Masters Finance Academy
رفتن به کانال در Telegram
ACCA Learning center All F papers All P levels DipIFR courses Savol berish uchun: @mfa_academybot MFA Admin: @Ismoilovmfa Phone: +998 70 504 26 00 Location: Chilonzor tumani, 5-mavze,2
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 714
مشترکین
+424 ساعت
+347 روز
+5330 روز
آرشیو پست ها
Foyda rejadan kam chiqdi. Demak, Sales Team yomon ishladimi?
Keling ACCAning PM paperi orqali bu savolga javob topamiz.
Tasavvur qiling, Artel oy oxirida rejalashtirilgandan 400 mln so‘m kam foyda oldi.
Birinchi qarashda xulosa juda oddiy:
“Foyda kam chiqibdi. Demak, Sales Team rejani bajarmagan.”Lekin ACCAning PM (F5) paperi shu joyda "Stop" deydi. Mavzuga qaytsak, Artel Menejeri Actual va Budgetni solishtirganda quyidagi farqlar yuzaga kelgan: 1. Sales Variance — 150 mln Favourable 2. Material Variance — 200 mln Adverse 3. Labour Variance — 350 mln Adverse Xo'p, sizda ham Variance o'zi nima degan savol paydo bo'lgan bo'lsa kerak. Qisqacha aytib ketamiz. Variance bu reja va haqiqatda bo'lgan natijalar orasidagi farq. Agar actual results plandan yaxshiroq bo'lsa Favourable variance, aksi bo'lsa Adverse variance deyiladi. 1. Sales Team aslida rejadan 150 mln so‘m yaxshiroq natija ko‘rsatgan. Aytishiz mumkin, Plandan ko'proq revenue qilib ham kamroq profit bo'lishi mumkin ekanda deb. Ha, aslida muammo boshqa joyda. 2. Material Variance — 200 mln Adverse materiallar rejalashtirilganidan qimmatroq sotib olingan. Lekin nega? Agar warehouseda material tugab qolib, Purchasing Department shoshilinch boshqa supplierdan qimmatroq narxda sotib olgan bo‘lsa — bu internal sabab. Demak, kompaniya inventory planning yoki purchasing processda kamchilikka yo'l qo'ygan va aynan Purchasing Department bu variance uchun javobgar bo'ladi. Agar material narxi bozorda umumiy ravishda oshgan bo‘lsa — bu external sabab. Bunda Purchasing Departmentni ayblash emas, balki budjet va standard costlarni revise qilish kerak bo'ladi. 3. Labour Variance — 350 mln Adverse. Ishlab chiqarishga standardga qaraganda ko‘proq labour cost ketgan. Lekin nega? a) Agar ishchilar mahsulotni ishlab chiqarishda inefficient bo'lgan bo'lsa, ya'ni plandan ko'proq vaqt sarflagan bo‘lsa — bu internal sabab. Demak bunga Production Departmentdagi Manager responsible bo'lishi kerak. b) Agar Davlat minimum ish haqini oshirgan bo‘lsa — bu external sabab. Bu holatda ham eski standardni revise qilish kerak. Shuning uchun Profit kam chiqsa doimo Sales Team aybdor bo'lmasligi mumkin. ACCA PMdagi Variance Analysis mavzusining maqsadi ham:
“Qaysi variance favourable, qaysi biri adverse?”deb hisoblab berish emas. Asosiy maqsad:
“Bu variance nima sababdan yuzaga keldi va bu sabab kompaniyaning nazoratidami?”degan savolga javob berish. Agar sabab internal bo‘lsa — demak variancega kompaniyadagi relevent department javobgar bo‘lishi kerak. Agar sabab external bo‘lsa — management budget va standardlarni "up-to-date" qilishi kerak bo'ladi. 😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
Vada qilgan darsimiz.... FAchilar shettamisila...
Ustozimiz Faxriddin Olimov tomonidan FA o'qiyotganlar uchun maxsus darsimiz.
Lesson 3.2 - Depreciation
00:08 - Carrying amount formula
02:50 - Depreciation
04:19 - Rich dad Poor dad Reference
04:44 - Straight-line method
07:10 - Practice
12:36 - Reducing Balance method
14:04 - Practice
20:21 - Pro-rata
25:30 - Double entry
📩Qo'shimcha ma'lumot olish uchun:@ismoilovmfa
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
FA imtihoniga ha o'z muddat qoldi, imtihon natijasi sizni xozirdan xavotirga solayotgan yoki yiqilaman degan hayol bo'layotgan bo'lsa aynan ustozimiz Faxriddin Olimovni - onlayn, oflayn yoki onlayn revison kurslariga yozilib imtixonga kirishda eshikni tepib kiradigan bo'ling!
Bu sizga nafaqat FA balki FRda ham juda yaxshi asqotadi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun: @Ismoilivmfa
Repost from N/a
FA Technical Articles | Bank Reconciliation
FAda Bank Reconciliation topicgi ko‘p studentlarga qiyinchilik tug‘diradi.
Aslida, bu topic faqat Bank Statement va Cash Ledger Account balancelarini to‘g‘rilashdan iborat emas. Bazan bizdan to‘g‘rilashdan oldingi balance ham so‘ralishi mumkin:
“Balance on the bank statement on that date”
Bunday savolda ko‘pchilik adjustmentlarni qaysi tomonga qo‘shish yoki ayirish kerakligini o‘ylab, chalkashib ketadi.
Mani yondashuvim esa oddiy: 1. Avval Cash Ledger Account’ni to‘g‘rilab olamiz. Bank charges, direct debits, standing orders yoki Cash Bookga hali oborilmagan transactionlarni hisobga olamiz. 2. Bank statementda. Adjustment’larni ortiga qaytaramiz. To'girlandan balancedan Outstanding lodgements ni ayiramiz Unpresented cheques ni qo'shib qo'yamiz.Financial Accountingda ko‘p savollarga yechimni yodlash orqali emas, logic yoki to'g'ri ketma-ketlik orqali topsak bo'ladi.
Repost from Abdulkarim Rustamov | ACCA
Videodagi qo’shiq matni esdan chiqmaydi lekin videoni 15 yil qidirib oxiri topdim)
P.S. Mandan professional blogerlarni kontentini kutmang)
Mana o’sha video: 😍https://www.instagram.com/reel/DeWNNM_AA62/?cplk=MWQybG0wbjE2ZmVtMA==
Ustozimizdan Arxiv xotira....
Balki bu siz uchun ham ACCA o'qishga turtki bo'lar....
Videoyimiz YouToube sahifamizga joylandi…
Albatta manfaatli video bo’ladi barchaga…
Sahifamiz…
DUNYODAGI ENG YIRIK 10 TA AUDIT VA BUXGALTERIYA KOMPANIYASI
Dunyodagi eng yirik auditorlik tarmog‘i bir yilda 74,5 milliard dollar daromad olishini bilarmidingiz?
ACCA bilan qanday bog‘liq?
ACCA orqali o‘rganiladigan yo‘nalishlar ushbu kompaniyalarda talab qilinadigan professional bilimlar qatoriga kiradi.
Agar BIG 4 kompaniyalaridan birida ishlash imkoniyatingiz bo‘lsa, qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?
1 — Deloitte | 2 — PwC | 3 — EY | 4 — KPMG
Javobingizni izohlarda yozib qoldiring!
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni, lekin biz bugun nishonladik desam, bizdan xafa bo'lmanglar...🤓
MFA ACADEMY jamoasining rahbari hamda shu jamoa ahlining barchasini ACCA bo'yicha ustozi Abdulkarim Rustamov, ustozimizni xursand qildik.
CHAKANA NARX NIMA VA U QANDAY BELGILANADI?
Bir do‘konda daftar 12 000 so‘m, boshqa do‘konda esa aynan shu daftar 11 000 so‘m.
Sizningcha, arzonroq sotayotgan do‘kon kamroq foyda oladimi?
🔹 Chakana narx (Retail Price) — mahsulotning yakuniy iste’molchiga odatda donalab yoki kichik miqdorda sotilishidagi narx.
Chakana narxni belgilashda mahsulot tannarxi, operatsion xarajatlar, raqobat, talab va kutilayotgan foyda hisobga olinadi.
Muhim: Yuqori narx har doim yuqori foyda degani emas. Ba’zan narxni pasaytirish orqali sotuv hajmini oshirish va ko‘proq foyda olish mumkin.
Bu ACCA'ning qaysi paperiga tegishli?
ACCA F5 (PM) — Performance Management
Ushbu mavzu quyidagi tushunchalar bilan bog‘liq:
▪️ Pricing Decisions — sotuv narxini belgilash
▪️ Cost–Volume–Profit Analysis — xarajat, sotuv hajmi va foyda munosabati
▪️ Contribution — sotuvdan o‘zgaruvchan xarajatlar chegirilgandan keyingi summa
Bilimni mustahkamlab olish uchun shu masala sizga aniq asqotadi.👇🏻
QUESTION
Ulgurji narx posti
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
Eslasangiz Black Friday haqida post joylagandik, bugun shu haqida ajoyib videoga ko'zim tushib qoldi.
Black Friday qanchalik odamlarni o'ziga jalb qilgani, birgina yangilik yaratish nafaqat insonlarning sotuv qobilyatiga balki iqtisodiyotga qanchalik ta'sir ko'rsatganini ko'rishimiz mumkin.
Black Friday O'zbekistonda qanchalik mashhurlikka erishgan, ya'ni shu aksiyadan foydalanuvchilar bizda ham yetarlichami, nima deb o'ylaysiz? Siz ham shu aksiyadan foydalanganmisiz?
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
Management Accounting nima — 1 daqiqada
Management Accounting (Boshqaruv hisobi) — bu korxona xarajatlari, daromadlari va foydasini tahlil qilib, rahbariyatga to‘g‘ri biznes qarorlar qabul qilishda yordam beradigan hisob tizimi.
Oddiy qilib aytganda, har bir biznesda muhim savollar bo‘ladi:
▪️ Mahsulot ishlab chiqarish qancha turadi?
▪️ Korxona qancha foyda qilmoqda?
▪️ Xarajatlarni qanday kamaytirish mumkin?
▪️Sotuv hajmi oshsa, foyda qanchaga o‘zgaradi?
Management Accountant ushbu savollarga raqamlar va hisob-kitoblar orqali javob topadi.
🔹 Costing — mahsulot tannarxini hisoblash.
🔹 Budgeting — daromad va xarajatlarni rejalashtirish.
🔹 Variance Analysis — reja va haqiqiy natijalarni solishtirish.
🔹 Decision Making — biznes uchun eng foydali qarorni tanlash.
Asosiy maqsad: raqamlarni shunchaki hisoblash emas, balki ular yordamida xarajatlarni boshqarish, foydani oshirish va samarali qarorlar qabul qilish.
Shuning uchun Management Accounting — bu xarajat → tahlil → reja → qaror → foyda jarayonidir.
Ushbu bilimlar ACCA F2/MA — Management Accounting fanida o‘rgatiladi.
Siz ACCA bo‘yicha yana qaysi paperni 1 daqiqada tushuntirishimizni xohlaysiz?
📩Qo'shimcha ma'lumot olish uchun:@ismoilovmfa
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
Auditni oson o'rganish vaqti keldi!
10-oktabr kuni YouTube kanalimizda barchangiz kutgan "Audit" fani bo'yicha maxsus video darsimiz joylanadi.
Bu dars orqali siz:
▪️Auditning asosiy tushunchalari va tamoyillarini oson tushunib olasiz;
▪️Imtihonda (ayniqsa ACCA F8 da) ko'p uchraydigan chalg'ituvchi savollar tahlili bilan tanishasiz;
▪️Amaliy holatlarda (case study) to'g'ri yechim topish sirlarini o'rganasiz.
▪️ Dars yakunida Study plan beriladi aynan Audit paperi uchun
Sana: 10-oktabr
Vaqti: 20:00
Qayerda: YouTube kanalimizda
Darsni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq profilimizdagi havolaga o'tib, YouTube kanalimizga obuna bo'ling va qo'ng'iroqchani yoqib qo'ying!
👇 Audit bo'yicha darsda qaysi mavzularga ko'proq to'xtalishimizni xohlaysiz? Izohlarda o'z savol va takliflaringizni yozib qoldiring!
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
Gumanoid robotlar o'z xarajatlarini oqlay oladimi? (Biznes va Moliya nigohida)
Ko'pchiligimiz robotlarni faqat ilmiy-fantastik filmlarda yoki ko'rgazmalarda raqsga tushayotganini ko'rganmiz. Ammo hozirda ular yirik zavodlarga (masalan, Hyundai va Mercedes-Benz) kirib bormoqda.
Xo'sh, moliya va hisob-kitob nuqtai nazaridan gumanoid robotlarni ishga olish o'zini oqlaydimi?
ACCA Student Accountant jurnalidagi tahlilga ko'ra, bizneslar quyidagi omillarni hisobga olishi shart:
▪️Total Cost of Ownership (Umumiy egalik qiymati) Robotni sotib olish narxi — xarajatlarning faqat bir qismi xolos. Uni o'rnatish, dasturiy ta'minot, datchiklar, elektr energiyasi, texnik xizmat ko'rsatish va sug'urta kabi yashirin xarajatlar umumiy qiymatni ancha oshirib yuboradi.
ACCAga bog'liqligi
▪️ Payback period (Qoplash davri) dagi farqlar Hisob-kitoblarga ko'ra, robot o'z xarajatini 2 yilda oqlashi uchun taxminan $22,000 turishi kerak. Ammo bugungi kunda yaxshi robotlarning narxi $42,000 dan $70,000 gacha bormoqda.
ACCAga bog'liqligi
⚠️ Biznes xavflar (Risks):
▪️Tez eskirish (Obsolescence): Texnologiyalar har 6-8 oyda yangilanmoqda. Bugun katta pulga olingan robot 2 yildan keyin eski modelga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun mutaxassislar robotlarni sotib olish emas, ijaraga olishni (Leasing) tavsiya qilishmoqda.
ACCAga bog'liqligi
▪️Eng muhim xulosa: "Robotning qanchalik chiroyli sakrashi (backflip) yoki tryuklar qilishi muhim emas — bularning hech biri kompaniyaning Cash Flow (Pul oqimlari) hisobotida ko'rinmaydi!"
Robot faqatgina ishni ishonchli, xatosiz va insonga qaraganda arzonroq bajara olsagina, o'z xarajatini oqlagan hisoblanadi.
Manba
Sizning fikringiz qanday? Sizningcha, kompaniyalar qimmat bo'lsa-da robotlarni hozirdan sotib olishi kerakmi yoki ijaraga olib tekshirib ko'rgani ma'qulmi?
Izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring!👇🏻
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
ACCAdan F2, F3 va F7 topshiruvchilar diqqatiga!
Ko‘pchilik aynan shu paperlarga tayyorlanayotganini hisobga olib, sizlar uchun video dars tayyorlashga qaror qildik!
Darsda eng qiyin mavzular va imtihon masalalarini oson tilda tushuntirib beramiz. Birinchi dars tez orada sahifamizga joylanadi.
Sizga qaysi mavzular eng ko'p qiyinchilik tug'diryapti?
Izohlarda yozib qoldiring, darslarni aynan shundan boshlaymiz!
✈️ Postni ACCA o'qiyotgan do'stlaringizga ham yuboring!
😀Instagram | 🎬YouTube | 📱Telegram | 😀Linkedin
