Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
رفتن به کانال در Telegram
https://www.facebook.com/share/p/1BcoEVGtAH/ https://www.instagram.com/p/DbGFnt-Cgvk/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA== https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=xzYLGHTzsEPsp5Bx Murojaat uchun: @gulomuzoqov
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
197
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-130 روز
آرشیو پست ها
YAGONA VATAN — YAGONA XALQ, YAGONA MAQSAD!
Bugun Kitob tuman Axborot-resurs markazida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Kitob tuman kengashi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz» shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston XDP Kitob tuman kengashi raisi Zilola Norova, Xalq deputatlari tuman Kengashi Makrid saylov okrugi deputati G.Kenjayeva soʻzga chiqib, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va inson qadrini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlar haqida atroflicha toʻxtaldi.
Z. Norova oʻz soʻzida yurtimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi va jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlashda har bir fuqaroning faolligi muhim ekanini taʼkidlab, «Yagona Vatan, yagona xalq» gʻoyasi atrofida birlashib, yangi hayot va munosib kelajakni birgalikda barpo etish zarurligini qayd etdi.
Shuningdek, yoshlarni maʼnaviy-ma meʼrifiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim olishi va jamiyat hayotida faol ishtirokini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, bugungi yangilanishlar va yurtimizning yorugʻ kelajagi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
✨ Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin! Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va buyuk kelajak sari birgalikda odimlaylik!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
🏛 YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI – 2030 STRATEGIYASI IJROSI: KITOB TUMANIDA 15 TA MAHALLADA KUTUBXONA TASHKIL ETILADI!
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining navbatdagi qarori bilan tumanda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik va huquqiy savodxonligini oshirish borasida muhim qadam tashlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon hamda Qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida "Yoshlar daftari" jamg‘armasi hisobidan 190,000,000 (bir yuz to‘qson million) so‘m mablag‘ ajratilishi ma'qullandi.
📊 ASOSIY KO‘RSATKICHLAR VA MAQSADLAR:
🔹Ajratilgan mablag‘: 190 000 000 so‘m
🔹Manba: "Yoshlar daftari" jamg‘armasi
🔹Asosiy maqsad: Tumandagi 15 ta mahallada namunali kutubxonalar tashkil etish, yangi kitoblar xarid qilish va "Besh muhim tashabbus" tadbirlarini moliyalashtirish.
⚖️ NAZORAT VA MAS'ULLAR:
Mablag‘larning o‘z vaqtida, maqsadli va samarali sarflanishi tuman hokimining o‘rinbosari B. Murodov hamda Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh. Samatov zimmasiga yuklatildi. Shuningdek, jarayon Tuman G‘aznachilik xizmati bo‘linmasi va Kengashning doimiy komissiyasi tomonidan qat'iy nazorat qilib boriladi.
✨ Yoshlarimiz intellektual salohiyatini oshirish hamda ma'rifatli jamiyat sari tashlangan navbatdagi dadil qadam qutlug' bo'lsin!
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddati necha yil?
Deputat so‘rovi: "Jilisuv" MFYdagi yo‘llarni ta’mirlash masalasi nazoratga olindi
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi deputati, 25-Jilisuv saylov okrugi deputati Omonov Abdinazar Ovchiyevich tomonidan "Jilisuv" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Murojaatlarni joyida o‘rganish jarayonida hududdagi ichki ko‘chalar ta’mirga muhtojligi, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida aholi va transport vositalari harakati uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani ma’lum bo‘ldi.
Aholiga munosib turmush sharoitini yaratish hamda ushbu muammolarni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida deputat so‘rovida quyidagi ishlar nazarda tutilgan:
1 450 metr masofadagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish;
1 200 metr uzunlikdagi asosiy qatnov yo‘llarini asfaltlashtirish ishlarini manzilli dasturga kiritish.
Murojaatda ko‘tarilgan ushbu masalalarni amaliy hal etish va tegishli dasturlarga kiritish bo‘yicha tuman hokimining o'rinbosari F.Usmonovga deputatlik so'rovi yuborildi va ijrosi deputat tomonidan nazoratga olindi.
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
Deputat so‘rovi: "Jilisuv" MFYdagi yo‘llarni ta’mirlash masalasi nazoratga olindi
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi deputati, 25-Jilisuv saylov okrugi deputati Omonov Abdinazar Ovchiyevich tomonidan "Jilisuv" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Murojaatlarni joyida o‘rganish jarayonida hududdagi ichki ko‘chalar ta’mirga muhtojligi, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida aholi va transport vositalari harakati uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani ma’lum bo‘ldi.
Aholiga munosib turmush sharoitini yaratish hamda ushbu muammolarni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida deputat so‘rovida quyidagi ishlar nazarda tutilgan:
1 450 metr masofadagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish;
1 200 metr uzunlikdagi asosiy qatnov yo‘llarini asfaltlashtirish ishlarini manzilli dasturga kiritish.
Murojaatda ko‘tarilgan ushbu masalalarni amaliy hal etish va tegishli dasturlarga kiritish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga so‘rov xati yuborildi va ijrosi deputat tomonidan nazoratga olindi.
Anhor ko‘chasi ta’mirlanadi
Deputat Razzoqova Dilorom Sattorovna mahalla faollari va aholi bilan birgalikda Sariosiyo MFY Anhor ko‘chasidagi holati joyida ko‘zdan kechirdi.
Ko‘cha uzoq yildan buyon ta'mirlanmaganligi sababli, ayniqsa, yog‘ingarchilikda o‘quvchilar va haydovchilar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. Aholi uzog‘ini yaqin qilish uchun bu yerning 3 km qismini asfaltlash zarur.
Ushbu masalaga amaliy yechim topish maqsadida deputat tomonidan tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
+4
NURAFSHON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI VA AMALIY CHORALAR BELGILANDI
Aholi farovonligini oshirish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolardan tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish tuman Kengashi deputatlarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Xususan, Qorabuloq saylov okrugi deputati A.Do‘stov, Surum saylov okrugi deputati A.Rasulov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari J.Ergashev va O.Nosirovlar birgalikda "Nurafshon" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishib, hudud aholisini qiynab kelayotgan masalalarni atrofliroq o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida mas’ullar "Nurafshon" MFYga qarashli Ochamayli qishlog‘ida bo‘lib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatni bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar. Ma’lum bo‘lishicha, qishloqdagi 35-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi yo‘lning 250 metr qismi asfalt qilinmay qolganligi sababli aholi va o‘quvchilar qatnovida qator qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Bu holat mahalliy aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlandi.
Ta’kidlash joizki, ushbu ko‘chaning kirish qismidagi 100 metr masofa hamda oxirgi hududlari ilgari asfaltlashtirilgan bo‘lib, faqat o‘rta qismi ta’mirtalab holatda qolgan.
Mazkur ko‘chada harakatlanish xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘lning ta’mirtalab 250 metr qismini to‘liq asfaltlashtirish masalasini ijobiy hal etish maqsadida deputat A.Rasulov tomonidan tuman hokimligiga rasmiy deputatlik so‘rovi kiritildi.
Shuningdek, ushbu ko‘cha mahallada "Namunali ko‘cha" sifatida tanlab olingan bo‘lib, bu yerda aholi tomonidan ishkom (voish)lar barpo etilgan va hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilgan. Ko‘chaning kechki paytlarda ham yoritilgan va xavfsiz bo‘lishini ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini mantiqiy yakuniga yetkazish maqsadida ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga ham deputatlik so‘rovi yuborildi.
Fuqarolar murojaatlari va deputatlik so‘rovlarining ijrosi tuman Kengashi deputatlari hamda kotibiyat mutaxassislari tomonidan nazoratga olindi.
Hududlarda bu kabi amaliy va o‘rganuv ishlari izchil davom ettiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
АҲОЛИ БАНДЛИГИ ВА МУАММОЛАР ЕЧИМИ – МУҲИМ КУН ТАРТИБИДА
Халқ билан очиқ ва самимий мулоқот қилиш, аҳоли томонидан кўтарилаётган муаммоларни жойида ўрганиш ҳамда уларга ижобий ечим топиш депутатлик фаолиятининг энг устувор йўналишларидан биридир.
Шу мақсадда, Варганза сайлов округи депутати Раджабова Зулайхо Нарзиқуловна ҳамда туман Кенгаши котибият мутахассиси О.Носиров томонидан тумандаги "Варганза" ва "Боғибаланд" маҳалла фуқаролар йиғинларида кенг қамровли ўрганишлар ва учрашувлар ўтказилди.
Ташриф давомида дастлаб маҳаллаларда ташкил этилган "еттилик" тизими фаолияти билан яқиндан танишилди. Ҳудудлар аҳволи, инфратузилма ривожи ва ободончилик ишлари кўздан кечирилди. Шунга кўра, "хонадонбай" ва "кўчама-кўча" юрган ҳолда аҳоли билан бевосита учрашувлар ташкил этилиб, фуқароларни қийнаб келаётган долзарб муаммолар эшитилди ва рўйхатга олинди.
🔎 "Аҳоли бандлиги тўғрисида"ги Қонун ижроси таҳлил қилинди
Ўрганишларнинг алоҳида қисми Ўзбекистон Республикасининг "Аҳоли бандлиги тўғрисида"ги Қонуни ижросини таъминлаш масалаларига бағишланди. Жойдаги масъуллар билан биргаликда қуйидаги муҳим йўналишлар атрофлича кўриб чиқилди:
Ишсизлар баланси ва ягона база: Қонуннинг 15-моддаси талабларидан келиб чиқиб, маҳаллада иш қидираётган ва ишсиз деб эътироф этилган шахсларнинг аниқ рўйхати шакллантирилгани ва шаффоф юритилаётгани текширилди.
Аҳолининг даромад манбалари: Рўйхатдаги фуқароларнинг қанчаси ҳақиқатда доимий даромад манбаига эга эмаслиги ҳамда қанчаси норасмий секторда меҳнат қилаётгани чуқур таҳлил қилинди.
Маҳалла "еттилиги" ҳамкорлиги: Ҳоким ёрдамчиси ва Ёшлар етакчиси билан ҳамкорликда йил бошидан бери ўтказилган хонадонларни хатловдан ўтказиш натижалари ҳамда аниқланган ишсизлар сони кўриб чиқилди.
Аҳолига бўш иш ўринлари ҳақида ахборот бериш: Маҳалла ҳудудида жойлашган корхона ва ташкилотлардаги мавжуд вакансиялар тўғрисида аҳолини вақтида хабардор қилиш (маҳалла Telegram-гуруҳлари ва эълонлар тахтаси орқали) тизими ҳолати баҳоланди.
Ишга жойлаштириш ва ярмаркалар: Маҳалла Кенгаши ва Бандликка кўмаклашиш маркази ҳамкорлигида фуқароларга берилган йўлланмалар сони ҳамда маҳаллада ўтказилган "Бўш иш ўринлари ярмаркалари"нинг аниқ натижадорлигига эътибор қаратилди.
📌 Муаммолар назоратга олинди
Сайловчилар билан учрашувлар ва хонадонбай ўрганишлар давомида аниқланган барча масалалар ва фуқаролар мурожаатлари умумлаштирилди. Ушбу муаммоларни қисқа муддатларда ва ижобий ҳал этиш мақсадида тумандаги мутасадди ташкилот ва идораларга депутатлик сўровлари юборилди. Ижро жараёни депутат томонидан тўлиқ назоратга олинди.
#24_тавсия_пости
#Иш_Режа_Ижроси
#ҚонунҒИжроси
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
Repost from Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi
+6
“Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони ўз эгаларига топширилди
Мустақиллигимизнинг 35 йиллик шонли санаси юртимиз ҳаётидаги улкан тарихий воқеа сифатида кенг нишонланмоқда. Бу қутлуғ айём арафасида Ватан тараққиётига муносиб ҳисса қўшиб келаётган юртдошларимизнинг меҳнати ва фидойилиги юксак эътироф этилмоқда.
Вилоят ҳокимлиги мажлислар залида “Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги” эсдалик нишони билан тақдирланган вилоят Кенгаши депутатларига мазкур юксак эътирофни топширишга бағишланган тантанали тадбир бўлиб ўтди.
Унда вилоят ҳокими Муротжон Азимов иштирок этиб, эсдалик нишонларини Президентимиз номларидан тантанали равишда ўз эгаларига топширди.Тантанали маросимда эсдалик нишонига муносиб кўрилганлар ўзларига билдирилган юксак эътибордан мамнунлигини билдириб, мамлакатимиз тараққиёти, халқимиз фаровонлиги ва Ватанимиз равнақи йўлида бундан буён ҳам сидқидилдан хизмат қилишларини таъкидладилар. Эсдалик нишони билан тақдирланган барча юртдошларимизни ушбу юксак эътироф билан самимий муборакбод этамиз! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube
