Mabrur | AI & Automation
کانال بسته
نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
765
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+857 روز
+42730 روز
آرشیو پست ها
+2
Kontent bilan ishlaydiganlar uchun ajoyib lifehack.
Siz bitta AI modelni fikriga ko‘proq ishonasizmi yoki 3 ta eng yaxshi AI modellardan yig'ilgan "kengash" bergan bahogami?
O'zimam juda ko'p his qilaman, kontent ustida ishlayotganda eng qiyin bosqich g‘oyalarga xolis baho berish va ularni qaysi biri haqiqatda "portlashi"ni oldindan sezish. Bitta AI’dan "Shu g‘oyam yaxshimi?" deb so‘rasangiz, ko‘pincha xushomad qilib "Ajoyib g‘oya!" deyaveradi.
Lekin kompyuteringizda turli Agent CLIlar (masalan, Claude Code, Antigravit-cli va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa, siz ularni bir-biriga raqobatchi va ekspert "Kontent Kengashi" (Content Council) sifatida ishlatishingiz mumkin!
Sizdagi asosiy orchestratorga (boshqaruvchi) turli modellarni har xil rollarga tayinlashini topshirasiz.
Misol uchun:
- ChatGPT Terra yoki Sol - Growth Strategist
- Claude Opus 5 - Editorial & Brand Critic
- Gemini 3.1 Pro - Audience & Visual Potential Critic
Har bir model g'oyalaringizni 1 dan 10 gacha hook, auditoriyaga mosligi, foydalilik darajasi, ulashishga arzidimi va turli boshqa mezonlar bo'yicha baholab beradi.
Shu orqali sizda har bir AI modelni alohida xolis fikri bo'ladi, umumiy reytinglar, aniq kamchiliklar va yaxshilash uchun takliflar ko'proq keladi. Eng top g'oyalarni saralash osonlashadi.
Mana shu prompt bilan kontentlarimni baholatib, yaxshiroq natijaga erishyabman:
Run a content council for these ideas. Use: - your own GPT perspective as growth strategist - Claude Opus through Claude Code CLI as editorial and brand critic - Gemini 3.1 Pro High through Antigravit CLI as audience, originality and visual-potential critic Have each judge independently score every idea from 1–10 for: hook, audience fit, originality, usefulness, brand fit, shareability, conversion potential and production difficulty. Then show: 1. each judge’s separate opinion 2. major disagreements 3. combined ranking 4. specific improvements 5. rewritten versions of the top 3 ideas Do not let external reviewers modify files or perform actions. bulk-send all the content we generated over the past few days, incorporating all our ideas. Prepare a visual table for each piece of content so I can easily track and review them.
+1
Claude + DaVinci Resolve
Video montaj jarayonimni imkon qadar avtomatlashtirishga kirishdim.
DaVinci Resolve Studio o'rnatdim, GitHub'dan uni MCP serverini topib Claude'ga ulab qo'ydim.
Keyin ikkita skill yasadim: biri - qirqish (rough cut) uchun, ikkinchisi - animatsiya qo'yish uchun. Endi navbat animatsiya va motion komponentlarim ro'yxatini kengaytirishga keldi: Jitter, Lottie, Pinterestga o'xshash manbalardan ilhomlanib, o'zimga mos komponentlarni qayta ishlatish uchun yasab chiqyapman.
Hali to'liq flow tayyor emas, lekin bugungi kunning o'zida ancha progress bo'ldi. Shu ketishda reelslarim uchun 200-250 ming so'm sarflamasdan, hammasini Claude bilan hal qilib olarman degan umiddaman )
AI & Automation Clubga xush kelibsiz
Bu yopiq kanal AI haqidagi yangiliklarni shunchaki o'qib o'tirish uchun emas, uni real hayotda, ishda, biznesda va kundalik vazifalarda ishlatishni xohlaydiganlar uchun ochildi.
Bu yerda quruq nazariya bo‘lmaydi.
Men o‘zim har kuni AI tool’larni sinab ko‘raman, yangi usullarni test qilaman, ish jarayonlarimga qo‘shaman va natija bergan narsalarni sizlar bilan bo‘lishaman.
Maqsad oddiy: tonnalab informatsiya, tool, kurs va videolar ichidan foydalisini ajratib, sizga tushunarli va qo‘llash mumkin bo‘lgan formatda yetkazish.
Bu kanal “guru”lik qilish uchun emas. Bu yerda men o‘zim ishlatgan, o‘zim sinagan, o‘zim natija ko‘rgan narsalarni ulashaman.
AI’ni qanday o‘ylash, vazifalarga qanday yondashish, ish jarayonlariga qanday joylashtirish va undan qanday qilib real foyda olish haqida gaplashamiz.
Kimlar uchun?
- Biznes egalari: AI orqali biznesni kuchaytirish yoki yangi yo‘nalish ochish uchun. - Freelancerlar: ishni tezroq, sifatliroq va samaraliroq qilish uchun. - Kontent qiluvchilar: video, post, dizayn, skript va g‘oyalarni tezlashtirish uchun. - Yangi skill o‘rganib, uni pulga aylantirmoqchi bo‘lganlar uchun. - Dunyo qayerga qarab ketayotganini ko‘rib, orqada qolishni istamaydiganlar uchun.Nega aynan hozir? Internet chiqqanda ko‘pchilik uning kuchini tushunmagan. Lekin vaqtida kirganlar katta loyihalar qildi. Bitcoin boshida arzon edi. Uni erta tushunganlar shunchaki omadli emas, dadilroq bo‘lgan. Hozir AI bilan ham shunaqa davr. Kim hozirdan AI’ni o‘rganib, ishiga, biznesiga va hayotiga qo‘sha olsa, keyingi yillarda boshqalardan ancha oldinda bo‘ladi. Xullas, xush kelibsiz. Bu yerda quruq oldi qochdi gaplar bo‘lmaydi. Faqat sinalgan narsalar, foydali tool’lar, amaliy caselar va real tajriba bo‘ladi. Hozircha "chaqmochani" bosib turing ⚡
