fa
Feedback
Salomatlik volontyorlari

Salomatlik volontyorlari

رفتن به کانال در Telegram

Bu yerda Salomatlik volontyorlari faoliyati, tibbiy aksiyalar, marafonlar, volontyorlik imkoniyatlari hamda aholining salomatligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar haqida eng so‘nggi yangiliklarni topasiz. Birgalikda sog‘lom jamiyat sari 🕊❤️

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
569
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+27 روز
-330 روز
آرشیو پست ها
🎥 MARAFON 3-KÚN 🌀"Salamatlıq marafonı" sheńberinde "Baxıtlı ómirge qádem" seminarı bolıp ótpekte. ✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️ MARAFON 3-KUN "Salomatlik marafoni" doirasida "Baxtli hayotga qadam" seminari bo’lib o’tmoqda. Biziń betlerimiz: || Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram | 📺YouTube | 📱Facebook

🎤Live 🌀"Salamatlıq marafonı" 📌 2-kún ✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️ 🌀"Salomatlik marafoni" 📌2-kun Biziń betlerimiz: || Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram | 📺YouTube | 📱Facebook

+1
🎥Medicinalıq reformalardı sanlastırıwdı qollap-quwatlaw maqsetinde IT tarawına qızıǵıwshı jaslar ushın "Healthtech ai_hackathon" jarısına start berildi. ✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️ 🎥Tibbiy islohotlarni raqamlashtirishni qo’llab-quvvatlash maqsadida IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun «Healthtech ai_hackathon” musobaqasiga start berildi. Biziń betlerimiz: || Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram | 📺YouTube | 📱Facebook

🎤Live 🌀"Salamatlıq marafonı" sheńberinde "Baxıtlı ómirge qádem" seminarına start berildi. Ilajda salamat turmıs tárizi, ruwxıy hám fizikalıq salamatlıqtı bekkemlew boyınsha paydalı usınıslar berilmekte. ✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️✍️ 🌀"Salomatlik marafoni" doirasida "Baxtli hayotga qadam" seminariga start berildi. Tadbirda sog‘lom turmush tarzi, ruhiy va jismoniy salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berilmoqda. Biziń betlerimiz: || Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram | 📺YouTube | 📱Facebook

Repost from Saida Mirziyoyeva
Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan “HealthTech AI Hackathon” tanlovida tibbiyot sohasidagi ilg‘or IT-dasturlarni taqdim etib, g‘oli
+5
Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan “HealthTech AI Hackathon” tanlovida tibbiyot sohasidagi ilg‘or IT-dasturlarni taqdim etib, g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimida qatnashdim. Ushbu tadbirda aql-zakovatli, intiluvchan, g‘oyalarga boy va yuragi ilhomga to‘la yigit-qizlarni uchratganimdan juda xursand bo‘ldim. 44 ta jamoa, 300 dan ortiq ishtirokchi, yuzlab yangi tashabbus! Yosh shifokorlar va texnologiya sohasi mutaxassislari kelajak tibbiyoti uchun yechimlar izlab, bir maqsad yo‘lida birlashmoqda. Raqamli vositalar orqali inson hayotini saqlab qolish, tashxisni yanada aniq va davolashni yanada qulay qilish haqida o‘ylamoqda. Aslida ularning har birining o‘ziga xos hayotiy hikoyasi, shu davraga qo‘shilishiga turtki bo‘lgan shaxsiy sabablari bor. Ko‘pchilik “Hackathon”ga mukofot uchun emas, balki yaqinlarining og‘rig‘ini his etgani va ularning hayotini o‘zgartiruvchi chora topishni istagani uchun kelgan. Shu bois ham ularning ko‘zlari yonib turibdi, amaliy natijalarning samarali va manfaatli bo‘lgani ham shundan. Endilikdagi umumiy maqsadimiz — bu loyihalarni to‘xtatib qo‘ymaslik, ularni yakuniga yetkazish, rivojiga ko‘maklashish va investorlarni jalb etishda yordamlashishdir. Ishtirokchilar orasida o‘z g‘oyalarini dadil himoya qilayotgan, noyob mahsulotlar yaratayotgan va murakkab texnologiyalarni ishonch bilan o‘zlashtirayotgan qizlar ko‘pligidan mamnunman. “HealthTech AI Hackathon” — mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladigan keng ko‘lamli “AI Hackathon” umummilliy loyihasining bir qismidir. 2026-yil yakuniga qadar unda minglab yosh mutaxassislar qatnashadi. Ishonchim komilki, ular orasida yurtimizni yuksak marralarga olib chiqadigan bo‘lajak novatorlar, olimlar va yetakchilar bor. Keyingi bosqich Samarqandda o‘tkaziladi! G‘oyalaringiz, jasoratingiz va yangilanishlarga bo‘lgan ishonchingiz uchun barchangizga rahmat! Bu — boshlanishi, eng katta g‘alabalar hali oldinda! — Приняла участие в награждении победителей конкурса HealthTech AI Hackathon, представивших свои IT-приложения в области медицины, который прошёл в Нукусе. Я увидела множество умных, целеустремлённых, горящих идеями молодых людей, которых объединила эта платформа. Более 300 участников в составе 44 команд! Молодые врачи и специалисты в сфере технологий консолидируются, чтобы искать решения для медицины будущего. Они думают о том, как с помощью цифровых инструментов спасать жизни, как сделать диагностику точнее, а лечение доступнее. У каждого из них — своя история, своя личная причина быть здесь. Многие пришли на Hackathon не ради награды, а потому что видели боль близких и захотели найти решение, которое может изменить их жизнь. Поэтому их глаза горят, поэтому результаты такие сильные. Теперь наша общая цель — не останавливаться, а довести эти проекты до конца, поддержать их развитие, оказать содействие в поиске инвесторов. Очень рада тому, что среди участников 40% девушек, смело защищающих свои идеи, создающих уникальные продукты и легко ориентирующихся в сложных технологиях. HealthTech AI Hackathon — это часть масштабного Общенационального проекта AI Hackathon, который охватит все регионы страны. До конца 2026 года в нём примут участие тысячи молодых специалистов. Я уверена, что среди них есть будущие новаторы, учёные, лидеры, которые будут успешно двигать нашу страну вперёд. Следующий этап пройдёт в Самарканде! Спасибо вам за идеи, за смелость и за веру в перемены. Всё только начинается!

Repost from Saida Mirziyoyeva
Qoraqalpog‘istonda umummilliy “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda, bu tashabbus — insonning o‘zi va yaqinlari sog‘lig‘iga e’t
+9
Qoraqalpog‘istonda umummilliy “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda, bu tashabbus — insonning o‘zi va yaqinlari sog‘lig‘iga e’tiborni odatiy hayot tarziga aylantirishga qaratilgan. Nukus shahridagi 12 ta oilaviy poliklinika va 3 ta jamoat maskanida aholi diagnostikadan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, bemorlarni yo‘naltirish va raqamlashtirish tizimi joriy etilmoqda. Shifokorlarning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari va AI TOP-3 CDSS, MuxlisaMED AI, AI Mammo singari sun’iy intellekt yechimlari joriy etilishi natijasida yanada tezkor va aniq tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni yaratilmoqda. Atigi to‘rt kun ichida qariyb 12 ming nafar fuqaro ko‘rikdan o‘tdi, shulardan 1 700 dan ortig‘i chuqur tekshiruvlardan o‘tkazildi, 116 nafari esa davolanishga yo‘naltirildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti bolalar jarrohligi bo‘limida murakkab operatsiyalarni boshdan kechirgan kichik bemorlar bilan uchrashib, suhbatlashdik. Ularning matonati va samimiy tabassumlari beixtiyor har birimizni ta’sirlantirdi. Ikkita yangi loyiha ishga tushirildi — raqamli oilaviy pasportni joriy etishga asoslangan “Oilaviy salomatlik maktabi” hamda yoshlar ko‘magida aholi tibbiy savodxonligini oshirishni ko‘zda tutuvchi “Salomatlik volontyorlari” shular jumlasidan. Sogʼliqni saqlashni zamon talablariga mos hamda har bir inson uchun qulay va foydali tizimga aylantirishni maqsad qilgan “Tibbiyot novatorlari” jamoasidagi yosh mutaxassislarga minnatdorlik bildiraman. Millat salomatligi — bu barchamiz yelkama-yelka bosib o‘tadigan umumiy yo‘limiz va masʼuliyatimizdir. — В Каракалпакстане проходит общенациональный марафон здоровья «Саломатлик марафони», направленный на то, чтобы забота о себе и близких стала естественной частью жизни. В 12 семейных поликлиниках и трёх общественных местах Нукуса проводится диагностика населения. Внедряется маршрутизация и цифровизация пациентов. Благодаря совместной работе врачей и внедрению решений AI TOP-3 CDSS, MuxlisaMED AI и AI Mammo помощь становится быстрее и точнее. Всего за четыре дня обследовано почти 12 тысяч человек, более 1 700 прошли углублённые исследования, 116 направлены на лечение. Мы также посетили детскую хирургию Каракалпакского мединститута — встретились с детьми, перенёсшими сложные операции. Их мужество и улыбки тронули каждого из нас. Запущены два новых проекта — «Школа семейного здоровья» с цифровым семейным паспортом и «Волонтёры здоровья», где молодёжь помогает повышать медицинскую грамотность населения. Я искренне благодарна молодым специалистам сообщества «Новаторы медицины», вдохновлённым идеей сделать здравоохранение современным и доступным для всех. Здоровье нации — наш общий путь и общая ответственность.

🩺 HealthTech AI Hackathon davom etmoqda! 💡Hackathon doirasida tashabbuskor yoshlar tibbiyot sohasini raqamli transformatsiya qilishni jadallashtirish yo‘lida o‘z startap loyihalari bilan faol ishtirok etmoqda. Ularning innovatsion g‘oyalari sog‘liqni saqlash tizimini yanada samarali va qulay qilishga xizmat qiladi. 🚀 #HealthTechAIHackathon @salomatlik_marafoni

🩺 “Salomatlik marafoni” 3-kun Bugun bolalar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan turli interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi. Quvonch va harakat birgalikda! @salomatlik_marafoni

🩺 “Salomatlik marafoni” — hayot uchun harakat! Nukus shahrida davom etayotgan “Salomatlik marafoni” va “HealthTech Hackathon” jarayonlarining 2-kunidan maxsus videolavha! Unda aholining sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan faolligi hamda yoshlarning tibbiyot sohasidagi innovatsion g‘oyalari aks etgan. Bugun esa marafonning 3-kuni boshlandi! @salomatlik_marafoni

🩺 “HealthTech Hackathon” jarayonlaridan yorqin fotolavhalar! Ishtirokchilar tibbiyot va texnologiya kesishgan nuqtada innova
+9
🩺 “HealthTech Hackathon” jarayonlaridan yorqin fotolavhalar! Ishtirokchilar tibbiyot va texnologiya kesishgan nuqtada innovatsion g‘oyalar ustida ishlamoqda. Yoshlarda ijod, jamoaviy ruh va sog‘lom raqobat — barchasi bir maydonda! @salomatlik_marafoni

“HealthTech Hackathon” qizg‘in davom etmoqda! 🩺Ayni damda Nukus shahrida bo‘lib o‘tayotgan “HealthTech Hackathon” da ishtirokchilar o‘zlarining tibbiyotga oid innovatsion g‘oyalari va sog‘liqni saqlash sohasidagi zamonaviy raqamli yechimlarini ishlab chiqishmoqda. Ushbu jarayon nafaqat yosh mutaxassislarning bilim va tajribasini oshirishga, balki butun jamiyat uchun foydali texnologiyalarni yaratishga xizmat qilmoqda. @salomatlik_marafoni

🩺Nukus shahrida start olgan “Salomatlik marafoni” doirasida aholining bepul tibbiy va profilaktik ko‘riklardan o‘tayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Ushbu tashabbus nafaqat kasalliklarni erta aniqlash, balki sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga ham xizmat qilmoqda. Bu tashabbus orqali fuqarolar o‘z salomatligini nazorat qilish va mutaxassis shifokorlar tavsiyalarini olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. 2-kun jarayonlari @salomatlik_marafoni

🩺“Salomatlik marafoni” doirasida “Baxtli hayotga qadam” mavzusida seminar 2-kun jarayonlari @salomatlik_marafoni

“Salomatlik marafoni” va “HealthTech Hackathon” start oldi! 🩺2–31-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ilk bor sog‘liqni saqlash sohasiga oid yirik tashabbus — “Salomatlik marafoni” bo‘lib o‘tmoqda. Tibbiyot instituti klinikasi, 3 ta jamoat maskani va 12 ta poliklinikada tashkil etilgan “Salomatlik maydonchalari” orqali 96 mingdan ortiq aholini bepul profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlandi. ✔️Shu bilan birga, Nukus shahrida start olgan “HealthTech Hackathon” doirasida 300 nafardan ortiq AT mutaxassislari, tibbiyot talabalari va yosh shifokorlar sog‘liqni saqlash sohasiga zamonaviy raqamli yechimlar ishlab chiqishga kirishdi. @salomatlik_marafoni

Qoraqalpog‘istonda “Salomatlik marafoni”ga start berildi 🩺Marafonning asosiy maqsadi profilaktika ishlarini kuchaytirish, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan. @salomatlik_marafoni

🩺Yurtimiz bo‘ylab “Salomatlik marafoni” start oldi! 2-oktyabrdan 31-oktyabrgacha Nukus shahrida “Salomatlik marafoni” bo‘lib o‘tadi. Ushbu milliy tashabbus profilaktika ishlarini kuchaytirish, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan. Marafon davomida oilaviy poliklinikalar, yetakchi respublika shifokorlari hamda xorijiy mutaxassislar aholining barcha qatlamini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. ✔️Ko‘rik natijalari yagona elektron tizim — DMED dasturi ga kiritilib, kelgusida aholining salomatligini muntazam kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
Tadbir tashkilotchilari: 1. Sog‘liqni saqlash vazirligi; 2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi; 3. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi; 4. Yoshlar ishlari agentligi; 5. Zamin xalqaro jamoat fondi; 6. UNFPA; 7. UNICEF; 8. FAO; 9. WHO.
Marafonda ishtirok eting va sog‘lom hayot sari dadil qadam tashlang! ✔️Batafsil ma’lumot uchun oilaviy shifokoringizga murojaat qiling. 🩺 @salomatlik_marafoni