —  Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки. Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала. Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью. Facebook|Instagram|X

photo content

Repost from davletovuz
Ўзбекистон — икки карра Бутунжаҳон шахмат олимпиадаси ғолиби!
Ўзбекистон — икки карра Бутунжаҳон шахмат олимпиадаси ғолиби!

Ура!!! 🎉🌟❤️

Repost from Saida Mirziyoyeva
Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdik. Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotg
+4
Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdik. Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda oldimizda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildik. Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim. — Встретилась с Генеральным директором Всемирной торговой организации Нгози Оконджо-Ивеалой. Обсудили, как продвигается вступление Узбекистана в эту организацию и какую работу нам ещё предстоит завершить. Благодарю уважаемую госпожу Оконджо-Ивеалу за непрерывную поддержку и экспертную помощь. Мы уже прошли большую часть пути, и сейчас важно сохранить темп и довести этот процесс до конца.

Repost from korzinka.uzb
Necha yildan beri birgamiz deb o‘ylaysiz? ❤️ Bu yil biz 30 yoshga to‘lyapmiz va bu yillarning qanchasida biz bilan birga bo‘l
Necha yildan beri birgamiz deb o‘ylaysiz? ❤️ Bu yil biz 30 yoshga to‘lyapmiz va bu yillarning qanchasida biz bilan birga bo‘lganingizni bilishni juda istaymiz! Ehtimol, siz ilk xaridingizni, aksiyamizdagi yutug‘ingizni yoki ko‘p yillardan buyon butun oilangiz bilan xarid qiladigan filialimizni eslarsiz. Yoki Korzinka sababli ilk ishingizni topgandirsiz, qadrdon insoningizni uchratgandirsiz yoxud haligacha tabassum bilan eslaydigan biror qiziqarli voqea guvohiga aylangandirsiz 🤗 Korzinkani qancha vaqtdan buyon bilasiz va sizni biz bilan bog‘lab turadigan iliq hissiyotlar haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda (Instagram, Facebook, Threads) hikoya qilib bering. Agar sizda arxiv suratlar yoki videolar saqlanib qolgan bo‘lsa — bu haqda izohlarda albatta aytib o‘ting. Biz eng iliq va samimiy 30 ta hikoyani tanlab, ularning mualliflari Korzinka Plus kartalariga 300 000 dan bonus o‘tkazib beramiz hamda o‘z sahifalarimizda ular haqida bo‘lishamiz ❤️ Hikoyalaringizni 24-sentyabr oxirigacha kutib qolamiz. Keling, 30 yil qanchadan-qancha ajoyib voqealarni qamrab olishi mumkinligini birga eslab olamiz! Aksiya tarmoq xodimlariga amal qilmaydi. Bonuslar 29-sentyabrgacha hisoblab beriladi. #KorzinkaBilan30Yil Korzinka Bot | Korzinka HR-bot | Korzinka App | Korzinka Go | Korzinka Biznes

🌾 Фермер учун — барқарор харидор. Савдо ва HoReCa учун — сифатли ва керакли ҳажмдаги маҳсулот. Энди бу икки томонни бир-бири
+3
🌾 Фермер учун — барқарор харидор. Савдо ва HoReCa учун — сифатли ва керакли ҳажмдаги маҳсулот. Энди бу икки томонни бир-бирига яқинлаштирадиган янги механизм шакллантирилмоқда. 👍 Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқарувчилари уюшмаси раиси Саидвали Насреддинов ҳамда «Савдо ва сервис» уюшмаси раиси Зафар Ҳошимов ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди.
Мақсад — қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини ишлаб чиқарувчилардан савдо тармоқлари, меҳмонхоналар ва умумий овқатланиш корхоналаригача бўлган занжирни янада мустаҳкамлаш.
Бугун харидорга нима керак? 👍Сифатли маҳсулот 👍Керакли ҳажм 👍Белгиланган стандарт 👍Ўз вақтида етказиб бериш Ишлаб чиқарувчига-чи? 👍 Барқарор бозор ва ишончли харидор Айнан шу эҳтиёжларни бирлаштириш учун ҳудудларда махсус хаблар ташкил этиш концепцияси муҳокама қилинди. Уларда маҳсулотларни саралаш ва калибрлаш, қайта ишлаш, қадоқлаш, сифат талабларига тайёрлаш, савдо ва HoReCa субъектларига етказиб бериш жараёнларини ягона тизим асосида ташкил этиш кўзда тутилмоқда. Натижада маҳсулотнинг ишлаб чиқарувчидан харидоргача бўлган йўли янада тизимли ташкил этилади. 👍 Имзоланган меморандум эса бу йўналишда янги лойиҳалар ва амалий ҳамкорлик учун асос бўлиб хизмат қилади. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube

Repost from korzinka.uzb
🗓 🔥 Katta keshbek kunlari! Har hafta dushanbadan chorshangbagacha Korzinka Plus kartasi bilan ma’lum bir toifadagi tovarlar
+2
🗓 🔥 Katta keshbek kunlari! Har hafta dushanbadan chorshangbagacha Korzinka Plus kartasi bilan ma’lum bir toifadagi tovarlar uchun katta keshbekka ega bo‘ling: 21-sentyabr: soch bo‘yoqlari va laklar uchun 25% keshbek 22-sentyabr: mushuklar quruq yemishlari uchun 20% keshbek 23-sentyabr: baliq konservalari uchun 20% keshbek Havola orqali o‘tib, keshbeklar kalendari bilan tanishing. Aksiya sariq narxnomali tovarlar uchun amal qilmaydi. Mini o‘yinchoqlar kolleksiyasini to‘plang! Korzinkada 250 000 so‘m, Korzinka Mahallada 100 000 so‘mga xaridlar va Korzinka Go'da 450 000 so‘mga buyurtma evaziga — mini o‘yinchoq sovg‘aga! Hamkorlar tovarlari xaridi esa yana bittasini qo‘shadi. Barchasini to‘plashga shoshing! Korzinka Bot | Korzinka HR-bot | Korzinka App | Korzinka Go | Korzinka Biznes