Prezident Xalq qabulxonasi | Rasmiy
رفتن به کانال در Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining rasmiy kanali Murojaat uchun: Veb-sayt: pm.gov.uz Qisqa raqam: 1000
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
2 363
مشترکین
+1224 ساعت
+167 روز
+1630 روز
آرشیو پست ها
+3
Namangandagi o’rganishlar yakunida Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi.
Mutasaddilarga murojaatlarni hududning o‘zida qabul qilish va ularni hal etish bo‘yicha choralar ko‘rish, sayyor va shaxsiy qabullarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi va samaradorligini oshirish, ularda qabul qilingan barcha murojaatlar va natijalarini tizimga kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Prezident Xalq qabulxonasining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+4
Aholi murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi Namangan viloyatida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Yanvar-iyun oylarida viloyat aholisidan 31 mingta murojaat tushgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga ko‘p.
Murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 37,1%. Biroq Pop (33,7%), Uchqo‘rg‘on (34,2%), Namangan shahri (34,5%) va Yangi Namangan (34,9%) ko‘rsatkichlari bundan kamroq (batafsil posterda).
O’rganish natijalariga ko’ra Namanganda shaxsiy qabullarni o‘tkazishdagi kamchiliklar qayd etildi. Xususan, Chust, Pop, Norin, Yangiqo‘rg‘on tumanlari hokimlari 4 tadan, Uchqo‘rg‘on, Kosonsoy, Yangi Namangan, Davlatobod, Namangan tumanlari hokimlari 3 tadan, Uychi tumani hokimi 2 ta shaxsiy qabulini belgilangan vaqtda o‘tkazmagan.
Mutasaddilarga ichki ishlar xodimlari, mahalla raisi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, MIB, bank va ijtimoiy soha xodimlari faoliyati va xatti-harakatlari bo‘yicha e’tirozlarni kamaytirish, aholi bilan muloqotni faollashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Namangan Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Bahodir Yusupovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
Tayinlov
📄 Yusupov Baxodir Tursunovich Namangan viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🟦 B.Yusupov Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1982-yilda Toshkent politexnika instituti, 1997-yil Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis-texnolog.
📊 U faoliyati davomida Chust va Kosonsoy tumanlari hokimi, Namangan viloyati hokimi, Qishloq xo‘jaligi vaziri kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
✅ Mazkur tayinlovga qadar Namangan viloyati Xalq qabulxonasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan.
❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+5
Farg‘ona shahri va tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi. Qayd etilganidek, har ikkala hududda ham murojaatlar soni sezilarli oshgan.
Farg‘ona tumani aholisidan 2 mingta murojaat tushgan (o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga ko‘p). Ijobiy hal etish ko‘rsatkichi — 35,1 foiz.
Farg‘ona shahri aholisidan esa 6 mingta murojaat tushgan (o‘tgan yilga nisbatan 62 foizga ko‘p). Ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 35,8 foiz (batafsil posterda).
Hududlarda sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazilishi, bu orqali xalqni qiynayotgan muammolar joyida va tezda hal etilishiga imkon yaratilishi, shtablar faoliyatining yanada kuchaytirilishi bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
Mutasaddilarga murojaatlarni “mahalla yettiligi” a’zolari, axborot xizmatlari bilan hamkorlikda alohida chuqur o‘rganib borish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, takroriy murojaatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘ining qabulini so‘ragan fuqarolar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.
Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+5
Prezident Xalq qabulxonasining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha joylardagi o‘rganish ishlari 📍 Farg‘ona viloyatida davom etmoqda.
Viloyat aholisidan o‘tgan 6 oyda jami 38,2 mingta murojaat tushgan bo‘lib, bu 2025 yilga nisbatan 25 foizga ko‘pdir. Ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 36,5 foiz (batafsil posterda).
Yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda eng ko‘p murojaat tushgan mahallalarda yashovchi fuqarolarning ariza-shikoyatlarini chuqur tahlil qilib, ularda aholi kayfiyatini yaxshilash choralarini ko‘rish masalalari muhokama etildi.
Mutasaddi rahbarlarga murojaatlar bilan ishlash ko‘rsatkichlari salbiy bo‘lgan tuman-shaharlarda muntazam ravishda muhokama qilib borish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Farg‘ona Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Abduxashim Abdullayevni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
Tayinlov
📄 Abdullayev Abduxashim Abdullayevich Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🟦 A.Abdullayev Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis-elektrik, muhandis-kimyogar-texnolog.
📊 U faoliyati davomida Marg‘ilon shahar va Farg‘ona viloyati hokimi lavozimlarida, 2017-2019-yillarda esa “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi sifatida ishlagan.
✅ Mazkur tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan.
❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+6
Yarim yillik yakunlari tahliliga ko’ra Qarshi shahri va Kasbi tumanida murojaatlar soni sezilarli oshgan. Masalan, Kasbida 2461 ta murojaat kelib tushgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 26,3 %ga ko‘p.
Qarshi shahridagi 6 mingta murojaat(o‘tgan yilga nisbatan 17 %ga oshgan)ning 43,3 % qismi ijobiy hal etilgan (batafsil posterda).
Tuman-shahar rahbarlariga murojaatlar soni ortgan hududlarda ariza-shikoyatlar soni ko‘payishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, kelgusida salbiy ko‘rsatkichlar davom etishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Qarshi shahridan Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘ining qabulini so‘ragan fuqarolar bilan uchrashuvlar ham o‘tkazildi.
Hududlarda o‘rganish ishlari davom etadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+6
Prezident Xalq qabulxonasining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi o‘rganish ishlari davom etadi.
📍 Navbatdagi manzil – Qashqadaryo viloyati!
Viloyat aholisidan o‘tgan 6 oy ichida jami 48,9 mingta murojaat kelib tushgan (o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga kam). Murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 41,2 foiz (batafsil posterda).
Yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda murojaatlar bilan tizimli ishlash, sayyor va shaxsiy qabullarni ko‘paytirish orqali muammolarni joyida hal qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mutasaddi rahbarlarga Qarshi tajribasi asosida tuzilgan shtablarni yanada jonlantirish, vakolatli davlat organlari “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda muntazam va ko‘plab murojaat qilayotgan fuqarolar muammolari bilan alohida manzilli ishlashi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Qashqadaryo Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Davlatmurod Ravshanovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.
Viloyatdagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
Tayinlov
📄 Ravshanov Davlatmurod Sobirovich Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🟦 D.Ravshanov G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi – huquqshunos.
📊 Faoliyati davomida bandlik va sud-huquq sohasida bir qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
✅ Mazkur tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati hokimligi murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.
❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+3
Oqoltin va Mirzaobod:
Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholi murojaatlari bilan ishlash, qabullarni tashkil etish masalalari tahlil qilindi.
Har ikki tumanda sayyor va shaxsiy qabullarni o‘tkazishga jiddiy e'tibor qaratilayotgani qayd etildi (batafsil posterda).
Murojaatlarning ijobiy hal etilishi Oqoltinda 48,6% (jami 1146 ta murojaat), Mirzaobodda esa 53,6% (jami 1354 ta murojaat).
Yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda murojaatlarni qayta o‘rganish doirasida tashkil etilgan shtablarda murojaatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar, takroriy murojaatlar sabablari, murojaatlarda ko‘tarilayotgan tizimli masalalarni o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Prezident Xalq qabulxonasining viloyatlardagi o‘rganish ishlari davom etadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+4
Sirdaryo murojaatlar bilan ishlashda faol
Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan Sirdaryo viloyatida murojaatlar bo‘yicha yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Viloyat aholisidan ushbu davrda jami 17 mingta murojaat tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan. Murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 56 foiz.
Viloyatda murojaatlarni hal qilishda tizimli yondashuv yo‘lga qo‘yilgani, sayyor va shaxsiy qabullar to‘liq o‘tkazilayotgani, shtablar faoliyatiga alohida e’tibor berilayotgani qayd etildi.
Shu bilan bir qatorda mavjud muammo va kamchiliklar barcha sohalar kesimida tahlil qilinib, mutasaddilarning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, Qarshi tajribasi asosida murojaatlardagi (ayniqsa takroriy va jamoaviy) tizimli muammolarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda chuqur tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish, viloyat va tumanlar darajasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish haqida qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Sirdaryo Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Dilshunos Abdullayevani yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.
Hududlardagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
Tayinlov
📄 Abdullayeva Dilshunos Adxamovna Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🟦 D.Abdullayeva Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog.
📊 U faoliyati davomida ta'lim, siyosiy partiyalar tizimlarida bir qator mas’ul lavozimlarida ishlagan.
✅ Mazkur tayinlovga qadar “Yuksalish” harakati Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+7
Prezident Xalq qabulxonasi jamoasining Jizzax viloyatidagi o‘rganishlari davomida Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Paxtakor tumanlaridagi murojaatlar bilan ishlash holatlari tahliliy ko‘rib chiqildi.
Har uchala hududda ham murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan biroz kamaygan bo‘lsa-da, ularning ijobiy hal etilishi talab darajasida emasligi qayd etildi.
Yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda mutasaddi tashkilot va idoralarga murojaatlar bilan ishlashga jiddiy e’tibor qaratish, Xalq qabulxonalari bilan yaqin hamkorlikda ishlash va shtablar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Joylarda Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i qabulini so‘ragan fuqarolar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.
Prezident Xalq qabulxonasining hududlar bo‘ylab o‘rganish ishlari davom etadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+4
Jizzaxda murojaatlar holati: tahlil va kamchiliklar
Prezident Xalq qabulxonasining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi.
📍 Navbatdagi manzil – Jizzax viloyati!
Viloyatda so‘nggi 6 oylik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, sayyor va shaxsiy qabullarga e’tiborni kuchaytirish, shtablar faoliyatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Viloyat aholisidan jami 23,6 mingta murojaat tushgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga ko‘p. Murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 41 foiz, Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Forish tumanlarida bu ko’rsatkich yanayam salbiy.
Viloyatdagi korxona va tashkilotlar tomonidan 144 ta murojaat, shundan 63 tasi bo‘yicha 30 kunlik ijro muddati buzilgan holda tizimga yakuniy natijasi kiritilmagani tanqid ostiga olindi.
Xalq qabulxonalari va mutasaddi tashkilotlar mas'ullariga aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, murojaatlar tahlili asosida tizimli muammolarni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Jizzax Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Bayrambek Uzakovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.
Jizzax viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
Tayinlov
📄 Uzakov Bayrambek Uzakovich Jizzax viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🟦 B.Uzakov Forish tumanida tug‘ilgan. 1974-yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, siyosatshunos.
📊 2001-2010-yillarda Forish tumani hokimi lavozimida, shuningdek, hokimlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
✅ Mazkur tayinlovga qadar Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri sifatida ishlagan.
❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+7
Prezident Xalq qabulxonasining Samarqand viloyatidagi o‘rganishlari Samarqand shahri va tumanida ham davom etdi.
Dastlab Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar o'rganilib, shtab a'zolari bilan uchrashuv o'tkazildi. So‘ng 6 oylik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda tuman va shahar hokimlari, boshqa masʼullar ishtirokida murojaatlar bilan ishlash holati birma-bir tahlil qilindi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan dolzarbligi oshgan muammolar tanqidiy muhokama etilib, aholi murojaatlarini tuman va shaharning o‘zida hal qilish muhimligi ta’kidlandi.
Samarqand shahridan 6284 ta murojaat tushgan (o‘tgan yilga nisbatan 0,5 foizga kam). Ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 35,3 foiz.
Samarqand tumanidan 1418 ta murojaat tushgan (o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga kam). Ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 32,5 foiz (batafsil posterda).
Muhokamalarda murojaatlar bilan ishlash holati baholanib, shtablar faoliyatiga e’tiborni kuchaytirish, "mahalla yettiligi", davlat idora va tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyatini muvofiqlashtirish, uni qatʼiy nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i qabulini so‘ragan fuqarolar bilan uchrashuvlar ham o‘tkazildi.
Prezident Xalq qabulxonasining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+3
Samarqandda murojaatlar tahlili: natijalar va yutuqlar
Prezident Xalq qabulxonasining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi.
📍 Navbatdagi manzil – Samarqand viloyati!
Viloyat aholisidan Prezident Xalq qabulxonasiga 39,9 mingta murojaat tushgan (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 8 foizga kam).
Murojaatlar bilan ishlash holatini muhokama qilish maqsadida yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda muammolar bilan tizimli ishlash natijasida 16 tumandan 14 tasida murojaatlar soni sezilarli kamaygani e'tirof etildi.
Shuningdek, murojaatlarni qabul qilish va ularni tahlil etish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, elektron murojaatlar platformasi orqali shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham sanab o‘tildi. Masalan, Oqdaryo, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarida avval rejalashtirilgan shaxsiy qabullar o‘tkazilmay qolib ketgani ta'kidlandi (batafsil posterda).
Hududiy davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlari hamda hokimlarga aholi murojaatlariga, ayniqsa, sayyor va shaxsiy qabullarga jiddiy yondashish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Samarqand Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Xurshid Ochilovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.
Prezident Xalq qabulxonasi jamoasining Samarqanddagi o‘rganishlari davom etmoqda.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
Tayinlov
📄 Ochilov Xurshid Abdurashidovich Samarqand viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🟦 X.Ochilov Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. 2008-yil Jizzax davlat pedagogika instituti va 2010-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos. Falsafa fanlari doktori (PhD).
📊 U faoliyati davomida Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Vazirlar Mahkamasida bir qator mas’uliyatli lavozimlarda, shuningdek, 2020-2024-yillarda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
✅ Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi.
📱 Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+2
Prezidentimiz IIVga onlayn murojaat qilish qurilmasi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani hokimligiga tashrif buyurib, Ichki ishlar vazirligiga onlayn murojaat qilish qurilmasi bilan tanishdi.
Ushbu qurilma aholi uchun ancha yengilliklar yaratadi. Tizimdan murojaat yoʻllanganda navbatchi inspektor videoaloqa orqali murojaat qiluvchi bilan bog‘lanadi. Murojaat avtomatik roʻyxatga olinadi. Murojaatchi ish natijasi, inspektor muomalasi, harakati haqida oʻzining bahosini qoʻyadi.
Davlatimiz rahbari Ichki ishlar vaziriga ushbu yangi tizimni respublika bo‘ylab joriy qilish, bunday “aqlli” qurilmalarni aholi gavjum joylar, bozor va boshqa obyektlarga koʻproq oʻrnatish boʻyicha topshiriq berdi.
Mazkur yangi tizim ichki ishlar organlariga yo‘llangan murojaatlarni yagona bazada birlashtirib, muammolarni tizimli hal qilish natijadorligini oshirish imkonini beradi.
Tuman hokimligi binosida hokimlikdan tashqari yana 5 ta tashkilot, xususan, tuman Xalq qabulxonasi ham faoliyat yuritib kelmoqda.
📱Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
+3
Navbahorda shtablar faoliyati o‘rganildi
Tuman aholisidan Prezident Xalq qabulxonasiga 1775 ta murojaat tushgan (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 7,79 foizga kam). Murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 33,9 foiz.
Tuman Xalq qabulxonasida Qarshi tajribasi bo‘yicha doimiy shtab faoliyat yuritmoqda. Yig‘ilishda shtab faoliyati, aholi murojaatlaridagi tizimli muammolarni aniqlash va hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, sayyor va shaxsiy qabullarni tizimli ravishda o‘tkazish, bu jarayonda aholi murojaatlarining joyida hal etilishi va ularga tezkor javob berilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📱Telegram
📱 Facebook
📱 Instagram
