Mabrur | AI & Automation
کانال بسته
نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 522
مشترکین
+1124 ساعت
+907 روز
+42730 روز
آرشیو پست ها
Repost from Mabrur | Dasturlash va AI
ChatGPT yangi Pro Max tarifini chiqarmoqchi va obuna oyiga $500 bo‘lishi mumkin.
- Plus — $20/oy
- Pro Lite — $100/oy
- Pro — $200/oy
- Pro Max — $500/oy 👀
$500 ga ular nima bermoqchi o‘zi?
Cheksiz usage? (katta ehtimol yo'q)
Kuchliroq agentlar?
Ko‘proq compute?
Yangi modellarga birinchi dostup?
Chunki oyiga $500 endi oddiy obuna emas, deyarli xodim maoshi bilan teng bo‘lib qolyapti.
Hozircha menda bor mish-mishlarga ko'ra, Bu tarif bilan birga Openai Grok Botga raqib qilib Codex Botam chiqarishmoqchi ekan. Kimda yana qanaqa ma'lumotlar bor bu bo'yicha?
@mabrur_dev
25 سپتامبر, 15:23
Tepadagi video kimgadir yoqmagan shekili. Dislayk bosganlar uchun mana yana bitta video.
Men faqatgina textni berdim, boshqa hech nima qilmadim.
Bunisi olovmi?)
23 سپتامبر, 03:56
Facesiz reels yasab beradigan sistemam + Opus 5.5
Claudeni yangi modeli bilan natijani sinab ko'rdim, daxshat-a?)
Shunchaki gpt dan text generatsiya qilib beraman va reels zavodim qolgan hammasini o'zi qiladi.
22 سپتامبر, 21:59
Opus 5.5 ni maza qilib ishlatib olinglar. Juda tez va sifatli ishlayapti.
Menimcha Anthropic doimgidek 2-3 kundan keyin sifatini va tezligini tushirib tashlaydi.
22 سپتامبر, 21:13
Orqasidan GPT yam yangi gpt-6-sol, gpt-6-luna modellarini chiqarib yubordi.
Raqobat yaxshi narsada )
22 سپتامبر, 19:33
Anthropic bugun Opus 5.5 modelini chiqardi.
Benchmarklar bo'yicha bu model Fable va Astradan kuchliroq, hatto oldingi Opus 5 dan 20% ga arzonroq ham.
Test qilishni boshladik 🔥
22 سپتامبر, 12:47
Aytgancha, oxirgi paytlar mana shu widgetni juda ko'p foydasi tegyapti.
Claudeni yoki GPT ni ochib qancha limitim qoldikan deb qarab o'tirmasdan, ekranimi o'ng burchagiga mishkamni olib boraman, hamma limitlarimni ko'rsatib beradi.
Yomon tomoni esa, bu hozircha faqat Mac uchun.
O'rnatish uchun shunchaki shu linkni claude codeingizga bering va o'rnatishini so'rang:
https://github.com/vinzdg/
codenotch
21 سپتامبر, 21:04
Hozir deyarli har ikkinchi tadbirkor bir narsani so‘raydi:
“AI hammasini qilib bersa, xodimlar kerak bo‘ladimi o‘zi?”
Kerak bo‘ladi. Hali ancha vaqt kerak bo‘ladi.
AI juda tez, arzon va ko‘p ishni bir zumda boshlaydi. Lekin u avtonom qolib ketsa ishlarini juda ko'p xato bilan qiladi. Ayniqsa pul, mijoz, huquqiy masala yoki muhim qaror bor joyda uni nazoratsiz qo‘yib bo‘lmaydi.
Hozir AI eng yaxshi ishlaydigan joy — ichki, takroriy va tekshiriladigan jarayonlar:
uchrashuvdan vazifa va xulosa chiqarish
hisobotlarni yig‘ish
tijorat taklifining birinchi chernoviklarini tayyorlash
leadlarni saralash
operator yoki sotuv bo‘limi ishini tahlil qilish
ma’lumotni qidirish va tartiblash
Ya’ni AI xodimning o‘rnini bosishdan ko‘ra, yaxshi xodimni 2–3 baravar kuchliroq qiladi.
“Sotuvni botga topshiramiz”, “AI o‘zi mijoz bilan kelishadi”, “AI yuridik hujjatni tayyorlab yuboradi” degan joylarda esa ehtiyot bo‘lish kerak. Bir xato tufayli mijoz, pul yoki reputatsiya ketishi mumkin.
To‘g‘ri yondashuv: avval ishlayotgan jarayonni tushunib oling. Keyin uning eng zerikarli, ko‘p vaqt oladigan qismini AI’ga bering. Yakuniy qaror va nazorat esa odamda qolsin.
AI — avtopilot emas. Hozircha u juda kuchli assistent.
21 سپتامبر, 20:58
Aslida bunday oddiy ko‘ringan “ertalabki gazeta” tagida juda ko‘p integratsiyalar (boshqa ilovalar bilan ulanishlar) yotadi.
Kalendar, email, vazifalar, Notion yoki Google Drive’dagi fayllar, CRM, savdo raqamlari — AI bularni har xil joydan olib, sizga kerakli formatda bitta joyga yig‘ib beradi.
Buning uchun avval bitta savolga aniq javob berish kerak:
“Men har kuni qaysi ma’lumotlarni ochaman va nimani kuzataman?”
Masalan:
• Bugungi uchrashuvlarim
• Javob berishim kerak bo‘lgan xatlar
• Jamoaning kechagi natijalari
• Yangi leadlar
• Mijozlarning muammolari
• Bugungi eng muhim 3 ta vazifa
Shularni ajratib olsangiz, o‘zingiz uchun raqamli “morning brief” yasash mumkin. Hatto biznes egasi bo‘lsangiz, har kuni ertalab savdo, kassadagi pul, yangi zakazlar va kechikayotgan vazifalarni bitta qisqa hisobotda ko‘rishingiz mumkin.
Claude va ChatGPT app’larida bunga o‘xshash tayyor funksiyalar allaqachon bor — ular routines deyiladi. Lekin eng foydali variant — hamma uchun tayyor routine emas, aynan sizning ish tartibingizga moslangan routine bo'ladi.
Routine qanday ishlashini ko'rmoqchi bo'lsangiz allaqachon Youtubedagi videolarimda buni ko'rsatib berganman.
16 سپتامبر, 11:39
Tasavvur qiling, har kuni ertalab uyg‘onasiz va sizga tayyor kunlik gazeta keladi.
Unda bugungi kalendaringiz, emaildagi muhim xatlar, kechagi ochiq qolgan vazifalar va sizga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan qisqa ma’lumotlar bitta joyda bo‘ladi.
Ya’ni ertalab uyg‘onib 10 ta app ochib, “bugun nima qilishim kerak edi?” deb qidirib o‘tirmaysiz. AI siz uyg‘onishingizdan oldin ma’lumotlarni yig‘ib, qisqa va tushunarli qilib tayyorlab qo‘yadi.
Menimcha, ertalab telefonni bekorga titkilamasdan, kunni aniq reja bilan boshlash uchun effektiv yechim.
Siz qog'oz ko'rinishidagi shunday kunlik “morning brief” ishlatgan bo‘larmidingiz?
16 سپتامبر, 11:36
Judayam ko‘pchilik haligacha AI o‘zining ishida yoki biznesida qanchalik ko‘p vaqt tejab berishini to‘liq tushunib yetgani yo‘q.
Masalan, bugun tadbirkorlar uchun AI Bootcampda o’qiyotgan o‘quvchim bilan kafeda 4–5 soat o‘tirib, uning tur agentligi uchun ancha katta ishni qilib tashladik.
Oldin u o‘nlab Telegram kanal va guruhlarni, yopiq guruhlarni, har xil tur agentliklari saytlarini bittalab ko‘rib chiqardi. Yangi turlarni qidirib, narxlarini solishtirib, keyin mijozlariga offer berardi.
Tasavvur qiling, bu ishni har kuni qayta-qayta qilish kerak.
Biz esa AI agentni uning Telegram akkauntiga uladik. Endi agent belgilangan vaqtda, kuniga deyarli 5 mahal, kerakli kanal va guruhlardan yangi turlarni yig‘adi. Har xil saytlardan ham ma’lumotlarni olib, hammasini bitta bazaga saqlaydi.
Keyin bu turlarni alohida dashboard orqali ko‘rish mumkin: qayerga, qaysi sanada, necha kunlik va qancha narxda ekanini.
Hali bu birinchi qismi.
Keyingi planda shu bazadagi ma’lumotlar asosida Instagram uchun avtomatik rasmlar tayyorlash, post matnlarini yozish va ularni Instagram’ga joylash tizimini qurmoqchi.
Ya’ni, oldin bir odamning kuniga kamida 3–4 soatini oladigan ishning katta qismini endi AI o‘zi bajaradi.
Bu yerda inson omili deyarli kamayadi. Odam faqat tekshirilishi yoki tasdiqlanishi kerak bo‘lgan narsalarni ko‘radi va tasdiqlaydi.
Eng qizig‘i, buning ishlaydigan birinchi variantini 4–5 soat ichida qildik.
AI faqat savol berib, javob oladigan narsa emas. To‘g‘ri ishlatilsa, u biznesdagi takroriy ishlarni o‘ziga olib, har kuni bir necha soat vaqtingizni qaytarib beradi.
Endi o’zingizdan so’rab ko’ringchi, sizda mana shunday tartibga solinmagan va avtomatlashtirilmagan qancha holatlar bor?
10 سپتامبر, 15:48
GPT Astra 6 yordamida odamlar aqlbovar qilmas narsalarni yasashyapti.
Shubhasiz 3D taraflama bu model ancha ilgarilab ketdi.
GPTni eng oxirgi modeli qilib bergan websitelarni o’zingiz ko’rib baho bering.
10 سپتامبر, 11:58
Oldingizga bitta kofechani qo'yib olib ko'rish shart bo'lgan video
https://youtu.be/mFT926A6xUY?si=DDmWvGubz5-05erD
06 سپتامبر, 10:07
Oldingizga bitta kofechani qo'yib olib ko'rish shart bo'lgan video
https://youtu.be/mFT926A6xUY?si=DDmWvGubz5-05erD
06 سپتامبر, 10:06
06 سپتامبر, ~10:06
Bugun o‘zim uchun to‘liq remote development muhitini yig‘ib oldim va laptop resurslariga bo‘lgan bog‘liqlikdan ancha qutuldim.
Oldin bir vaqtning o‘zida bir nechta Docker container, terminallar va AI agentlarni yurgizsam, MacBook qizib, RAM tez to‘lib qolardi. Eng yomoni — macimni yopishim bilan hamma jarayon uzilardi, caffeinate umuman variantmas edi, portlab ketay deyotgandi kompyuterim. Endi esa butun og‘ir yuk VPS’da aylanadi.
Nimalarni sozladim:
• Dokploy va Docker: Serverda containerlarni boshqarish va keyinchalik loyihalarni bir joydan oson deploy qilish uchun qulay boshqaruv paneli tayyor.
• T3 Code: To‘g‘ridan to‘g‘ri VPS’ga o‘rnatildi. Endi AI agentlar mening kompyuterimni qiynamay, serverning o‘zida kod yozadi va buyruqlarni bajaradi.
• Tailscale: MacBook, iPhone va VPS bitta xavfsiz private tarmoqda. Servislarni public internetga ochib o‘tirmay, hamma joydan to‘g‘ridan to‘g‘ri xavfsiz ulanish mumkin.
Eng zo‘r qulayligi — qurilmalar o‘rtasidagi uzluksizlik. Masalan, ko‘chada ketayotganda iPhone orqali T3 Code’ni ochaman:
• Serverdagi tasklar qanday ketayotganini ko‘raman;
• Agent qayerdadir to‘xtab, savol bersa javob beraman;
• Terminal buyrug‘i yoki o‘zgarishlarga ruxsat (approval) kerak bo‘lsa tasdiqlayman;
• Yoki shunchaki yangi task berib, telefonni cho‘ntakka solib qo‘yaman.
@mabrur_dev
04 سپتامبر, 19:46
04 سپتامبر, ~19:48
AI bilan ishlashdagi va tizimlar qurishdagi eng katta sirni aytaman.
Claude yoki Chatgpt bilan 2 soatda bot yoki sayt yasab olib, o‘zini Stiv Jobs deb his qilayotganlar judayam ko'p.
Sizga yoqmaydigan haqiqatni aytaymi?
2 kunda yig‘ilgan mahsulotning bozordagi qiymati - 0 so‘m. Agar siz uni tajribasiz holda 48 soatda yasagan bo‘lsangiz, raqobatchingiz ham, mijozingiz ham xuddi shunday narsani 48 soatda yasay oladi. Sizda hech qanday eksklyuzivlik yo‘q.
Kod yozish osonlashgani biznes qurish osonlashdi degani emas. Biznes bu kod emas. Biznes - bu sotuv, mijoz ishonchi, distributsiya va operatsion tizim.
Hozir har ikkinchi odamning noutbugida 80% tayyor, lekin 1 tiyin ham daromad keltirmagan o'nlab loyihalar yotibdi. Zor brending, nom va motivi bor, lekin mijoz yo'q.
AI kuchini o'zingizga umuman begona bo'lgan yangi sohalarda xom ishlatishga sarflamang.
Uni amaldagi biznesingizdagi operatsiyaga yo‘naltiring: sotuv voronkasi, lidlarni saralash, ichki analitika va mijozlar bilan muloqotni avtomatlashtiring.
O‘zingiz tushunmagan sohada AI bilan noldan kompaniya qurishga urinish — vaqt va pulni axlatga tashlash bilan teng. Undan ko'ra, amaldagi biznesingizdagi kuchli tomoningizni 10 barobarga oshiring.
03 سپتامبر, 10:42
Yangi biznesingiz uchun sayt, CRM yoki mobil ilova boshlamoqchisiz, lekin dasturchi va dizaynerlarga tushuntirish uchun haftalab vaqt ketadimi?
Fikrni vizual ko‘rinishga keltirib, jamoaga ko‘rsatish va tasdiqlash uchun zo‘r yechim bor — pen.dev.
Buni soddaroq qilib aytganda: Figma + AI Agentlar.
Dizayner bo‘lishi shart emas:
Kompyuteringizga dasturni tekinga o‘rnatasiz.
ChatGPT yoki Claude akkauntingizni ulab qo‘yasiz.
Nima kerakligini oddiy so‘zlar bilan yozsangiz, o‘zi kerakli sahifalar va dizaynlarni chizib beradi.
Hosil bo‘lgan dizaynni jamoangizga ko‘rsatib, feedback olasiz va ortiqcha xarajat qilmasdan loyihani tezda sinab ko‘rasiz.
O‘zim deyarli har kuni ishlataman, biznes egalari va startapchilar uchun vaqtni tejashga ayni muddao. Sinab ko‘ring.
03 سپتامبر, 09:14
Claude eng kuchli modelini yangi versiyasini chiqardi.
Fable 5.1 benchmarklar bo'yicha Fable 5 dan ancha ustunroq va harajati bo'yicha 45% gacha arzonlashganini aytishyapti.
Claude Max obunasi borlar bo'lsa sinab ko'ringlar
01 سپتامبر, 15:33
+1
Kontent yaratishni deyarli 100% avtomatlashtirdim.
Hozir Claude YouTube videolarimni o‘zi tahlil qilib, kerakli joylarini qirqib oladi, 2 xil variantda Reels/Shorts formatida montaj qiladi va Chatplace voronkasi bilan birga Instagram’ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri probniyga post qiladi.
Buning ustiga butun ekotizimni (Instagram + YouTube + Telegram bot) yagona analitika dashboardiga bog‘laganman:
• Qaysi kontent ko‘proq ushlab qolyapti? • Kimlar potensial xaridor (issiq lead)? • Qaysi segmentga target yoqish kerak? • Barchasini bitta joyda real-time ko‘rib turaman.AI chiqargan montaj natijasini ko‘rib, o‘zingiz baho bering. Fikrlaringizni kutaman, videolarga layk esa har doimgidek algoritm uchun foydali: 1-variant: https://www.instagram.com/reel/DcjM-fgDPW_/?igsi=bTN0eTVyMXQxemdv 2-variant: https://www.instagram.com/reel/DcjLXiDk14O/?igsi=MWFpMDA4NGwyY2NxcQ==
27 اوت, 12:34
+2
O'zim uchun videolarni avtomatik montaj qilib beradigan shaxsiy yordamchi tizim yasab oldim. Bu asosan Claudeda ishlaydi.
Bu tizimda ikkita asosiy "ishchi" bor:
• 🎬 Fable (Rejissyor): Videoga qanday vizuallar qo'shish, qayerini qirqish va montaj uslubi qanaqa bo'lishini hal qiladi. Qisqasi, videoning chiroyli chiqishiga shu javobgar. • 💻 Opus (Texnik): Rejissyor aytganini orqa fonda kod yozib, amalda bajarib beradi. Hamma qora mehnat shuning bo'ynida.Bundan tashqari videolarim uchun pinterestni ulab qo'yganman. Men o'zimga saqlab qo'ygan rasmlarni reference sifatida ishlatib, ha demak mana shu vizualda montaj qilishim kerak ekan deydi. Turli skillarni ishlatib, kerakli payt Magnific orqali video, rasm, musiqa yoki soundlar generatsiya qilishi mumkin, remotion bilan turli komponentlarga animatsiyalar qo'shadi. Kecha uxlashga yotishdan oldin yordamchimga: "YouTube kanalimga kirib, menga 5 ta video kesib, montaj qilib tayyorlab qo'y" deb vazifa berib ketgandim. Ertalab kirib qarasam, natijalar umuman yomon emas. Endi bu tayyor videolarni Instagramga "probniy"ga joylab, odamlarni YouTubega yo'naltirishni boshlaymiz. Qani, qanaqa effekt berarkan 🚀
25 اوت, 02:34
