fa
Feedback
SHDPI Filologiya fakulteti

SHDPI Filologiya fakulteti

رفتن به کانال در Telegram

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi | rasmiy kanali 📚 Talaba tashabbuslari 🌱 Ijtimoiy loyihalar 🎓 Faol yoshlar harakati “Birlikda – kuchlimiz.”

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
439
مشترکین
+12524 ساعت
+2537 روز
+24830 روز
آرشیو پست ها
#LIVE #Zakovat 🟦🟦🟦🟦🟦 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Ittifoq kubogi" doirasida tashkil etilgan "Zakovat" in
+9
#LIVE #Zakovat 🟦🟦🟦🟦🟦 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Ittifoq kubogi" doirasida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o'yinining final bosqichi g‘oliblari taqdirlandi. ⚡️ Bellashuv yakuniga ko‘ra: 🥇1-o'rin — "Texnologlar" jamoasi (Ijtimoiy fanlar fakulteti); 🥈2-o'rin "Turon" jamoasi (Ijtimoiy fanlar fakulteti); 🥉3-o'rin — "Intellekt" jamoasi (Filologiya fakulteti). ✔️Tadbir yakunida g'olib talaba-yoshlar qimmatbaho hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. 🔂 Bizni kuzating:Telegram |Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube

#LIVE #Zakovat 🟦🟦🟦🟦🟦 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Ittifoq kubogi” doirasida tashkil etilgan “Zakovat” in
+9
#LIVE #Zakovat 🟦🟦🟦🟦🟦 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Ittifoq kubogi” doirasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi yakunlandi.
⚡️ Bellashuv institut "Zakovat" klubi rahbari, Geografiya kafedrasi dotsenti Husniddin Boyqobilov boshqarib borildi. Final bellashuvida jamoalar o‘rtasidagi savol-javob jarayonida ishtirokchilarning tezkor fikr yuritishi, mantiqiy tahlil qilish qobiliyati hamda to‘g‘ri qaror qabul qilish mahorati alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Natijada, eng faol va bilimdon jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, munosib ravishda rag‘batlantirildi. 🔂 Bizni kuzating:Telegram |Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube

#LIVE #Zakovat 🟦🟦🟦🟦🟦 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Ittifoq kubogi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yin
+9
#LIVE #Zakovat 🟦🟦🟦🟦🟦 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Ittifoq kubogi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda “Zakovat” intellektual klubi a’zolari ishtirok etib, final bahslarini katta qiziqish bilan kuzatishdi. Final bosqichiga yetib kelgan fakultetlardan saralangan 9 ta jamoa o‘zaro kuch sinashib, bilim, zehn va jamoaviy hamjihatlik borasida o‘z salohiyatini namoyon etdi.
🔂 Bizni kuzating:Telegram |Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube

#LIVE #Zakovat 🟦🟦🟦🟦🟦 😁Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Ittifoq kubogi” musobaqasi doirasidagi zakovat intellek
+3
#LIVE #Zakovat 🟦🟦🟦🟦🟦 😁Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Ittifoq kubogi” musobaqasi doirasidagi zakovat intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etilgan holda o‘tkazilmoqda. Mazkur o‘yinda uchta fakultetning 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalari ishtirok etmoqda. ✅ Mazkur intellektual bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etib, berilgan savollarga belgilangan vaqt doirasida javob bermoqdalar. 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

#Filologiya #Payshanba_YoshlarKuni DEKAN VA VOLONTYORLAR UCHRASHUVI 😁Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida dekan va volontyor-talabalar o‘rtasida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi. ✅Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fakultet hayotida faol ishtirok etib kelayotgan volontyor yoshlar bilan yaqindan suhbatlashish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek "Filologiya volontyorlari klubi" faoliyati bo'yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Shu bilan birga volontyorlarga bidjek hamda a'zolik guvohnomalari topshirildi. 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

✅✅✅✅ #Vazir_va_yoshlar ✅ Bugun Qashqadaryoda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida navbatdagi "Vaz
+9
#Vazir_va_yoshlar ✅ Bugun Qashqadaryoda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida navbatdagi "Vazir va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shahrisabz davlat pedagogika institutida tashkil etilgan tadbirda talaba yoshlar, mas‘ullar hamda oliygohning pedagogik jamoasi ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalariga quloq tutildi, ularning loyihalari, takliflari hamda kelgusi rejalari haqida so‘z bordi. 🔰 Vazir E'zoza Karimova yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berib, o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi. Shuningdek, bir guruh faol va iqtidorli talabalar esdalik sovgalari bilan taqdirlandi. 🌐 Hududdagi jarayonlar davom etmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti talaba-yoshlar o‘rtasida “Munozara" intellektual ko‘rik-tanlov
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti talaba-yoshlar o‘rtasida “Munozara" intellektual ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. ✍️ Loyihaning maqsadi: ✅ Yoshlarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish ✅Asosli fikr bildirish madaniyatini shakllantirish ✅Muloqot va nutq madaniyatini oshirish ➡️ Tanlov qay tartibda o'tkaziladi? 🔎 Talab va istaklarga binoan tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida o'zbek tilida olib boriladi. Ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib, belgilangan mavzular asosida bahs-munozara olib boradilar. Har bir jamoaga o‘z fikrini bayon etish va xulosa qilish uchun belgilangan vaqt beriladi. 🎁 Tanlov yakunida ishtirokchilarga I, II va III darajali diplomlar hamda sovg‘alar topshiriladi. 🕐Ro'yxatdan o'tish muddati: 2026-yil 4-aprel (12:00) 📞Murojaat uchun: Filologiya fakulteti "Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar" koordinatori @Mumtozbegim_off 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAMl

AMIR TEMUR VORISLARI” ARQON TORTISH MUSOBAQASI 🪢🏆 #ArqonTortish Arqon tortish ishqibozlari diqqatiga 👇 Shahrisabz davlat p
AMIR TEMUR VORISLARI” ARQON TORTISH MUSOBAQASI 🪢🏆 #ArqonTortish Arqon tortish ishqibozlari diqqatiga 👇
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti yoshlar kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan buyuk sarkarda Amir Temur hayoti va jismoniy kuch hamda jamoaviy hamkorlik ruhiga bag‘ishlangan “Arqon tortish” musobaqasiga start beriladi.
📍O‘tkazish joyi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti ⏰O‘tkazilish sanasi: 9-aprel, 14:00 📝Zayavkalar qabul qilish muddati: 8-aprel, 23:00 gacha 📞Murojaat uchun: @marjona_kuldasheva Tel: +998 88 409 00 80 Barchangizni kuch, birdamlik va g‘alaba sari chorlaymiz! 🪢💪🔥 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAMl

“AMIR TEMUR VORISLARI” SHAXMAT TANLOVI ♟️🏆 #Shaxmat Shaxmat ishqibozlari diqqatiga 👇 Shahrisabz davlat pedagogika instituti
“AMIR TEMUR VORISLARI” SHAXMAT TANLOVI ♟️🏆 #Shaxmat Shaxmat ishqibozlari diqqatiga 👇
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti yoshlar kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan buyuk sarkarda Amir Temur hayoti va strategik tafakkuriga bag‘ishlangan “Shaxmat” tanloviga start beriladi.
 📍O‘tkazish joyi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti ⏰O‘tkazilish sanasi: 8-aprel, 13:30 📝Zayavkalar qabul qilish muddati: 7-aprel, 23:00 gacha 📞Murojaat uchun: @Isroilovam_1604 Tel: +998 90 891 90 73 Barchangizni aql va strategiya jangiga taklif qilamiz! ♟️🧠🔥 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAMl

😁 TEMUR VORISLARI" ZAKOVAT TURNIRI 🏆 #Zakovat Zakovat ishqibozlari diqqatiga 👇 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filo
😁 TEMUR VORISLARI" ZAKOVAT TURNIRI 🏆 #Zakovat Zakovat ishqibozlari diqqatiga 👇 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti yoshlar kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan buyuk sarkarda Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yiniga  start beriladi. 📍 O‘tkazish joyi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti ⏰O‘tkazilish sanasi: 10-aprel, 14:00. 📝Zayavkalar qabul qilish muddati: 9- aprel 23:00 gacha 📞 Murojaat uchun: @Ismoi_1ova Tel: +998 99 029 83 51 Barchangizni bilimlar jangiga taklif qilamiz! 🧠🔥 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAMl

#olimpiada 😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o'rtasida "Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi"ga start berilmoqda! ➡️Musobaqalar sportning voleybol, basketbol, futbol, stol tennisi va yengil atletika turlari bo‘yicha bo'lib o'tadi. ✅Musobaqada ishtirok etish uchun faqatgina erp.sport.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan talabalargina qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish 30-martga qadar davom etadi. ➡️Qo‘shimcha savollar bo‘yicha guruh tyutoriga yoki dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin. 🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TelegramFacebookInstagramshdpi.uz  ✅You tube

#OAVda_biz 🗞 "O'zbekiston talabasi" jurnalining 2026-yil yanvar oyi sonida (1): ➡️ Shahrisabz davlat pedagogika institutinin
+3
#OAVda_biz 🗞 "O'zbekiston talabasi" jurnalining 2026-yil yanvar oyi sonida (1): ➡️ Shahrisabz davlat pedagogika institutining Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 1-bosqich talabasi Xolboyev Muhammadinom Komil o'g'lining "Virtual jang maydonidagi sirlar" nomli maqolasi chop etildi. ➡️Mazkur maqolada bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda yoshlarning virtual olamga bo‘lgan qiziqishi, xususan, mobil o‘yinlar va raqamli platformalarning ularning dunyoqarashi, fikrlashi hamda kundalik hayotiga ko‘rsatayotgan ta’siri chuqur tahlil qilingan. ➡️https://t.me/uzb_talabasi_jurnali/40 🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TelegramFacebookInstagramshdpi.uz  ✅You tube

⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ | 🔤🔤✅🌹🔤'😴
❤️ Navro‘z – bu nafaqat fasllar almashinuvi, balki inson qalbining poklanishi, mehr-oqibat va birlik ramzidir.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TelegramFacebookInstagramshdpi.uz  ✅You tube

#Abdulla_Oripov_tavalludi 🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🖌21-mart — Oʻzbekiston xalq shoiri, “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni sohibi, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbobi Abdulla Oripov tavallud topgan kun. 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida adib tavalludiga bag‘ishlab Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi a’zolari ishtirokida #Oripov_izdoshiman video-chellenji start oldi!
🇺🇿 Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi 1-bosqich talabasi, "Besh tashabbus loyihalari" koordinatori Axmatova Zilola Zokir qizi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TelegramFacebookInstagramshdpi.uz  ✅You tube

#tavvallud 21-mart — Oʻzbekiston xalq shoiri, “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni sohibi, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbob
#tavvallud 21-mart — Oʻzbekiston xalq shoiri, “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni sohibi, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbobi, XX asr o‘zbek adabiyoti va she’riyatining taniqli vakili hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi matni muallifi Abdulla Oripov tavallud topgan kun. 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

🌿 NAVRO'Z MUBORAK! 🎂 Sizlarni kirib kelgan ulug‘ va qutlug‘ bayram — Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Navro‘z — bu faqat bayram emas, balki mehr-oqibat, bag‘rikenglik va yangi umidlar boshlanishidir. Ushbu qutlug‘ kunlarda har bir xonadonga fayz-u baraka, qalblarga esa quvonch va iliqlik kirib kelsin. Yangi yil barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik, ishlaringizga esa ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin. Har bir ezgu niyatingiz amalga oshsin! 🌸 Navro‘z muborak bo‘lsin! 👥 Yuksak ehtirom bilan Filologiya fakulteti Yoshlar kengashi 🛫 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM

#Abdulla_Oripov_tavalludi 🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🖌21-mart — Oʻzbekiston xalq shoiri, “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni sohibi, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbobi Abdulla Oripov tavallud topgan kun. 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida adib tavalludiga bag‘ishlab Filologiya fakulteti Yoshlar Kengashi a’zolari ishtirokida #Oripov_izdoshiman video-chellenji start oldi!
➡️Filologiya fakulteti "Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar" koordinatori Asqarova Mumtozbegim (+998885870723)
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TelegramFacebookInstagramshdpi.uz  ✅You tube

#Ijara_xonadonlari 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida ijara xonadonlaridagi talabalar yashash sharoitlarini o'rganis
+2
#Ijara_xonadonlari 😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida ijara xonadonlaridagi talabalar yashash sharoitlarini o'rganishga qaratilgan tashriflar davom etmoqda. ➡️ Filologiya fakulteti:
➡️ Fakulteti dekani A.Berdiyev, xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi N.Pulatova hamda tyutorlar Sohibqiron MFY Bobur ko'chasi 39-uy va Fusunkor ko'chasi 41- uyda ijarada xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan uchrashdilar.
➡️ Ijtimoiy fanlar fakulteti:
➡️ Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o'rinbosari E.Nuraliyev hamda fakultet tyutori M.Vohidova Sohibqiron MFY Qo'shchasma ko'chasi 45-uy, To'rtko'l ko'chasi 118-uy va Ziyokor MFY Gulzor ko'chasi 3-uy ijara xonadonlarida yashaydigan talabalar holidan xabar olishdi. Uchrashuv davomida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazilishi, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi holati o‘rganildi.
➡️ Pedagogika fakulteti:
➡️ Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi M.Temirova, tyutorlar A.Rajapova, M.Tursunovalar Sohibquron MFY To‘rtko‘l ko‘chasi 69B 5-uyda ijarada xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan uchrashdilar.
✔️ Uchrashuv davomida talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning kundalik turmush tarzi, o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarligi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TelegramFacebookInstagramshdpi.uz  ✅You tube

+5
#talabalar_turar_joyi
🌸 Navro‘z — qadriyatlar va an’analar bayrami!
✅1-son Talabalar turar joyida Filologiya fakulteti tyutorlari R.To‘raqulova hamda M.Bahranova tomonidan 1-kurs xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Navro‘z — qadriyatlar va an’analar bayrami!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🔘 Bahor faslining kirib kelishi bilan tabiat uyg‘onadi, inson qalbida esa yangi orzu-umidlar, ezgu niyatlar jo‘sh uradi.
➡️Tadbir ham ana shu ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Unda milliy qo‘shiqlar yangrab, raqslar ijro etildi, talabalar o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etdilar. Ayniqsa, milliy liboslardagi chiqishlar ishtirokchilar va tomoshabinlarga alohida zavq bag‘ishladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TelegramFacebookInstagramshdpi.uz  ✅You tube

#talabalar_turar_joyi 🪷Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir! ➡️ Bugun 1-son Talabalar turar joyida Filologiya fakultet
+6
#talabalar_turar_joyi
🪷Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!
➡️ Bugun 1-son Talabalar turar joyida Filologiya fakulteti tyutori E.Muhammadiyev va O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-25-guruh talaba-qizlari ishtirokida “Xush kelding,o'lkamga bahor” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. 🟢Tadbir davomida talabalar tomonidan bahor faslini madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bahorning go‘zalligi, tabiatning uyg‘onishi, inson qalbida paydo bo‘ladigan iliq tuyg‘ular haqida qiziqarli chiqishlar bo‘ldi. ✔️Ishtirokchilar bahor faslining inson hayotidagi o‘rni, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz bilan bog‘liqligini ham alohida ta’kidlab o‘tishdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TelegramFacebookInstagramshdpi.uz  ✅You tube