fa
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

رفتن به کانال در Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
4 741
مشترکین
-1324 ساعت
-757 روز
-1 73430 روز
آرشیو پست ها
#ob_havo 📆 Bugun 7-sentabr, haftaning dushanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Repost from Rasmiy axborot
"Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
"Toshkent azaldan turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lab kelgan shahardir. Asrlar davomida turli qarashlar, urf-odatlar va madaniyatlar uning o‘ziga xos muhitini shakllantirgan",
- dedi Saida Mirziyoyeva
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
🏛Bir asrlik tarix — yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochildi Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochili
+3
🏛Bir asrlik tarix — yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochildi
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maskan Markaziy Osiyoda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi ilk madaniy muassasa sifatida o‘z faoliyatini boshlamoqda.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi. Ma’lum qilinganidek, mazkur maskan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakat madaniy hayotini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy san’atni rivojlantirish va xalqaro madaniy muloqotni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Zamonaviy san’at markazi bir asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan tarixiy sanoat ob’yekti negizida barpo etildi. 1912 yilda qurilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy me’moriy qiyofasi saqlangan holda yangi madaniy makonga aylantirildi. Markazda zamonaviy san’at, me’morchilik, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlari uyg‘unlashadi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, ta’lim maydonlari, kutubxona, tadqiqot infratuzilmasi hamda jamoatchilik uchun ochiq makonlar faoliyat yuritadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Komil Allamjonov
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi. Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. — В американском городе Сиэтл официально открылось Генеральное консульство Республики Узбекистан. Это первое консульское учреждение нашей страны на Тихоокеанском Северо-Западе и важный шаг в дальнейшем развитии отношений между Узбекистаном и Соединёнными Штатами Америки. Новое генконсульство будет способствовать укреплению торгово-экономических, инвестиционных, технологических, образовательных и социальных связей между нашими странами.

🇺🇿 “Yangi Gulzor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi 📍 Bugun Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori hamda mas’u
+6
🇺🇿 “Yangi Gulzor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi 📍 Bugun Yangihayot tumani hokimi, tuman prokurori hamda mas’ullar ishtirokida mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi. 📌 Xususan, mas’ul rahbarlar “Yangi Gulzor” mahallasida yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, yer maydonlaridan belgilangan tartibda foydalanish holati hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi. 👍 O‘rganishlar davomida qonunchilik talablariga amal qilish, yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

❗️ Hurmatli “Yangihayot” mahalla ahli! 📌 Hududdagi yerosti o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi. Us
❗️ Hurmatli “Yangihayot” mahalla ahli! 📌 Hududdagi yerosti o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi. Ushbu nosozlikni bartaraf etish maqsadida, bugun soat 13:30 dan 15:30 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi.

♻️123-sonli DMTTda “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi 📚 Yangihayot tumanidagi “Orzular makoni” nomli 123-sonli davla
+3
♻️123-sonli DMTTda “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi 📚 Yangihayot tumanidagi “Orzular makoni” nomli 123-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi o‘quv yilining ilk kunlari munosabati bilan “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi. 📌 Mashg‘ulotlar “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni birgalikda yaratamiz!” g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda tarbiyalanuvchilarga Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, birlik va hamjihatlik kabi tushunchalar berildi. 👍 Shuningdek, tadbir davomida bolajonlar Vatan haqidagi she’r va qo‘shiqlar ijro etib, o‘zlarining ijodiy chiqishlarini namoyish etdi.

#ob_havo 📆 Bugun 5-sentabr, haftaning shanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi. — Президент нашей страны ознакомился с Центром современного искусства в Ташкенте. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 Aholiga yanada sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratilmoqda 👍 Gap shundaki, bugun Yangihayot tu
+6
🇺🇿 Aholiga yanada sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratilmoqda 👍 Gap shundaki, bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko'rsatish tashkilotlari mas’ullar hamda barcha boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 👍 Yig‘ilishda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, sohaga oid vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mavjud debitor qarzdorlikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ko‘p qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 👍 Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va ijobiy hal etish yuzasidan boshqaruv servis kompaniyalari vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoi
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомился с созданными здесь условиями. #Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasasid
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомится с условиями, созданными в этой уникальной культурной институции. Facebook|Instagram|X

🔸 Xushnud mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi 📍Bugun "Yoshlar kuni" doirasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi
+7
🔸 Xushnud mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi 📍Bugun "Yoshlar kuni" doirasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Xushnud mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🖇“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formatida o‘tgan uchrashuvda mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar, mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i hamda mahallalar raislari ishtirok etdi. 🔹Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. ▫️Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdi. Bildirilgan takliflar yuzasidan esa mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar. Batafsil — yuqoridagi #infografikada Facebook|Instagram|X

Repost from Rasmiy axborot
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda
+4
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

#ob_havo 📆 Bugun 5-sentabr, haftaning juma kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

❗️ Hurmatli “Chortoq” mahalla ahli! 🛠️ Mahalla hududidagi iste’molchilarni 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazis
❗️ Hurmatli “Chortoq” mahalla ahli! 🛠️ Mahalla hududidagi iste’molchilarni 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tkazish va gaz taqsimlash punktini demontaj qilish ishlari olib borilishi sababli, 4-sentyabr soat 11:00 dan 16:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi.

🇺🇿 Xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida “Yoshlar kuni” munosabati bilan
+7
🇺🇿 Xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida “Yoshlar kuni” munosabati bilan xorijda tahsil olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh yangihayotlik yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi. 👍 “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formatida o‘tgan uchrashuvda Yangihayot tumani prokurori, tuman hokimi o‘rinbosari, mas’ul tashkilotlar vakillari va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi masul xodimlari ishtirok etdi. 👍 Muloqot davomida hozirda xorijda bo‘lib turgan yoshlar bilan ochiq suhbat olib borildi. Unda yoshlar duch kelayotgan muammolar, ularni qiynayotgan masalalar, shuningdek, ilgari surilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 👍 Shu bilan birga, xorijdagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini yurt ravnaqi yo‘lida samarali yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Repost from Saida Mirziyoyeva
Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikas
+3
Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim. ​O‘zbekiston va Qatarni do‘stona hamda yuksak ishonchga asoslangan rishtalar bog‘lab turadi, bu hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik. Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. — Была рада встрече с Его Высочеством Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, Эмиром Государства Катар. Передала ему искренние приветствия и самые добрые пожелания Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева. Узбекистан и Катар связывают тёплые и доверительные отношения, которые с каждым годом становятся крепче. Обсудили дальнейшее сотрудничество и новые совместные инициативы. У наших стран много общих интересов и хороших возможностей для новых проектов.