Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
رفتن به کانال در Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
4 712
مشترکین
+724 ساعت
-437 روز
-1 71730 روز
آرشیو پست ها
Repost from Hudud Inform
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб битирувчиларига табрик йўллади
Давлат раҳбарининг ҳар йили 25 май санасида мактабни битираётган ўғил-қизларга йўллайдиган табриги 2021 йилдан буён эзгу ва мустаҳкам анъанага айланди. Бу анъана ортида ёшларга бўлган юксак эътибор, уларнинг орзу-интилишларига ишонч ва келажакка дахлдорлик ҳисси мужассам.
Жаҳон тажрибасига назар ташланса, давлат раҳбарининг бевосита мактаб битирувчиларига қаратилган, ҳар бир ёшнинг қалбига етиб борадиган бундай самимий, батафсил ва илҳомлантирувчи мурожаати камдан-кам мамлакатлар сиёсий маданиятида учрайди. Шу жиҳатдан, ушбу табрик нафақат расмий мурожаат, балки ёш авлод билан очиқ ва ишончли мулоқот намунаси сифатида ҳам аҳамиятлидир.
Президент Шавкат Мирзиёев ўз табригида муҳим бир ҳақиқатни алоҳида таъкидлади: бугун чекка қишлоқдаги оддий мактабни битираётган ўқувчи ҳам эртага дунё тан оладиган олим ёки ихтирочи бўлиши мумкин. Бугун китоб ўқиётган бир қизалоқ эса эртага юрт тараққиётини янги босқичга олиб чиқадиган илмли фарзандларни тарбиялайди.
Бу фикрлар замирида бир муҳим ғоя мужассам — Янги Ўзбекистонда ҳар бир ёш учун имконият эшиклари очилмоқда, инсон қадри ва билим эса энг устувор қадриятга айланмоқда.
Шубҳасиз, бугунги табрик мустақил ҳаётга қадам қўяётган минглаб йигит-қизлар учун катта мотивация, эртанги кунга ишонч ва янги марралар сари руҳий таянч бўлиб хизмат қилади.
✈️ Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform | Instagrma | Facebook
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga tabrik
—
Поздравление выпускникам школ нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bilasizmi
❓ “E’TIROF” ATT nima?
🗺 U orqali yer uchastkalari va obyektlar ma’lumotlarini qanday qilib onlayn tekshirish mumkin?
🧐 Kadastr jarayonlarini endi o‘zingiz ham kuzata olasizmi?
🇺🇿 “Bilasizmi?” loyihamizning ushbu sonida aynan shu savollarga batafsil javob topishingiz mumkin.✅ Bu videoni “захват”i bor tanishlaringizga yuborib qo‘ying! ___________ #ЗнаетеЛиВы ❓ Что такое АТТ "E’TIROF"? 🗺 Как через неё можно проверить данные о земельных участках и объектах в режиме онлайн? 🧐 Можете ли вы теперь сами отслеживать кадастровые процессы?
🇺🇿
В этом выпуске нашего проекта "Знаете ли вы?" вы найдете подробные ответы именно на эти вопросы.✅ Отправьте это видео своим знакомым, у которых есть "самозахват"! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 "Obod mahalla" ijrosi Yangihayotda
🏘 “Yangi Darxon” mahallasi yangi qiyofaga ega bo‘lmoqda
✅ Yangihayot tumanidagi mahallalarda “Obod mahalla” dasturi asosida qurilish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
📌 Xususan, “Yangi Darxon” mahallasida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilib, ko‘chalar va jamoat hududlari yangilanmoqda. Natijada mahalla qiyofasi tobora obod va zamonaviy ko‘rinish kasb etmoqda.
🎬 Ushbu videoroligimiz orqali amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishingiz mumkin.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+9
🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Yangihayot tumanida bo‘lib, tuman hokimining o‘rinbosarlari va mutasaddilar bilan birga hududdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini o‘rgandi.
📍 O‘rganishlar davomida mas’ullar “Artikul Aziya Kabel” elektr kabellari ishlab chiqarish korxonasi, “East Can Solution” MChJning ichimliklar uchun alyumin qadoqlar ishlab chiqarish loyihasi, “Jac Motors Toshkent” MChJ QKning yengil tijorat avtomobillari va elektromobillar ishlab chiqarish loyihasi hamda “Maxcopper” MChJning mis-quvur mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish quvvati, mavjud imkoniyatlari hamda eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdi.
👍 Shuningdek, korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan ayrim muammo va to‘siqlarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Biznes-ombudsman
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!
Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.
«Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? 👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan. 👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
#bolalar_uchun
#kasting
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasiga ko‘ra suratga olinayotgan Amir Temur bobomizning bolaligi haqidagi tarixiy-badiiy film uchun KASTING!
Kastingga aktyorlik mahoratiga ega 7 – 10 yashar bolalar va 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar taklif etiladi.
Studiya: “Cinema of Central Asia”
Rejissyor: Akbar Bekturdiyev
Hamkorlar: Toshkent shahri hamda Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Madaniy meros agentligi
📆 4 – 7-iyun kunlari
📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞+998881206677
📞+998901151505
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
#YangihayotAI
#IjtimoiyRolik
❓ Sizningcha, plastik idishlar gapira olganida nima degan bo‘lardi?
🔹 Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati tomonidan sun’iy intellekt (AI) yordamida tayyorlangan navbatdagi rolikni tomosha qiling.
🫙 Unda yerga tashlab ketilgan chiqindining insonga qilgan murojaati aks etgan.
Unutmang, yerga tushgan har bir chiqindi — tabiatga berilgan zarba, uni qutiga tashlash esa — madaniyat belgisidir.
😊 Xulosa o‘zingizdan: Siz qaysi tomondasiz?
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
📣 Diqqat tanlov!
🇺🇿 Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati tomonidan tumandagi umumta’lim maktablari o‘rtasida “2025–2026-o‘quv yilida eng samarali faoliyat yuritgan maktab” tanlovi e’lon qilinadi.
😎 Tanlovda Yangihayot tumanida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari ishtirok etadi.
🏆 G‘olib Telegram kanalimizda o‘tkaziladigan ovoz berish jarayonlari orqali aniqlanadi.
⏰ Ovoz berish jarayoni 8-iyun 18:00ga qadar davom etadi.
🎁 Eng ko‘p ovoz to‘plagan maktab “2025–2026-o‘quv yilida eng samarali faoliyat yuritgan maktab” deb topiladi hamda tuman hokimining maxsus esdalik sovg’asi bilan taqdirlanadi.
👍 Siz ham o‘zingiz munosib deb bilgan maktabni qo‘llab-quvvatlang va faol ishtirok eting!
✅ Ovoz berish uchun quyidagi havolani bosing 👇🏻
https://t.me/yangihayottumanihokimligi/40
+9
🇺🇿 Yangihayot tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
👫 Bolajonlarning hayotida yangi va hayajonli davr boshlanmoqda. Ular beg‘ubor bolalikning yana bir muhim pog‘onasidan o‘tib, maktab ostonasiga ilk qadamlarini qo‘yishmoqda.
📍 Xususan, tumanimizdagi 123- hamda 584-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham bitiruvchi tarbiyalanuvchilar uchun “Xayr bog‘cha, salom maktab” nomli bayram tadbirlari yuqori kayfiyatda tashkil etildi.
🎶 Bayram davomida jajji bolajonlarimiz tomonidan ijro etilgan go‘zal she’rlar, sho‘x kuy-qo‘shiqlar va qiziqarli sahna ko‘rinishlari barcha yig‘ilganlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi. Mittivoylarning iste’dodi va samimiy chiqishlari ota-onalar hamda mehmonlar qalbidan chuqur joy oldi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#YangihayotAI
🤖 Innovatsiya, tezkorlik va zamonaviy yondashuv — "Yangihayot AI" ruknida.
🇺🇿 Tuman hokimligi matbuot xizmati tomonidan sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan roliklar endi muntazam ravishda sizga taqdim etiladi.
😎 Kuzatib boring — eng kreativ yangiliklar hali oldinda!
________________
🤖 Инновации, скорость и современный подход —
в рубрике "Yangihayot AI."
🇺🇿 Пресс-служба хокимията района теперь будет регулярно представлять вам ролики, созданные с помощью искусственного интеллекта.
😎 Следите за нами — самые креативные новости ещё впереди!
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🏘️ “Yangi Darxon” mahallasida asfaltlash ishlari olib borildi
🇺🇿 Yangihayot tumanida “Obod mahalla” dasturi doirasida hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
📍 Xususan, “Yangi Darxon” mahallasining Past Darxon ko‘chasida asfaltlash va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlar mahalla aholisiga yanada qulay sharoit yaratish, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash hamda hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
👍 Mahalla fuqarolarining ta’kidlashicha, “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi uchun qulay va obod muhit yaratilishiga katta hissa qo‘shmoqda.
🎬 Jarayon tafsilotlari videomizda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+5
👍 ID-karta olish tartibi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
🇺🇿 331-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar, ota-onalar hamda mutasaddilar ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Yangihayot tumani IIO FMB Migratsiya va personallashtirish bo‘limi xodimlari hamda xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati ishtirok etdi.
👍 Tadbir davomida 16 yoshga to‘lgan fuqarolar uchun ID-karta rasmiylashtirish tartibi, kerakli hujjatlar va murojaat qilish jarayonlari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda doimiy ro‘yxat bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning savollariga javob berildi.
👍 Shuningdek, tadbir davomida bo‘lim tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar hamda tashkilot manzili haqida tayyorlangan videoroliklar ham namoyish etildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 "Obod mahalla" ijrosi Yangihayotda
⭕️ “Toshkent” mahallasi Yangihayotning yana bir obod maskanlaridan biriga aylandi
👍 “Obod mahalla” dasturi doirasida Yangihayot tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Mazkur loyihalar tufayli hududlardagi mahallalar tobora zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.
📍 Xususan, “Toshkent” mahallasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari hududning kecha va bugungi qiyofasini tubdan o‘zgartirdi. Yangilangan infratuzilma, obod ko‘chalar hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar mahalla hayotida muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.
🎬 Videorolik orqali “Toshkent” mahallasida amalga oshirilgan ishlar, hududdagi o‘zgarishlar hamda mahallaning bugungi zamonaviy qiyofasi bilan tanishishingiz mumkin.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 “Fayzli” mahallasida asfaltlash ishlari olib borildi
👍 Yangihayot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosi doirasida ichki yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
📍 Xususan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan "Fayzli" mahallasining Sanoat zonasi koʻchasida asfaltlash va ta'mirlash ishlari olib borildi.
👍 Shuningdek, Xalq deputatlari Yangihayot tumani kengashi deputatlari jarayonlar bilan yaqindan tanishib, ishlarning borishi, belgilangan meʼyorlarga muvofiqligi va sifatini o‘rgandi.
🎬 Jarayonlar videomizda
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 Mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda
📍 Yangihayot tumani hokimi “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida “Yangi Darxon” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
👍 Qabul jarayonida 10 ga yaqin fuqaroning uy-joy, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kommunal xizmatlar, bandlik, obodonlashtirish, tibbiy yordam bilan bog‘liq murojaat va takliflari mas’ul idora vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga zarur tushuntirishlar berilib, ular tegishli mutasaddilarga biriktirildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 "Obod mahalla" ijrosi Yangihayotda
📍 Xushnud mahallasi — Yangihayotning yana bir obod manzili
👍 Toshkent shahri bo‘ylab “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bugun mahallalarning ko‘rkam hamda zamonaviy qiyofasini namoyon etmoqda.⭕️ Yangihayot tumanidagi Xushnud mahallasi ham ushbu dastur tufayli qiyofasi tubdan o‘zgargan, yanada fayzli va shinam maskanlardan biriga aylandi. Hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, yangilangan infratuzilma hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar mahalla ko‘rinishiga o‘zgacha ruh bag‘ishlamoqda. 🎬 Mazkur videorolik orqali Xushnud mahallasida olib borilgan ishlar va hududdagi ijobiy o‘zgarishlarga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
