fa
Feedback
PhD Support

PhD Support

رفتن به کانال در Telegram

Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 876
مشترکین
+1424 ساعت
+1677 روز
+42930 روز
آرشیو پست ها
#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 07.00.00 - Tarix fanlari bo‘yicha 171 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 07.00.00 - Tarix fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 06.00.00 - Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha 105 ta ilmiy nashr Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 06.00.00 - Qishloq xo‘jaligi fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 24.00.00 - Islomshunoslik fanlari bo‘yicha 92 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 24.00.00 - Islomshunoslik fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

🧬 Bitta biologiya shifri — bir nechta fan tarmog‘iga yo‘l!
Ilmiy mavzu tanlashda faqat ixtisoslik nomiga qarash yetarli emas. Ba’zi shifrlar izlanuvchiga tadqiqot obyektiga qarab turli fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy daraja olish imkonini beradi. Shu jihatdan 03.00.00 — Biologiya fanlari eng qiziqarli guruhlardan biri. Unda jami 17 ta ixtisoslik mavjud:
▫️ 03.00.01 — Biokimyo ▫️ 03.00.02 — Biofizika va radiobiologiya ▫️ 03.00.03 — Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya ▫️ 03.00.04 — Mikrobiologiya va virusologiya ▫️ 03.00.05 — Botanika ▫️ 03.00.06 — Zoologiya ▫️ 03.00.07 — O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi ▫️ 03.00.08 — Odam va hayvonlar fiziologiyasi ▫️ 03.00.09 — Umumiy genetika ▫️ 03.00.10 — Ekologiya ▫️ 03.00.11 — Gistologiya, sitologiya va hujayra biologiyasi ▫️ 03.00.12 — Biotexnologiya ▫️ 03.00.13 — Tuproqshunoslik ▫️ 03.00.14 — Genomika, proteomika va bioinformatika ▫️ 03.00.15 — Ixtiologiya ▫️ 03.00.16 — Gidrobiologiya ▫️ 03.00.17 — Sport fiziologiyasi, farmakologiyasi va genetikasi 🔎 Eng qiziq jihati — shifr bir xil, lekin ilmiy daraja tarmog‘i turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, 03.00.01 — Biokimyo va 03.00.10 — Ekologiya ixtisosliklarida ilmiy daraja 6 tagacha fan tarmog‘i bo‘yicha berilishi mumkin. Ekologiya misolida tadqiqot yo‘nalishiga qarab: — biologiya; — kimyo; — texnika; — qishloq xo‘jaligi; — geografiya; — tibbiyot fanlari doirasida ilmiy daraja olish imkoniyati mavjud. Yana bir katta imkoniyatli guruh: 🔹 03.00.02 — Biofizika va radiobiologiya 🔹 03.00.06 — Zoologiya 🔹 03.00.12 — Biotexnologiya Bu ixtisosliklarda ilmiy daraja 5 tagacha fan tarmog‘i kesimida berilishi mumkin. 🏃 03.00.17 — Sport fiziologiyasi, farmakologiyasi va genetikasi esa biologiya bilan cheklanmaydi — u biologiya, tibbiyot va farmatsevtika fanlari bilan tutashadi. Boshqa tomonda esa nisbatan “sof biologik” yo‘nalishlar ham bor: ▫️ 03.00.15 — Ixtiologiya ▫️ 03.00.16 — Gidrobiologiya Bu shifrlarda ilmiy daraja faqat biologiya fanlari bo‘yicha beriladi.
Doktorantura mavzusini tanlayotganda faqat “menga qaysi shifr mos?” deb emas, “shu shifr doirasida qaysi fan tarmog‘ida himoya qilishim mumkin?” deb ham qarash kerak. Ayniqsa biologiya yo‘nalishida bitta ixtisoslikning o‘zi bir nechta ilmiy soha bilan kesishishi mumkin. Bu esa mavzu tanlashda ancha keng imkoniyat beradi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 05.00.00 - Texnika fanlari bo‘yicha 285 ta ilmiy nashr Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 05.00.00 - Texnika fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Editorga maqolangizni “sotmang”, mosligini ko‘rsating
Cover letter’da “Our paper is very important and highly innovative” deyishdan ko‘ra, maqola jurnal auditoriyasiga nima berishini 2–3 jumlada aniq tushuntirish kuchliroq ishlaydi.
Editorning asosiy savoli oddiy: “Nega aynan bizning jurnal?” Shu savolga yaxshi javob bera olgan maqola birinchi bosqichdayoq ancha professional ko‘rinadi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Kuchli tadqiqot yaxshi savoldan boshlanadi Dissertatsiyani katta mavzu emas, aniq savol boshqaradi. Savol qanchalik ravshan bo‘lsa, metod, manba va xulosa ham shunchalik tartibli bo‘ladi. Ba’zan yaxshi qo‘yilgan bitta savol o‘nlab sahifa matndan qimmatliroq. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 04.00.00 - Geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha 80 ta ilmiy nashr Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 04.00.00 - Geologiya-mineralogiya fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 03.00.00 - Biologiya fanlari bo‘yicha 116 ta ilmiy nashr Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrirdagi ro‘yxatdagi 03.00.00 - Biologiya fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

▪️Matematika bo‘yicha qayerda himoya qilish mumkin? Batafsil ▪️Fizika va matematika ixtisosligi bo’yicha shifringizni tekshir
▪️Matematika bo‘yicha qayerda himoya qilish mumkin? Batafsil ▪️Fizika va matematika ixtisosligi bo’yicha shifringizni tekshirib oling - Batafsil ▪️Fizika-matematika fanlari buyicha OAK tavsiya qilgan jurnallar - Batafsil 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 02.00.00 - Kimyo fanlari Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrirdagi ro‘yxatdagi 02.00.00 - Kimyo fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

PhD — diplom emas, fikrlash darajasi PhD’ning asl qiymati diplomda emas. U insonni muammoni ko‘rish, dalillarni solishtirish va mustaqil ilmiy xulosa chiqarishga o‘rgatishi kerak. Himoyadan keyin fikrlash tarzi o‘zgarmagan bo‘lsa, eng muhim natija olinmagan. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

📐 Matematika bo‘yicha qayerda himoya qilish mumkin? Ko‘plab yosh matematiklar: “O‘z ixtisosligim bo‘yicha qaysi ilmiy kengashda himoya qilsam bo‘ladi?” deb so‘rashadi. Avvalgi postimizda 01.00.00 — Fizika-matematika fanlari ixtisoslik shifrlari haqida ma’lumot bergan edik. Endi 01.01.00 — Matematika yo‘nalishidagi ilmiy kengashlarni ko‘rib chiqamiz. Bugungi kunda matematika ixtisosliklari bo‘yicha 6 ta ilmiy kengash faoliyat yuritadi: 🔹 O‘zbekiston Milliy universiteti — 2 ta kengash 🔹 Matematika instituti — 1 ta 🔹 Samarqand davlat universiteti — 1 ta 🔹 Urganch davlat universiteti — 1 ta 🔹 Farg‘ona davlat universiteti — 1 ta Eng ko‘p imkoniyat 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligida — ushbu shifr bo‘yicha 5 ta kengashda himoya qilish mumkin. Ayni paytda 01.01.06 — Algebra bo‘yicha faqat Matematika institutida, 01.01.03 — Hisoblash matematikasi va diskret matematika hamda 01.01.04 — Geometriya va topologiya bo‘yicha esa O‘zbekiston Milliy universitetida tegishli kengash mavjud. Keyingi postlarda mexanika (01.02.00), astronomiya (01.03.00) va fizika (01.04.00) yo‘nalishlaridagi ilmiy kengashlarni ham ko‘rib chiqamiz. #ilmiy_kengash #matematika #PhD #DSc #himoya

⚛️ Fizika va matematika yo‘nalishida ilmiy izlanish olib boryapsizmi? Unda o‘z ixtisoslik shifringizni tekshirib oling. 🔬 01.00.00 — FIZIKA-MATEMATIKA FANLARI Ushbu fan tarmog‘i matematika, mexanika, astronomiya va fizika yo‘nalishlarini qamrab oladi. 📐 MATEMATIKA — 01.01.00 ▫️ 01.01.01 — Matematik analiz ▫️ 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika ▫️ 01.01.03 — Hisoblash matematikasi va diskret matematika ▫️ 01.01.04 — Geometriya va topologiya ▫️ 01.01.05 — Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ▫️ 01.01.06 — Algebra ⚙️ MEXANIKA — 01.02.00 ▫️ 01.02.01 — Nazariy mexanika ▫️ 01.02.02 — Mashinalar, asboblar va uskunalar dinamikasi va mustahkamligi ▫️ 01.02.03 — Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi ▫️ 01.02.04 — Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi ▫️ 01.02.05 — Suyuqlik va gaz mexanikasi 🔭 ASTRONOMIYA — 01.03.00 ▫️ 01.03.01 — Astronomiya ▫️ 01.03.02 — Kosmos fizikasi va astrofizika ⚛️ FIZIKA — 01.04.00 ▫️ 01.04.01 — Eksperimental fizikaning asboblari va usullari ▫️ 01.04.02 — Nazariy fizika ▫️ 01.04.03 — Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi ▫️ 01.04.04 — Fizik elektronika ▫️ 01.04.05 — Optika ▫️ 01.04.06 — Polimerlar fizikasi ▫️ 01.04.07 — Kondensirlangan holat fizikasi ▫️ 01.04.08 — Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika ▫️ 01.04.09 — Magnit hodisalari fizikasi ▫️ 01.04.10 — Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ▫️ 01.04.11 — Lazer fizikasi ▫️ 01.04.12 — Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi ❗️ E’tiborli jihat Ayrim ixtisosliklarda ilmiy daraja faqat bitta fan tarmog‘i bilan cheklanmaydi. 🔹 01.02.02, 01.02.04 va 01.02.05 ixtisosliklari bo‘yicha — fizika-matematika yoki texnika fanlari; 🔹 01.04.01, 01.04.03, 01.04.04 va 01.04.05 ixtisosliklari bo‘yicha — fizika-matematika yoki texnika fanlari; 🔹 01.04.06 — Polimerlar fizikasi bo‘yicha esa fizika-matematika, kimyo yoki texnika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja berilishi mumkin. 📌 Dissertatsiya mavzusini shakllantirishdan oldin faqat ixtisoslik shifrini emas, aynan qaysi fan tarmog‘i bo‘yicha ilmiy daraja berilishini ham aniqlashtirib olish muhim. Bu keyinchalik ilmiy kengash tanlash, hujjatlarni rasmiylashtirish va dissertatsiya yo‘nalishini to‘g‘ri belgilashda muhim ahamiyatga ega. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

“Ilm — shubha qilishdan boshlanadi”
Ilmda hamma narsaga ishonish emas, to‘g‘ri savol bera olish muhim. “Nega?”, “Qanday isbotlangan?”, “Boshqacha bo‘lishi mumkinmi?” degan savollar tadqiqotchini oddiy ma’lumot yig‘uvchidan olimga aylantiradi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt #fiz_mat @PhD_Supp0rt 01.00.00 - Fizika-matematika fanlari Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrirdagi ro‘yxatdagi 01.00.00 - Fizika-matematika fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Dissertatsiya, ilmiy maqola va boshqa ilmiy hujjatlar uchun eng yaxshi plagiat tekshiruvini amalga oshiruvchi 10 ta 100% bepul saytlar. 1. DupliChecker.com 2. Plagiarismsoftware.net 3. PlagiarismCheckerX.com 4. PlagScan.com 5. Plagramme.com 6. Smallseotools.com 7. Plagiarisma.net 8. Quetext.com 9. Easybib.com 10. Noplag.com

OAK_ilmiy_nashrlar_royxati_@PhD_Supp0rt.pdf5.86 MB

Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish bo'yicha videoyo'riqnoma
(Xorijiy fuqarolar uchun ham mo'ljallangan, o'zbek va ingliz tillarida)
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

PhD – ilmmi yo qog‘ozbozlik? Endi ilmiy daraja olishda yugur-yugurlar qanchalik kamayadi? Qog‘ozbozlik yo‘q bo‘ladimi? Yangi farmonda yosh olimlar, ilmiy rahbar va ilmiy kengashlar uchun qanday muhim yangiliklar mavjud? Barchasi haqida batafsil “Sayilgoh”da tomosha qiling! To‘liq videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/KyuN8VSL34M 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt