ar
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 362
المشتركون
-524 ساعات
+1577 أيام
-17 33230 أيام
أرشيف المشاركات
*** "istagan payting to'xtab yig'lab olishing mumkin". 2022 @ahmadali_writer

*** hammayoq odam qo’rqitadi. hammayoq odam xursand qiladi. hammayoq odam g’alati. hammayoq odam yoqmaydi. hammayoq odam inson o’zini nochor sezadi. hammayoq odam gapirging kelmaydi. hammayoq odam jim yo’lga qarab ketasan. hammayoq odam kulging keladi. hammayoq odam hammayoq odam. shularni ichida yo’qligingni qara. yaxshiyam yo’qsan. yaxshiyam borsan. hammayoq odam qo’rqitadi. 2026 @ahmadali_writer

*** har gal sovuq qotsam sen muzlamayapsanmi deb o'ylamoqdaman. 2022 @ahmadali_writer

*** "tushingizga kirsam uyg'onmay turing". 2022 @ahmadali_writer

*** sen tavsiya qilgan narsa menga yoqadi sen bilib tavsiya qilasan sen dunyoni tavsiya qilasan sen yuragimni aksini tavsiya qilasan sen yurakni tavsiya qilasan sen tavsiya qilasan sen tavsiya qilgan narsalar menga yoqadi sen yig’lash uchun tavsiya qilasanmi? sen yig’lab tavsiya qilasanmi sen tavsiya qilasanmi? sen tavsiya qilgan narsalar… men jimib qolaman men jimman men ikkita tomonga har xil qarab turaman men ikkita tomonga men ikki xil tomonga o’ylasa bo’ladimi qaytib o’ylasa bo’ladimi qaytib yig’lasa bo’ladimi qaytib sen faqat o’zingni tavsiya qilmaysan menga shundan boshqa sen tavsiya qilgan narsalar menga yoqadi. 2026 @ahmadali_writer

*** oyna tushib ketdi. oyna parchalarini sipirayotib yodimga tushdi o'tgan hayotim. 2022 @ahmadali_writer

*** "seni yo'qlamayman degan va'damni qaytarib ber". 2022 @ahmadali_writer

*** senga birorta yozganim yoqib qolar, deb ko'p yozyapman ataylab. 2022 @ahmadali_writer

*** "ko'p yozishim sensizligimdan". 2022 @ahmadali_writer

*** sen gapiraver mabodo, eshitmay qolsam ham ko'zlaringga qarab tushunib olaman barini. 2022 @ahmadali_writer

*** sizni yaxshi ko’raman. bu xabar avtojavob sifatida yuborildi… unga javob berishingiz shart emas! 2026 @ahmadali_writer

*** e’tibor bering, suhbatimiz yuragimga yozilmoqda bilishingiz uchun, suhbatimiz yuragimga yozilmoqda e’tibor bering, suhbatimiz yuragimga yozilmoqda… 2026 @ahmadali_writer

*** "yaxshimisan?" shu savolni kim o'ylab topgan ekan-a. "yaxshimisan?" birinchi bo'lib kim shu savolni bergan kimga berishgan bu savolni keyin nima deb javob olgan ekan birinchi marta... "yaxshimisan?" nima degani bu o'zi? yaxshi bo'lmasamchi? men aytishim kerakmi yaxshi emasman, deb yoki, ha yaxshiman deyishim kerakmi? nima deyishim kerak bu savolga? o'zi nega beriladi bu savol? "yaxshimisan?" yo'q, masalan yaxshi emasman! unda nega so'radingiz? so'ramang. "yaxshimisan?" o'zi kim o'ylab topgan bu savolni. 2022 @ahmadali_writer

*** hammasi yaxshi men "hammasi" deganda o'zimni nazarda tutmayman doim "hammasi" - bu sizlar "hammasi" bu siz haqingizda men haqimda emas men "hammasi" deganda o'zimni nazarda tutmayman doim. 2022 @ahmadali_writer

*** yozib qo’yibman gaplarimni yuqoriga yozib qo’yibman “pin” qilib qo’yibman gapimni salom berib qo’yibman tushunmaysanmi? tushunasan, sen ham menga o’xshab sen ham menga o’xshab. bo’ldi, sen ham - menga o’xshab. 2026 @ahmadali_writer

*** aytasanmi deb gaplarimni navbatga qo’yaman aytasanmi, deb. shaxmatga o’xshaydi gaplar oq-qoraga o’xshaydi gaplar yovuz donaga o’xshaydi gaplar yovuz mot bo’lishga o’xshaydi gaplar vaqt tugashiga o’xshaydi gaplar “yurish kerak” “yurish kerak” aytasanmi deb gaplarimni navbatga qo’yaman “sen aytmaysan” gapim navbatda qoladi keyin. ertaga aytaman. ertaga aytaman. 2026 @ahmadali_writer

*** xayrlashadigan gaplardan aytmaysanmi menga? xayrlashib ketsam. men bilan xayrlashyapti, deb o’ylab… ketsam, tushunsam. xayrlashadigan gaplardan aytmaysanmi menga? salom aralash xayrlashaman, “bo’pti” deyman, kulaman, bu tabassum bo’ladi tabassum qilishim uchun xayrlashadigan gaplardan aytmaysanmi menga? yana ko’rishishim uchun sen bilan xayrlashadigan gaplardan aytmaysanmi menga? yana salom berishim uchun xayrlashadigan gaplardan aytmaysanmi menga? quyosh bor ekanini bilishim uchun yana… xayrlashadigan gaplardan aytmaysanmi menga? “bo’pti”… senga tag’in salom beraman. 2026 @ahmadali_writer

*** "xabar keladi..." ochmayman. kutib turaman, nimanidir kutaman, o'ylayman, nima deb yozgan, doim kutaman, darrov ochmayman, ocholmayman, jim qarab turaman, "xabar" kelgani haqida, o'ylayman... biror daqiqa o'tadi, keyin o'qiyman, zo'rg'a... yo'q, u yerda men kutgan gap bo'lmaydi keyin o'ylamay, javob yozaman yana. yana "xabar keladi..." ochmayman. kutib turaman, nimanidir kutaman... 2022 @ahmadali_writer

*** seni tashlab ketgunlaricha yig'lab ol. ertaga baribir - seni tashlab ketishadi. sen avvaldan yig'lab ol hozir vaqting bormi? hozir ham yig'lab olsang bo'ladi otang erkak yig'lamaydi degan bo'lsa ham yig'lab ol nega bo'lmas ekan bo'ladi juda yaxshi bo'ladi tashlab ketish sodir bo'lar ekan ko'z yosh ham bo'ladi ko'z yosh - ko'zning haqqi xafa bo'lish - qalbning haqqi sen shunga hozir yig'lab ol ertaga tashlab ketish payti sen unga qarab indamay yig'lamay tur sen ayt men avvaldan yig'lab qo'ygan edim, de. uning ketishiga qarab indamay yig'lamay qarab tur. seni tashlab ketgunlaricha yig'lab ol baribir ketayotganida yig'lama shunda balki - uni qaytarishga yig'ing xalaqit bermay unga bir-ikki og'iz so'z aytarsan. keyin balki u qaytar balki qaytmas ammo, yig'lab ol masalan, hozir seni tashlab ketgunlaricha. 2022 @ahmadali_writer

*** insonni bilish uchun u bilan gaplashib ko'rish kerak so'zlarini tinglab ko'rish kerak. nimalar deyapti yaxshilab eshitish kerak, uni bilish uchun. orzu-istaklariga qiziqish kerak ko'proq dardlariga kechirgan umriga o'tgan vaqtiga.. insonni bilish uchun uni yig'latib ko'rish kerak qancha vaqt yig'larkin. kuldirib tabassumini ko'rish kerak chin dildan kularmikin. insonni bilish uchun uning ijodini ko'rish kerak agar, ijodkor bo'lsa. kitobini bitta o'qib ko'rish kerak agar, kitob chiqargan bo'lsa. ertaga nima qilmoqchi ekanini so'rash kerak. u bilan yomg'irda yurib ko'rish kerak yomg'irdan qocharmikin. qor yoqqanda ko'rish kerak uni jilmayib osmonga qarab qor parchalarini tomosha qilarmikin. insonni bilish uchun och qolganini ko'rish kerak to'yib qolganda ham uning so'zlari o'zgararmikin ahamiyat berish kerak. insonni bilish uchun biroz jim bo'lib ko'zlariga qarab turish kerak ana shundan keyin, insonni bilganingdan keyin sevib qolasan... 2022 @ahmadali_writer