Ahmad Ali Dilmurod
رفتن به کانال در Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
6 365
مشترکین
+124 ساعت
+1627 روز
-15 99630 روز
آرشیو پست ها
6 360
***
biror kimni unutganmisan?
u senga qarab turgan bo'ladi.
u yo'lga qarab ketayotgan bo'ladi.
u qayg'urayotgan bo'ladi.
u sen bilan yig'laydi.
unutganmisan?
u kuladi. uning kulgisi.
indamay jahli chiqib telefon o'ynab ketishi.
oxir-oqibat ismingni aytishi.
"isming"
o, naqadar ajoyib eshitiladi!
biror kimni unutganmisan?
seni tushunishini?
bosh silkib "yo'q" deyishini...
unutganmisan?
jahl qilib mashinani tez haydashni.
mashinada yig'lab ketishni...
biror kimni unutganmisan?
iloji bormi?
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
dilmurod yo’q
nima deysan?
ahmad ali dilmurod bor
ahmadaliyev dilmurod bor
akhmadaliev dilmurod bor
dilmurod yo’q
nima deysan?
qani dilmurod?
yo’q dilmurod
qani dilmurod
yo’q dilmurod
har safar qayta yoza olaman
nima qipti?
endi bu she’rni o’qib bo’lmaydi
dilmurod yo’q
nima deysan?
yo’q dilmurod
hech kim kerak emas
hamma kerak
tanaffus bo’ldi
qo’ng’iroq chalindi
hech kim yo’q
hamma bor
qani dilmurod?
yo’q dilmurod
ahmad ali bo’lmaydimi?
ahmad ali bo’ladimi?
qani dilmurod?
yo’q dilmurod
yana nima deysan?
yozib qo’yaman shunaqa
endi bu she’rni o’qib bo’lmaydi.
2026
@ahmadali_writer
6 360
***
bir o'zing ko'chaga chiq
bir o'zing aylan o'sha ko'chani
odamlarni tomosha qil keyin -
bir o'zing.
bir o'zing o'yla
bir o'zing orzu qil
ishonma ularga
ular hatto -
orzularingni o'g'irlaydi
ablahlar.
bir o'zingdan boshqalarni
shunday ata -
ablahlar.
keyin bir o'zing
biror yaxshi
tamaddixonaga kir
to'yib, mazali ovqatlan bir o'zing
keyin ketidan shirinlik ye
qimmatroq shirinlik
bir o'zing ye
ishonma ularga
ularga shirinlik berma
keyin yana ko'chaga chiq
bir o'zing
yana kechgacha aylan toza havoda
bitta o'zing
keng ko'cha bo'ylab
aylan
juft-juft odamlarga qarab
ularning ustidan kul
ikkita ablah de ularga qarab
ikkita bir-birini
keyinchalik
tashlab ketadigan -
ahmoqlar, de!
bir o'zing uyingga qayt keyin
ertaga yana ishga borasan
bir o'zing.
bir o'zing keyin uyingga qayt
mushuk boqib ol bir o'zing
rangining farqi yo'q
zotining farqi yo'q -
u mushuk bo'lsa,
qandayligini nima farqi bor?
mushuk ajratasanmi endi?
odam ajratgandek?
ablahlarga o'xshama,
sen ajratma,
sen axir
bir o'zingsan
bir o'zing odam bo'l
bir o'zing qolasan baribir
oxirida.
boshida ham bir o'zing eding.
umring o'rtasida
balo bormi kimgadir?
bir o'zing uxla keyin.
bir o'zing uyg'on.
shunda balki -
uning tashlab ketgani
senga og'riqli bo'lmas.
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
ketgan odamning
qaysi oyda ketganini
eslab qolish mumkin.
keyin yodlab yurasan
o'sha oyni -
"biror oy" masalan.
sen esa bunday qilmaysan.
senga hamma oylar bir xil -
"bir xil".
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
senga
kim bo'lib
ko'rinaman?
uzun soqolli
erkakmi?
yoki
nechidir yoshdagi
yoshbola bo'libmi?
kim bo'lib
ko'rinaman senga?
hassos ijodkor bo'libmi?
hassos inson bo'libmi?
hassos...
yigit bo'libmi?
o, hassoslik qursin...
senga
qanday ko'rinaman?
g'amgin, siqilinch bo'libmi?
yoki
ko'p kuladigan
tez-tez hazil qiluvchi
qiziqchi bo'libmi?
senga
kim bo'lib
ko'rinaman?
do'sting bo'libmi?
yaqining bo'libmi?
tanishing bo'libmi?
senga
kim bo'lib ko'rinaman?
yig'loqi bo'libmi?
yig'lamas bo'libmi?
sen
meni
yig'laganimni
ko'rmagansan-ku?
senga
kim bo'lib
ko'rinaman?
sevib qolganmisan meni?
hech sevib ko'rganmisan meni?
sevib
qolganingda
qanday ko'rinaman men?
men
o'zi ko'rinamanmi?
qachon ko'rding meni?
so'nggi bor, qachon ko'rding?
umuman, o'zi
hayotingda
meni
ko'rganmisan?
senga
kim bo'lib
ko'rinaman?
uzun soqolli
erkak bo'libmi...
2023
@ahmadali_writer
6 360
***
inson "siyosat" emas -
uni tushuntirmang birovga.
insondan qo'rqmang,
u "siyosat" emas.
inson
o'zgarmaydi.
insonni quchoqlashingiz mumkin,
insonni quchoqlashingiz mumkin.
2023
@ahmadali_writer
6 360
Ahmad Ali Dilmurod instagram sahifasi: instagram.com/ahmadalidilmurod
kuzatib borasizlar degan umiddaman, rahmat.
6 360
***
do'st
- men seni do'sting bo'lmoqchiman!
- bor-e..
- iltimos, meni o'zingga do'st qil.
- yo'q, ket..
- do'sting bo'lay...
u uning ortidan tinmay yuraverdi. tashqaridan qaraganlar uning bu insonda nima ishi bor ekan, deb hayron bo'lishlari tabiiy edi.
- kel, do'st bo'lamiz!
- yo'q, dedim-ku!
- do'st bo'lsak, yaxshi edi-da..
u tinmay ushbu taklifini qaytaraverdi, u taslim bo'ladiganga o'xshamasdi.
- men do'sting bo'lishni xohlayman...
- yo'q, bo'lmaydi!
- do'st bo'laqolaylik!
- bo'lmaydi...
- do'sting bo'lay!
- yo'q, dedim-ku!!! - u biroz ovozini baland qildi, - ket, dedim, bor!
u xafa bo'ldi.
- men shunchaki, do'sting bo'lishni xohlagandim..
u xafa bo'lganini sezib qoldi.
- xafa bo'lma, men sen bilan do'st bo'lolmayman...
- nega, nega men bilan do'st bo'lolmaysan?
- men sen bilan do'st bo'lganimdan keyin, sen haqingda qayg'urishim kerak, seni o'zimni yaxshi ko'rgandek yaxshi ko'rishim kerak, yaxshi va yomon kuningda sen bilan birga bo'lishim kerak, bular hali boshlanishi, - dedi haligi bir dona ham do'sti yo'q odam, - men buni uddalay olmasam kerak deb qo'rqaman, kechir, - dedi-yu, do'stlik taklif qilgan odamdan uzoqlashdi...
@ahmadali_writer
6 360
***
qaniydi, barcha mohiyat
qolish va ketish
o'rtasida bo'lsa.
sen ketmasding
men esa qolardim.
@ahmadali_writer
6 360
***
hozir boshlasak
barcha xatomizni
tuzatishga ulguramiz.
faqat
hozir boshlash kerak.
@ahmadali_writer
6 360
***
kel, xatolarimizni tuzatib
barchasini
boshidan boshlaymiz, deding.
boshidan boshladik.
seni yana sevib qoldim.
@ahmadali_writer
6 360
***
sen so’zlarni
yaxshi tanlaysan.
demak,
men so’z emasman.
demak,
men yaxshi so’z emasman.
2026
@ahmadali_writer
6 360
***
ko’rmay qolsam
seni ko’rmay qolamanmi
deb o’yladim birinchi.
ammo, nega buni o’yladim
sen yo’qsan-ku shundoq ham.
2026
6 360
***
seni ismingni ham
bilmasam degandim,
nega deysanmi?
bilmayman…
unda nega yozyapsan
deysanmi?
men yuqorida
vergulni xato qo’yibman,
seni ismingni ham
bilmasam degandim.
ismlar qator-qator,
qator-qator,
qator-qator,
seni ismingni ham
bilmasam degandim.
bu yerda sen haqingda
yozgim yo’q,
nega deysanmi?
bilmayman…
men yana yuqorida
vergulni xato qo’ydim,
bu yerda sen haqingda
yozgim yo’q.
seni yaxshi ko’raman
va
seni ismingni ham
bilmasam degandim.
2026
@ahmadali_writer
