🇺🇿 Joriy yilning
8–11-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Yevropa mamlakatlariga amalga oshirayotgan tashrifi doirasida Polsha Respublikasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.
🟠
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zbek mahsulotlarini Polsha hamda Yevropa bozorlariga olib chiqish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi amaliy aloqalarni kengaytirishdan iborat.
🟠Tashrif doirasida
Polsha–Osiyo savdo-sanoat palatasi prezidenti Yanush Pexochinski hamda
“Lewiatan” moda sanoati uyushmasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
🟠Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish hamda amaliy hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
🟠Xususan, Polsha–Osiyo savdo-sanoat palatasi bilan doimiy ishchi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Polsha kompaniyalari uchun eksportga yo‘naltirilgan o‘zbek ishlab chiqaruvchilari ro‘yxatini shakllantirish va taqdim etish masalalari ko‘rib chiqildi.
🟠Shuningdek,
polshalik bayyer kompaniyalar, distribyutorlar, chakana savdo tarmoqlari, brendlar va marketpleyslar bilan aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarini Polsha bozorida keng targ‘ib qilish hamda
“Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlarni Yevropa bozorlariga olib chiqish yuzasidan fikr almashildi.
🟠Tomonlar Palata imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari va Polsha kompaniyalari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
————
🇬🇧 As part of the official visit of
Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to European countries from 8 to 11 June, a number of important meetings were held in the Republic of Poland.
🟠
The main purpose of the visit was to enhance trade and economic cooperation between Uzbekistan and Poland in the light industry sector, promote Uzbek products in the Polish and European markets, and expand practical ties between the business communities of the two countries.
🟠During the visit, meetings were held with
Janusz Piechociński, President of the Poland–Asia Chamber of Commerce, and the leadership of the
Lewiatan Fashion Industry Association.
🟠The discussions focused on further developing trade and economic cooperation in the light industry sector, expanding direct contacts between the business communities of Uzbekistan and Poland, and establishing effective mechanisms for practical cooperation.
🟠In particular, the parties considered establishing permanent working cooperation with the Poland–Asia Chamber of Commerce, as well as preparing and presenting a list of export-oriented Uzbek manufacturers to Polish companies.
🟠The sides also exchanged views on strengthening relations with Polish buying companies, distributors, retail chains, brands, and marketplaces, promoting Uzbekistan’s light industry products in the Polish market, and introducing products under the
“Made in Uzbekistan” brand to European markets.
🟠The parties expressed their readiness to make effective use of the Chamber’s opportunities to expand practical cooperation between Uzbek manufacturers and Polish companies, establish new business connections, and implement mutually beneficial projects.
🌐
https://gov.uz/oz/adli
😎
https://t.me/adli_uz_official
😎
facebook.com/adli.uz
😎
https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik