fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید 👈

Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷

Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷

کانال بسته

• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
436
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-97 روز
-7030 روز
آرشیو پست ها
Qaysi kanalga qarasam futbol temada, shu o'yinga sira qiziqolmadim da. Qizlar qirmizlar futbolni ko'rdingizmi, kimlar menga o
Qaysi kanalga qarasam futbol temada, shu o'yinga sira qiziqolmadim da. Qizlar qirmizlar futbolni ko'rdingizmi, kimlar menga o'xshab qiziqmaydi🙄) Rasmni kecha dalada yurganimda tushirgandim, o'zimga juda chiroyli tuyildi😊

Shunaqa yoz wibe beradigan asaal prezentatsiya yasayapman kechki darsimga☀️

پیام ویدیو00:25

Merhabalar qizlar qirmizlar🌟 Shu kitobni o'qib ko'rganlar bormi, kechadan beri oldimdan chiqadi. Sotib olsammikan deb o'ylab
+1
Merhabalar qizlar qirmizlar🌟 Shu kitobni o'qib ko'rganlar bormi, kechadan beri oldimdan chiqadi. Sotib olsammikan deb o'ylab qoldim. Olib o'qishga arziydigan kitobmi yoki shunchaki trend bo'lgani uchun hamma o'qib yotibdimi?

Airlearn: Duolingo bilan fotihalangan ekan, ikkalasi turmush qurisharkan🌟

Marining FeminIQ 1.0 kursini sotib olgandim. Shuni oxirgi podkastini bugun eshitib tugatdim. Hamma podkastlardan umumiy olgan
Marining FeminIQ 1.0 kursini sotib olgandim. Shuni oxirgi podkastini bugun eshitib tugatdim. Hamma podkastlardan umumiy olgan xulosamni aytadigan bo'lsam, qizlar hayotining markaziga doim o'zini qo'yishi kerak. Har doim o'zingizning hobilaringiz va qadriyatlaringiz bo'lsin, ularni hech kim uchun o'zgartirmang. Hayotingizga kim kirib kelishidan qat'iy nazar har doim bor e'tiboringiz o'zingizda va o'zingizni rivojlantirishda bo'lsin. O'z chegaralaringiz bo'lsin,u chegaralaringizni buzib o'tishlariga, oyoqosti qilishlariga yo'l qo'ymang! Bu kursda aytilgan narsalarni anchasini bilardim, lekin kurs orqali yana bir bor to'g'ri fikrda ekanimga ishonch hosil qildim❤️

Merhabalar🎀 Qizlar sizlarga bir savol bilan keldim. Sizda makiyaj qilish uchun faqat 2 ta narsani tanlash imkoniyati bo'lsa,
Merhabalar🎀 Qizlar sizlarga bir savol bilan keldim. Sizda makiyaj qilish uchun faqat 2 ta narsani tanlash imkoniyati bo'lsa, qaysi makiyaj mahsulotlarini tanlardingiz👄 Meniki tush bilan blesk bo'lardi💋) Siz uchun eng vozkechilmaslari qaysilar, javobingizni kamentariyaga yozing🌸

Iyunda ochilgan guruhim bilan bugun takrorlash qildik, o'tilgan 3 ta dars bo'yicha qoidalarni, lug'atlarni takrorladik va kon
+1
Iyunda ochilgan guruhim bilan bugun takrorlash qildik, o'tilgan 3 ta dars bo'yicha qoidalarni, lug'atlarni takrorladik va konuşma qildik. Qizlarimni hammasi a'lochi, 3 ta darsni ichida ancha narsa o'rganib qo'ydik. Konuşmalari ham yaxshi, xullas darsdan kayfiyatim zo'r bo'lib chiqdim💜

Doktorga ko'rindim tishizni olib davolash kerak dedi. O'zi onamni majburlashi bilan kelgandim, shanba kuni og'rib keyin yana
Doktorga ko'rindim tishizni olib davolash kerak dedi. O'zi onamni majburlashi bilan kelgandim, shanba kuni og'rib keyin yana o'tib ketgandi. Og'rimayapti ku desam ham onam yur og'riydi yana baribir ko'rsatamiz deb olib kelgandi. Oldirish kerakligi eshitgandan keyin ketamiz og'rimayapti deb turib oldim. Doktor bilan ikkalasi amallab oldirishmoqchi bo'lishdi, lekin oldirmadim. Keyinroq avgustlarda davolatimiz dedim, issiqda kimga kerak har kuni qatnash doktorga jonimni og'ritib. Oydekkina bo'lib turibdi, og'risin keyin boraman yana🌟 Doktor kap-katta qiz nega qo'rqasan deydi, hamma qo'rqadi ku to'g'rimi🙂

Ertalabdan tish shifokorga kelgan ustozdan salomlar
Ertalabdan tish shifokorga kelgan ustozdan salomlar

Shuni eshitib bo'lgandan keyin o'zimni tahlil qilib ko'rdim. Men insonlarga ko'pincha qochuvchi bog'lanish usubida munosabatda bo'lar ekanman. Ya'ni bir inson bilan darrov yaqin bo'lib unga bemalol ishonishim juda ko'p vaqt talab qiladi. Va u bilan juda yaqin bo'lsam o'zimni ojizday his qilishni boshlayman. Ya'ni hayotimni butun iplarini u insonga berib qo'yayotganday bo'laman. Siz qaysi uslubda insonlarga bog'lanasiz?

Ko'chalarni supurib suv sepdim, endi supada toza havoda o'tirib sizlarga bugungi eshitgan podkastim haqida aytib bermoqchiman
Ko'chalarni supurib suv sepdim, endi supada toza havoda o'tirib sizlarga bugungi eshitgan podkastim haqida aytib bermoqchiman. Psixologiyada insonlani bir-biriga 4 xil bog'lanish usuli(bağlanma stili) bor ekan. Ya'ni bu do'stiz bilan yoki turmush o'rtog'iz bilan, xullas atrofizdagi insonlar bilan qanday munosabat qilishingiz ekan. 1️⃣Xavfsiz bog'lanish(güvenli bağlanma) — o'ziga va boshqalarga ishonadi, yaqin munosabatlardan qo'rqmaydi va sog'lom munosabat qura oladi. Bunday inson har doim sokin va tinch bo'ladi. Muammolarni urush-janjal qilmasdan bemalol gaplashi hal qila oladi. 2️⃣Xavotirli bog'lanish(Kaygılı bağlanma) — bunda har doim tark etishdan qo'rqadi, doimiy e'tibor va tasdiq kutadi va rashk va havotirga moyil bo'ladi. Ya'ni shunday inson bilan munosabat qurdingizmi sizga yopishib oladi dardi faqat siz bo'lasiz. 3️⃣Qochuvchi bog'lanish( Kaçingan bağlanma) — mustaqillikni haddan tashqari qadrlaydi, hissiyotlarini ochishni yoqtirmaydi va yaqin munosabatlardan qochishga moyil bo'ladi. 4️⃣ Tartibsiz /qo'quvli-qochuvchi bog'lanish(Dağınık/korkulu-kaçıngan bağlanma) — ham yaqinlikni xohlaydi, ham undan qo'rqadi. Munosabatlarda beqaror bo'ladi, ko'pincha ishonch va qo'rquv o'rtasida qoladi.

Qanday qilib bu sferaga tushib qoldim? Part 3️⃣ Xullas o'quv markazga borib turk tilini o'rganishni boshladim. Lekin menda bi
Qanday qilib bu sferaga tushib qoldim? Part 3️⃣ Xullas o'quv markazga borib turk tilini o'rganishni boshladim. Lekin menda bir muammo bor edi darslar qoraqalpoq tilida o'tilardi. Aytishingiz mumkin 4 yil shuyoqda o'qib ham o'rganib olmadingizmi deb, o'rgandim gaplashganda bemalol tushunardim. Ammo grammatikasidagi so'zlar ham boshqacha aytilardi maslat ot, sifat, yoki ko'plik qo'shimchasi kabi so'zlar umuman boshqacha edi. Men qoraqalpoq tili grammatikasini bilmaganim uchun tushunishda qiynalishni boshladim. Ustoz o'zbekchasi qanday bo'ladi desam ustozim o'zbek tilini grammatik so'zlarini bilmasdi. Bundan tashqari oylik to'lov ham qimmatlik qildi, har kuni yo'lkira kechga qolib ketsam taksida kelardim. Va yana bittasi har bir o'quvchi bilan alohida ishlanmasligi. Shunday qilib u yerga borishni to'xtatdim. Onlineda opamni bitta tanish ustozi bor ekan, opam shu ustoz yaxshi tayyorlaydi,birga tayyorlanamiz dedi. Ho'p deb birga tayyorlandik va ikkalamiz ham natija qildik. Men turk tili tayyorlanib yurgan paytim ham niyatim zo'r qilib o'rganib o'quvchi tayyorlash edi. Shunday qilib bir kuni telegram kanallarimni ko'rib o'tirgandim, bitta kanalda turk tili ustozi kerak degan post ko'rib qoldim. Va kanal egasiga yozdim, xullas shunday qilib ishga kirdim. U payti qo'limda faqat bitta telefonim bor edi, kompyuterimni keyin oberishgan. Uyimizda wf ham yo'q edi, supamizda internet zo'r ishlardi. Yoz bo'lgani uchun darslarimni supada o'tardim, keyin kuzda yana o'qishga ketdim va u yerda ham dars berishda davom etdi. Shu bilan sekin-sekin o'z harajatlarimni qoplashni, kurslarim uchun onamlardan kamroq pul ola boshladim. Xullas shu turk tili sabab ancha narsaga erishdim. O'sha payti tushunib yetdim qizlar hozir imkonim yo'q qilolmayman deganingiz bilan hech kim sizga yordamga kelmas ekan. O'zimizga o'zimiz imkon yaratishimiz kerak. Muhimi boshlash va davom etish. Qolganiga yo'lda sekin-sekin erishib boraverarkansiz. Har doim o'z ustingizda ishlang, hayotingizda qaysi davrida bo'lsangiz ham o'rganilgan bilim hech qachon bekorga ketmaydi💚. Fikrimga qo'shilsangiz bitta ❤️‍🔥

Men: Ona olchalarni ham terib bo'ldik bugun endi mazza qilib dam olamiz. Onam: Tur bankalarni yuv kampot qilamiz Men:🤩 Qizla
Men: Ona olchalarni ham terib bo'ldik bugun endi mazza qilib dam olamiz. Onam: Tur bankalarni yuv kampot qilamiz Men:🤩 Qizlar dam olyapsizlarmi yakshanba kuni?

Boya bobomlarni uyiga borgandik, tut daraxtiga ko'zim tushdi. Kelinoyimdan tut yana qachon pishadi deb so'rasam bo'ldi endi p
+1
Boya bobomlarni uyiga borgandik, tut daraxtiga ko'zim tushdi. Kelinoyimdan tut yana qachon pishadi deb so'rasam bo'ldi endi pishmaydi dedi📱 Men bu yil hali umuman yemagandim😭. Avvalroq birinchi pishganini ko'rgandim, lekin keyingi mevasida yeyman o'sha shirin bo'ladi deb yemagandim. Bugun lekin rosa yegim keldi oq tut, boshqa pishmasligini eshitganimdan keyin dunyolar boshimga yiqilganday bo'ldi🥺 Yana kimlar yeyolmay qoldi❤️

Qanday qilib bu sferaga tushib qoldim? Part2️⃣ Shunday qilib men keyingi yil Urganchga topshiraman deb yurdim, keyin institut
Qanday qilib bu sferaga tushib qoldim? Part2️⃣ Shunday qilib men keyingi yil Urganchga topshiraman deb yurdim, keyin institutdagi ona-tili adabiyotchi xorazmlik bir ustoz bilan tanishib qoldim. O'sha ustoz aytdi ketma bu yer ham yaxshi, hozir moslasholmayotganing uchun ketging kelyapti deb. Juda Urganchda o'qishni xohlasang mayli keyingi yil topshirib ko'r, lekin bu yerda o'qishni davom ettiraver, Urganchga kirsang keyin bu yerga ariza yozib ketaverasan dedi. Shunaqa qilsang hech narsa yo'qotmaysan deb maslahat berdi. Ho'p deb o'qishda davom etdim va yana dtmga tayyorlanishga Nukusdan kitoblar sotib oldim. Keyin bir kuni kechqurun qani tayyorlanaychi deb qo'limga tarix kitobini oldim. O'qish umuman yoqmaydiku boyagini, bir tarafda grand o'qib yuribman stipendiya olib. Keyin o'ylanib qoldim nima zaril menga yana miyyamni achitib dtmga tayyorlanib, undan yaxshisi til o'rganaman deb. Shu bilan Nukusda qoldim, u yerda juda ko'p tanishlar orttirdim va guruhimizdagi qizlar bilan ham yaqin bo'lib ketdim. Guruhda men starsta bo'ldim baholarimni hammasi 5 edi va stipendiyam ham oshdi. Xullas borgan sari Nukus yoqa boshladi. Birinchi kursda deyarli ko'zga ko'rinadigan narsa o'rganmadim, rasmdagiday dam oldim😁,faqat badiiy kitoblar sotib olib shularni ko'p o'qirdim. Keyin birinchi kursni yozida arab tilini o'rganishni boshladim va harflarni ularni bir-biriga qo'shib o'qishni o'rgandim. 2-kursni boshida kuzda ham arab tiliga borib yurdim. Orada uzilishlar ham bo'ldi. Xullas keyin turk tiliga qiziqishni boshladim va uni ham 3 4 ustoz almashtirib orada o'zim mustaqil shug'ullanib o'rgandim. Keyin o'tgan yili bahorni boshida offline tayyorlaman deb o'quv markazga bordim va u yerni ham tashlab ketdim. U yerda 2 hafta o'qib tashlab ketishimga 3 ta asosiy sabab bor edi. Davom ettiraymi? Haa davomini tez yozing-❤️‍🔥 Albatta keyinchi-❤️

Merhabalar herkese💚 Naushnikni mana shu joyi zo'rda, ish qilib ham bemalol podkast eshitib yuraverasiz. Naushnik vashshe zo'
+1
Merhabalar herkese💚 Naushnikni mana shu joyi zo'rda, ish qilib ham bemalol podkast eshitib yuraverasiz. Naushnik vashshe zo'r ekan, 4-5 soatlab taqib yurib ko'rdim, umuman qulog'imni og'ritmadi. Yana juda mahkam ekan nima qilsangiz ham tushib ketmaydi. Xullas, naushnikka baho 10/10☑️

Darsimni ham o'tib bo'ldim, endi bemalol uxlashim mumkin🩷
+1
Darsimni ham o'tib bo'ldim, endi bemalol uxlashim mumkin🩷

Qanday qilib bu sferaga tushib qoldim? Ho'p qizlar bugun sizlar bilan qanday qilib turk tili ustozi bo'lib qolganim haqida gaplashamiz. Albatta videodagiday bir aylanib bo'lib qolmaganim aniq🥺 Institutga yangi kirgan paytlarimiz ustozlar har doim so'rardi o'qishni bitirgandan keyin kim qanday ishda ishlamoqchi deb. Men o'sha payti aytardim men faqat kuniga 3 4 soat borib kelib ishlanadigan yaxshi ishda ishlayman, ko'p vaqtimni ishda emas oilam bilan o'tqazishni xohlayman deb. Lekin u payti u ish nima ish o'zi o'zim ham bilmasdim. Ammo har doim bitta narsani orzu qilardim ko'p tillarni o'rganib o'zimni shaxsiy o'quv markazimni ochish va qo'limda o'qituvchilar ishlatishni. Institutga uzoqqa ya'ni Nukusga kirganim o'zimga yoqmagandi, chunki Urganchga o'qishga kirsam menga ish tayyor edi. Dtmga tayyorlagan ustozim seni yonimda shogirt qilib olib qolaman,o'zim oylik beraman deb aytardi. Shuning uchun ham Urganchda o'qishni juda xohlagandim. Lekin nasibam Nukusda ekan shu yerga o'qishga kirdim. 1-kurs paytim institutni tashlab ketmoqchi ham bo'lganman, keyingi yil Urganchga topshiraman yana deb, lekin bitta voqea sabab bu fikrimdan qaytganman Nima voqea ekani qiziqmi? Haa ayting-❤️‍🔥 Albatta qiziq-❤️

Bu xabarni onamga tashlayman, farg'onadan ham xaridor chiqyapti, chiyalaringiz mashhur bo'ldi deb😃
Bu xabarni onamga tashlayman, farg'onadan ham xaridor chiqyapti, chiyalaringiz mashhur bo'ldi deb😃