fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

۰

۰

رفتن به کانال در Telegram

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
540
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+77 روز
+3730 روز
آرشیو پست ها
۰
540
Menimcha fikrim hammaga ma'qul :)

۰
540
40+ kishi ko'rgan lekin komentda 3 ta fikr. Aktiv ekanliklarizdanmi bu?

۰
540
Endi payg'ambarimizning farzandlari haqida o'rganamizmi yoki takliflaringiz bormi?) Yoki kanalni o'chirmasdan endi hech narsa tashlamay qo'yganim yaxshimi?)

۰
540
Endi payg'ambarimizning farzandlari haqida o'rganamizmi yoki takliflaringiz bormi?)

۰
540
Islom manbalarida jannat ayollarining eng afzallari (sayyidalari) deb e'tirof etilgan to'rtta ayol 1.Maryam bintu Imron 2.Hadicha bintu Xuvaylid 3.Fotima bintu Muhammad 4.Osiyo bintu Muzohim

۰
540
470 bo'lsak yaxshi bo'lardi..

۰
540
Hamma o'qisin yaxshilar!

۰
540
sticker.webp0.00 KB

۰
540
Namozdagi yig'i, qalbdagi dardning duoga aylangan holatidir..)
Namozdagi yig'i, qalbdagi dardning duoga aylangan holatidir..)

۰
540
Hayot o'limdan so'radi:" Nima uchun odamlar meni yaxshi ko'radi seni esa yomon ko'radi?" O'lim dedi:"Chunki sen go'zal yolg'onsan men esa achchiq haqiqatman".

۰
540
Hamma o'qisin yaxshilar:)

۰
540
Osiyo binti Muzohim Islom tarixida nomlari Qiyomatgacha tilovat qilinadigan Qur'oni Karim oyatlari bilan ulug'langan jannat ayollarining to'rtta eng afzal sayyidalaridan biridir. U tarixiy manbalarda qadimgi Misrni boshqargan o'zini xudo deb e'lon qilgan eng zolim va kofir hukmdor Fir'avnning rafiqasi (qirolichasi) bo'lganlar. Juda daxshatli va kufrga to'la muhitda qasr ichida yashagan bo'lsa-da Osiyo onamiz o'z qalbidagi sof iymonini saqlab qolgan va Alloh taologa bo'lgan sadoqati tufayli butun ummatga yorqin o'rnak qilib ko'rsatilgan buyuk zotdir.Tarixiy va diniy manbalarga muvofiq Osiyo binti Muzohimning aniq tug'ilgan yili va vafot etgan sanasi milodiy kalendar bo‘yicha aniq raqamlar bilan saqlanib qolmagan. Chunki u yashagan davr Muso alayhissalomning yuborilishidan oldingi va keyingi qadimgi Misr davriga to'g'ri keladi va u zamonlardan aniq kun-u oylardan iborat tug'ilish yoki o'lim guvohnomalari kabi xronologik hujjatlar mavjud emas. Islom olimlari va tarixchilari (jumladan Ibn Kasir o'z tafsirlarida) uning aynan qaysi yili tug'ilib qaysi yili vafot etganini raqamlarda keltirishmagan balki u zotning hayoti va shahodat voqeasini aniq tafsilotlari bilan rivoyat qilishgan.Osiyo onamizning hayotidagi eng buyuk burilish nuqtalaridan biri Nil daryosidan oqib kelgan sandiq ichidagi go'dak Muso alayhissalomni qutqarib qolishi bilan boshlanadi. Fir'avn tush ko'rib Bani Isroildan tug'iladigan o'g'il bola uning saltanatini yer bilan yakson qilishini bilgach yurtdagi barcha yangi tug'ilgan o'g'il bolalarni o'ldirishni buyurgan edi. Muso alayhissalom yashiringan sandiq saroy yaqiniga kelganida Osiyo onamiz uni ko'rib qalbi cheksiz muhabbatga to'ladi va Fir'avnga: "Bu go'dak men uchun ham sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o'ldirmanglar shoyadki bizga foydasi tegsa yoki uni o'g'il qilib olsak"deya uning hayotini saqlab qoladi. Shu tariqa u Muso alayhissalomni o‘z bag'riga olib onalik mehri bilan qasr ichida tarbiyalab o'stiradi.Muso alayhissalom voyaga yetib Alloh taolo tomonidan payg'ambar qilib yuborilganidan keyin saroyda sehrgarlar bilan bo'lgan bahsda g'olib chiqadi. Bu ulug' mo'jizalarni o'z ko'zi bilan ko'rgan Osiyo binti Muzohim hech ikkilanmasdan qalbida yashirin saqlab kelgan iymonini oshkor qiladi va Muso hamda Horun alayhissalomlarning Robbilariga iymon keltirganini e'lon qiladi. Bu xabardan g'azablangan va o‘zini yer yuzining yagona xudosi deb bilgan Fir'avn uning iymonidan qaytarish uchun barcha yo'llarni ishga soladi biroq malika barcha boylik taxt va qirolichalik baxtidan kechib faqatgina Allohning dinini tanlaydi.Fir'avn Osiyo onamizni iymonidan qaytara olmagach uni dahshatli va ayovsiz azoblarga duchor qilishni buyuradi. Uni jazirama issiqda quyosh tagiga yotqizib qo'l va oyoqlariga mixlar qoqishadi ustiga ulkan xarsang toshlarni qo'yib azoblashadi. Shunday chidab bo'lmas qiynoqlar ostida qolganida ham Osiyo binti Muzohim iymonida tog'dek mustahkam turib Islom tarixidagi eng go'zal va mashhur duolardan birini qiladi. Uning bu duosi Qur'oni Karimning Tahrim surasi 11-oyatida abadiylashtirilgan: "Robbim men uchun huzuringda jannatda bir uy bino qilgin. Menga Fir'avn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin".Rivoyat qilinishicha u ushbu duoni qilayotgan vaqtida Alloh taolo uning ko‘zlaridan pardani ko'taradi va u zot jannatdagi o'zi uchun qurilgan muazzam qasrni ko'rib cheksiz shodlikdan tabassum qiladi. Fir'avn va uning askarlari uning azob ostida jilmayib turganini ko'rib hayratda qolishadi va uning aqldan ozganini gumon qilishadi. Biroq aynan o‘sha lahzada ulkan tosh uning jismiga tushishidan oldin Alloh taolo Osiyo onamizning pok ruhini O'z huzuriga olgan edi shu sababli u hech qanday og'riq sezmay shohidlik maqomiga erishadi. U zot dunyodagi eng oliy moddiy boyliklarni oxiratdagi abadiy baxtga va Allohning roziligiga almashtirgan buyuk ayol timsolidir

۰
540
sticker.webp0.27 KB

۰
540
sticker.webp0.00 KB

۰
540
470 bo'lsak yaxshi bo'lardi :)

۰
540
sticker.webp0.00 KB

۰
540
Ba'zi manbalarga ko'ra u zot Iso alayhissalom osmonga ko'tarilganda 50 yoshlar atrofida bo'lgan va undan keyin yana 5-10 yil yashab taxminan 55–60 yoshlarida vafot etgan. Eng keng tarqalgan va ishonchli rivoyatlarga ko'ra u zotning qabri Quddus (Ierusalim) shahridagi Getsemaniya (Jismoniya) bog'ida joylashgan

۰
540
Maryam binti Imron Islom dinida butun olamdagi ayollardan ustun qilingan eng soliha taqvodor va pokiza ayol hamda ulamolar ittifoqiga ko'ra Iso alayhissalomning onasidir. U Qur'oni Karimda nomi to'g'ridan-to'g'ri va aniq zikr qilingan yagona ayol hisoblanadi. Qur'onning 19-surasi aynan uning nomi bilan "Maryam" deb atalgan. Islomiy manbalarda va qadimiy tarix kitoblarida u zotning aniq tug'ilgan kuni oyi yoki yili milodiy taqvim kabi aniq raqamlar bilan ko'rsatilmagan. Buning asosiy sababi o'sha davrda mukammal va yagona taqvim tizimi bo'lmaganidir. Maryam bintu Imron Iso alayhissalom tug'ilishidan taxminan 15–20 yil oldin (miloddan avvalgi I asr oxirida) Quddus (Ierusalim) shahrida tug'ilganlar. Maryam onamiz Bani Isroil (Yoqub alayhissalom avlodi) qavmidan bo'lib o'ta dindor va hurmatli oilada dunyoga kelganlar. Otalari Imron o'z davrining eng ulug' olimi va peshvosi bo'lgan. (U Muso alayhissalomning otasi Imron emas balki undan asrlar keyin yashagan boshqa Imrondir). Maryam hali tug'ilmasdan oldin otasi vafot etadi. Onalari Xanna bintu Faqud uzoq vaqt farzand ko'rmagan taqvodor ayol edi. Kunlarning birida u qushning o'z polaponini oziqlantirayotganini ko'rib onalik mehri jo'sh uradi va Allohdan farzand so'raydi. Xanna homilador bo'lgach qornidagi farzandini Baytul Maqdis (Ierusalim ibodatxonasi) xizmati uchun ozod (nazr) qilishga ahd qiladi. U o'g'il bola tug'iladi deb o'ylagan edi (chunki u paytda faqat erkaklar ibodatxonaga xizmatga olingan). Ammo qiz bola tug'iladi va unga Maryam (ibodat qiluvchi Allohga xizmat qiluvchi) deb nom qo'yishadi. Alloh taolo bu qizni go'zal suratda qabul qiladi. Otasi vafot etgani sababli Maryamni tarbiyalash va unga kafil bo'lish vazifasi o'sha davrning payg'ambari uning amakisi (yoki pochchasi) Zakariyo alayhissalomga yuklatiladi. Zakariyo alayhissalom ibodatxonada Maryam uchun alohida bir xona mehrob qurdirtiradi.Maryam shu mehrobda kecha-yu kunduz ibodat bilan mashg'ul bo'ladi. Zakariyo alayhissalom qachon Maryamning xonasiga kirsa uning oldida hech kim olib kelmagan mavsumga to'g'ri kelmaydigan (qishda yozgi yozda qishki) meva va taomlarni ko'rardi. "Bu qayerdan?" deb so'raganida Maryam: "Bu Allohning huzuridandir. Albatta Alloh xohlagan kishisiga hisobsiz rizq berur"deb javob beradi (Oli Imron surasi, 37-oyat). Maryam odamlardan xoli joyda ibodat qilib turganida Alloh taolo unga Jabroil alayhissalomni inson qiyofasida yuboradi. Jabroil alayhissalom unga pokiza o'g'il farzand ko'rishi haqida xushxabar beradi. Maryam hayron bo'lib: "Menga biror inson tegmagan bo'lsa qanday qilib menda farzand bo'lsin?" deydi. Farishta bu Alloh uchun juda oson ekanligini va bu insonlarga Allohning qudrati belgisi bo'lishini aytadi. Jabroil alayhissalom uning yoqasiga puflaydi va Allohning irodasi bilan homila paydo bo'ladi. Maryam odamlarning ta'nasidan qo'rqib uzoq bir joyga chiqib ketadi. Ko'zi yorish vaqti kelganda u bir qurigan xurmo daraxti tagiga keladi va qiynalganidan: "Qani edi mana shu voqeadan oldin o'lib ketganimda va butunlay unutilib ketgan bo'lsam edi" deydi. Shunda uning ostidan (yoki farishta tomonidan) ovoz kelib xavotir olmaslikni xurmo daraxtini siltsa undan yangi pishgan xurmolar to'kilishini va ostidan buloq oqizib qo'yilganini aytadi. Maryam onamiz chaqaloqni ko'tarib qavmining oldiga qaytganida odamlar uni yomon xulqlilikda ayblab malomat qila boshlashadi: "Ey Maryam juda og'ir gunoh qilding otang yomon odam emasdi onang ham buzuq emasdi"deyishadi.Allohning buyrug'iga ko'ra Maryam hech kimga gapirmaslikni (ro'za tutishni) ahd qilgan edi. U faqat beshikdagi chaqaloqqa ishora qiladi. Odamlar: "Beshikdagi yosh bola bilan qanday gaplashamiz?" deb g'azablanishganda Iso alayhissalom tilga kirib shunday deydilar: Albatta, men Allohning bandasidirman. U menga kitob (Inzil) berdi va meni payg'ambar qildi. Meni qayerda bo'lsam ham barakali qildi va modomiki barhayot ekanman namoz va zakotni ado etishni buyurdi. Shuningdek onamga mehribon bo'lishni buyurdi..." (Maryam surasi, 30-32 oyatlar). Maryam bintu Imron Iso alayhissalom osmonga ko'tarilganidan keyin ham bir necha yil yashagan

۰
540
sticker.webp0.00 KB

۰
540
Hazrati Fotima hijratdan 15 yil oldin milodiy 605-yilda ba'zi manbalarda 615-yil Makkada tug'ilganlar. U zot tug'ilgan yili Quraysh qabilasi Ka'bani qayta ta'mirlayotgan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hajarul asvadni o'z joyiga qo'yishda hakamlik qilgan palla edi. Onalari mo'minlarning onasi Hadicha bintu Xuvaylid roziyallohu anhodir. Fotima yoshligidanoq otalari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga kelgan vahiylar Islom yo'lidagi og'ir sinovlar va qiyinchiliklar ichida ulg'aydi. Makka mushriklari Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga zulm qilganlarida jajji Fotima otasining yonida turib u zotni himoya qilgan va u zotga g'amxo'rlik ko'rsatgan. Shu sababli ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotni nihoyatda yaxshi ko'rib "Umm abiha" (Otasining onasi) deb chaqirardilar. Hijriy 2-yilda Madinada Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Fotima onamizni o'zlarining amakivachchalari Islom arsloni Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga nikohlab berganlar. Ularning turmushlari nihoyatda kamtarona va ixcham bo'lgan. Fotima onamiz uy ishlarining barchasini (un tuyish suv tashish) o'zlari bajarganlaridan qo'llari qabarib ketardi biroq biror marta hayotidan shikoyat qilmaganlar. Bu nikohdan Islom tarixida juda muhim o'rin tutgan farzandlar Hasan Husayn, Muhsin ismli o'g'illar hamda Zaynab va Ummu Gulsum ismli qizlar dunyoga kelgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nasllari aynan Fotima onamiz orqali davom etgan va bugungi kungacha yetib kelgan barcha sayyidlar shu zotning zurriyotlaridir. Fotima onamiz xulq-atvorda yurish-turishda va nutqda otalari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga eng ko'p o'xshaydigan inson edilar. U zot kirib kelganlarida Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o'rinlaridan turib qizlarini peshonasidan o'par va o'z joylariga o'tkazardilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Fotima mening bir bo'lagimdir uni g'azablantirgan narsa meni ham g'azablantiradi" deb aytganlar.Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan so'ng Fotima onamiz qattiq qayg'uga botdilar va hech qachon tabassum qilmadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan roppa-rosa 6 oy o'tgach hijriy 11-yil ramazon oyining uchinchi kuni milodiy 632-yil 28-avgust atrofida Madina munavvarada 29 yoshlarida ba'zi manbalarda 18 yoki 24 yoshda vafot etganlar. Vasiyatlariga ko'ra janozalari tunda yashirincha o'qilib Madinadagi Baqi' qabristoniga dafn etilganlar