fa
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

رفتن به کانال در Telegram

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
200
مشترکین
-324 ساعت
-17 روز
-1130 روز
آرشیو پست ها
Kitob tumanida 2026-yilgi strategik maqsadlar kelishib olindi. Bugun Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi raisi S.Qodirov ha
+1
Kitob tumanida 2026-yilgi strategik maqsadlar kelishib olindi. Bugun Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi raisi S.Qodirov hamda Kengash kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov ishtirokida tumandagi siyosiy partiyalar rahbarlari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot markazida 2026-yil davomida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish borasidagi hamkorlik masalalari turdi. Uchrashuv yakuniga ko'ra quyidagi hujjatlar kelishib olindi: Siyosiy partiyalarning 2026-yil uchun mo‘ljallangan ish rejalari; Partiya elektorati manfaatlari aks etgan istiqbolli dasturlar; Dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan "Yo‘l xaritalari". "Siyosiy partiyalar va mahalliy Kengash o‘rtasidagi tizimli muloqot — qabul qilinayotgan qarorlarning xalqchilligini ta’minlashda muhim poydevor bo‘ladi", — deb ta'kidladi tuman Kengashi raisi. Shuningdek, uchrashuvda deputatlik nazoratini kuchaytirish va partiya loyihalari orqali chekka hududlarni obodonlashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. 👉🏻 Telegram

Deputat va mutaxassislar mahalla faoliyatini o’rgandi. Bugun Xalqparvar komissiyasi raisi J.Raxmonov, 4-Xalqlar do’stligi say
+2
Deputat va mutaxassislar mahalla faoliyatini o’rgandi. Bugun Xalqparvar komissiyasi raisi J.Raxmonov, 4-Xalqlar do’stligi saylov okrugi deputati G‘.Uzoqov hamda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J.Ergashevlar ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. Mazkur ishchi guruh tomonidan "Istiqbol" mahalla fuqarolar yig'inidagi "Mahalla yettiligi" faoliyati atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: Mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi; Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish choralari; "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash tizimi; Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati. Muloqot davomida "yettilik" vakillariga aholi muammolarini joyida hal etish, mahallabay ishlash tizimini yanada jadallashtirish va xalq bilan muloqot samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mahalla obodligi — yurt tinchligi va taraqqiyoti garovidir. 👉🏻 Telegram

🏛 Deputat nazorati: Ijtimoiy soha ob’yektlari diqqat markazida. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati A. Usmonov o‘
+3
🏛 Deputat nazorati: Ijtimoiy soha ob’yektlari diqqat markazida. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati A. Usmonov o‘z saylov okrugida joylashgan ijtimoiy soha ob'yektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 📍Tashrif davomida ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosini nazoratga olish ta’kidlandi. Mazkur tashrif hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 👉🏻 Telegram

🛣 Muhokama qilingan masala amalda: Jovuz qishlog‘ida betonlashtirish ishlari boshlandi Xalq dardi bilan yashash, saylovchila
+2
🛣 Muhokama qilingan masala amalda: Jovuz qishlog‘ida betonlashtirish ishlari boshlandi Xalq dardi bilan yashash, saylovchilarning murojaatlariga yechim topish — deputatlik faoliyatining bosh mezoni. Eslatib o‘tamiz, 2025-yil dekabr oyida "Ko‘hsor" MFY, Jovuz qishlog‘i aholisi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish va betonlashtirish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Natija: 🚀 Ushbu murojaat yuzasidan yuborilgan deputat so‘rovi hamda tuman hokimligi va obodonlashtirish boshqarmasining ko‘magi bilan amaliy ishlar boshlab yuborildi. Loyiha uchun 10 tonna sement ajratildi; Hozirda qishloq ahli tomonidan hashar yo‘li bilan ko‘chalarni betonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. "Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar" deganlaridek, davlat ko‘magi va aholi hamjihatligi natijasida Jovuz qishlog‘ining yo‘llari ravon va zamonaviy ko‘rinishga kelmoqda. Ushbu xayrli ishda bosh-qosh bo‘layotgan barcha fidoyi fuqarolarimizga va mutasaddi tashkilotlarga minnatdorchilik bildiramiz! 👉🏻 Telegram

🛑 Ogoh bo‘ling, firibgar! Bugungi kunda raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan bir qatorda, kiberjinoyatchilik va firibga
+1
🛑 Ogoh bo‘ling, firibgar! Bugungi kunda raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan bir qatorda, kiberjinoyatchilik va firibgarlikning yangi usullari ham ko‘payib bormoqda. Shu munosabat bilan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Kitob tuman kengashi tomonidan tuman bo‘ylab “Ogoh bo‘ling, firibgar!” nomli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 🔍 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad: Fuqarolarning huquqiy va kiber-savodxonligini oshirish; Plastik kartalardan mablag‘larni noqonuniy yechib olish holatlarining oldini olish; 💡 Partiya faollari aholiga quyidagi tavsiyalarni berishmoqda: Shaxsiy ma'lumotlarni sir saqlang: Hech qachon plastik karta kodi (SMS-kod)ni begonalarga aytmang. Shubhali havolalarga kirmang: Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan "yutuq chiqdi" yoki "moddiy yordam berilmoqda" degan yolg‘on xabarlarga ishonmang. Rasmiy manbalarga tayaning: Har qanday moliyaviy amallarni faqat banklarning rasmiy ilovalari orqali amalga oshiring. 👉🏻 Telegram

14-Sevaz saylov okrugi deputati D.Razzoqova Sariosiyo mahallasida bo‘lib, "Mahalla yettiligi" faoliyatini ko‘zdan kechirdi. U
+1
14-Sevaz saylov okrugi deputati D.Razzoqova Sariosiyo mahallasida bo‘lib, "Mahalla yettiligi" faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Uchrashuvda mahalla drayverlarini rivojlantirish, "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash tizimi tahlil qilindi. Deputat mahalla faollari bilan muloqotda bo‘lib, hududdagi dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi. “Mahalla – islohotlarning ko‘zgusi. Undagi har bir mas’ul xalq dardi bilan yashashi lozim,” — deya ta’kidladi D.Razzoqova. 👉🏻 Telegram

🏗 Istiqbol MFYda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilmoqda Tumanimizda xalqaro moliya institutlari ko‘magida i
+4
🏗 Istiqbol MFYda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilmoqda Tumanimizda xalqaro moliya institutlari ko‘magida ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish ishlari qizg‘in davom etmoqda. 📍 Xalqparvar komissiyasi raisi J.Raxmonov hamda komissiya kotibi (tuman Kengashi deputati) G‘.Uzoqov "Istiqbol" MFY hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdilar. Loyiha tafsilotlari: 💰 Qiymati: 3,5 mlrd so‘m; 🌍 Moliyalashtirish: Islom taraqqiyot banki (ITB) loyihasi asosida; 🎯 Maqsad: Mahalladagi bolajonlar uchun zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bog‘cha binosini bunyod etish. Deputatlik nazorati: Mazkur ob’ektning qurilish sifati va muddatlariga rioya etilishi hududiy deputat Z.Norovaning ham doimiy nazoratida bo‘lib, jarayonlar yuzasidan tizimli kuzatuv olib borilmoqda. ✅ Sifatli qurilish — farzandlarimiz kelajagi uchun mustahkam poydevordir. 👉🏻 Telegram

Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi: Aholi muammolari e'tibor markazida Siyosiy jarayonlar va hududiy rivojlanishning m
+2
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi: Aholi muammolari e'tibor markazida Siyosiy jarayonlar va hududiy rivojlanishning muhim bo'g'ini hisoblangan mahalla tizimi faoliyati deputatlik nazoratiga olindi. 📍 22-Qaynar saylov okrugi deputati A.Usmonov tomonidan "Qaynar" MFYda keng qamrovli o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish va uchrashuv tafsilotlari: ✅ Yettilik faoliyati: Mahalladagi "yettilik" tizimining ish samaradorligi, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi; ✅ Yuzma-yuz muloqot: Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda hududdagi dolzarb masalalar, infratuzilma va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi; ✅ Amaliy yechim: Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir taklif va muammo yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. 🎯 Asosiy maqsad — mahalla faollari bilan birgalikda aholi farovonligini oshirish va muammolarni joyida hal etish. 👉🏻 Telegram

🏥 Tibbiy xizmat sifati va dori-darmon zaxirasi ko‘zdan kechirildi Aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmat ko‘rs
+1
🏥 Tibbiy xizmat sifati va dori-darmon zaxirasi ko‘zdan kechirildi Aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish deputatlik nazoratining doimiy e’tiborida. 📍 2-Beshariq saylov okrugi deputati tomonidan hududdagi 1-sonli Oilaviy shifokorlik punkti (OSHIP) faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: 💊 Bemorlar uchun zarur bo‘lgan bepul dori-darmonlar zaxirasi va ularning taqsimlanishi; 🩺 Shifokorlar va hamshiralar uchun yaratilgan ish sharoitlari; 📋 Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifat darajasi. O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan muassasa mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi. ✅ Maqsad — har bir fuqaroga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash. 👉🏻 Telegram

🌙 Mohi Ramazon munosabati bilan bozorlardagi narx-navo ko'zdan kechirildi Kitob tumani aholisi uchun qulaylik yaratish va ba
+3
🌙 Mohi Ramazon munosabati bilan bozorlardagi narx-navo ko'zdan kechirildi Kitob tumani aholisi uchun qulaylik yaratish va bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash maqsadida o'rganish ishlari olib borildi. 📍 Tumandagi markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi faoliyati: 12-Bashir saylov okrugi deputati R.G'afurov; Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri G'.Uzoqov; Hamda ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘rganildi. O'rganish davomida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasi, narxlarning sun’iy ravishda oshib ketmasligi va mahsulotlar sifatiga alohida e’tibor qaratildi. Sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashilib, yarmarkadagi sharoitlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. ✅ Maqsad — xalqimiz dasturxoni to‘kinligi va hamyonbop narxlarni ta’minlash. 👉🏻 Telegram

Ajdodlar xotirasi — muqaddas qadriyat Mahallamizdagi fayzli va osoyishta maskanlardan biri bo‘lgan qishloq qabristonida keng
+1
Ajdodlar xotirasi — muqaddas qadriyat Mahallamizdagi fayzli va osoyishta maskanlardan biri bo‘lgan qishloq qabristonida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu xayrli tashabbusga 14-saylov okrugi deputati Razzoqova Dilorom Sattorovna bosh-qosh bo‘ldilar. Deputatimizning bevosita boshchiligi va shaxsiy homiylik ko‘magi bilan qabriston hududi tartibga keltirilib, ta’mirlash ishlari bajarildi. "O‘tganlar xotirasini shod etish, ularning mangu qo‘nim topgan maskanlarini obod saqlash har birimizning insoniy burchimizdir", — deydi Dilorom Razzoqova. 👉🏻 Telegram

Mehr va e’tibor — deputatlik faoliyatining asosi 20-Alaquyliq saylov okrugi deputati Raxmonova Dilrabo Abruevna o‘z okrugidag
+3
Mehr va e’tibor — deputatlik faoliyatining asosi 20-Alaquyliq saylov okrugi deputati Raxmonova Dilrabo Abruevna o‘z okrugidagi saylovchilar xonadonida bo‘lib, aholi bilan samimiy muloqot qildi. Uchrashuv davomida deputat fuqarolarning yashash sharoitlari, ularni qiynayotgan masalalar va takliflarini tingladi. Ayniqsa, xonadonma-xonadon yurib, aholining holidan xabar olish jarayonida ehtiyojmand oilalarga alohida e’tibor qaratildi. "Xalq bilan hamnafas bo'lish, ularning quvonchu tashvishi bilan yashash — bizning asosiy burchimizdir" 👉🏻 Telegram

🌿 Oilaviy issiqxonalar — daromad manbai 🍋 8-saylov okrugi deputati Ismoilov Maxmud Siddiqovich o‘z hududidagi xonadonlarda
+3
🌿 Oilaviy issiqxonalar — daromad manbai 🍋 8-saylov okrugi deputati Ismoilov Maxmud Siddiqovich o‘z hududidagi xonadonlarda tashkil etilgan oilaviy issiqxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🍅 🥒 O‘rganishlar davomida deputat har bir issiqxona egasi bilan suhbatlashib, mahsulot yetishtirish jarayonidagi mavjud muammolar va ehtiyojlarni o‘rgandi. Ayniqsa, issiqxonalarni isitish, mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash va tayyor mahsulotni bozorga chiqarish masalalari muhokama qilindi. Maxmud Ismoilov tomorqadan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha o‘zining zarur tavsiyalarini berdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilar bilan hamkorlikda choralar belgilandi. 👉🏻 Telegram.

Xalq dardi — deputat e’tiborida Navbatdagi sayyor qabulda 12-Bashir saylov okrugi deputati G'afurov Rustam Abdirasulovich fuq
+2
Xalq dardi — deputat e’tiborida Navbatdagi sayyor qabulda 12-Bashir saylov okrugi deputati G'afurov Rustam Abdirasulovich fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Hokimlik binosida o‘tgan ushbu uchrashuvda shunchaki murojaatlar tinglanmadi, balki har bir masalaning yechimi tahlil qilindi. Uy-joy, bandlik va yer ajratish kabi o‘tkir masalalar bilan kelgan fuqarolarning aksariyat muammolari joyida hal etildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli mutasaddilarga aniq ko'rsatmalar berilib, deputat nazoratiga olindi. 👉🏻 Telegram

Muammolar yechimi va bandlik ta’minoti 6-Guliston saylov okrugi deputati Xudoyqulov Qobiljon Abdumajidovich tomonidan fuqarol
+2
Muammolar yechimi va bandlik ta’minoti 6-Guliston saylov okrugi deputati Xudoyqulov Qobiljon Abdumajidovich tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularning bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, ularning 15 nafari munosib ish o‘rinlariga joylashtirildi. Mazkur fuqarolar hududdagi zamonaviy xususiy tibbiyot maskanlari — "DR BOBOEV HEALTH CENTER" hamda "Salomatlik akademiyasi" klinikalariga ishga qabul qilindi. Xalq vakili sifatida deputatimiz nafaqat murojaatlarni tinglash, balki ularni amaliy hal etishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi. 👉🏻 Telegram

"БИР МАҲАЛЛА-БИР ТАШАББУС" Халқ депутатлари Китоб туман Кенгашидаги Ўзбекистон ХДП гуруҳи раҳбари З.Норова "Истиқлол" маҳалла
+5
"БИР МАҲАЛЛА-БИР ТАШАББУС" Халқ депутатлари Китоб туман Кенгашидаги Ўзбекистон ХДП гуруҳи раҳбари З.Норова "Истиқлол" маҳалла фуқаролар йиғинида сайловчилар ва маҳалла фаоллари билан учрашди. Дастлаб депутат сайловчиларнинг бандлик, кредитлар, ижтимоий ёрдамлар ҳамда оилавий масалалар бўйича бир нечта мурожаатларини қабул қилди, улар бўйича ҳуқуқий тушунтиришлар берилди. Маҳалла фаоллари билан биргаликда маҳалла инфратузилмасини яхшилаш, ободонлаштириш ишларини ташкил этиш, кўчаларни обод қилиш бўйича фикр-мулоҳазалар алмашинилди. Шунингдек, фаоллар билан бирга маҳаллада қурилаётган мактабгача таълим муассасасининг қурилиш ишлари билан танишилиб, қурилиш сифатида бўйича назорат ишлари олиб борилди. 👉🏻 Telegram

MUAMMO VA YECHIM: SHATRI QISHLOG‘I YO‘LLARI OBOD BO‘LMOQDA 📍Kitob tumani Bog‘ibaland MFY hududidagi Shatri qishlog‘i aholisi
+2
MUAMMO VA YECHIM: SHATRI QISHLOG‘I YO‘LLARI OBOD BO‘LMOQDA 📍Kitob tumani Bog‘ibaland MFY hududidagi Shatri qishlog‘i aholisining uzoq yillik murojaati ijobiy hal etilmoqda. 🛣Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati va MFY ma’muriyatining amaliy sa’y-harakatlari bilan qishloqning 2 km masofadagi ichki yo‘llarini shag‘allashtirish ishlari boshlandi. Ushbu tashabbus ayniqsa yog‘ingarchilik kunlarida aholi va maktab o‘quvchilari uchun yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. "Maqsadimiz — har bir mahallada yashash sharoitini yaxshilash va saylovchilarimiz ishonchini oqlash," — deydi hudud deputati Radjabova Zulayho. 👉🏻 Telegram

📅 📌 Xalq deputatlari Kitob tumanining haftalik ish rejasi (23-27-fevral). 📌 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi tomonida
📅 📌 Xalq deputatlari Kitob tumanining haftalik ish rejasi (23-27-fevral). 📌 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi tomonidan joriy hafta davomida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar olib boriladi: 📌 "Kitob tumani Kengashi deputatlari bu haftada asosiy e’tiborni ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalariga qaratadi." 24-Fevral 📌 Chekka tog‘li qishloqlardagi (Varganza, Ko’hsor,) ta’lim muassasalarida ta’lim tizimi va oshxonalar holatini o‘rganish. 25-Fevral 📌 Ziyoratgohlar va dam olish maskanlarida (Hazrat Bashir ziyoratgohi atrofida) ekologik holatni va xizmat ko‘rsatish sifatini o‘rganish. 26-Fevral 📌 "Tuman shifoxonalari va poliklinikalardagi dori-darmon ta’minoti." 27-Fevral 📌 "Deputat va saylovchi: Yuzma-yuz." (Kitob tumanining Xalqlar Do’stligi, Bog’bon, Alaquyliq MFY larda) Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining kanallariga qo'shiling. 👉🏻 Telegram