۰
رفتن به کانال در Telegram
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
540
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+77 روز
+3730 روز
آرشیو پست ها
540
Rayhona binti Zayd Banu Nodir qabilasidan bo'lgan va Islom tarixi manbalarida mo'minlarning onasi sifatida hurmat qilinadigan sahobiya ayoldir. U kishi 627-yildagi (hijriy 5-yil) Banu Qurayza voqeasidan so'ng Islom jamiyatiga qo'shilgan va Madinada 631-yilda vafot etib, Jannat ul-Baqiy qabristoniga dafn etilganlar. Rayhona binti Zayd Islomgacha bo'lgan davrda Madinadagi yahudiy qabilasi Banu Nodir oilasida tug'ilgan. Keyinchalik u Banu Qurayza qabilasidan bo'lgan kishiga turmushga chiqqan. Banu Qurayza qabilasi mag'lubiyatga uchragach Rayhona binti Zayd asirlikka tushgan. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uni o'z qaramog'iga olib Islomni qabul qilishni taklif qilganlar va ixtiyor o'zida ekanligini bildirganlar. U kishi dastlab o'z dinida qolishni tanlagan bo'lsa-da ko'p o'tmay qalbi Islom nuri ila yoritilib iymon keltirgan. Islom tarixchilari va hadis olimlari Rayhona binti Zaydning maqomi borasida turli ma'lumotlarni bayon etishgan. Ba'zi rivoyatlarga ko'ra, Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uni ozod qilib mahr berganlar va nikohlariga olganlar. Boshqa manbalarda esa u kishi ozod etilgan xizmatkor va mo'minlarning onasi maqomida qolganlari aytiladi. Sahobiya 631-yil (hijriy 9-yil) atrofida vido hajidan qaytish vaqtida yoki undan biroz avval Payg'ambarimiz (s.a.v) hayotlik chog'larida Madina shahrida vafot etgan. Rayhona roziyallohu anhoning janozalari o'qilib Madinaning muqaddas Jannat ul-Baqiy qabristoniga dafn qilingan. Manbalarda Rayhona binti Zayd taqvodor iymoniga sodiq,go'zal axloqli va sabr-toqatli ayol bo'lganliklari zikr qilinadi
540
Axiylar ham bor ekan kanalda. Ular SHAXSIYLIK kanalimdan qo'shilishmagan lekin qayerda qoshilganliklarini ham bilmayman. Mayli foydasi bo'lsa kuzataveringlar. Bu yerda anonim yo'q koment yo'q fitnada holi deb o'ylayman :)
540
Repost from 𝖲𝖧𝖠𝖷𝖲𝖨𝖸𝖫𝖨𝖪.
Har bir narsaning nihoyasi bor. Eng avval shu narsani anglamog'imiz kerak..)
540
Mariya al-Qibtiya (Mariya binti Sham'un) roziyallohu anho Alloh taoloning rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamning xonadonlariga fayz olib kirgan u zotga eng kenja farzand Ibrohimni dunyoga keltirib bergan tarixdagi pokiza va sabrli ayollardan biridir. Hazrati Mariya Misrning yuqori qismidagi Ansino (hozirgi Mallaviy yaqinidagi Jaxf) qishlog'ida dunyoga kelgan. Uning otasi aslzoda qibtiylardan onasi esa Rum sulolasiga mansub dindor nasroniy ayol bo'lgan. Tarixiy manbalarda u oq tanli jingalak sochli nihoyatda go'zal va xushxulq qiz bo'lganligi milodiy 600-yil atrofida tug'ilgani qayd etiladi.Hijriy 6-yilning oxiri va 7-yilning boshlarida (milodiy 628-yil) Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dunyo hukmdorlariga Islomga da'vat maktublari yubordilar. Misr hukmdori Muqavqisga elchi sifatida Hotib ibn Abu Baltaa roziyallohu anhu bordi. Muqavqis maktubni hurmat bilan kutib olib Madinaga qimmatbaho sovg'alar yubordi. Ushbu hadyalar tarkibida "Duldul" ismli oq xachir "Yofur" ismli eshak ming misqol oltin matolar va olijanob oilaga mansub ikki opa-singil Mariya hamda Sirin bor edi.Madina sari yo'lga chiqilgan ilk kunlardanoq elchi Hotib ularga Islom haqida gapirib berdi. Qalbi toza Mariya va uning singlisi bu haqiqatni anglab yetib hali Madinaga yetib kelmaslaridanoq yo'lda chin dildan Islom dinini qabul qildilar.Hazrati Xadicha roziyallohu anhoning vafotidan keyin Payg'ambarimizning boshqa ayollaridan farzand bo'lmagan edi. Hijriy 9-yilning Zulhijja oyida (milodiy 631-yil mart) Hazrati Mariya o'g'il farzand ko'rdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quvonchlari cheksiz bo'lib unga Ibrohim deb ism qo'ydilar. Farzand tug'ilishi bilan Mariya "Ummul-valad" (farzand onasi) maqomini olib to'laqonli ozod ayol huquqlariga ega bo'ldi.Kichkina Ibrohim taxminan 16-18 oylik paytida og'ir xastalikka chalindi va hijriy 10-yilning Rabiul-avval oyida (milodiy 632-yil iyun/iyul) vafot etdi. O'g'lining vafoti kuni osmonda quyosh tutilishi yuz berdi va odamlar buni Ibrohimning o'limi bilan bog'lashganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyosh va oy Allohning mo'jizasi ekanini hech kimning o'limi yoki hayoti tufayli tutilmasligini aytib buyuk dars berganlar.Bu judolik Hazrati Mariya uchun og'ir qayg'u bo'ldi. O'g'lining vafotidan ko'p o'tmay o'sha yilning o'zida suyukli umr yo'ldoshi Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham bu foniy dunyoni tark etdilar. Ketma-ket kelgan ikki buyuk judolikdan so'ng Hazrati Mariya chuqur qayg'u ichida qolib ibodatga berildi va odamlardan uzoqlashdi. U uydan faqatgina Rasululloh va o'g'li Ibrohimning qabrlarini ziyorat qilish uchungina chiqar edi.Islom xalifalari Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umar roziyallohu anhumolar Payg'ambarimizning ushbu omonatlariga ulkan hurmat ko'rsatib Baytul-moldan nafaqa ajratib turishdi. Hazrati Mariya al-Qibtiya roziyallohu anho Rasulullohdan besh yil keyin hijriy 16-yilning Muharram oyida (milodiy 637-yil fevral) Madinada vafot etdi. Uning yoshi taxminan 36-37 larda edi. Ikkinchi xalifa Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu shaxsan o'zi janoza namoziga imomlik qildi. Hazrati Mariya Madinadagi mashhur "Baqe" (Al-Baqi) qabristoniga suyukli farzandi Ibrohimning yoniga dafn etildilar
