Ochiq muloqot 2026
رفتن به کانال در Telegram
Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 060
مشترکین
-3124 ساعت
-3817 روز
-1 64730 روز
آرشیو پست ها
1 057
🔈Diqqat, e’lon!
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan bo‘lajak VI ochiq muloqoti nafaqat biznes vakillari, balki barchamiz uchun muhim tarixiy voqealardan biridir.
Mazkur yirik tadbirga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, qiziqarli fakt va raqamlar, sohadagi eng so‘nggi yangiliklarni tezkor hamda keng qamrovli yoritib borish maqsadida «Ochiq muloqot 2026» rasmiy Telegram kanali ishga tushirildi!
1️⃣ Ushbu kanal orqali soha yangiliklari va rasmiy ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish mumkin. 2️⃣ Hududlardagi tadbirkorlar, ishbilarmonlar va keng jamoatchilik vakillarini kanal faoliyati bilan tanishtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 3️⃣ Kanalda e’lon qilinayotgan muhim ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalar, mahalliy guruhlar va tadbirkorlar chatlarida bo‘lishish tavsiya etiladi.Kanal manzili: https://t.me/Ochiqmuloqot2026
1 057
Repost from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
+7
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
☑️Iqtisodiyot va moliya vazirligida buxgalter va auditorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
⏺Ochiq muloqot jarayonida sohaga doir dolzarb muammo va takliflar ilgari surildi hamda ular yuzasidan masʼullar ishtirokida muhokamalar olib borildi.
Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi:
🔹kichik va oʻrta tadbirkorlik subyetklarida buxgalteriya xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish;
🔹tadbirkorlik subyektlarida moliyaviy hisobot va soliq hisobotlari hamda buxgalteriya hisobi va soliq hisobi qoidalarini soddalashtirish;
🔹buxgalteriya xizmatlari boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish;
Muloqot davomida koʻtarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqish hamda amaliy choralar koʻrish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.
#ochiq_muloqot #tadbirkorlar #buxgalteriya #audit
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
1 057
+3
🔈Hurmatli tadbirkorlar!
Davlatimiz Rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari boshlandi.
Ochiq muloqot – biznes muhitini tubdan yaxshilaydigan yangi tashabbuslar, yirik imkoniyatlar va tizimli yechimlar maydonidir! Sizning bugungi taklifingiz ertaga tadbirkorlik faoliyatini yengillashtiruvchi qonuniy hujjatga aylanishi mumkin.👍 Tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilish, ularga tezkor yechim topish va tizimli muammolarni aniqlash maqsadida 40 dan ortiq vazirlik va idolaralarning yetuk mutaxassislarini o‘zida jamlagan Respublika shtabi tashkil etildi. 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. Telegram
1 057
Repost from Biznes-ombudsman
#faoliyat
👍 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boshlandi
Ayni vaqtda favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan tekshiruvlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin!
👍 Jonli efir
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
1 057
+9
📱 LIVE
Ayni daqiqalarda Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonovning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti qizg‘in davom etmoqda.
Qabulga respublikamiz bo‘ylab 100 ga yaqin tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o‘zlarini o‘ylantirayotgan muammoli masalalar yuzasidan tashrif buyurishgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi tadbirkorlar esa hududiy bojxona boshqarmalarining studiyalaridan turib, onlayn tarzda jarayonlarda ishtirok etishmoqda.
E’tiborli tomoni, ochiq muloqotda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori A.Jumanazarov, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori A.Temirov, shuningdek, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi va turli sertifikatsiya idoralari mas’ullari ham ishtirok etishmoqda.
1 057
Repost from Biznes-ombudsman
📣📣📣
Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan muammo va takliflar asosida, favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan tekshiruvlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etiladi.
🗓 21-may | 14:30
📍 Savdo-sanoat palatasi
(Shota Rustaveli ko‘chasi, 8A)
Muloqotda Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan amaliyotda uchrayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Ushbu tekshiruvlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan barcha tadbirkorlarni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞 +998 90 336 78 43
Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
