her diary
رفتن به کانال در Telegram
hope is the last thing to fade.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
328
مشترکین
-524 ساعت
-127 روز
+1630 روز
آرشیو پست ها
328
oʻzingga oʻxshagan inson uchrasin.
bu ba’zilar uchun jazo, ba’zilar uchun esa mukofotdir.
shundagina anglaysan Robbingning kalomini:
الطَّيِّبَاتُ لِلطَّيِّبِينَ، وَالطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَاتِ
328
+1
bolaligida qisqa fursatda yangi doʻst orttirishi mumkin boʻlgan qiz, qanday qilib atrofidagilarga nisbatan sovuq, hissiz boʻlib qoldi ekan bilmadim
ilgarilari insonlarga yaqinlashgim, ular bilan suhbatlashgim, yangi tanishuvlar orttirgim kelardi, hozir ham chin, ham tom manoda insonlardan qoʻrqib qolganman, besh kunlik dunyo uchun oʻzlarini juda gʻalati tutishadi, bir-biridan oʻzib ketgisi, bir-birini kamsitib yerga urish ular uchun eng sevimli mashgʻulotdek, yoki men vaziyatni shu darajada murakkablashtirib yubordimmikan?!
bilmayman, atrofimda sodir boʻlayotkan voqealarga chin dildan parvo qilmaslikka harakat qilaman, lekin qaydam hammasi aksiga oladi.
keyin yana Abu Zar rahmatullohi alayhning gaplari yodimga keladi:
-yolgʻizlik qiyin emasmi, ey Abu Zar?!
-odamlar undanda qiyin…
328
va sõngida dediki:«dard chekmaydigan inson bõlmaydi,
faqatgina,dardini aytmaydigan insonlar bõladi xolos»
…
aslida, dardini ayta oladigan insonlarga chin dildan havas qilaman, ular ishongan odamlariga har qachonki õz ichidagilarini bayonlashi, muammolariga yechim topa olishi mumkin.
lekin, dardini ichiga yutadigan, eng oğir kunlarida ham yuzida tabassum kõrinadigan insonlarning ahvoli ne kecharkin hayronman, ba’zida õylanib ham qolaman bu zaif jismga buncha dard oğirlik qilmasmikan, nahotki deyarli 8mlrd aholisi bor dunyoda inson dardini ayta olish uchun hamdard topmasa, nahotki…
328
mendan ideallikni kutmang!
hijob oʻraydi, demak xato qilmasligi kerak…
namoz oʻqiydi, demak gunohga yaqin ham bormaydi…
dinini oʻrganyapti, demak avliyo….YOʻQ! unaqa emas, bu hammasi juda xato tushunchalar.
men gunohga qoʻl urmaydigan, farishta emasman, va shuningdek, gunohini kibrga yoʻyib, tavba qilmaydigan iblis ham emasman!
men-odamman, Hazrati Odam alayhissalomning farzandiman, menda ham xato-kamchiliklar, toyilishlar, uquvsizliklar boʻlib turadi, shu va shunga oʻxshash vaziyatlarda men aynan otamiz Odam alayhissalomning yoʻlini tutganligim uchun ham insonman, hazrati Odam avlodiman.
bu mavzuni ochishimdan maqsad shu-ki, insonlar orasida juda koʻp xato tushunchalar tarqalgan, yuqorida aytganimdek, dinini biroz mustahkam ushlagan insonni koʻrishsa,bas, shu ondayoq undan xuddi avliyo kabi boʻlishini kutishadi, va ba’zi hollarda ochiq oydin talab ham qilishadi, yaxshilar! gunoh amallar hijoblilar uchun qay darajada gunoh boʻlsa, satrlanmagan opa-singillarimiz uchun ham haminqadar gunoh.
tarozini pallasini adolat ila teng ushlaylik, hijoblilardan, namozini mufohaza qilishga urinayotganlardan, ideallikni kutmaylik, ular ham inson, ular ham unutuvchan ular ham xatokor.
328
мне нужно, чтобы меня любили громко.
все-таки я люблю, когда интересуются каждым моим шагом, цветы которые не нужно просить, когда заботятся без просб.
мне нравится длинные текста о чувствах, тактильность и маленькие сюрпризы.
нравится слушать, как с гордостью обо мне говорят.
я верю обязательно найдётся человек для которого чье-те «слишком много» будет базовым минимумом.
