ar
Feedback
Prezident Xalq qabulxonasi | Rasmiy

Prezident Xalq qabulxonasi | Rasmiy

الذهاب إلى القناة على Telegram

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining rasmiy kanali Murojaat uchun: Veb-sayt: pm.gov.uz Qisqa raqam: 1000

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
2 353
المشتركون
-124 ساعات
+47 أيام
+430 أيام
أرشيف المشاركات
Yarim yillik yakunlari tahliliga ko’ra Qarshi shahri va Kasbi tumanida murojaatlar soni sezilarli oshgan. Masalan, Kasbida 24
+6
Yarim yillik yakunlari tahliliga ko’ra Qarshi shahri va Kasbi tumanida murojaatlar soni sezilarli oshgan. Masalan, Kasbida 2461 ta murojaat kelib tushgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 26,3 %ga ko‘p. Qarshi shahridagi 6 mingta murojaat(o‘tgan yilga nisbatan 17 %ga oshgan)ning 43,3 % qismi ijobiy hal etilgan (batafsil posterda). Tuman-shahar rahbarlariga murojaatlar soni ortgan hududlarda ariza-shikoyatlar soni ko‘payishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, kelgusida salbiy ko‘rsatkichlar davom etishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, Qarshi shahridan Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘ining qabulini so‘ragan fuqarolar bilan uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Hududlarda o‘rganish ishlari davom etadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Prezident Xalq qabulxonasining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi o‘rganish ishlari davom etadi. 📍 Navbatdagi manzi
+6
Prezident Xalq qabulxonasining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi o‘rganish ishlari davom etadi. 📍 Navbatdagi manzil – Qashqadaryo viloyati! Viloyat aholisidan o‘tgan 6 oy ichida jami 48,9 mingta murojaat kelib tushgan (o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga kam). Murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 41,2 foiz (batafsil posterda). Yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda murojaatlar bilan tizimli ishlash, sayyor va shaxsiy qabullarni ko‘paytirish orqali muammolarni joyida hal qilish masalalariga e’tibor qaratildi. Mutasaddi rahbarlarga Qarshi tajribasi asosida tuzilgan shtablarni yanada jonlantirish, vakolatli davlat organlari “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda muntazam va ko‘plab murojaat qilayotgan fuqarolar muammolari bilan alohida manzilli ishlashi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Qashqadaryo Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Davlatmurod Ravshanovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. Viloyatdagi o‘rganish ishlari davom etmoqda. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Tayinlov 📄 Ravshanov Davlatmurod Sobirovich Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov 📄 Ravshanov Davlatmurod Sobirovich Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 D.Ravshanov G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi – huquqshunos. 📊 Faoliyati davomida bandlik va sud-huquq sohasida bir qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. ✅ Mazkur tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati hokimligi murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan. ❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Oqoltin va Mirzaobod: Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholi murojaatlari bilan ishlash, qabullarni tashkil etish masalalari ta
+3
Oqoltin va Mirzaobod: Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholi murojaatlari bilan ishlash, qabullarni tashkil etish masalalari tahlil qilindi. Har ikki tumanda sayyor va shaxsiy qabullarni o‘tkazishga jiddiy e'tibor qaratilayotgani qayd etildi (batafsil posterda). Murojaatlarning ijobiy hal etilishi Oqoltinda 48,6% (jami 1146 ta murojaat), Mirzaobodda esa 53,6% (jami 1354 ta murojaat). Yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda murojaatlarni qayta o‘rganish doirasida tashkil etilgan shtablarda murojaatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar, takroriy murojaatlar sabablari, murojaatlarda ko‘tarilayotgan tizimli masalalarni o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Prezident Xalq qabulxonasining viloyatlardagi o‘rganish ishlari davom etadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Sirdaryo murojaatlar bilan ishlashda faol Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan Sirdaryo viloyatida murojaatlar bo‘yicha yarim
+4
Sirdaryo murojaatlar bilan ishlashda faol Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan Sirdaryo viloyatida murojaatlar bo‘yicha yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Viloyat aholisidan ushbu davrda jami 17 mingta murojaat tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan. Murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 56 foiz. Viloyatda murojaatlarni hal qilishda tizimli yondashuv yo‘lga qo‘yilgani, sayyor va shaxsiy qabullar to‘liq o‘tkazilayotgani, shtablar faoliyatiga alohida e’tibor berilayotgani qayd etildi. Shu bilan bir qatorda mavjud muammo va kamchiliklar barcha sohalar kesimida tahlil qilinib, mutasaddilarning hisoboti tinglandi. Shuningdek, Qarshi tajribasi asosida murojaatlardagi (ayniqsa takroriy va jamoaviy) tizimli muammolarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda chuqur tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish, viloyat va tumanlar darajasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish haqida qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Sirdaryo Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Dilshunos Abdullayevani yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. Hududlardagi o‘rganish ishlari davom etmoqda. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Tayinlov 📄 Abdullayeva Dilshunos Adxamovna Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 D
Tayinlov 📄 Abdullayeva Dilshunos Adxamovna Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 D.Abdullayeva Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog. 📊 U faoliyati davomida ta'lim, siyosiy partiyalar tizimlarida bir qator mas’ul lavozimlarida ishlagan. ✅ Mazkur tayinlovga qadar “Yuksalish” harakati Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari sifatida faoliyat olib borgan. ❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Prezident Xalq qabulxonasi jamoasining Jizzax viloyatidagi o‘rganishlari davomida Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Paxtakor
+7
Prezident Xalq qabulxonasi jamoasining Jizzax viloyatidagi o‘rganishlari davomida Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Paxtakor tumanlaridagi murojaatlar bilan ishlash holatlari tahliliy ko‘rib chiqildi. Har uchala hududda ham murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan biroz kamaygan bo‘lsa-da, ularning ijobiy hal etilishi talab darajasida emasligi qayd etildi. Yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda mutasaddi tashkilot va idoralarga murojaatlar bilan ishlashga jiddiy e’tibor qaratish, Xalq qabulxonalari bilan yaqin hamkorlikda ishlash va shtablar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Joylarda Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i qabulini so‘ragan fuqarolar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi. Prezident Xalq qabulxonasining hududlar bo‘ylab o‘rganish ishlari davom etadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Jizzaxda murojaatlar holati: tahlil va kamchiliklar Prezident Xalq qabulxonasining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi
+4
Jizzaxda murojaatlar holati: tahlil va kamchiliklar Prezident Xalq qabulxonasining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi. 📍 Navbatdagi manzil – Jizzax viloyati! Viloyatda so‘nggi 6 oylik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, sayyor va shaxsiy qabullarga e’tiborni kuchaytirish, shtablar faoliyatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Viloyat aholisidan jami 23,6 mingta murojaat tushgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga ko‘p. Murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 41 foiz, Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Forish tumanlarida bu ko’rsatkich yanayam salbiy. Viloyatdagi korxona va tashkilotlar tomonidan 144 ta murojaat, shundan 63 tasi bo‘yicha 30 kunlik ijro muddati buzilgan holda tizimga yakuniy natijasi kiritilmagani tanqid ostiga olindi. Xalq qabulxonalari va mutasaddi tashkilotlar mas'ullariga aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, murojaatlar tahlili asosida tizimli muammolarni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Jizzax Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Bayrambek Uzakovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. Jizzax viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Tayinlov 📄 Uzakov Bayrambek Uzakovich Jizzax viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 B.Uzakov
Tayinlov 📄 Uzakov Bayrambek Uzakovich Jizzax viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 B.Uzakov Forish tumanida tug‘ilgan. 1974-yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, siyosatshunos. 📊 2001-2010-yillarda Forish tumani hokimi lavozimida, shuningdek, hokimlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. ✅ Mazkur tayinlovga qadar Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri sifatida ishlagan. ❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Prezident Xalq qabulxonasining Samarqand viloyatidagi o‘rganishlari Samarqand shahri va tumanida ham davom etdi. Dastlab Sama
+7
Prezident Xalq qabulxonasining Samarqand viloyatidagi o‘rganishlari Samarqand shahri va tumanida ham davom etdi. Dastlab Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar o'rganilib, shtab a'zolari bilan uchrashuv o'tkazildi. So‘ng 6 oylik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda tuman va shahar hokimlari, boshqa masʼullar ishtirokida murojaatlar bilan ishlash holati birma-bir tahlil qilindi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan dolzarbligi oshgan muammolar tanqidiy muhokama etilib, aholi murojaatlarini tuman va shaharning o‘zida hal qilish muhimligi ta’kidlandi. Samarqand shahridan 6284 ta murojaat tushgan (o‘tgan yilga nisbatan 0,5 foizga kam). Ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 35,3 foiz. Samarqand tumanidan 1418 ta murojaat tushgan (o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga kam). Ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 32,5 foiz (batafsil posterda). Muhokamalarda murojaatlar bilan ishlash holati baholanib, shtablar faoliyatiga e’tiborni kuchaytirish, "mahalla yettiligi", davlat idora va tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyatini muvofiqlashtirish, uni qatʼiy nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i qabulini so‘ragan fuqarolar bilan uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Prezident Xalq qabulxonasining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Samarqandda murojaatlar tahlili: natijalar va yutuqlar Prezident Xalq qabulxonasining hududlardagi o‘rganish ishlari davom et
+3
Samarqandda murojaatlar tahlili: natijalar va yutuqlar Prezident Xalq qabulxonasining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi. 📍 Navbatdagi manzil – Samarqand viloyati! Viloyat aholisidan Prezident Xalq qabulxonasiga 39,9 mingta murojaat tushgan (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 8 foizga kam). Murojaatlar bilan ishlash holatini muhokama qilish maqsadida yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda muammolar bilan tizimli ishlash natijasida 16 tumandan 14 tasida murojaatlar soni sezilarli kamaygani e'tirof etildi. Shuningdek, murojaatlarni qabul qilish va ularni tahlil etish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, elektron murojaatlar platformasi orqali shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham sanab o‘tildi. Masalan, Oqdaryo, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarida avval rejalashtirilgan shaxsiy qabullar o‘tkazilmay qolib ketgani ta'kidlandi (batafsil posterda). Hududiy davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlari hamda hokimlarga aholi murojaatlariga, ayniqsa, sayyor va shaxsiy qabullarga jiddiy yondashish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Samarqand Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Xurshid Ochilovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. Prezident Xalq qabulxonasi jamoasining Samarqanddagi o‘rganishlari davom etmoqda. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Tayinlov 📄 Ochilov Xurshid Abdurashidovich Samarqand viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦
Tayinlov 📄 Ochilov Xurshid Abdurashidovich Samarqand viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 X.Ochilov Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. 2008-yil Jizzax davlat pedagogika instituti va 2010-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos. Falsafa fanlari doktori (PhD). 📊 U faoliyati davomida Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Vazirlar Mahkamasida bir qator mas’uliyatli lavozimlarda, shuningdek, 2020-2024-yillarda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan. ✅ Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasi rahbari sifatida faoliyat olib borgan. ❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Prezidentimiz IIVga onlayn murojaat qilish qurilmasi bilan tanishdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani hokimligiga t
+2
Prezidentimiz IIVga onlayn murojaat qilish qurilmasi bilan tanishdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani hokimligiga tashrif buyurib, Ichki ishlar vazirligiga onlayn murojaat qilish qurilmasi bilan tanishdi. Ushbu qurilma aholi uchun ancha yengilliklar yaratadi. Tizimdan murojaat yoʻllanganda navbatchi inspektor videoaloqa orqali murojaat qiluvchi bilan bog‘lanadi. Murojaat avtomatik roʻyxatga olinadi. Murojaatchi ish natijasi, inspektor muomalasi, harakati haqida oʻzining bahosini qoʻyadi. Davlatimiz rahbari Ichki ishlar vaziriga ushbu yangi tizimni respublika bo‘ylab joriy qilish, bunday “aqlli” qurilmalarni aholi gavjum joylar, bozor va boshqa obyektlarga koʻproq oʻrnatish boʻyicha topshiriq berdi. Mazkur yangi tizim ichki ishlar organlariga yo‘llangan murojaatlarni yagona bazada birlashtirib, muammolarni tizimli hal qilish natijadorligini oshirish imkonini beradi. Tuman hokimligi binosida hokimlikdan tashqari yana 5 ta tashkilot, xususan, tuman Xalq qabulxonasi ham faoliyat yuritib kelmoqda. 📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Navbahorda shtablar faoliyati o‘rganildi Tuman aholisidan Prezident Xalq qabulxonasiga 1775 ta murojaat tushgan (o‘tgan yil m
+3
Navbahorda shtablar faoliyati o‘rganildi Tuman aholisidan Prezident Xalq qabulxonasiga 1775 ta murojaat tushgan (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 7,79 foizga kam). Murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichi – 33,9 foiz. Tuman Xalq qabulxonasida Qarshi tajribasi bo‘yicha doimiy shtab faoliyat yuritmoqda. Yig‘ilishda shtab faoliyati, aholi murojaatlaridagi tizimli muammolarni aniqlash va hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, sayyor va shaxsiy qabullarni tizimli ravishda o‘tkazish, bu jarayonda aholi murojaatlarining joyida hal etilishi va ularga tezkor javob berilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

📍 Navbatdagi manzil — Navoiy viloyati! Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi Navoiy viloyatida ham o‘rganish ishlarini boshlab
+3
📍 Navbatdagi manzil — Navoiy viloyati! Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi Navoiy viloyatida ham o‘rganish ishlarini boshlab yubordi. Avvalroq Buxorodagi murojaatlar holati tahlil qilingan edi. Viloyat aholisidan Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga 19,3 mingta murojaat tushgan (o‘tgan yil mos davriga nisbatan 1 foizga kam). Safardan ko’zlangan asosiy vazifalar qatorida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha birinchi yarim yillik natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda hududda ko‘tarilayotgan muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. Ayrim hududlarda murojaatlar soni yuqoriligicha saqlanib qolayotgani, takroriy murojaatlar ortib borayotgani hamda murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’ullar tomonidan sustkashlik va yuzaki yondashuv holatlari kuzatilayotgani tanqid qilindi. Ayniqsa, ijtimoiy himoya va aholi bandligiga oid masalalarni hal etishda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Joylarda sayyor va shaxsiy qabullarning faol o‘tkazilayotgani qayd etildi. Shtablarning intensiv faoliyat olib borishi, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning tizimli o‘rganilishi va hal qilinishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli choralarni kuchaytirish, "Qarshi tajribasi"ni keng joriy etish, "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda manzilli ishlash borasida mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Navoiy Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Qabriddin Abdiazizovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. Prezident Xalq qabulxonasi jamoasining hududlardagi safari davom etmoqda. 📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Tayinlov 📄 Abdiazizov Qabirdin Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 Q.Abdiazizov Xa
Tayinlov 📄 Abdiazizov Qabirdin Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 Q.Abdiazizov Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1986-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – biolog, agronom-entomolog. 📊 U faoliyati davomida hokimlik tuzilmasida bir qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. ✅ Mazkur tayinlovga qadar Navoiy viloyati hokimligi murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan. ❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Buxoroda tizimli muammolar: tahlillar va choralar Buxoro viloyatida Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlari b
+3
Buxoroda tizimli muammolar: tahlillar va choralar Buxoro viloyatida Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha 2026-yilning birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Qayd etilganidek, viloyat aholisidan Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga 2026-yil yanvar-iyun oylarida jami 21,6 mingta murojaat kelib tushgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foizga kam). Yig‘ilishda yarim yillik yakunlari muhokama qilindi, tuman-shaharlarda murojaatlar bilan ishlash holati keng tahlil qilindi. Tumanlarda sayyor va shaxsiy qabullar tizimli tashkil qilingani e’tirof etildi. Majlisda barcha hokimlar, hududiy davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlariga ushbu masalalardagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i Buxoro Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlangan Firuza Ibragimovani yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. 📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Joylarda aholi murojaatlari bilan ishlash holatini monitoring qilish maqsadida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar davom etadi. 📍 N
+4
Joylarda aholi murojaatlari bilan ishlash holatini monitoring qilish maqsadida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar davom etadi. 📍 Navbatdagi manzil – Buxoro viloyati Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi dastlab Romitan va Buxoro tumanlarida o‘rganish olib bordi. Har ikki tumanda dastlab Shtablar faoliyati, unda aholi murojaatlaridagi tizimli muammolarni o‘rganish va hal etish holatlari tahliliy muhokama qilindi. Shtablar faoliyatiga baho berildi. Sayyor va shaxsiy qabullar har ikki tumanda tizimli ravishda tashkil etilayotgani qayd etildi. Prezident Xalq qabulxonasi rahbariyati tomonidan aholi murojaatlariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazgan holda joyida hal etishga urg‘u berish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, Buxoro tumanida Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i qabulini so‘ragan fuqarolar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi. Buxoro viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etadi. 📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Tayinlov 📄 Ibragimova Firuza Baxodirxonovna Buxoro viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 F.
Tayinlov 📄 Ibragimova Firuza Baxodirxonovna Buxoro viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🟦 F.Ibragimova Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1992-yilda Buxoro davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – kimyo fani o‘qituvchisi. 📊 U faoliyati davomida Buxoro viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek, bir qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. ✅ Mazkur tayinlovga qadar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi direktori o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. ❗️ Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Tahliliy o‘rganishlar Xorazmning boshqa hududlarida ham davom etdi Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi Xorazm viloyatining Xon
+5
Tahliliy o‘rganishlar Xorazmning boshqa hududlarida ham davom etdi Prezident Xalq qabulxonasi jamoasi Xorazm viloyatining Xonqa va Bog‘ot tumanlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi. Qarshi shahri tajribasi asosida tashkil etilgan Shtablar faoliyati tahlil qilinib, fuqarolar qabullarini tashkil etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Har ikki tumanda aholi muammolarini joyida hal etish maqsadida sayyor va shaxsiy qabullar tizimli tashkil etilayotgani qayd etildi. Xonqada 215 ta sayyor va 27 ta shaxsiy, Bog‘otda esa 178 ta sayyor hamda 21 ta shaxsiy qabul o‘tkazilgan. Shuningdek, Bog‘ot tumanida Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i qabulini so‘ragan tadbirkor bilan uchrashuv o‘tkazilib, murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi hamda ijrosi uzoq muddatli nazoratga olindi. Joylarda murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda. 📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram