Ochiq muloqot 2026
رفتن به کانال در Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 076
مشترکین
-6224 ساعت
-3707 روز
-1 61930 روز
آرشیو پست ها
1 068
Repost from Biznes-ombudsman
👍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni joylarda o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida hududlarda ochiq muloqotlar davom etmoqda.
Shu munosabat bilan ayni damda Biznes-ombudsman hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.
📹 Jonli efirni tomosha qiling
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 068
👍 Tadbirkorlarni bugun eng ko‘p qaysi masalalar qiziqtirmoqda?
Prezidentning tadbirkorlar bilan an’anaviy VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida biznes vakillarining taklif va tashabbuslari faol yig‘ilmoqda.
Respublika shtabi huzurida 50 dan ortiq ekspert va mutaxassislar tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganib, tahlil qilmoqda.
👍 Bugungi dayjestda tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb masalalar va ular tomonidan ilgari surilayotgan takliflar haqida so‘z yuritamiz.
OCHIQ MULOQOT 2026
1 068
🔈HURMATLI BIZNES VAKILLARI VA TADBIRKORLAR!
Davlat – tadbirkorning eng yaqin hamkori va himoyachisidir. Prezident bilan bo‘lajak «Ochiq muloqot 2026» doirasida o‘z ovozingizni eshittiring.
Ayni paytda faoliyat yurtayotgan Respublika shtabida 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning yetuk mutaxassislari murojaatlarni tahlil qilmoqda. Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman rahbariyati esa sizni shaxsan (hamda hududlardan onlayn) qabul qilishga tayyor.📞Aloqa liniyasi: 1100 | 1094 | 👍 @ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026
1 068
Repost from O'zkimyosanoat AJ | Rasmiy kanali
+5
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Chirchiq kimyo industrial texnoparkida tadbirkorlar bilan uchrashdi
🔘“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiyalar va tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
🔘Tadbir doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi sohadagi investisiya imkoniyatlari, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan tadbirkorlar bilan fikr almashdi. Suhbat chog‘ida hududlarda zamonaviy sanoat maydonlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
🔘Shundan so‘ng mehmonlar texnoparkda yaratilgan shart-sharoitlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda rezident korxonalarning faoliyati bilan tanishdilar.
🔘Uchrashuv ishtirokchilari “Chirchiq” texnoparki tajribasi hududlarda yuqori qo‘shimcha qiymatli sanoat loyihalarini rivojlantirish uchun muhim namuna bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.
————————————————————————
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram|Youtube
1 068
📞 Ochiq muloqot – 2026: murojaatlar qabul qilinmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan Respublika shtabiga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili bilan tanishtiramiz.
👍 Joriy yilning 6-iyun holatiga ko‘ra:
⏺ Jami 854 ta murojaat kelib tushgan;
⏺ Shundan 756 tasi qo‘ng‘iroqlar orqali;
⏺ 98 tasi esa Telegram bot orqali yuborilgan.
🔈 Hurmatli tadbirkorlar!
Faoliyatingizda uchrayotgan muammolar, biznes yuritishdagi to‘siqlar yoki tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan takliflaringiz bo‘lsa, Respublika shtabiga murojaat qiling.
📞1100 yoki 1094 qisqa raqamlari
🤖@ochiqmuloqot2026_bot
OCHIQ MULOQOT 2026
1 068
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
+3
🎦 #Onlayn
Ayni paytda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi tadbirkorlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
🏘 Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari T.Alimatov hamda vazirlik mutaxassislari ishtirok etib, soha tadbirkorlari tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar, mavjud muammolar va takliflarni tinglamoqda.
Muloqot davomida tadbirkorlarni qiynayotgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha tushuntirish va amaliy yechimlar berilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
1 068
+3
🏦 АСАКАБАНК УЧҚУДУҚ ТУМАНИДА ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗДИ
Асакабанк томонидан Учқудуқ туманида фаолият юритаётган тадбиркорлар иштирокида навбатдаги очиқ мулоқот ташкил этилди.
Учрашув давомида кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларини молиявий қўллаб-қувватлаш, янги лойиҳаларни амалга ошириш учун мавжуд банк маҳсулотлари ҳамда тадбиркорлар учун яратилган имкониятлар ҳақида атрофлича маълумот берилди.
Мулоқот жараёнида иштирокчилар ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олиб, бизнесни ривожлантириш, ишлаб чиқариш ҳажмини ошириш ва янги иш ўринлари яратишга доир фикр-мулоҳазаларини билдиришди.
Шунингдек, рақамли банк хизматлари, кредитлаш механизмлари ва тадбиркорлик субъектлари учун таклиф этилаётган янги ечимлар хусусида ҳам ўзаро фикр алмашилди.
Тадбиркорлар томонидан илгари сурилган таклиф ва ташаббуслар келгусидаги ҳамкорликни янада мустаҳкамлаш, ҳудуддаги бизнес муҳитини яхшилаш ҳамда янги инвестиция лойиҳаларини қўллаб-қувватлашда муҳим аҳамият касб этиши таъкидланди.
Бундай очиқ мулоқотлар тадбиркорларнинг муаммоларини ўрганиш, уларнинг эҳтиёжларига тезкор ечим топиш ва ҳудуд иқтисодиётини ривожлантиришга хизмат қилмоқда.
📱Instagram📱Facebook📺Youtube
1 068
Repost from Biznes-ombudsman
🔈 Tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026-yil 8–13-iyun kunlari yurtimiz bo‘ylab Biznes-ombudsman devoni tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Tadbirkorlik faoliyatida duch kelayotgan to‘siqlar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirishga doir fikrlaringiz bo‘lsa, sizni uchrashuvlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun jadvalda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali Biznes-ombudsman devonining tegishli hududiy shu’basi bilan bog‘laning.
📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting.
@ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay.
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 068
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 9-iyun kuni Bandixon tumanida o'tkaziladi.
✔️9-iyun kuni Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi: Marhamat, Shofirkon, Sharof Rashidov, Yangiqoʻrgʻon, Pastdargʻom, Uchtepa, Qonlikoʻl, Bogʻot, tumanlari, Zarafshon, Termiz, Ohangaron, Guliston shaharlari.
🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
➡️ 9-iyun 2026-yil, ⚫️ Soat 11:00, 📌 Bandixon tumani.🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish. 🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
1 068
👍 Prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
"O‘zbekiston 24” telekanalining “Iqtisod” ko‘rsatuvida Prezidentning tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika shtabi faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus reportaj efirga uzatildi.
📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting.
👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay.
OCHIQ MULOQOT 2026
1 068
Repost from Oila va xotin-qizlar qo'mitasi
+6
Norinda tadbirkorlar muammolari va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
Ochiq muloqot — muammolarni joyida hal etishning eng samarali yo'li. Norin tumanida ham aynan shu tamoyil asosida ish yuritilmoqda.
✨Tumanda Bosh vazir o'rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi Zulayho Maxkamova ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
👥Uchrashuvda mutasaddi tashkilotlar mas'ullari, tijorat banklari hamda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlovchi hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
💠Muloqot davomida aholi, xususan, xotin-qizlar bandligini ta'minlash, daromadini oshirish, tadbirkorlar tomonidan kredit mablag'laridan foydalanish, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o'rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga oid taklif hamda murojaatlar bildirildi. Mas'ullar har bir masala yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib, muammolarni hal etish bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilab oldilar.✅ Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikni, jumladan, xotin-qizlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, ishbilarmon ayollar uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratish va ularning tashabbuslarini rag'batlantirish — davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi. Bunday ochiq muloqotlar esa hudud iqtisodiyotini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. #Namangan #muloqot Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati Veb sayt |Facebook |Instagram |Youtube
1 068
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026
1 068
Repost from Uzbektourism.uz
+4
Tadbirkorlar ishtirokida faol turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Turizm qo‘mitasi raisi A. Aqqulov rahbarligida turizmning faol turlari bo‘yicha Federatsiyalarning vakillari, qator davlat tashkilotlari mas’ullari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda mamlakatda faol turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud imkoniyatlar, dolzarb muammolar hamda istiqbolli takliflar atroflicha muhokama qilindi.
—
Issues of active tourism development discussed with the participation of entrepreneurs
An open dialogue was held under the leadership of A. Akkulov, Chairman of the Tourism Committee, with the participation of representatives of federations specializing in various forms of active tourism, as well as responsible officials from a number of government organizations. During the meeting, participants discussed in detail the ongoing efforts to develop active tourism in the country, the sector’s existing opportunities, current challenges, and promising initiatives.
—
Обсуждены вопросы развития активного туризма с участием предпринимателей
Под руководством председателя Комитета по туризму А. Аккулова состоялся открытый диалог с участием представителей федераций по различным видам активного туризма, а также ответственных сотрудников ряда государственных организаций. В ходе встречи были подробно обсуждены проводимая работа по развитию активного туризма в стране, существующие возможности отрасли, актуальные проблемы и перспективные предложения.
Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
1 068
Repost from Biznes-ombudsman
+6
#faoliyat
👍 Jizzaxda ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Biznes-ombudsman devoni, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida tadbirkorlik subyektlari va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 176-son “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tadbirkorlarga tushunchalar berildi.Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan javob oldilar. Shuningdek, sohada uchrayotgan muammolar, ularning yechimlari hamda tizimni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalar muhokama qilindi. Bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan samarali aloqalarni rivojlantirishga xizmat qildi. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 068
👍BIZNESINGIZNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISHNI ISTAYSIZMI?
Davlatimiz Rahbari bilan o‘tkaziladigan Ochiq muloqot – bu Sizning eng yirik imkoniyatlar maydoningizdir! Muamolaringizni hal etish va takliflaringizni shaxsan yetkazish uchun tashkil etilgan Respublika shtabida:
👍 40 dan ortiq vazirlik va idoralar mutaxassislari;
👍 Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyatining shaxsiy va onlayn qabullari sizni kutmoqda.
Qanday bog‘lanish mumkin?
📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari
👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali onlayn.
OCHIQ MULOQOT 2026
1 068
Repost from Uzbektourism.uz
+2
Tadbirkorlar bilan sayyohlar xavfsizligini ta’minlash va sug‘urta tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Mamlakatimizda turizmni yangi bosqichga olib chiqishda mavjud muammolarni o‘rganish, sohaga yangi xalqaro tajribalarni joriy etish yuzasidan Turizm qo‘mitasi raisi A.Aqqulov rahbarligida sohada faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
—
Tourist safety and insurance system improvements discussed with business representatives
As part of ongoing efforts to address challenges facing the tourism sector and draw on international best practices for its further development, an open dialogue was held under the leadership of A. Akkulov, Chairman of the Tourism Committee, with representatives of tourism-related businesses.
—
С предпринимателями обсуждены вопросы обеспечения безопасности туристов и совершенствования системы страхования
В целях изучения существующих проблем и внедрения передового международного опыта для вывода туристической отрасли страны на новый уровень под руководством председателя Комитета по туризму А. Аккулова был организован очередной открытый диалог с участием предпринимателей, работающих в сфере туризма.
Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
1 068
Repost from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#DIQQAT
📍 Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar diqqatiga!
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari qurilish sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
💬 Muloqot davomida:
— sohadagi mavjud muammolar;
— tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar;
— taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
Manzil: Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi binosi
🕖Vaqt: 17:00
📞Ro’yxatdan o’tish uchun aloqa: (93) 745 44 66
Sohadagi barcha tadbirkorlar taklif etiladi!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
