Vatandoş KOREYA
رفتن به کانال در Telegram
🇰🇷Koreyadagi vatandoshlar hayoti 🔹Migratsiya yangiliklari 🔹Qonunlarga sharhlar 🔹Foydali maqolalar 🔵Vatandosh.net 🔴youtube.com/@vatandosh_koreya 🔴Reklama: @migrantreklama
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
477
مشترکین
+124 ساعت
+467 روز
+7430 روز
آرشیو پست ها
🇰🇷 Janubiy Koreya sanoatida o‘zbekistonlik ishchilarning roli ortib bormoqda — Yonhap
Janubiy Koreyaning yirik axborot agentligi bugun, 3-sentyabr kuni Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlarining Koreya sanoatidagi o‘rni haqida katta maqola e’lon qildi. Jurnalistlar iyun oyidan buyon Ulsan, Gimxe va Ansan kabi sanoat hududlarida migrantlarning mehnati va hayotini o‘rgangan.
🇺🇿 Maqolada o‘zbekistonlik ishchilarga alohida e’tibor qaratilgan.
Xususan, Ulsandagi kemasozlik korxonalaridan birida ishlayotgan 32 yoshli o‘zbekistonlik Mavroni Payorjon haqida hikoya qilinadi. U 2023-yil mayidan buyon kemalarda ishchilar xavfsiz harakatlanishi uchun vaqtinchalik metall maydonchalarni o‘rnatish va demontaj qilish bilan shug‘ullanadi. U ishlaydigan olti kishilik jamoaning to‘rt nafari O‘zbekiston fuqarosi, ikki nafari koreyalik. Payorjon bir kunda o‘rtacha 18–20 ta konstruksiyani o‘rnatadi. Korxona vakili uning ishini yuqori baholab, malakasi koreyalik ishchilarnikidan qolishmasligini ta’kidlagan. 🏭 Yonhap'ga ko‘ra, Ulsandagi mazkur kemasozlik korxonasida xorijliklar pudratchi tashkilotlar bilan birga jami ishchilarning qariyb 20 foizini, Markaziy Osiyo vakillari esa 10 foizini tashkil qilmoqda. Ular endilikda faqat yordamchi va oddiy ishlarni emas, malaka talab qiladigan vazifalarni ham bajarmoqda. 👨👩👦 Maqolada o‘zbekistonliklar orasida Koreyani faqat vaqtincha ishlab pul topadigan mamlakat emas, balki uzoq muddat yashash joyi sifatida ko‘rayotganlar ko‘payayotgani ham qayd etilgan. Masalan, Gimxedagi avtomobil ehtiyot qismlari korxonasida ishlaydigan 36 yoshli o‘zbekistonlik Hasanbek E-9 vizasini oila a’zolarini Koreyaga olib kelish imkonini beruvchi E-7 vizasiga almashtirgan. U O‘zbekistondagi turmush o‘rtog‘i hamda 8 va 6 yoshli farzandlarini Koreyaga olib kelish uchun pul yig‘ayotganini aytgan. Ulsandagi Payorjon ham E-7 vizasiga o‘tib, 5 va 2 yoshli o‘g‘illarini Koreyada o‘qitishni maqsad qilgan. ⚠️ Shu bilan birga, Yonhap migrantlar uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, nisbatan past ish haqi va ish joyini almashtirishdagi cheklovlar hanuz jiddiy muammo bo‘lib qolayotganini yozgan. Agentlik bunga misol sifatida joriy yil iyul oyida Ulsandagi kemasozlik korxonasida 20 yoshlardagi O‘zbekiston fuqarosining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lganini ham eslatgan.@vatandosh_koreya
🇰🇷 Koreya banklarida xorijlik mutaxassislarga talab oshmoqda
Janubiy Koreya banklari va fintech kompaniyalari xorijlik xodimlarni endilikda faqat chet ellik mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun emas, balki muhim va strategik lavozimlarga ham faol jalb qilmoqda.
Xorijlik mutaxassislar strategik rejalashtirish, ma’lumotlar tahlili, raqamli mahsulotlar yaratish, dasturlash hamda pul yuvishga qarshi kurash kabi yo‘nalishlarda ishlamoqda.
🏦 JB Financialda hozir 17 nafar xorijlik mutaxassis faoliyat yuritadi.
Hana Bankda esa 15 mamlakatdan 52 nafar xorijlik xodim ishlaydi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Bank faqat joriy yilning birinchi yarmida yana 13 nafar xorijlikni ishga qabul qilgan.
Xorijlik mutaxassislar rahbarlik lavozimlariga ham tayinlanmoqda. Masalan, rossiyalik Oleg Smagin JB Financial’ning AX Strategy Division bo‘limida katta menejer sifatida raqamli aktivlar strategiyasi bilan shug‘ullanadi.
📱 Koreyaning yirik fintech xizmatlaridan biri — Toss ham xorijlik mutaxassislarni asosiy mahsulot va texnik jamoalariga jalb qilmoqda.
Bu tendensiya Janubiy Koreya moliya sektorida xorijliklar uchun ish imkoniyatlari mijozlarga xizmat ko‘rsatish doirasidan chiqib, yuqori malaka talab qiladigan sohalarga kengayayotganini ko‘rsatmoqda.
@vatandosh_koreya
🇰🇷 Seulda xorijliklar uchun yagona “MY SEOUL+” portali ishga tushirildi
Seul shahri xorijiy fuqarolar uchun mo‘ljallangan Seoul Foreign Resident Portalni to‘liq yangilab, 1-sentyabrdan “MY SEOUL+” nomi ostida qayta ishga tushirdi.
📌Portaldan xorijliklar immigratsiya va yashash tartiblari, uy-joy, ishga joylashish, tibbiyot, ta’lim, kundalik hayot hamda shahar tomonidan taqdim etiladigan turli qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida ma’lumot olishlari mumkin.
Avval bu ma’lumotlar turli shahar idoralari sahifalarida tarqoq holda joylashgan bo‘lsa, endi ular yagona platformaga jamlangan. 👥 Shuningdek, foydalanuvchilar uchun alohida moslashtirilgan bo‘limlar tashkil etilgan. Unda talabalar, xorijiy ishchilar, nikoh orqali Koreyaga kelgan migrantlar, xorijdagi koreys diasporasi vakillari hamda migrant oilalardagi yoshlar o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni alohida ko‘rishlari mumkin. 🌐 Asosiy ma’lumotlar koreys, ingliz, xitoy va vyetnam tillarida taqdim etiladi. Boshqa tillar uchun esa avtomatik tarjima funksiyasi mavjud. Portalga sun’iy intellekt asosidagi chatbot ham qo‘shilgan. 🗺 Bundan tashqari, Seul Global Center va xorijiy rezidentlarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini xarita orqali topish mumkin. Ularning manzili, aloqa ma’lumotlari, xizmatlari, tadbirlar jadvali va ayrim binolardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rsatiladi. 📱 MY SEOUL+ uchun alohida ilova o‘rnatish shart emas. Portalga kompyuter yoki smartfon brauzeri orqali kirish mumkin.@vatandosh_koreya
🇰🇷 Koreyada E-9 vizasi bilan ishlayotgan xorijliklar soni tarixiy rekordga yetdi
Janubiy Koreyada Mehnatga ruxsat berish tizimi (EPS) orqali E-9 vizasi bilan ishlayotgan xorijliklar soni 287 424 nafarga yetib, tizim joriy etilganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Yonhap agentligining Koreya Mehnat va bandlik vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, bu ko‘rsatkich 2026-yil iyul oyi holatiga tegishli. Ma’lumotlar deputat Kim Vi Sanga taqdim etilgan.
📊 E-9 ishchilari soni yildan yilga oshgan: 2021-yil — 159 463 nafar 2022-yil — 203 121 nafar 2023-yil — 247 191 nafar 2024-yil — 271 925 nafar 2025-yil — 282 839 nafar 2026-yil iyul — 287 424 nafar. 🏭 Ularning 229 844 nafari yoki qariyb 80 foizi ishlab chiqarish sohasida mehnat qilmoqda. 🌾 Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik — 33 878 nafar (11,8%) 🎣 Baliqchilik — 15 441 nafar (5,4%) 🏗 Qurilish — 6 724 nafar (2,3%) 🛎 Xizmat ko‘rsatish — 1 410 nafar (0,5%). Shu bilan birga, Koreya hukumati E-9 ishchilari uchun yillik kvotani 2022-yildagi 69 mingdan 2024-yilda 165 minggacha oshirgan edi. Keyinchalik kvota 2025-yilda 130 mingga, 2026-yilda esa 80 mingga tushirildi. Bunga iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi va korxonalarning xorijlik ishchilarga talabi kamayishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.@vatandosh_koreya
🇰🇷 Koreyada 4 o‘zbekistonlik nega ushlandi?
Koreya politsiyasi to‘rt nafar o‘zbekistonlikni Suriya bilan bog‘liq ekstremistik tashkilotga moddiy yordam ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligi gumoni bilan tergov qilmoqda.
Tergovga ko‘ra, asosiy gumonlanuvchi kriptovalyuta orqali pul o‘tkazgan, Koreyada 11 ta ishlatilgan avtomobil va 2 ta ekskavator sotib olinib, 2025-yilda Suriyaga jo‘natilgan.
To‘rt nafar erkak 13-aprel kuni qo‘lga olingan. Asosiy gumonlanuvchi hibsda, qolgan uch nafari hibsga olinmagan holda tergov qilinmoqda.
Asosiy gumonlanuvchi ayblovlarni rad etib, qarindoshiga pul yuborgani va avtomobil savdosi bilan shug‘ullanganini bildirgan.
⚠️ Hozircha bu — tergov versiyasi. Gumonlanuvchilarning aybdor yoki aybsizligi bo‘yicha yakuniy qarorni sud chiqaradi.
@vatandosh_koreya
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak!
Bugun — xalqimiz uchun eng aziz va qadrli sanalardan biri. 35 yil avval O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanladi.
Mustaqillik — o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, ona tilimiz, qadriyatlarimiz va milliy o‘zligimizni asrab-avaylash, kelajak sari ishonch bilan qadam tashlash imkonidir.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin. Har bir xonadonda fayz-u baraka, mehr-oqibat va xotirjamlik hukm sursin.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿
@vatandosh_koreya
🇰🇷 109-TOPIK imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish 1-sentyabrda boshlanadi
Janubiy Koreyada 109-Koreys tilini bilish darajasi imtihoni (TOPIK I va TOPIK II) uchun ro‘yxatdan o‘tish 1-sentyabrdan boshlanadi.
Koreya Ta’lim vazirligi va TOPIK rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 109-TOPIK uchun umumiy ro‘yxatdan o‘tish davri 1–7-sentyabr etib belgilangan. Imtihon esa 15-noyabr 2026-yil kuni o‘tkaziladi. Natijalar 22-dekabr kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Hududlar kesimidagi sanalarni rasmiy saytda tekshirish tavsiya etiladi.
⚠️ TOPIK rasmiy tizimi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida telefon va planshetlarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Ariza kompyuter yoki oddiy noutbuk orqali topshirilishi kerak.
🔗 TOPIK rasmiy sayti
@vatandosh_koreya
🇰🇷 Koreyada ish joyini o‘zgartirish uchun O‘zbekiston vakolatxonasidan yozma ruxsat shartmi?
Koreya qonunchiligida E-9 ishchisi qaysi holatlarda va qanday tartibda ish joyini o‘zgartirishi mumkinligi aniq belgilangan. Ariza Koreyaning vakolatli bandlik organiga beriladi.
Ammo o‘zbekistonlik ishchilardan bunga qo‘shimcha ravishda Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi bilan yozma kelishish talab qilinmoqda.
❗️Koreya qonunchiligida O‘zbekiston vakolatxonasidan bunday ruxsat olish talabi yo‘q. O‘zbekiston tomonida esa bu talab uch tomonlama shartnomaga bog‘langan, biroq uning bevosita normativ-huquqiy asosi, ruxsat berish va rad etish mezonlari ochiq va aniq belgilanganmi?
Agar mezonlar aniq bo‘lmasa, qarorlar inson omili va subyektiv yondashuvga bog‘liq bo‘lib qolishi xavfi mavjud.
📌 «Vatandosh» ushbu masalaning huquqiy asoslarini tahlil qildi.
👉 Batafsil o‘qish: https://vatandosh.net/oz/news/1018
@vatandosh_koreya
❗️ Ochiq qolayotgan savollar
Migratsiya agentligi vakillari avvalroq Ulsandagi o‘zbekistonlik ishchilar bilan uchrashuvda uch tomonlama shartnomadagi jarima undirishga oid band bekor qilinganini ma’lum qilgan edi.
Biroq Agentlikning rasmiy bayonotida shartnoma bandlari muhokama qilingani va tegishli o‘zgartirishlar bo‘yicha tavsiyalar berilgani haqidagi umumiy ma’lumotlar bilan cheklanilgan. Unda adolatsiz deb baholanayotgan bandning olib tashlangani ochiq va aniq aytilmagan.
Shuningdek, quyidagi savollar ham javobsiz qolmoqda:
🔹 Jarimaning bekor qilinishi aynan kimlarga tatbiq etiladi?
🔹 Shu paytgacha hisoblangan va undirilgan jarimalar taqdiri nima bo‘ladi?
🔹 Sudga kiritilgan da’volar qayta ko‘rib chiqiladimi?
🔹 To‘lovni amalga oshirgan fuqarolarning mablag‘lari qaytariladimi?
🇰🇷 Koreyadagi yurtdoshlarimizni qiziqtirayotgan ushbu savollar yuzasidan “Vatandosh” nashri Migratsiya agentligidan ochiq va aniq javob kutib qoladi.
@vatandosh_koreya
🇰🇷 Ulsandagi o‘zbekistonlik ishchilar shartnomasi nega qayta ko‘rib chiqilmoqda?
Shu kunlarda Migratsiya agentligi mutaxassislari Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida shahar hokimligi, kasaba uyushmalari, Ulsan migrantlar markazi, nodavlat tashkilotlar, xorijlik ishchilar huquqlarini himoya qiluvchi tuzilmalar hamda Hyundai korxonasi rahbariyati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda Migratsiya agentligi orqali Koreyaga ishga joylashtirilayotgan fuqaro, uning kafili va Agentlik o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomaning barcha bandlari birma-bir ko‘rib chiqildi. Ayrim qoidalarni aniqlashtirish, batafsilroq ifodalash va shartnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🎙 “Vatandosh” mazkur tashrifdan avval Migratsiya agentligi bo‘lim boshlig‘i Islom Hamroyev va mehnat huquqi bo‘yicha advokat Elyor Abdullayev bilan ushbu munozarali shartnoma yuzasidan suhbatlashgan edi.
Suhbatda quyidagi savollar ko‘tarildi:
🔹 Ish joyini vakolatxona roziligisiz almashtirganlik uchun har oy 2 ming dollar undirish qanchalik qonuniy va adolatli?
🔹 Nega Koreyada qonuniy ishlashda davom etayotgan fuqarolarga ham moddiy talab qo‘yilmoqda?
🔹 Ikki ming dollarlik miqdor qanday hisob-kitob asosida belgilangan?
🔹 Undirilgan mablag‘lar qayerga yo‘naltiriladi?
🔹 Bunday shartlar mehnat erkinligini cheklash yoki majburiy mehnat alomatlarini yuzaga keltirishi mumkinmi?
🔹 Migratsiya agentligi munozarali bandlarni o‘zgartirishga tayyormi?
▶️ Podkastni tomosha qiling
📖 Maqolani o‘qing
@vatandosh_koreya
🦺 Janubiy Koreyada xorijlik ishchilar xavfsizligiga e’tibor kuchaytirilmoqda
Janubiy Koreyada zavodlar, qurilish maydonlari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash korxonalarida mehnat qilayotgan xorijliklarning ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash masalasiga e’tibor kuchaymoqda.
Asosiy muammolardan biri — xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnoma va o‘quv mashg‘ulotlarining koreys tilida olib borilishi. Xorijlik ishchilar ularni har doim ham to‘liq tushuna olmasligi qayd etilmoqda.
📌 Yangi xavfsizlik dasturlarida:
— o‘quv materiallarini turli tillarda kengroq taqdim etish;
— mashg‘ulotlarni xorijliklarning real ish sharoitlariga moslashtirish;
— ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish choralarini kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.
28-avgust kuni bir nechta tegishli tashkilotlar xorijlik ishchilarni himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishini ma’lum qildi. Hamkorlik sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va mehnat huquqlarini himoya qilish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
@vatandosh_koreya
🇰🇷 Koreya kompaniyalari xorijlik xodimlarni universitetlarning o‘zidan izlamoqda
Seuldagi Hanyang universitetida xorijlik talabalar uchun maxsus ish yarmarkasi o‘tkazildi. Unda Koreya kompaniyalari vakillari xorijlik talabalar bilan bevosita uchrashib, ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha maslahatlar berdi.
Tashkilotchilarning qayd etishicha, Koreya biznesining xorijlik mutaxassislarga munosabati o‘zgarib bormoqda. Endilikda xorijliklar nafaqat kompaniyalarning xorijdagi bo‘linmalarida, balki Koreyaning o‘zidagi ofislarida ishlashi mumkin bo‘lgan kadrlar sifatida ham faol ko‘rib chiqilmoqda.
💼 Ayniqsa quyidagi yo‘nalishlarda xorijlik kadrlarga qiziqish yuqori:
— xalqaro savdo va sotuvlar;
— marketing;
— IT;
— global bozorlar bilan ishlash.
Bunday mehnat yarmarkalari xorijlik talabalar uchun kompaniyalarning koreys tilini bilish darajasi, viza va malakaga qo‘yadigan talablarini oldindan bilib olish imkonini ham beradi.
📊 Ma’lumot uchun: Janubiy Koreyada talaba vizasi bilan yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 22 056 nafarni tashkil etadi. Shundan 20 277 nafari D-2 universitet vizasi egalaridir.
@vatandosh_koreya
🇰🇷 O‘zbekistonlik E-9 ishchilariga oyiga $2 000 jarima bekor qilindimi?
Janubiy Koreyaning Ulsan shahridagi Hyundai Heavy Industries korxonasida ishlayotgan o‘zbekistonlik E-9 ishchilari bilan bog‘liq bahsli 2 ming dollarlik jarimani nazarda tutuvchi shartnoma bandi bekor qilindi.
Bu haqda Migratsiya agentligi hamda uning Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi mutasaddilarining Hyundai Heavy Industries korxonasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun tashkil etgan sayyor qabulida ma’lum qilindi.
🎙 Migratsiya agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi boshlig‘i Nurmatjon Komilov uchrashuvda Agentlik rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazilgani va shartnomadagi 2 ming dollarlik jarimaga oid tegishli band olib tashlanganini bildirdi.
📌 Eslatib o‘tamiz, mazkur shart ishchi vakolatxonaning yozma roziligisiz ish joyini o‘zgartirgan taqdirda, noqonuniy maqomda bo‘lgan har bir oy uchun 2 ming AQSH dollari miqdorida neustoyka undirilishini nazarda tutgan. Ushbu talab O‘zbekiston va Janubiy Koreyada jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
❗️ Migratsiya agentligi shartnomadagi ushbu band olib tashlangani haqida hozircha rasman axborot bergani yo‘q.
@vatandosh_koreya
🇰🇷 Chonandagi zavodda kuchli yong‘in: uch kishi halok bo‘ldi
28-avgust kuni Janubiy Koreyaning Chonan (천안) shahridagi bo‘yoq sanoati uchun xomashyo ishlab chiqaruvchi zavodda portlash va kuchli yong‘in yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, bir xorijlik ishchi kuyish jarohatini olgan.
🔥 Yong‘in soat 11:44 atrofida Chonan shahri, Dongnam-gu tumani, Songnam-myon hududida boshlangan. Yong‘in haqida xabar kelganidan so‘ng qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan va soat 12:05 da 1-darajali favqulodda choralar rejimi e’lon qilingan. Dastlab zavod hududidan bir kishining jasadi topilgan. Keyinchalik qidiruv va yong‘inni o‘chirish ishlari davomida bedarak yo‘qolgan yana ikki kishi ham halok bo‘lgani aniqlangan. Dastlabki batafsil ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida korxonada 21 kishi bo‘lgan. 18 kishi evakuatsiya qilingan, ular orasidagi 30 yoshlardagi bir xorijlik erkak kuyish jarohati olgan, biroq uning jarohati og‘ir emasligi bildirilmoqda. Yong‘inni o‘chirish vaqtida bir nafar o‘t o‘chiruvchi ham yengil jarohatlangan. 🚒 Yong‘inni bartaraf etishga 211 nafar xodim va 40 ta maxsus texnika jalb qilingan. Taxminan 2 soat 11 daqiqadan so‘ng, soat 13:58 da yong‘inning asosiy qismi nazoratga olingan. Chonan shahri aholiga favqulodda ogohlantirish yuborib, zavod yaqinidagi hududlardan uzoqroq turish va haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘ragan. Hozircha yong‘inning aniq sababi ma’lum emas. Politsiya va yong‘in xavfsizligi mutaxassislari hodisa sababi hamda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlaydi.@vatandosh_koreya
🇰🇷 Kyonjuda tibbiy sug‘urtasiz xorijliklarning davolanish xarajatlari qoplab beriladi
Janubiy Koreyaning Kyonju (경주) shahri 1-sentyabrdan xorijiy fuqarolar uchun tibbiy xarajatlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushiradi. Bu haqda Kyonju shahar ma’muriyati 27-avgust kuni ma’lum qildi.
Dastur amaldagi tibbiy sug‘urta va boshqa tibbiy ta’minot tizimlaridan foydalana olmayotgan xorijliklarga mo‘ljallangan.
📌 Kimlar yordam olishi mumkin? — Kyonjuda 90 kundan ortiq yashayotgan xorijliklar va ularning farzandlari; — tibbiy sug‘urta yoki boshqa tibbiy ta’minot tizimlari bilan qamrab olinmaganlar; — oilaviy daromadi belgilangan median daromadning 100 foizidan kam bo‘lganlar. 🏥 Dastur kasallik yoki jarohat tufayli shifoxonaga yotqizish, operatsiya hamda shunga teng darajadagi tibbiy muolajalar xarajatlarini qoplaydi. Bir kishi uchun 5 million vongacha yordam ajratilishi mumkin. Bunda umumiy tibbiy xarajatning 10 foizini bemorning o‘zi to‘laydi. Yordam quyidagi to‘rtta belgilangan shifoxonada ko‘rsatiladi: Dongguk universiteti Kyonju kasalxonasi, Kyemyong universiteti Kyonju Dongsan kasalxonasi, Kyonju Good Morning kasalxonasi va Keunmadi Keun kasalxonasi. Talablarga javob beradigan xorijliklar ushbu muassasalarga bevosita murojaat qilib, yordam olish uchun ariza topshirishi mumkin. Dastur dastlab 2026-yilning ikkinchi yarmida 30 million vonlik budjet bilan sinov tariqasida amalga oshiriladi. Yil oxirida natijalar baholanib, uni kengaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi.@vatandosh_koreya
🇰🇷 Xorijlik talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi
Sunchon universiteti (순천) va Kvanyan erkin iqtisodiy zonasi (광양) ma’muriyati xorijlik talabalarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi qo‘shma tizim yaratdi.
Loyiha doirasida mahalliy kompaniyalardagi bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash, korxonalarga tashriflar, ishga joylashish dasturlari, shuningdek, xorijlik ishchilar va ularning oila a’zolari uchun koreys tili kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
📅 Birinchi yirik tadbir 9-sentyabr kuni Yeosu shahridagi Sono Calm Yeosu mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Yarmarkada xorijlik talabalarga:
▪️ ish beruvchilar bilan individual suhbatlar;
▪️ ishga joylashish bo‘yicha maslahatlar;
▪️ viza masalalari bo‘yicha konsultatsiyalar;
▪️ Koreyada keyinchalik yashash imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi.
@vatandosh_koreya
🇰🇷 Avtoturargoh yo‘lini to‘sib qo‘yganlik uchun 5 mln vongacha jarima solinadi
28-avgustdan Janubiy Koreyada «Avtoturargohlar to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kiradi.
Unga ko‘ra, avtomobilini avtoturargohga kirish yoki undan chiqish yo‘lini to‘sadigan qilib qoldirgan va boshqa transport vositalarining harakatiga xalaqit bergan haydovchiga 5 mln vongacha ma’muriy jarima solinishi mumkin.
Yangi qoidalar turar joy majmualari, do‘konlar va boshqa obyektlarning avtoturargohlariga ham tatbiq etiladi. Avval bunday holatlar xususiy hududlarda sodir bo‘lganida politsiya va mahalliy hokimiyat organlarining avtomobilni majburiy ravishda olib tashlash vakolatlari yetarli bo‘lmagan holatlar uchrardi. Endilikda qonunda bunday qoidabuzarlik uchun jarima hamda avtomobilni evakuatsiya qilish imkoniyati aniq belgilab qo‘yildi. Shuningdek, qonundagi o‘zgartirishlarda bepul jamoat avtoturargohlarida avtomobilni uzoq vaqt qoldirib ketish bilan bog‘liq holatlarga nisbatan choralar ham nazarda tutilgan. 📅 O‘zgartirishlar ertaga — 28-avgust 2026-yildan kuchga kiradi. @vatandosh_koreya
🇰🇷 Koreyada xorijlik talabalarga ishlash imkoniyatlari kengaytiriladi
Janubiy Koreya hukumati xorijlik talabalarning o‘qish davrida ishlashi va universitetni tamomlagach, ish vizasiga o‘tishini yengillashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Koreya Adliya vazirligining xorijliklar siyosatiga oid rejalarida ma’lum qilingan.
📌 Asosiy mezonlardan biri — koreys tilini bilish darajasi
Til talablariga javob beradigan xorijlik talabalar uchun o‘qish vaqtida ishlash mumkin bo‘lgan soha va ish turlarini sezilarli darajada ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
🎓 O‘qishdan ish vizasiga o‘tish ham osonlashadi
Xorijlik bitiruvchilarning talabalik vizasidan ish vizasiga o‘tishida quyidagi omillarga ustuvorlik berilishi rejalashtirilmoqda:
▪️ koreys tilini yaxshi bilish;
▪️ muhandislik va texnik yo‘nalishlarda tahsil olish;
▪️ poytaxtdan tashqari hududlarda yashash va ishlash.
Xususan, texnik mutaxassislik bo‘yicha bakalavr darajasini olgan va koreys tilini yuqori darajada biladigan xorijliklarning ish vizasini olishi osonlashishi kutilmoqda.
💼 Hukumat bu orqali Koreyada tahsil olayotgan xorijliklarni o‘qishni tugatgach mamlakatda qolib ishlashga jalb qilish, malakali kadrlar yetishmovchiligini kamaytirish va hududlardagi ishchi kuchiga bo‘lgan talabni qoplashni maqsad qilgan.
👉 @vatandosh_koreya
Repost from Vatandoş axborot portali
Migratsiya agentligida moliyaviy ma’lumotlar yopiqmi?
Agentlik saytida e'lon qilingan jamoatchilik uchun cheklangan deb belgilagan ma’lumotlar orasida birlamchi buxgalteriya hujjatlari, xodimlarning ish haqi, ustama va mukofotlari, buxgalteriya registrlari, moliyaviy hisobotlar hamda ichki buyruq va yo‘riqnomalar bor.
⛓ Batafsil: https://vatandosh.tv/oz/news/1010
😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net
Farzandingiz Ellipse International School’da o‘qishi uchun 5 ta asosiy sabab
1️⃣Xalqaro Cambridge ta’limi Bizning maktab dunyoning eng kuchli ta’lim dasturi bo‘lgan Cambridge standartlari asosida faoliyat ko‘rsatadi. 2️⃣Chuqurlashtirilgan ingliz tili va IT yo‘nalishi Chuqurlashtirilgan ingliz tili va zamonaviy kasblar ta’limi. 3️⃣13.000 kv.m kampus Maktabimiz hududi 16.000 kv.m., zamonaviy va xavfsiz kampus, 500 o‘rinli yotoqxona shart-sharoitlari bilan ta’minlangan. 4️⃣Top universitetlarga tayyorgarlik SAT tayyorgarlik kurslari va dunyoning top universitetlariga tayyorlovchi School consular xizmati. 5️⃣Zamonaviy video kuzatuv tizimi va malakali qo‘riqlash xizmati Kampusning barcha hududlari 24/7 kuzatuv ostida.Agar farzandingiz bizning maktabda o‘qishini xohlasangiz, aloqaga chiqing: ⚙️ +998 99 802-55-77 ⚙️ +999 95 865-55-77 💙 Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy 334 Instagram | Telegram Reklama
