es
Feedback
Ochiq muloqot 2026

Ochiq muloqot 2026

Ir al canal en Telegram

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
1 060
Suscriptores
-3124 horas
-3817 días
-1 64730 días
Archivo de publicaciones
🔈Diqqat, e’lon! Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan bo‘lajak VI ochiq muloqoti nafaqat biznes vakillari
🔈Diqqat, e’lon! Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan bo‘lajak VI ochiq muloqoti nafaqat biznes vakillari, balki barchamiz uchun muhim tarixiy voqealardan biridir. Mazkur yirik tadbirga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, qiziqarli fakt va raqamlar, sohadagi eng so‘nggi yangiliklarni tezkor hamda keng qamrovli yoritib borish maqsadida «Ochiq muloqot 2026» rasmiy Telegram kanali ishga tushirildi!
1️⃣ Ushbu kanal orqali soha yangiliklari va rasmiy ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish mumkin. 2️⃣ Hududlardagi tadbirkorlar, ishbilarmonlar va keng jamoatchilik vakillarini kanal faoliyati bilan tanishtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 3️⃣ Kanalda e’lon qilinayotgan muhim ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalar, mahalliy guruhlar va tadbirkorlar chatlarida bo‘lishish tavsiya etiladi.
Kanal manzili: https://t.me/Ochiqmuloqot2026

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ☑️Iqtisodiyot va moliya vazirligida buxgalter va auditorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi ⏺Ochiq muloqot jarayo
+7
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ☑️Iqtisodiyot va moliya vazirligida buxgalter va auditorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi ⏺Ochiq muloqot jarayonida sohaga doir dolzarb muammo va takliflar ilgari surildi hamda ular yuzasidan masʼullar ishtirokida muhokamalar olib borildi. Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi: 🔹kichik va oʻrta tadbirkorlik subyetklarida buxgalteriya xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish; 🔹tadbirkorlik subyektlarida moliyaviy hisobot va soliq hisobotlari hamda buxgalteriya hisobi va soliq hisobi qoidalarini soddalashtirish; 🔹buxgalteriya xizmatlari boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish; Muloqot davomida koʻtarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqish hamda amaliy choralar koʻrish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi. #ochiq_muloqot #tadbirkorlar #buxgalteriya #audit Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

🔈Hurmatli tadbirkorlar! Davlatimiz Rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishl
+3
🔈Hurmatli tadbirkorlar! Davlatimiz Rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari boshlandi.
Ochiq muloqot – biznes muhitini tubdan yaxshilaydigan yangi tashabbuslar, yirik imkoniyatlar va tizimli yechimlar maydonidir! Sizning bugungi taklifingiz ertaga tadbirkorlik faoliyatini yengillashtiruvchi qonuniy hujjatga aylanishi mumkin.
👍 Tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilish, ularga tezkor yechim topish va tizimli muammolarni aniqlash maqsadida 40 dan ortiq vazirlik va idolaralarning yetuk mutaxassislarini o‘zida jamlagan Respublika shtabi tashkil etildi. 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. Telegram

Repost from Biznes-ombudsman
#faoliyat 👍 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boshlandi Ayni vaqtda favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligi talablari
#faoliyat 👍 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boshlandi Ayni vaqtda favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan tekshiruvlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. 📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin! 👍 Jonli efir Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

📱 LIVE Ayni daqiqalarda Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonovning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti qizg‘in davom etmoqda. Qabu
+9
📱 LIVE Ayni daqiqalarda Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonovning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti qizg‘in davom etmoqda. Qabulga respublikamiz bo‘ylab 100 ga yaqin tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o‘zlarini o‘ylantirayotgan muammoli masalalar yuzasidan tashrif buyurishgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi tadbirkorlar esa hududiy bojxona boshqarmalarining studiyalaridan turib, onlayn tarzda jarayonlarda ishtirok etishmoqda. E’tiborli tomoni, ochiq muloqotda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori A.Jumanazarov, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori A.Temirov, shuningdek, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi va turli sertifikatsiya idoralari mas’ullari ham ishtirok etishmoqda.

Repost from Biznes-ombudsman
📣📣📣 Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan muammo va takliflar asosida, favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligi ta
📣📣📣 Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan muammo va takliflar asosida, favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan tekshiruvlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etiladi. 🗓 21-may | 14:30 📍 Savdo-sanoat palatasi (Shota Rustaveli ko‘chasi, 8A) Muloqotda Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan amaliyotda uchrayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Ushbu tekshiruvlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan barcha tadbirkorlarni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 📞 +998 90 336 78 43 Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube