fa
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

رفتن به کانال در Telegram

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
200
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+27 روز
-830 روز
آرشیو پست ها
#doimiy_komissiya_faoliyati 📌 HUDUDLARDA KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Xalq deputatla
+3
#doimiy_komissiya_faoliyati 📌 HUDUDLARDA KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Ismigul Xushmurodova Kitob tumaniga tashrif buyurib, tuman Kengashi doimiy komissiyalari a’zolari, deputatlar hamda kotibiyat xodimlari bilan ochiq va amaliy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida hududlarda xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Viloyat Kengashi raisi tomonidan doimiy komissiyalarning mahalliy davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritildi. Xususan, sessiyalarga kiritilayotgan masalalarni komissiyalar ishtirokida chuqur o‘rganish, Kengash qarorlari ijrosi ustidan samarali nazorat va tahlil mexanizmlarini kuchaytirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi. 🔹 Shuningdek, doimiy komissiyalarning siyosiy partiyalar bilan hamkorligi, hududdagi muammolarni deputatlar orqali aniqlash va ularni amaliy yechimiga erishish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.
💬 Tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, deputatlik faoliyatidagi natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Hududlarda aholi murojaatlari bilan ishlash, sessiyalar samaradorligini oshirish va deputatlik nazoratini kuchaytirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar alohida qayd etildi.
📚 Uchrashuv davomida viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari F.Siddiqov va L.Jovliyevalar tomonidan deputat so‘rovlarini yuborish tartibi, ularning ijrosi ustidan nazorat mexanizmlari hamda sessiyalarni tashkil etishning amaliy jihatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🤝 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Mazkur uchrashuv hududlarda Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning mas’uliyatini oshirish hamda xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi samarali tizimni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. ✨ Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube 💬 Fikr bildirish

🏛 Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda Yoshlar maslahat guruhi a'z
+1
🏛 Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan birgalikda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglash va qonuniy yechim topish kundalik ish rejasining ajralmas qismiga aylangan. Bugun tuman Kengashi kotibiyati binosida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich va kotibiyat mas’ullari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan turli masalalarni atroflicha o‘rgandilar. DEPUTAT_FAOLIYATI

Deputat so‘rovi natija bermoqda: 19-sonli maktabdagi muammolar bartaraf etilmoqda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deput
+3
Deputat so‘rovi natija bermoqda: 19-sonli maktabdagi muammolar bartaraf etilmoqda
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati B.Egamberdiyev tomonidan “Yakkatut” MFY, Saparcha qishlog‘idagi 19-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borilgan edi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgan. Mazkur so‘rov asosida tegishli tashkilotlar va soha mutasaddilari maktabga tashrif buyurib, mavjud holatni joyida tahlil qildilar.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra quyidagi ishlar belgilab olindi:
🔹 Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda to‘liq bartaraf etish;
🔹 Yangi qurilgan zamonaviy sport zal va qo‘shimcha o‘quv binolarini tez kunlarda foydalanishga topshirish;
🔹 O‘quvchilar uchun sifatli ta’lim muhitini yaratish.
Xalq manfaati va yoshlar ta’limi yo‘lidagi amaliy ishlar deputat nazoratida davom etadi.
DEPUTAT_FAOLIYATI

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda. Mahallamiz infratuzilmasini yaxshilash va aholiga mu
+3
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
Mahallamiz infratuzilmasini yaxshilash va aholiga munosib turmush sharoitini yaratish yo‘lidagi ishlar amalda davom etmoqda.
Xabaringiz bor, joriy yilning 3-aprel kuni hududdagi ichki yo‘llarning holatini yaxshilash maqsadida deputat G‘.Uzoqov tomonidan tegishli tashkilotlarga 57-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Ushbu so‘rov natijasi o‘laroq, bugun "Xalqlar do‘stligi" MFY hududida yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Tez orada mahalla ko‘chalari ravon va xavfsiz holatga keltiriladi.
Bizning maqsadimiz — xalqimiz og‘irini yengil qilish! DEPUTAT_FAOLIYATI

Yangi bunyod etilgan 2-DMTT faoliyati ko‘zdan kechirildi Kitob tumani Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, bosh mutaxassis J
+3
Yangi bunyod etilgan 2-DMTT faoliyati ko‘zdan kechirildi
Kitob tumani Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, bosh mutaxassis J.Ergashev hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi N.Turayev ishtirokida tumanda yangidan qurib foydalanishga topshirilgan 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mas’ullar bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulot xonalarining jihozlanishi, oshxona va tibbiyot bo‘limidagi mavjud holat bilan yaqindan tanishdilar.
Sohaga oid belgilangan me’yorlarga amal qilinishi hamda tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun zarur tavsiyalar berildi.
✅ Maqsad — kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodga munosib sharoitlar yaratish. DEPUTAT_FAOLIYATI

📌 Deputat o‘rganishi: Mahallalar va ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari ko‘zdan kechirildi #ish_reja Sog‘lom turmush t
+3
📌 Deputat o‘rganishi: Mahallalar va ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari ko‘zdan kechirildi
#ish_reja Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish — bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
✅ Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Djalilova tomonidan hududdagi sport ob’ektlarining holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
🔹 Mahallalardagi aholi va bolalar uchun mo‘ljallangan sport maydonchalari;
🔹 Umumta’lim maktablari, kolledj va akademik litseylarning sport zallari;
🔹 Sport zallaridagi mavjud jihozlar va anjomlarning sifati hamda xavfsizlik darajasi.
📊Shu bilan birga, yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarida sport zallaridan samarali foydalanishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📢 Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sport inshootlari holatini yaxshilash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
DEPUTAT

✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim hisobot tinglandi. Bugun xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurash
+2
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim hisobot tinglandi. Bugun xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishda Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a'zolari ishtirok etdi. Yig‘ilish kun tartibida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Qurbonov Bobur Meliboevichning hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. DEPUTAT_FAOLIYATI

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonid
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan joriy yilning 25-aprel kuni 67-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga "Kitobtumangaz" bo'limi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

#24_tavsiyanoma 📍 Paxtaobod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi. Bugun tuman Kengashi deputati Sh.Temirov, kotibiyat mudiri
+4
#24_tavsiyanoma
📍 Paxtaobod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
Bugun tuman Kengashi deputati Sh.Temirov, kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda bosh mutaxassislar J.Ergashev va O.Nosirovlar ishtirokida navbatdagi o‘rganish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Ishchi guruh a’zolari Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, u yerda mahalla "yettiligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qildilar. O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi: Mahalla "yettiligi"ning o‘zaro hamkorligi va ish rejalarining ijrosi; Hududda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish borasidagi choralar; Fuqarolar bandligini ta'minlash va tomorqadan samarali foydalanish holati. 🗣 Muloqot va murojaatlar. Tashrif davomida mahallaga turli masalalar bilan kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi. Har bir fuqaroning murojaati diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi. DEPUTAT_FAOLIYATI

🏥 Tibbiy xizmat sifati va aholi salomatligi — e’tibor markazida Xalq deputatlari tuman kengashi deputati D. Raxmonova tomoni
+1
🏥 Tibbiy xizmat sifati va aholi salomatligi — e’tibor markazida
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati D. Raxmonova tomonidan aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini tahlil qilish maqsadida 4-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
✅ Tibbiy xizmat tezkorligi: Bemorlarning qabuli va navbatlarni tartibga solish tizimi;
✅ Dori-darmon ta’minoti: Imtiyozli asosda beriladigan dorilarning mavjudligi;
✅ Sharoitlar: Poliklinikadagi tibbiy uskunalar holati va xonalarning sanitariya talablariga javob berishi;
✅ Muloqot madaniyati: Tibbiyot xodimlarining murojaatchilar bilan ishlash jarayoni.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muassasa rahbariyatiga tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi
#ish_reja DEPUTAT_FAOLIYATI

Deputat xonadonlarda: Ijtimoiy himoya e’tiborda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova t
+1
Deputat xonadonlarda: Ijtimoiy himoya e’tiborda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova tomonidan "Charmgar" MFY hududida yashovchi, bolalar nafaqasi olish uchun murojaat qilgan oilalar holati o‘rganildi. O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoiti va daromadlari ko‘zdan kechirildi. Deputat fuqarolar bilan suhbatlashib, nafaqaga hujjat topshirish tartibi va qonuniy talablar bo‘yicha tushuntirishlar berdi. #24_tavsiyanomaga_asosan DEPUTAT_FAOLIYATI

24_tavsiyanomaga_asosan 📋 VARGANZA HUDUDIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI KO‘ZDAN KECHIRILDI Xalqimizning ijtimoiy ko‘makka muhtoj
+2
24_tavsiyanomaga_asosan
📋 VARGANZA HUDUDIDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI KO‘ZDAN KECHIRILDI
Xalqimizning ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash — davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi. Shu munosabat bilan, Varganza hududida mahalla ijtimoiy xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va manzilliligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
🤝 1. Ijtimoiy xizmat sifati va xodimlar faoliyati Mahalladagi ijtimoiy xodimlarning ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi. Har bir xonadonga kirib borish, muammolarni real vaqt rejimida aniqlash; Keksa yoshdagi fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasi tekshirildi.
💰 2. Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam Kam ta’minlangan oilalarga nafaqa tayinlash jarayonining shaffofligi va adolatli ekanligi o‘rganildi: "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali nafaqalarning o‘z vaqtida tayinlanishi.
#24_tavsiyanomaga_asosan DEPUTAT_FAOLIYATI

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

🗓 HAFTALIK YANGILIKLAR DAYJESTI (27-aprel — 2-may) 🛣 27-APREL: Mahalla yo‘llarini tartibga keltirish va harakat xavfsizligi
🗓 HAFTALIK YANGILIKLAR DAYJESTI (27-aprel — 2-may) 🛣 27-APREL:
Mahalla yo‘llarini tartibga keltirish va harakat xavfsizligini ta’minlash masalalari diqqat markaziga olindi.
Deputat so‘rovlariga e’tiborsizligi qat’iy tanqid ostiga olindi.
🤝 28-APREL:
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi va amaliy choralar ko‘rildi.
San’atga e’tibor kelajak poydevori ekanligi ta’kidlandi.
🏫 29-APREL
Yangi maktab binolari va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
👵 30-APREL:
Loyiha doirasida aholi bilan navbatdagi yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etildi.
Bir asrni qarshilagan tabarruk keksalar ziyorat qilinib, ularning duolari olindi.
🛡 1-MAY:
Kiberxavfsizlik: Davr talabidan kelib chiqib, raqamli makonda xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy kafolatlari muhokama qilindi.
Dorivor vositalar va farmatsevtika sohasidagi qonunchilikka yangi o‘zgartishlar kiritildi.
🛒 2-MAY:
Bozorlarda aholi uchun eng zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari tahlil qilindi.

📍 MAHALLA HAYOTI VA ISLOHOTLAR IJROSI E’TIBORDA Tuman Kengashi deputati O.Qodirov hamda Ekspert guruhi a'zolari tomonidan “K
+4
📍 MAHALLA HAYOTI VA ISLOHOTLAR IJROSI E’TIBORDA
Tuman Kengashi deputati O.Qodirov hamda Ekspert guruhi a'zolari tomonidan “Ko‘hsor” mahallasida mahalla yettiligining faoliyati va aholi turmush darajasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarning samaradorligi va yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi real natijalar ko‘zdan kechirildi.
Hokim yordamchisining aholini tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqadan unumli foydalanish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.Yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tekshirildi. Moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda adolat va shaffoflikni ta’minlash holati o'rganildi.
Mahalla xotin-qizlar faolining ayollar huquqlarini himoya qilish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish borasidagi ishlari ko‘rib chiqildi.

YOSHLAR – VATAN TAYANCHI VA FAXRI! 🇺🇿 O‘STM NTM avtodromida yoshlarimizning shijoati va harbiy mahoratiga guvoh bo‘ldik. “V
+4
YOSHLAR – VATAN TAYANCHI VA FAXRI! 🇺🇿 O‘STM NTM avtodromida yoshlarimizning shijoati va harbiy mahoratiga guvoh bo‘ldik. “Vatanparvar” tashkiloti rahbari, deputat Sh.Temirov hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zolari tashabbusi bilan, Mudofaa ishlari bo‘limi hamda tuman O‘STM NTM–2 bilan hamkorlikda “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada tumandagi maktablardan tashrif buyurgan 9 ta jamoa 6 ta murakkab shart bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida mardlik va ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashdir. 🥇 1-o‘rin: 29-maktabning “Temuriylar” jamoasi; 🥈 2-o‘rin: 30-maktabning “Ajdarlar” jamoasi; 🥉 3-o‘rin: 11-maktabning “Qalqon” jamoasi. Faxrli birinchi o‘rinni egallagan “Temuriylar” jamoasi endilikda musobaqaning viloyat bosqichida tumanimiz sharafini himoya qiladi. Yoshlarimizga kelgusi bosqichlarda ham omad va zafarlar tilayman! DEPUTAT

Kitob tumanida aholi murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etiladi Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi qarori
Kitob tumanida aholi murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etiladi Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi qarori bilan murojaatlarni hal etishda Qarshi shahri tajribasi asosida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Asosiy vazifalar: 🔹 Murojaatlarni har oyda chuqur tahlil qilish; 🔹 Takroriy va hal etilmagan masalalarni alohida nazoratga olish; 🔹 Tashkilotlar faoliyatini reyting asosida baholash; 🔹 “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda muammolarni joyida o‘rganish. 🚀 Maqsad — xalq bilan muloqotni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish. DEPUTAT_FAOLIYATI

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube