Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷
کانال بسته
• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
436
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-97 روز
-7030 روز
آرشیو پست ها
Qanday qilib bu sferaga tushib qoldim?
Ho'p qizlar bugun sizlar bilan qanday qilib turk tili ustozi bo'lib qolganim haqida gaplashamiz.
Albatta videodagiday bir aylanib bo'lib qolmaganim aniq🥺
Institutga yangi kirgan paytlarimiz ustozlar har doim so'rardi o'qishni bitirgandan keyin kim qanday ishda ishlamoqchi deb.
Men o'sha payti aytardim men faqat kuniga 3 4 soat borib kelib ishlanadigan yaxshi ishda ishlayman, ko'p vaqtimni ishda emas oilam bilan o'tqazishni xohlayman deb.
Lekin u payti u ish nima ish o'zi o'zim ham bilmasdim. Ammo har doim bitta narsani orzu qilardim ko'p tillarni o'rganib o'zimni shaxsiy o'quv markazimni ochish va qo'limda o'qituvchilar ishlatishni.
Institutga uzoqqa ya'ni Nukusga kirganim o'zimga yoqmagandi, chunki Urganchga o'qishga kirsam menga ish tayyor edi. Dtmga tayyorlagan ustozim seni yonimda shogirt qilib olib qolaman,o'zim oylik beraman deb aytardi.
Shuning uchun ham Urganchda o'qishni juda xohlagandim. Lekin nasibam Nukusda ekan shu yerga o'qishga kirdim.
1-kurs paytim institutni tashlab ketmoqchi ham bo'lganman, keyingi yil Urganchga topshiraman yana deb, lekin bitta voqea sabab bu fikrimdan qaytganman
Nima voqea ekani qiziqmi?
Haa ayting-❤️🔥
Albatta qiziq-❤️
Bu xabarni onamga tashlayman, farg'onadan ham xaridor chiqyapti, chiyalaringiz mashhur bo'ldi deb😃
+1
Assalomu alaykum qizlar, bizda bugun chiya(olcha) terish kuni
Sezon boshlandi endi 2 3 kunim bog'da o'tadi, yordamga kelinglar😭
+1
Bu issiqda ovqat yegisi ham kelmaydi odamni🦕
Xolodelnikda turgan mana shunaqa go'ja yoki muzdakkina qovun-tarvuz bo'lsa bo'ldi, boshqa ovqat ham shartmas.
Juda yomon issiq bo'lyabdiye Xorazmda, boshqa viloyatlarda ob-havolar qanday qizposhshalar😕
+1
Ertalabdan o'quvchisidan kelgan shunaqa xabarni ko'rib kayfiyati 1000 bo'lgan ustozdan salomlar❤️
O'quvchilarimdan shunaqa xabarlarni olganimda ich-ichimdan ha demak o'quvchilarimni ko'nglidagiday ustoz bo'lolyapman ekan degan fikr o'tadi va juda xursand bo'laman.
Sen sabab kimdir yangi narsa o'rganishi qanday yaxshi. Shuning uchunam aytishsa kerak o'qituvchilik muqaddas kasb deb❤️
🤍Men hurmat qiladigan Top 3 xarakterga ega insonlar:
1️⃣ Samimiy
U inson hayotda o'zi qanday bo'lsa kamchiliklari va yutuqlari bilan buni aytishdan uyalmasa, ya'ni o'zligidan qochib insonlarga boshqacha ko'rinishga harakat qilmasa,u insonni shu harakteri uchungina do'st bo'lishim mumkin.
2️⃣ Ma'sulyatli
Ya'ni har doim aytilgan vaqtda aytilgan joyga boradigan hech bir narsani e'tiboridan chetda qoldirmaydigan va shaxsiy javobgarlikka ega shaxs bo'lsa.
3️⃣ Saxiy
Ya'ni qizg'anchiq, ziqna bo'lmasa. O'zidagi bor narsalarni atrofidagi insonlar bilan bemalol bo'lisha olsa. Bu degani har narsasini odamlarga tarqatsin deganimas. Shunchaki imkon doirasida boshqalarga bersa va ularga berganidan xursand bo'lsa.
📌Shu 3 xarakterga ega inson bilan men o'ylanmasdan do'st bo'lardim.
Sizni odamlarda qadrlaydigan xarakterlaringiz qaysilar, izohlarda yozing)
+1
Jiyanlarimni uxlaganidan foydalanib, o'quvchilarimni uyga vazifalarini tekshirib chiqdim💜
Qizlarimni hammasi a'lochi ekan, unaqa ko'p xato qilishmabdi. Mazza qilib, yaxshi kayfiyatda tekshirdim.
O'tib bergan mavzuni o'quvchilar tushunib, uyga vazifalarni ham zo'r qilib ishlab kelishsa ustoz uchun shundan ortiq baxt yo'q, nima dedinglar📤
Oramizda ustozlar bormi)
Assalomu alaykum xolajonlari🤩
Uyimizga jiyanlarim keldi, bu degani men kuni bo'yi enagachilik qilaman🤦♀️
Assallarim kelgunicha ko'zim to'rt bo'lib kutaman, 2 3 soat yurishgandan keyin qachon ketasizlar deb boshlayman🥹
Sizlardayam shunaqami, yoki faqat mendami🌟
Har bir muvaffaqiyatning ortida beqiyos qiyinchilik bordir.Bitta ishni boshladizmi sal qiynalganizdan tashlab ketmang, qiyinchiliklar va mag'lubiyatlar bo'lsa ham rivojlanishda davom eting. Shundagina g'alabaga erishishingiz mumkin. Muvaffaqiyatga erishganizda hamma qiyinchiliklaringiz esingizdan chiqib ketadi. Eng muhimi to'xtab qolmang!
Assalomu alaykum qizlar, menda bugun shunaqa yangiliklar✉️
Endi bemalol ish qilib yurganda ham podkast eshitib darslarimni eshitib yuraveraman.
Shu paytgacha juda ko'p naushnik almashtirganman, har xilidan ishlatib ko'rganman. Hammasi zo'r edi, faqat hammasining bitta - tarafi 2 3 soatlab taqib yursam hammasida qulog'im og'rib qolardi.
Shuning bu safar shunaqa modelni sinab ko'rmoqchiman. Ko'rinishi rosa yoqdi lekin o'zimga, rangi oq emas sal boshqacharoq, rasmda oqday bo'lib qolibdi.
Ishlatib ko'rganlar bormi oramizda? Qanday fikrdasizlar yaxshimi yoki buyam quloqni og'ritadimi🥺
Bugun men uchun rosa charchoqli kun bo'ldi ertalabdan ishga kirishganim uy supurdim, dalaga chiqdim, kampot uchun meva terdim. Xullas kechgacha tinim bo'lmadi.
Keyin kechqurun bitta o'zim manti qildim. Darsga kech qolmay deb mantiniyam shoshilinch yeb, qayerga tushganiniyam bilmay dars o'tishga kirdim😭
Darsdan chiqib idishlarni yuvib bemalol bo'lib yozyapman bu postni.
Bugun Pro Türkçe guruhimdagi qizlar bilan birinchi darsni o'tdik. Nechta yangi guruh ochgan bo'lishimga qaramay birinchi dars har doim hayajonli bo'ladi.
Chunki hammasi yangi insonlar, hammasi katta umidlar bilan qo'shilishgan. Shunday qilib dars tugadi va o'quvchilarimdan shunaqa fikrlar olib charchoqlarim ham chiqib ketdi❤️.
Darsdan keyin anonim tashladim, dars haqidagi fikrlarini so'rab. Chunki darsdan qoniqmagan joylari bo'lsa lichkada yozolmasliklari mumkin. Lekin anonimda bemalol yozishadi.
Sababi kim ekanligi bilinmaydi anonimda. Lekin anonimga kelgan fikrlarni deyarli hammasi shunaqa iliq, energiya beradigan fikrlar edi.
Shu kasbni tanlaganimdan mamnunman🩷
+1
Agar turk tilini boshqatdan boshlaganimda, 6 oy vaqtimni behuda saflamasdim...
Men turk tilini o'rganish uchun juda ko'p ustozlarda o'qiganman, birinchi onlayn boshlaganman va har kuni juda ko'p mavzu o'tilgani uchun ulgurolmay to'xtatganman.
Keyin offline o'quv markazga qatnashni boshlaganman lekin u yerni muhiti va narxlari(650 ming edi va student bo'lganim uchun menga qimmatlik qilgan) yoqmagan.
So'ngra o'zim mustaqil o'rganishni boshlaganman va bunda qiynalganman, chunki vazifalarimni tekshirib beradigan xatolarimni aytib turadigan ustoz yo'q edi.
Keyin yana o'quv markazga offline borganman. 2 hafta borgan bo'lsam hech bir darsda mendan alohida lug'at so'ralmagan. Lug'at umumiy so'ralardi va bilgan darrov aytardi bilmaganlar ulardan eshitganini takrorlab o'tiraverishardi.
Bundan tashqari beriladigan lug'atlar konuşmada kam foydalaniladigan lug'atlar edi, fe'llarni 3 4 darsdan keyin yodlashni boshlaganmiz.
Undan keyin yaxshi ustoz topib yana online boshlaganman va o'sha ustozda oxirigacha tayyorlanib natijaga erishganman.
💡O'sha payti online ta'lim offline ta'limda har taraflaman qulay va sifatli ekanligiga amin bo'lganman.
+1
Bugun "Pro Türkçe" guruhimdagi qizlar bilan birinchi darsni o'tamiz.
Guruhimga qo'shilgan hamma o'quvchilar yozni shunchaki uy ishlari bilan o'tkazib yuborishni xohlamagan, o'zini rivojlantirishni maqsad qilgan qizlar.
Ularni eng katta loyihasi o'zlari va kundan-kunga shu loyihani rivojlantirish va mukammallashtirish uchun harakatdalar💜
Qo'shilish istagida bo'lgan qizlar uchun bugun oxirgi imkoniyat. Kuchli jamoada yangi tilni o'rganish niyatidagilar @Otabekova_Hilola ga yozing.
O'zimni va kanalimni rivojlantirish uchun invistitsiya qildim. Yoz oyi olov bo'ladi menda nasib🎯
Muvaffaqiyatga erishish uchun albatta intizom va davomiylik muhim shuning uchun yaqinda bir chellenj boshlamoqchiman
Qanday chellenj ekanligini tashkillashtirib yo'lga qo'yganimdan keyin aytaman📃
Siz yozni qanday o'tkazmoqchisiz?
Qani kim pishiryapti shivitoshi😅.
Qizlar ko'proq qaysi mavzularda post yozay, sizni fikringiz men uchun muhim. Kammentlarga yozib qoldiring👇
+2
🥘 Bugun sizlar bilan shu ovqatni ya'ni Shivitoshi qanday tayyorlanishini o'rganamiz
Ustidagi nachinka uchun bizga kerakli mahsulotlar:
Go'sht
Kartoshka
Piyoz
Sabzi(ixtiyoriy)
Bulg'or qalampir 1 ta (ixtiyoriy)
Pomidor yoki tamatni pasta.
Shularni hammasini ketma ketlikda qovurib, keyin ustiga ozroq suv solib sekin qaynatib qo'yasiz.
Va hamir qilishga kirishasiz.Bizga hamir uchun birinchi rasmdagiday bir bog' o't ya'ni shivit(ukrop)kerak bo'ladi. Uni maydalab olamiz,men tokli go'sh maydalagichda qildim, xohlasangiz blendrda ham qilishingiz mumkin.
Juda mayda suvli bo'lib chiqadi uni bir idishga solamiz va ichiga 1 ta tuxum, ozroq suv va tuz solib qattiq hamir qilamiz va 10 15 daqiqa tindirishga qo'yamiz.
Hamir tingandan keyin yoyasiz va somoncha shaklida to'g'rab alohida idishda suvga tuz solib qaynatib olasiz. 10 15 daqiqa qaynaganda keyin sovuq suvga olasiz va likopchalarga solasiz.
Ustidan tayyor bo'lgan nachinkasiniyam solib bemalol dasturxonga tortishingiz mumkin, yonida qatiq ham bo'lsa bormi bay bay bay yomon ketadi🌟
Bugun kechga hamma shivitoshi qilib,kammentga rasmini jo'natsin😁)
+1
"Pro Türkçe" guruhimdagi qizlar bilan tanishishni boshladik.
Qizlaring hammasi yaxshi niyatda zo'r natijalarni umid qilib qo'shilishgan.
Ularning ishonchini oqlash uchun men ham darsga idealni darajada tayyorlanyapman.
Nasib bo'lsa hammasi kuzda a'lo natijalar bilan tugatishadi kursni💜
Sizda hali imkoniyat bor, buni qo'ldan chiqarmang. Yana 1 kishi olamiz va shu bilan qabul yopiladi.
Keyingi qabullarimizda narxlarda ham o'zgarish bo'ladi. Hozirgi super narxda qo'shilish uchun @Otabekova_Hilola ga yozing
