PhD Support
Ir al canal en Telegram
Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
1 721
Suscriptores
+1024 horas
+1207 días
+34630 días
Archivo de publicaciones
1 723
#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt
@PhD_Supp0rt
04.00.00 - Geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha 80 ta ilmiy nashr
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 04.00.00 - Geologiya-mineralogiya fanlari buyicha jurnallar.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt
@PhD_Supp0rt
03.00.00 - Biologiya fanlari bo‘yicha 116 ta ilmiy nashr
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrirdagi ro‘yxatdagi 03.00.00 - Biologiya fanlari buyicha jurnallar.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
▪️Matematika bo‘yicha qayerda himoya qilish mumkin? Batafsil
▪️Fizika va matematika ixtisosligi bo’yicha shifringizni tekshirib oling - Batafsil
▪️Fizika-matematika fanlari buyicha OAK tavsiya qilgan jurnallar - Batafsil
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt
@PhD_Supp0rt
02.00.00 - Kimyo fanlari
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrirdagi ro‘yxatdagi 02.00.00 - Kimyo fanlari buyicha jurnallar.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
PhD — diplom emas, fikrlash darajasi
PhD’ning asl qiymati diplomda emas. U insonni muammoni ko‘rish, dalillarni solishtirish va mustaqil ilmiy xulosa chiqarishga o‘rgatishi kerak. Himoyadan keyin fikrlash tarzi o‘zgarmagan bo‘lsa, eng muhim natija olinmagan.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
📐 Matematika bo‘yicha qayerda himoya qilish mumkin?
Ko‘plab yosh matematiklar: “O‘z ixtisosligim bo‘yicha qaysi ilmiy kengashda himoya qilsam bo‘ladi?” deb so‘rashadi.
Avvalgi postimizda 01.00.00 — Fizika-matematika fanlari ixtisoslik shifrlari haqida ma’lumot bergan edik. Endi 01.01.00 — Matematika yo‘nalishidagi ilmiy kengashlarni ko‘rib chiqamiz.
Bugungi kunda matematika ixtisosliklari bo‘yicha 6 ta ilmiy kengash faoliyat yuritadi:
🔹 O‘zbekiston Milliy universiteti — 2 ta kengash
🔹 Matematika instituti — 1 ta
🔹 Samarqand davlat universiteti — 1 ta
🔹 Urganch davlat universiteti — 1 ta
🔹 Farg‘ona davlat universiteti — 1 ta
Eng ko‘p imkoniyat 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligida — ushbu shifr bo‘yicha 5 ta kengashda himoya qilish mumkin.
Ayni paytda 01.01.06 — Algebra bo‘yicha faqat Matematika institutida, 01.01.03 — Hisoblash matematikasi va diskret matematika hamda 01.01.04 — Geometriya va topologiya bo‘yicha esa O‘zbekiston Milliy universitetida tegishli kengash mavjud.
Keyingi postlarda mexanika (01.02.00), astronomiya (01.03.00) va fizika (01.04.00) yo‘nalishlaridagi ilmiy kengashlarni ham ko‘rib chiqamiz.
#ilmiy_kengash #matematika #PhD #DSc #himoya
1 723
⚛️ Fizika va matematika yo‘nalishida ilmiy izlanish olib boryapsizmi? Unda o‘z ixtisoslik shifringizni tekshirib oling.
🔬 01.00.00 — FIZIKA-MATEMATIKA FANLARI
Ushbu fan tarmog‘i matematika, mexanika, astronomiya va fizika yo‘nalishlarini qamrab oladi.
📐 MATEMATIKA — 01.01.00
▫️ 01.01.01 — Matematik analiz
▫️ 01.01.02 — Differensial tenglamalar va matematik fizika
▫️ 01.01.03 — Hisoblash matematikasi va diskret matematika
▫️ 01.01.04 — Geometriya va topologiya
▫️ 01.01.05 — Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
▫️ 01.01.06 — Algebra
⚙️ MEXANIKA — 01.02.00
▫️ 01.02.01 — Nazariy mexanika
▫️ 01.02.02 — Mashinalar, asboblar va uskunalar dinamikasi va mustahkamligi
▫️ 01.02.03 — Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi
▫️ 01.02.04 — Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
▫️ 01.02.05 — Suyuqlik va gaz mexanikasi
🔭 ASTRONOMIYA — 01.03.00
▫️ 01.03.01 — Astronomiya
▫️ 01.03.02 — Kosmos fizikasi va astrofizika
⚛️ FIZIKA — 01.04.00
▫️ 01.04.01 — Eksperimental fizikaning asboblari va usullari
▫️ 01.04.02 — Nazariy fizika
▫️ 01.04.03 — Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi
▫️ 01.04.04 — Fizik elektronika
▫️ 01.04.05 — Optika
▫️ 01.04.06 — Polimerlar fizikasi
▫️ 01.04.07 — Kondensirlangan holat fizikasi
▫️ 01.04.08 — Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika
▫️ 01.04.09 — Magnit hodisalari fizikasi
▫️ 01.04.10 — Yarimo‘tkazgichlar fizikasi
▫️ 01.04.11 — Lazer fizikasi
▫️ 01.04.12 — Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi
❗️ E’tiborli jihat
Ayrim ixtisosliklarda ilmiy daraja faqat bitta fan tarmog‘i bilan cheklanmaydi.
🔹 01.02.02, 01.02.04 va 01.02.05 ixtisosliklari bo‘yicha — fizika-matematika yoki texnika fanlari;
🔹 01.04.01, 01.04.03, 01.04.04 va 01.04.05 ixtisosliklari bo‘yicha — fizika-matematika yoki texnika fanlari;
🔹 01.04.06 — Polimerlar fizikasi bo‘yicha esa fizika-matematika, kimyo yoki texnika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja berilishi mumkin.
📌 Dissertatsiya mavzusini shakllantirishdan oldin faqat ixtisoslik shifrini emas, aynan qaysi fan tarmog‘i bo‘yicha ilmiy daraja berilishini ham aniqlashtirib olish muhim.
Bu keyinchalik ilmiy kengash tanlash, hujjatlarni rasmiylashtirish va dissertatsiya yo‘nalishini to‘g‘ri belgilashda muhim ahamiyatga ega.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
“Ilm — shubha qilishdan boshlanadi”
Ilmda hamma narsaga ishonish emas, to‘g‘ri savol bera olish muhim. “Nega?”, “Qanday isbotlangan?”, “Boshqacha bo‘lishi mumkinmi?” degan savollar tadqiqotchini oddiy ma’lumot yig‘uvchidan olimga aylantiradi.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt #fiz_mat
@PhD_Supp0rt
01.00.00 - Fizika-matematika fanlari
Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrirdagi ro‘yxatdagi 01.00.00 - Fizika-matematika fanlari buyicha jurnallar.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
Dissertatsiya, ilmiy maqola va boshqa ilmiy hujjatlar uchun eng yaxshi plagiat tekshiruvini amalga oshiruvchi 10 ta 100% bepul saytlar.
1. DupliChecker.com
2. Plagiarismsoftware.net
3. PlagiarismCheckerX.com
4. PlagScan.com
5. Plagramme.com
6. Smallseotools.com
7. Plagiarisma.net
8. Quetext.com
9. Easybib.com
10. Noplag.com
1 723
Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish bo'yicha videoyo'riqnoma
(Xorijiy fuqarolar uchun ham mo'ljallangan, o'zbek va ingliz tillarida)📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
PhD – ilmmi yo qog‘ozbozlik?
Endi ilmiy daraja olishda yugur-yugurlar qanchalik kamayadi? Qog‘ozbozlik yo‘q bo‘ladimi? Yangi farmonda yosh olimlar, ilmiy rahbar va ilmiy kengashlar uchun qanday muhim yangiliklar mavjud? Barchasi haqida batafsil “Sayilgoh”da tomosha qiling!
To‘liq videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/KyuN8VSL34M
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
Repost from Azizxon Axmedov | EDU
#plagiat #ilm #halollik
Bugun ko‘plab tadqiqotchilar bepul plagiat tekshiruv platformalarini so‘rashadi. Dissertatsiya, ilmiy maqola va boshqa akademik ishlar bilan shug‘ullanayotganlar uchun ishonchli va bepul vositalarni topish muhim masala hisoblanadi.
Quyida siz uchun 100% bepul yoki bepul versiyasi mavjud bo‘lgan eng ommabop plagiat tekshiruv servislarini jamladim:
1. DupliChecker – oddiy interfeys, tezkor tekshiruv, kichik hajmdagi matnlar uchun qulay.
2. Plagiarism Software – bepul dasturiy yechim, yuklab olib ishlatish mumkin.
3. Plagiarism Checker X – chuqur tahlil qilish imkoniyati bor, lekin bepul versiyasi cheklangan.
4. PlagScan – akademik darajadagi tekshiruv, asosan sinov rejimi orqali foydalaniladi.
5. Plagramme – ko‘p tilli matnlarni tekshirishda foydali.
6. Small SEO Tools Plagiarism Checker – eng mashhur bepul servislaridan biri, tez va sodda.
7. Plagiarisma – Google va boshqa manbalar bilan solishtirish imkoniyati mavjud.
8. Quetext – DeepSearch texnologiyasi bilan mashhur, bepul rejimi mavjud.
9. EasyBib – asosan iqtibos va referensiya bilan birga plagiatni ham tekshiradi.
10. NoPlag – foydalanuvchi uchun qulay interfeys va tezkor natija.
E’tibor bering: bepul platformalar odatda hajm va funksional jihatdan cheklangan bo‘ladi. Katta hajmdagi dissertatsiyalar uchun bir nechta servisni parallel qo‘llash tavsiya etiladi.📌 Agar siz ilmiy ish yozayotgan bo‘lsangiz, faqat plagiatni tekshirish emas, balki uni oldini olish — to‘g‘ri iqtibos keltirish va original fikr yuritish maqsadga muvofiq. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
1 723
Milliy sertifikat endi doktoranturaga “tayyor maksimal ball” bermaydi
Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish tartibida muhim o‘zgarish belgilandi. Endilikda tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha milliy sertifikatga ega talabgor mutaxassislik fanidan imtihon topshirishdan ozod qilinmaydi va unga avtomatik ravishda maksimal ball berilmaydi.
Bu tartib Prezidentning 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmonida belgilangan. Bu yerda bir jihatni to‘g‘ri tushunish kerak: milliy sertifikatga ega shaxs doktoranturaga hujjat topshirolmaydi, degani emas. Sertifikat saqlanib qoladi, ammo u talabgorni mutaxassislik imtihonidan ozod qiladigan alohida imtiyoz vazifasini bajarmaydi. Menimcha, bu mantiqan asosli qaror. Chunki umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat, avvalo, maktab va umumiy ta’lim dasturlari doirasidagi bilim darajasini baholaydi. Doktorantura esa maktab bilimini qayta tekshiradigan bosqich emas. Bu — muayyan ilmiy ixtisoslik bo‘yicha chuqur nazariy tayyorgarlik, tadqiqot olib borish qobiliyati va ilmiy muammoni mustaqil tahlil qilish salohiyati baholanadigan daraja.
Masalan, tarix fanidan yuqori darajadagi milliy sertifikat talabgorning umumiy tarixiy bilimlari mustahkam ekanini ko‘rsatishi mumkin. Ammo bu uning tarixshunoslik metodologiyasi, manbashunoslik, ilmiy konsepsiyalar, tadqiqot dizayni yoki tanlagan tor ixtisosligi bo‘yicha doktorantura darajasida tayyor ekanini avtomatik ravishda isbotlamaydi.
Xuddi shuningdek, biologiya, kimyo, matematika yoki ona tili bo‘yicha sertifikat ham umumiy bilimni tasdiqlaydi. Doktoranturaga qabulda esa talabgorning aynan o‘z ixtisosligi doirasidagi ilmiy tayyorgarligi tekshirilishi kerak.
Avvalgi tartibda sertifikatga ega talabgor imtihon topshirmasdan maksimal ball olishi mumkin edi. Natijada bir talabgor umumta’lim dasturi bo‘yicha olingan sertifikat bilan ustunlikka ega bo‘lar, boshqa talabgor esa tor mutaxassislik bo‘yicha murakkab imtihon topshirishi kerak edi. Bu esa talabgorlarni bir xil ilmiy mezon asosida taqqoslash imkoniyatini pasaytirardi.
Yangi yondashuv qabul jarayonini sertifikatlar raqobatidan ilmiy salohiyat raqobatiga yaqinlashtirishi mumkin. Endi talabgor faqat hujjati bilan emas, mutaxassislikni qanchalik chuqur bilishi, ilmiy fikrlashi va tadqiqotga tayyorligi bilan o‘z ustunligini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Biroq imtiyozni bekor qilishning o‘zi yetarli emas. Mutaxassislik imtihonlari ham shaffof, bir xil mezonlarga asoslangan va zamonaviy ilmiy talablarni qamrab olgan bo‘lishi zarur. Savollar faqat darslikdagi ma’lumotlarni yoddan aytishga emas, quyidagilarni baholashga xizmat qilishi kerak:
— ilmiy muammoni tushunish;
— nazariy yondashuvlarni taqqoslash;
— tadqiqot metodini tanlash;
— ilmiy manbalarni tahlil qilish;
— asoslangan xulosa chiqarish;
— taklif etilayotgan tadqiqotning yangiligi va ahamiyatini ko‘rsatish.
Aks holda sertifikatga beriladigan avtomatik ball bekor qilinadi, lekin uning o‘rniga yana bir yodlashga asoslangan imtihon paydo bo‘ladi. Bu esa islohotning asl maqsadiga xizmat qilmaydi.
Doktoranturaga kirishda asosiy savol talabgorda qanday sertifikat borligi emas, balki u qanday ilmiy muammoni o‘rganmoqchi, bu muammoni qanday metod bilan tadqiq qiladi va fanga qanday yangi natija olib kira oladi, degan savol bo‘lishi kerak.
Doktorantura — imtiyoz bilan kiriladigan navbatdagi ta’lim bosqichi emas. U ilmiy faoliyatga tayyor, mustaqil fikrlaydigan va natijasi uchun javob bera oladigan tadqiqotchilar tanlanadigan bosqichdir.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
#PhD_Supp0rt
Maqola yozishda eng katta xatolardan biri — mavzuni juda keng olish.
Ayrim tadqiqotchilar mavzu tanlayotganda “katta mavzu katta ilm” deb o‘ylaydi. Natijada maqola aniq ilmiy muammo emas, umumiy mulohazalar to‘plamiga aylanib qoladi.
Masalan, “Ta’lim tizimidagi islohotlar” juda keng mavzu. Lekin “sun’iy intellekt davrida talabalar mustaqil fikrlashining pasayish omillari” ancha aniq ilmiy muammo hisoblanadi.
Xalqaro jurnallar aynan muammoni ko‘ra oladigan maqolalarni qabul qiladi.
Yana bir muammo — faqat mahalliy auditoriya uchun yozish. Agar maqola boshqa davlat tadqiqotchisi uchun ham qiziq bo‘lsa, uning xalqaro imkoniyati oshadi.
Mavzu tanlashda uchta savol muhim:
— bu muammo ilm-fanda mavjudmi?
— men nima yangi fikr aytyapman?
— bu mavzu boshqa tadqiqotchiga ham kerakmi?
Ilmiy maqola mavzusi oddiy sarlavha emas. U butun tadqiqotning ilmiy yo‘nalishini belgilaydi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
Ertangi kun kafolatlanmagan. Ammo bugungi yaxshilik ertangi ilmni yaratadi.
Tomorrow is never promised. — Hech kimga ertangi kun va’da qilinmagan.
Bu ibora ko‘pincha hayotning qisqaligi haqida eslatma sifatida aytiladi. Ammo uning yana bir muhim ma’nosi bor: biz bugun qila oladigan yaxshi ishni ertaga qoldirmasligimiz kerak.
Ilm-fan ham aynan shunday qadriyat ustiga quriladi. Bugun berilgan bir maslahat, tavsiya etilgan bitta kitob, ilmiy maqolaga bildirilgan xolis fikr yoki yosh tadqiqotchiga ajratilgan bir soat vaqt kelajakda katta ilmiy natijalarga sabab bo‘lishi mumkin. Afsuski, ba’zan ilmiy muhitda bilimni ulashishdan ko‘ra uni saqlab qolish, tajribani bo‘lishishdan ko‘ra raqobat ustun qo‘yiladi. Aslida esa haqiqiy olimning qadri faqat yozgan maqolalari yoki olgan ilmiy darajasi bilan emas, balki undan keyin yetishib chiqqan shogirdlari bilan ham o‘lchanadi. Yosh olimga yordam berish faqat moddiy ko‘mak degani emas. Ba’zan unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishning o‘zi kifoya.Masalan: ishonchli ilmiy manbalarni tavsiya qilish; tadqiqot metodologiyasini tushuntirish; maqolasini xolis tahlil qilib, kamchiliklarini ko‘rsatish; konferensiya yoki grant imkoniyatlari haqida xabardor qilish; muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaslikni o‘rgatish. Bu ishlarga ko‘p mablag‘ emas, ko‘proq samimiyat va mas’uliyat kerak.
Bugun biz yo‘l ko‘rsatmagan yosh tadqiqotchi ertaga ilmni tark etishi ham mumkin. Aksincha, bugun qo‘llab-quvvatlangan yosh olim kelajakda yuzlab talabalar va tadqiqotchilar uchun ustozga aylanishi ehtimoldan xoli emas. Ilmning eng katta xususiyati ham shunda — bilim ulashilgan sari kamaymaydi, aksincha, ko‘payadi.
Shuning uchun ertangi kunni kutmang. Agar tajribangiz bo‘lsa, ulashing. Agar bilimingiz bo‘lsa, o‘rgating. Agar imkoniyatingiz bo‘lsa, yosh olimlarga eshik oching.Chunki ertangi kun hech kimga kafolatlanmagan. Ammo bugun qilingan yaxshilik ilm-fan taraqqiyotida uzoq yillar yashashi mumkin. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
Repost from Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
⚡️ Ustuvor yo‘nalishlardagi doktorantlar uchun stipendiyalar 1,7 barobarga oshadi.
Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar uchun zarur asbob-uskunalar va reagentlar xaridi uchun har yili qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi nazarda tutilmoqda.
Oshsa quyidagi ko‘rinishga keladi:
💡 Stajyor-tadqiqotchilikda — 10 280 886 so‘m 💡 Tayanch doktorantura (PhD) — 11 613 512,6 so‘m 💡 Doktoranturada (DSc) — 14 838 169,5 so‘mBu ilm-fan va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim qadamlardan biri bo‘lishi mumkin. ✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
1 723
ChatGPT nega mualliflar uslubini ko‘chirishni cheklamoqda?
ChatGPT taniqli yozuvchilarning uslubiga aynan taqlid qilish haqidagi so‘rovlarni rad etib, uning o‘rniga muallif ijodiga xos umumiy kayfiyat, janr va badiiy xususiyatlardan foydalanilgan original matn taklif qila boshlagani aytilmoqda.
Masalan, foydalanuvchi Stiven King uslubida hikoya yozishni so‘rasa, tizim uning individual “ovozini” ko‘chirmasdan, kichik shaharcha muhiti, ruhiy keskinlik va asta-sekin kuchayadigan dahshat kabi umumiy belgilar asosida yangi matn yaratishni taklif qiladi.
Bu o‘zgarishni faqat texnik cheklov sifatida baholash noto‘g‘ri. Uning ortida uchta muhim sabab mavjud.
Birinchidan, mualliflik huquqi odatda uslubning o‘zini emas, balki muayyan asardagi aniq ifodani himoya qiladi. Biroq sun’iy intellekt yaratgan matn asl asarga haddan tashqari o‘xshab qolsa, huquqiy nizo yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli “aynan falon muallifdek yozish” va “muayyan janr xususiyatlari asosida original matn yaratish” o‘rtasidagi farq katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan, taniqli ijodkorning ovozini ommaviy va arzon tarzda ko‘paytirish iqtisodiy va axloqiy muammolarni tug‘diradi. Bunday kontent o‘quvchini chalg‘itishi, muallif obro‘sidan foydalanishi yoki bozorda g‘irrom raqobatga sabab bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, OpenAI mualliflik huquqi bilan bog‘liq sud jarayonlari davom etayotgan bir sharoitda modelning taqlid qilish imkoniyatlarini cheklash orqali huquqiy xavflarni kamaytirishga urinayotgan bo‘lishi mumkin.Biroq bu siyosatning bahsli jihatlari ham bor. Muallif uslubi bilan umumiy adabiy usul o‘rtasidagi chegara har doim ham aniq emas. Qisqa gaplar, sodda til, ichki monolog yoki qorong‘i atmosfera biror yozuvchining mutlaq mulki hisoblanmaydi. Haddan tashqari qat’iy cheklovlar parodiya, adabiy tahlil, ta’lim va ijodiy tajribalarga ham to‘sqinlik qilishi mumkin. Bundan tashqari, turli sun’iy intellekt modellari bu masalaga bir xil yondashmaydi: ayrimlari so‘rovni rad etadi, boshqalari ogohlantirish bilan bajaradi. Ammo bunday taqqoslashlar doimiy hukm sifatida qabul qilinmasligi kerak, chunki model siyosati, versiyasi va so‘rovning shakliga qarab javoblar o‘zgarishi mumkin. Asosiy masala sun’iy intellekt mualliflardan ilhomlanishi mumkinmi, degan savolda emas. Muhim chegara — ilhomlanish bilan shaxsiy ijodiy ovozni ko‘chirish o‘rtasidadir. Generativ sun’iy intellektning kelajakdagi vazifasi mashhur mualliflarni takrorlash emas, balki foydalanuvchiga ularning ijodiy mexanizmlarini tushunib, yangi va mustaqil asar yaratishga yordam berishdan iborat bo‘lishi kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
1 723
Ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan bekor qilinadigan tartiblar to'liq ro'yxati:
#PhD_Supp0rt
1. Chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish (nustaqil izlanuvchikdan tashqari);
2. Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro'yxatidan o'tkazish va dissertatsiya himoyasi to'g'risida e'lon berish;
3. Dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o'tkazish;
4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo'yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e'lon qilish;
5. Dissertatsiya avtoreferatini chop etish;
6. Ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilganligi to'g'risida xulosa olish;
7. Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo'yicha ekspert kengashi tomonidan ilmiy ishni ekspertizadan o'tkazish;
8. Xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o'rinni egallagan oliy ta'lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini fan doktori (DSc) sifatida to'g'ridan-to'g'ri tan olish;
9. Himoya qilingan dissertatsiya bo'yicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;
10. Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilishda tegishli fan yo'nalishlarida milliy sertifikatga ega bo'lgan talabgorni mutaxassislik fani bo'yicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
