fa
Feedback
Prezident Xalq qabulxonasi | Rasmiy

Prezident Xalq qabulxonasi | Rasmiy

رفتن به کانال در Telegram

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining rasmiy kanali Murojaat uchun: Veb-sayt: pm.gov.uz Qisqa raqam: 1000

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
2 353
مشترکین
-124 ساعت
+47 روز
+430 روز
آرشیو پست ها
6 ta joyida, 7 ta ijroga 19-iyun kuni Adliya vaziri 13 nafar (4 nafari onlayn tarzda) murojaatchi ishtirokida shaxsiy qabul o
+3
6 ta joyida, 7 ta ijroga 19-iyun kuni Adliya vaziri 13 nafar (4 nafari onlayn tarzda) murojaatchi ishtirokida shaxsiy qabul o‘tkazdi. ✅ Unda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, oila, davlat xizmatlari, nodavlat-notijorat va kadastr masalalariga oid murojaatlari tinglandi. 📄 Qabul jarayonida murojaatlarning 6 tasi joyida hal etildi. 7 ta murojaat esa ijro uchun qabul qilindi. ✅ Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. 🤝 Ma'lumot uchun: Adliya vaziri haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar uchun shaxsiy qabul o‘tkazadi. 📊 Eslatib o'tamiz, Prezidentimizning PF-51-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari ishtirokida shaxsiy qabullar o‘tkazib kelinmoqda. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

❗️Yer uchastkalari egalari uchun yangilik 📄 Prezident Xalq qabulxonasiga soliq to‘lovlari, xususan, yer solig‘idan norozilik
❗️Yer uchastkalari egalari uchun yangilik 📄 Prezident Xalq qabulxonasiga soliq to‘lovlari, xususan, yer solig‘idan norozilik bo‘yicha aholidan doimiy ravishda ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgan edi. Jumladan, 2025-yilda 2965 ta, 2026-yilda 2796 ta murojaat yo‘llangan. 🟦 Endilikda, yangi tartibga ko‘ra, ko‘plab fuqarolarning muammosiga yechim topilib, ilgari qo‘llanilgan soliq stavkalari qayta hisoblanadigan bo‘ldi. ❗️ Gap nimada? 📊 Soliq kodeksining 437-moddasi 10-qismiga asosan, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida hisoblanar edi. ✅ 2026-yil 15-iyun kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan va Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, endi 437-moddaning 10-qismida nazarda tutilgan yuqoridagi qoida 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyunga qadar bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi, ya’ni yangi tartib ushbu davrda yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Rejalashtirilgan, ammo o‘tkazilmagan shaxsiy qabullar soni 2026-yil 16-17-iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat
Rejalashtirilgan, ammo o‘tkazilmagan shaxsiy qabullar soni 2026-yil 16-17-iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman-shahar hokimliklari rahbariyati tomonidan 493 ta shaxsiy qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shundan 345 tasi amalda o‘tkazilgan. Shaxsiy qabullarda aholidan kelib tushgan murojaatlar soni – 924 ta. Shundan: 📊 ijobiy hal etilgani – 104 ta; 📊 huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingani – 70 ta; 📊 tushuntirish berilgani – 7 ta; 📊 ko‘rib chiqish jarayonida – 758 ta. Shuningdek, shaxsiy qabullar o‘tkazilmagan hududlar quyidagilar: ❌ Toshkent viloyatida 34 ta; ❌ Xorazmda 21 ta; ❌ Samarqandda 16 ta; ❌ Toshkent shahrida 15 ta; ❌ Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 ta; ❌ Buxoroda 11 ta; ❌ Jizzaxda 10 ta; ❌ Surxondaryoda 9 ta; ❌ Farg‘onada 9 ta; ❌ Namanganda 8 ta; ❌ Navoiyda 4 ta. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

📌 Tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari qabullari vaqti ma’lum qilindi Prezident Xalq qabulxonalariga kela
📌 Tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari qabullari vaqti ma’lum qilindi Prezident Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaatlar tahlili aksariyat muammolarni aynan joylarning o‘zida hal etish imkoniyati yuqoriligini ko'rsatmoqda. Shu sababli, bugungi kunda hududiy rahbarlarning shaxsiy va sayyor qabullari samaradorligini oshirish eng ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari qabul vaqtlari e’lon qilingan edi. 📢 Navbatdagi bosqich: endi joylardagi tuman va shahar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan shaxsiy qabullarning aniq vaqtlari bilan tanishishingiz mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Andijon viloyati Jizzax viloyati Qashqadaryo viloyati Buxoro viloyati Navoiy viloyati Surxondaryo viloyati Toshkent viloyati Toshkent shahri Farg‘ona viloyati Xorazm viloyati Sirdaryo viloyati Samarqand viloyati Namangan viloyati
Hududlardagi muammolar joyida hal etilishiga erishish muhim. #Hokimliklar #Murojaat #Yechim 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Avvalroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlar
Avvalroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlarining shaxsiy qabullari vaqti haqida ma'lum qilgan edik. ✅ Endi esa ularning o’rinbosarlari qabullarining vaqtlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishtiramiz. 📄 Shaxsiy qabullar jadvallari joylardagi Xalq qabulxonalari binolariga o‘rnatilib, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilib boriladi. 💬 Obyektiv sabablar tufayli shaxsiy qabullar o‘tkazish imkoni bo‘lmaganda, qabul boshqa kunda navbatdan tashqari tashkil etiladi va belgilangan tartibda oldindan e’lon qilinadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

👨‍🏫 Prezident Xalq qabulxonasi mutasaddilarining vazirliklar, agentliklar, davlat idoralari va tashkilotlari, aksiyadorlik jamiyatlari va banklar hamda viloyatlar hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlari bilan amaliy muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. ✅ Unda O‘zbekiston Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, murojaatlar bilan ishlash amaliyotini muvofiqlashtirish hamda Prezident Xalq qabulxonasi bilan davlat idora va tashkilotlari axborot xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 📄 Farmon ijrosi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlarining OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarning ko‘rib chiqilishiga oid e’tirozlarni o‘rganib, aniq va tezkor munosabat bildirish mexanizmi yuzasidan fikr almashildi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

🗓 Shaxsiy qabullar muntazam o‘tkaziladi ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig’iga asosan Qoraqalpog‘iston Respubli
🗓 Shaxsiy qabullar muntazam o‘tkaziladi ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig’iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahri, viloyatlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman-shahar hokimlari va o‘rinbosarlari tizimli ravishda hududiy Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabullar o‘tkazadi. 📄 Shaxsiy qabullar jadvallari joylardagi Xalq qabulxonalari binolariga o‘rnatilib, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilib boriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlarining shaxsiy qabullari vaqtlari:
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi - har oyning birinchi va uchinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00; 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi - har oyning ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00; 📍Toshkent shahar hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi payshanba kunlari soat 15:00 – 17:00; 📍Andijon viloyati hokimi - har shanba kuni soat 10:00 – 16:00; 📍Buxoro viloyati hokimi - har oyning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00-12:00; 📍Jizzax viloyati hokimi - har shanba kuni soat 9:00-17:00; 📍Qashqadaryo viloyat hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi shanba kunlari soat 11:00 – 14:00; 📍Navoiy viloyati hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi seshanba kunlari soat 10:00 – 12:00; 📍Namangan viloyati hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00; 📍Samarqand viloyati hokimi - har juma kuni soat 10:00 – 12:00; 📍Sirdaryo viloyati hokimi - har dushanba kuni soat 9:00 – 11:00; 📍Surxondaryo viloyati hokimi - har oyning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 14:00 – 17:00; 📍Toshkent viloyati hokimi - har juma kuni soat 14:00 – 15:00; 📍Farg‘ona viloyati hokimi - har oyning birinchi, uchinchi, to‘rtinchi payshanba kunlari soat 11:00 – 13:00; 📍Xorazm viloyati hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi juma kunlari soat 10:00 – 12:00.
💬 Obyektiv sabablar tufayli shaxsiy qabullar o‘tkazish imkoni bo‘lmaganda, qabul boshqa kunda navbatdan tashqari tashkil etiladi va belgilangan tartibda oldindan e’lon qilinadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Murojaatlar bo‘yicha parlament nazorati Prezidentimizning 2026-yil 1-apreldagi PF-51-sonli Farmonida belgilanganidek, davlat
+2
Murojaatlar bo‘yicha parlament nazorati Prezidentimizning 2026-yil 1-apreldagi PF-51-sonli Farmonida belgilanganidek, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda viloyatlar hokimlarining aholi murojaatlari bilan ishlashga oid hisobotlari bo‘yicha parlament eshituvlari tashkil etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Energetika vazirligining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning hal etilish holati va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Axborotga ko‘ra, 2025-yilda sohaga oid jami 108 310 ta, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida esa 40 312 ta murojaat kelib tushgan. O‘tgan yilgi murojaatlarning 101 372 tasi qanoatlantirilgan. Shuningdek, suyultirilgan gaz ballonlar bilan bog‘liq kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan shu yilning mart oyidan barcha hududlardagi suyultirilgan gaz iste’molchilariga “Face-id” tizimi orqali manzilli yetkazib berilmoqda.
Eshituvda deputatlar: 🟦 aholini 35-40 kun oralig‘ida suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash borasidagi ishlarni to‘liq yakuniga yetkazish; 🟦 sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash ustidan nazoratni kuchaytirish; 🟦 xodimlar malakasini oshirish; 🟦 vazirlik hududiy boshqarmalarida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatini muntazam o‘rganib borish; 🟦 murojaatlarni ko‘rib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik xabardorligini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
Yig‘ilish yakunida ushbu masala yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi. Farmon ijrosi doirasida boshqa vazirlik va idoralarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati bo‘yicha ham parlament eshituvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

📊 Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida rivojlangan davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribala
+3
📊 Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida rivojlangan davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribalari qiyosiy o‘rganib borilmoqda. ✅ Shu maqsadda Prezident Xalq qabulxonasi jamoasining Janubiy Koreyaning KIPA, Koreya jamiyat boshqaruvi instituti delegatsiyasi a’zolari, professorlar Jeyxo Li, Xojin Choi va Kang Jeong-seok bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
👨‍🏫Unda Janubiy Koreyaning aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi tajribasi, ilg‘or raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini tatbiq etish, CALL–markazlar ish samaradorligini oshirish, kiberxavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish kabi sohaga oid ko‘plab masalalarda o‘zaro fikr almashildi.
💬 Xususan, “e-People” yagona platformasining aholi o‘rtasidagi ommaboplik darajasi, murojaat qilish uchun yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumot berildi. 🤝 Savol-javoblar, muhokamalar bilan qiziqarli tus olgan uchrashuv yakunida tomonlar o’rtasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. 📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

📌 Vazirlik, idora va hokimliklarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati o'rganilmoqda 📄 Davlatimiz rahbarining 2026-yil 1-
📌 Vazirlik, idora va hokimliklarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati o'rganilmoqda 📄 Davlatimiz rahbarining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son Farmoni ijrosi doirasida hamda aholi murojaatlari vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilmoqda. 💬 O'rganishlar natijasida 41 ta vazirlik, idora va hokimliklar tomonidan jami 1070 ta holatda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilgani aniqlandi. ✅ Mazkur holatlar yuzasidan Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish, mas’ul xodimlarni javobgarlikka tortish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo’yicha tegishli choralar ko’rish talabi bilan nazorat xatlari yuborildi.
✒️ Tahlillarga ko‘ra, hisobot davrida murojaatlarning ijro muddatlarini eng ko’p buzgan TOP-10 hokimliklar, vazirlik va idoralar ro’yxati: Andijon viloyati hokimligi – 137 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – 107 Surxondaryo viloyati hokimligi – 103 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi – 79 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi – 65 Toshkent shahar hokimligi – 55 Qashqadaryo viloyati hokimligi – 45 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi – 45 Namangan viloyati hokimligi – 44
⚡️Ayni paytda aniqlangan holat bo‘yicha tashkilot va idoralarda ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 36 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi, 19 nafar xodim lavozimidan ozod etildi. 💳 Shuningdek, PF-51-son Farmon talablari asosida 600 ga yaqin murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan hamda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmagan 13 ta vazirlik va idoralarga oid materiallar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

📄 HAR BIR MUROJAAT – DIQQAT MARKAZIDA 🤝 Prezident Xalq qabulxonasiga har kuni 3–4 mingta murojaat kelib tushadi. Ularning o
📄 HAR BIR MUROJAAT – DIQQAT MARKAZIDA 🤝 Prezident Xalq qabulxonasiga har kuni 3–4 mingta murojaat kelib tushadi. Ularning orasida ijtimoiy, kommunal, huquqiy va protsessual muammolardan tashqari, ta’limga oid masalalar ham bor. ✅Yechimi oddiy bo‘lsa-da, yillar davomida fuqarolarni sarson qilgan ikki muammo Prezident Xalq qabulxonasi aralashuvi bilan hal etildi: 📍 1-holat: Nukus shahri. Qonliko‘l tumanilik fuqaro 2021–2023-yillarda Nukus shahridagi 1-sonli texnikumni tamomlagan. Biroq texnikumdagi rahbariyat almashinuvi sabab u uzoq vaqt davomida diplomini ololmay, sarson bo‘lgan. Aralashuvdan so‘ng fuqaroga diplomi beriladigan bo‘ldi. 📍 2-holat: Hazorasp tumani Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimining xatosi tufayli fuqaroning JShShIR raqami o‘zgarib ketgan. Oqibatda 2014–2018-yillarda tahsil olgan talaba yillar davomida diplomini ololmagan. Murojaat ortidan ma’lumotlar qayta kiritilib, diplom o‘z egasiga topshirildi. Achinarli jihati: oddiy mas’uliyatsizlik va xatoliklar ortida ikki insonning yillar davom etgan sargardonligi yotibdi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

✅ Murojaat e’tiborsiz qolmadi: navbatdagi muammo hal etildi 🧍‍♀️Kim: Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro va uning xasta farza
Murojaat e’tiborsiz qolmadi: navbatdagi muammo hal etildi 🧍‍♀️Kim: Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro va uning xasta farzandi. ❗️Muammo: Paxtachi tuman markaziy shifoxonasi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kardioxirurgiya bolalar bo‘limiga davolanish uchun berilgan orderni yuborishni paysalga solgan. 💡Yechim: fuqaro murojaatidan so‘ng, Prezident Xalq qabulxonasi va SSV mas’ullari ishga kirishdi. 🟦Natija: bola zudlik bilan shifoxonaga joylashtirildi, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 13-mart sanasida bergan topshirig'iga muvofiq, joylarda mutasaddilar tomoni
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 13-mart sanasida bergan topshirig'iga muvofiq, joylarda mutasaddilar tomonidan muntazam ravishda shaxsiy va sayyor qabullar o'tkazilishi belgilangan. ❗️5-iyun kuniga rejalashtirilgan ayrim sayyor qabullar haqida ma'lumot: ✅ Oliy sud rahbariyati tomonidan 5-iyun kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanida soat 14:00-18:00 da sayyor qabul o‘tkaziladi. 📍Uchrashuv manzili: "Uchbuloq" dam olish maskani, "Ko‘l" MFY, Uchbuloq ko‘chasi. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan 5-iyun kuni soat 11:00 da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi. 📍Uchrashuv manzili: "Obihayot" MFY (Pachkamar qo‘rg‘oni)da joylashgan harbiy qism. 👨‍🏫 Mazkur idoralar faoliyatiga oid murojaatlaringiz bo'lsa, ushbu sayyor qabullarda ishtirok etishni taklif qilamiz. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Repost from Saida Mirziyoyeva
Global beqarorlik hamda moliya bozorlaridagi mavhumlik sharoitida, Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekiston izchil islohotlarni
Global beqarorlik hamda moliya bozorlaridagi mavhumlik sharoitida, Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekiston izchil islohotlarni qat’iyat bilan davom ettirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarni xalqaro hamkorlarimiz e’tirof etayotgani biz uchun alohida ahamiyatga ega — “Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga yaxshiladi. Bu xalqaro investorlar tomonidan mamlakatimizga bildirilgan yuksak ishonch belgisidir. Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida alohida ta’kidlamoqchimanki, biz hamkorlarimiz bilan faol aloqalarni davom ettiramiz. Strategik maqsadimiz — 2030-yilga qadar yurtimiz reytingini “investitsiyaviy” darajaga olib chiqish. — На фоне глобальной нестабильности и неопределённости на финансовых рынках Узбекистан продолжает последовательные реформы под руководством нашего Президента. Особенно важно, что эти изменения получают признание международных партнёров — Международное рейтинговое агентство Fitch улучшило прогноз суверенного кредитного рейтинга Узбекистана со «стабильного» на «позитивный». Для нас это важный сигнал доверия со стороны международных инвесторов. Как руководитель рабочей группы по повышению суверенного кредитного рейтинга страны хочу подчеркнуть, что мы продолжим активное взаимодействие с партнёрами. Наша стратегическая цель — к 2030 году вывести рейтинг страны на «инвестиционный» уровень.

Holat: 2025-yilda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorning do‘koni buzib tashlangan. Sudning 2025-yil 8-sentabrdag
Holat: 2025-yilda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorning do‘koni buzib tashlangan. Sudning 2025-yil 8-sentabrdagi qarori bilan unga tovon puli to‘lanishi belgilangan bo‘lsa-da, kompensatsiya mablag‘lari vaqtida to‘lab berilmagan. Natija: Tadbirkorning Prezident Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati asosida masala nazoratga olinib, Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan 2,8 milliard so‘m miqdoridagi kompensatsiya puli to‘liq undirilishi ta’minlandi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

📊Prezident Xalq qabulxonasiga 2026-yil may oyida jami 📩 66 225 ta murojaat kelib tushdi. (Murojaatlar soni aprel oyiga nisb
📊Prezident Xalq qabulxonasiga 2026-yil may oyida jami 📩 66 225 ta murojaat kelib tushdi. (Murojaatlar soni aprel oyiga nisbatan 18 % ga kamaygan). 📌 Murojaatlarda eng ko‘p so‘ralgan masalalar: ▪️ 18 yoshgacha bolalar nafaqasi; ▪️ Aliment undirishga oid masalalar; ▪️ Gaz ballonlarini to‘ldirishdagi muammolar; ▪️ Sodir etilgan huquqbuzarlikka oid masalalar; ▪️ Surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlariga oid masalalar; ▪️ Ish haqi to‘lash bilan bog‘liq muammolar; ▪️ Ijro hujjatlari bo‘yicha qarz undirish; ▪️ Davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam; ▪️ Muhtojlarga bir martalik moddiy yordam. Murojaatlar nafaqat mavjud muammolarni aniqlash, balki ularni tizimli ravishda bartaraf etish, aholining ehtiyoj va talablarini chuqur o‘rganish uchun ham muhim manba hisoblanadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

📊Xabaringiz bor, Prezidentimiz qaroriga ko‘ra, Qurbon hayiti munosabati bilan: 👶 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyotini
📊Xabaringiz bor, Prezidentimiz qaroriga ko‘ra, Qurbon hayiti munosabati bilan: 👶 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyotini o‘tkazish, 🩺 onkogematologik tashxis qo‘yilgan qariyb 2300 kishida jarrohlik, 🫀350 kishida buyrak va jigar transplantatsiyasini amalga oshirish rejalashtirilgan edi. 🔹Prezident xalq qabulxonasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida og‘ir xastaliklar bo‘yicha davolanish amaliyotiga muhtoj fuqarolar ro‘yxati tuzildi — Prezident Xalq qabulxonasiga murojaat yo‘llagan 207 nafar bemor (shundan 88 nafari bolalar) ham jarrohlik amaliyotiga muhtojlar sifatida tanlab olindi. 🎫 Ayni paytda ularga bepul operatsiya vaucherlari topshirilmoqda. 💙Tibbiy tekshiruv va barcha davolash xarajatlari davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa manbalardan ajratilgan mablag‘lar hisobidan “Vaqf” xayriya jamoat fondi orqali moliyalashtiriladi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

RADDIYA Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim xabarlarda Prezident Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq noto‘g‘ri talqin
+2
RADDIYA Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim xabarlarda Prezident Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq noto‘g‘ri talqinlar berilganligi sababli quyidagilarni ma’lum qilamiz. Bugungi kunda murojaatlar bilan ishlashning yagona elektron platformasi — murojaat.gov.uz orqali fuqarolar murojaatini yuborishda tegishli davlat organi yoki tashkilotini mustaqil ravishda tanlaydi. Platforma imkoniyatlariga ko‘ra, murojaat to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlangan tashkilotga yuboriladi va uning keyingi ko‘rib chiqilish jarayoni mazkur tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, platformaning rasmiy axborotlarida ham murojaatlar: murojaat.gov.uz” portali; “Xalq nazorati” platformasi; davlat organlarining rasmiy sayt va ishonch telefonlari orqali yuborilganda, ular Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan emas, balki murojaatchi tomonidan tanlangan tashkilotlarning yuqori turuvchi mas’ullari tomonidan nazorat qilinishi qayd etilgan. Fuqaro Tashanov Abduraxmon Daynovichning murojaat.gov.uz platformasi orqali yuborgan murojaatlari tahliliga ko‘ra, murojaatlar fuqaro tomonidan mustaqil ravishda tegishli davlat organlariga yo‘naltirilgani aniqlangan. Jumladan: — 2026-yil 22-aprel kuni soat 16:35:39 da 130637-r/26-sonli murojaat fuqaro tomonidan mustaqil ravishda Oliy sudga yuborilgan. — 2026-yil 27-aprel kuni soat 11:22:21 da 135047-r/26-sonli murojaat fuqaro tomonidan mustaqil ravishda Bosh prokuraturaga yuborilgan. Ta’kidlash lozimki, mazkur ikki murojaat ham Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushmagan. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi to‘liq ravishda murojaatchi tomonidan tanlangan vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan. Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan murojaat bo‘yicha amalga oshirilgan jarayonlar Prezident Xalq qabulxonasi faoliyatiga aloqador emasligini ma’lum qilinadi. Fuqarolardan tasdiqlanmagan yoki biryoqlama axborotlarni tarqatmaslikni hamda rasmiy manbalarga tayanishni, zarur hollarda ma’lumot uchun Prezident Xalq qabulxonasiga murojaat qilishni so‘raymiz. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

📊 Prezident Xalq qabulxonasiga 18–24-may kunlari davomida 17 ming 658 ta murojaat kelib tushdi. Eng ko‘p murojaatlar qayd et
📊 Prezident Xalq qabulxonasiga 18–24-may kunlari davomida 17 ming 658 ta murojaat kelib tushdi. Eng ko‘p murojaatlar qayd etilgan hududlar: 🔹 Toshkent shahri — 2 317 ta 🔹 Qashqadaryo viloyati — 2 068 ta 🔹 Toshkent viloyati — 1 758 ta 🔹 Samarqand viloyati — 1 627 ta 🔹 Surxondaryo viloyati — 1 574 ta 📌 Tahlillarga ko'ra, aholining asosiy murojaatlari ijtimoiy himoya, oilaviy masalalar va kommunal muammolar bilan bog‘liq. Xususan:
▫️ 18 yoshgacha bolalar nafaqasi — 1 863 ta; ▫️ aliment undirish — 1 060 ta; ▫️ gaz ballonni to‘ldirish — 534 ta; ▫️ elektr ta’minotidagi uzilishlar — 333 ta; ▫️ ish haqi bilan bog‘liq masalalar — 270 ta; ▫️ ish bilan ta’minlash — 217 ta;
Shuningdek, davolanish uchun moddiy yordam so'rovi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda firibgarlik va boshqa huquqbuzarliklarga oid murojaatlar soni ham nisbatan yuqori bo'lib qolmoqda. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

⚡️ Shoshilinch murojaatlar: tezkor o‘rganilgan va ijobiy hal etilgan holatlar Prezident Xalq qabulxonasiga har kuni turli maz
⚡️ Shoshilinch murojaatlar: tezkor o‘rganilgan va ijobiy hal etilgan holatlar Prezident Xalq qabulxonasiga har kuni turli mazmundagi murojaatlar kelib tushadi. Ammo shunday murojaatlar ham borki, ularga shoshilinch yechim zarur. Bunda, murojaatni belgilangan tartibda tezkor o‘rganish, mas’ullarga yetkazish va qonuniy yechim topilishiga ko‘maklashish muhim. Bugun yechimini topgan murojaatlardan ayrim misollar:
📍 Jizzax viloyati, Paxtakor tumani Fuqaro ishonch telefoni orqali murojaat qilib, bir oydan buyon ichimlik suvi quvuri yorilib ketgani, ko‘chalarda suv toshib, aholiga loyqa suv kelayotganini bildirgan. Bu masala aslida uzoq kuttirmasdan bartaraf etilishi zarur bo‘lgan holat.
Murojaat o‘rganildi va “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan 1 kun ichida ijobiy hal qilindi.
📍 Namangan viloyati, Davlatobod tumani Ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqaro 4 kundan beri suv yo‘qligi haqida murojaat qilgan. U 5-qavatda ikki farzandi bilan yashashi, homiladorligi sababli suv masalasi ayniqsa og‘ir kechayotganini bildirgan. Bir qarashda bu bitta xonadonning murojaatidek ko‘rinadi. Ammo o‘rganish jarayonida muammo butun ko‘p qavatli uy aholisiga ta’sir qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Masala 1 kun ichida hal qilindi va ushbu uyda yashovchi 80 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi.
📍 Surxondaryo viloyati, Boysun tumani Shirinobod MFY Lalmikor ko‘chasida yashovchi fuqaro 60 metr uzunlikdagi ichki yo‘lni shag‘allab berishda yordam so‘ragan. Bunday masalalar ham, avvalo, hududdagi mas’ullar e’tiborida bo‘lishi kerak. Chunki yo‘l odamlarning kundalik hayoti, bolalarning maktabga borishi, aholining harakatlanishi bilan bog‘liq masala.
Murojaat Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olinib, 3 kun ichida ijobiy hal etildi. Bugun ijobiy hal etilayotgan murojaatlar ko'p, ammo o‘z yechimini kutayotgan masalalar ham hali kam emas. 📌 Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, aksar muammolar aslida tuman yoki viloyat darajasining o‘zidayoq hal qilinishi mumkin va lozim bo‘lgan masalalar. Ularning sababini o‘rganish hamda joylarda murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish bugungi kunda davlat idoralari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram