her diary
Ir al canal en Telegram
hope is the last thing to fade.
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
309
Suscriptores
-224 horas
-187 días
-430 días
Archivo de publicaciones
309
“va unutma, sen albatta mening 7daqiqam bõlib qolasan”-dedi gapining sõngida.
-7daqiqa hayron bõlib sõradim men.
ha aynan 7daqiqa, inson vafot etganidan keyin yetti daqiqagacha uning miyyasi eng unutilmas xotirani saqlay olar ekan, shu sababdan ham seni ham qalbim bilan ham aqlim bilan asrayman, hayotimning eng sõngida mening yetti daqiqamga aylanishing uchun.
-…
muallifi no’malum🕯
05 oct, 04:36
309
quduq chuqur va men Yusuf emasman..
lekin Yusufning Robbisi mening ham Robbim.
04 oct, 03:55
309
oʻzingga oʻxshagan inson uchrasin.
bu ba’zilar uchun jazo, ba’zilar uchun esa mukofotdir.
shundagina anglaysan Robbingning kalomini:
الطَّيِّبَاتُ لِلطَّيِّبِينَ، وَالطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَاتِ
30 sep, 13:18
309
+1
bolaligida qisqa fursatda yangi doʻst orttirishi mumkin boʻlgan qiz, qanday qilib atrofidagilarga nisbatan sovuq, hissiz boʻlib qoldi ekan bilmadim
ilgarilari insonlarga yaqinlashgim, ular bilan suhbatlashgim, yangi tanishuvlar orttirgim kelardi, hozir ham chin, ham tom manoda insonlardan qoʻrqib qolganman, besh kunlik dunyo uchun oʻzlarini juda gʻalati tutishadi, bir-biridan oʻzib ketgisi, bir-birini kamsitib yerga urish ular uchun eng sevimli mashgʻulotdek, yoki men vaziyatni shu darajada murakkablashtirib yubordimmikan?!
bilmayman, atrofimda sodir boʻlayotkan voqealarga chin dildan parvo qilmaslikka harakat qilaman, lekin qaydam hammasi aksiga oladi.
keyin yana Abu Zar rahmatullohi alayhning gaplari yodimga keladi:
-yolgʻizlik qiyin emasmi, ey Abu Zar?!
-odamlar undanda qiyin…
27 sep, 14:38
309
va sõngida dediki:«dard chekmaydigan inson bõlmaydi,
faqatgina,dardini aytmaydigan insonlar bõladi xolos»
…
aslida, dardini ayta oladigan insonlarga chin dildan havas qilaman, ular ishongan odamlariga har qachonki õz ichidagilarini bayonlashi, muammolariga yechim topa olishi mumkin.
lekin, dardini ichiga yutadigan, eng oğir kunlarida ham yuzida tabassum kõrinadigan insonlarning ahvoli ne kecharkin hayronman, ba’zida õylanib ham qolaman bu zaif jismga buncha dard oğirlik qilmasmikan, nahotki deyarli 8mlrd aholisi bor dunyoda inson dardini ayta olish uchun hamdard topmasa, nahotki…
25 sep, 04:10
