fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

رفتن به کانال در Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است

📈 تحلیل کانال تلگرام O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

کانال O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 10 360 مشترک است و جایگاه را در دسته متفرقه دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 10 360 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 15 نوامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 302 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -130 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 5.85% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 5.28% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 606 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 547 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 6 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 16 نوامبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته متفرقه تبدیل کرده‌اند.

10 360
مشترکین
-13024 ساعت
+3487 روز
+30230 روز
آرشیو پست ها
🇺🇿 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengi
🇺🇿 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamkorligida to‘qimachilik sohasi vakillari uchun “O‘zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasida “LABTUR” (ochiq eshiklar kuni) tashkil etilmoqda. 🟠Mazkur tadbir tadbirkorlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berishga qaratilgan. 🟠Tadbir tafsilotlari: 📅 Sana: 2026-yil 10-iyun 🕘 Vaqt: soat 11:00 📍Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, 208-uy 🟠Kun tartibidagi masalalar: — Korxonaning to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarini sinashga ixtisoslashgan laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish. — Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-son qaroriga muvofiq ajratilayotgan subsidiyalar, ulardan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berish hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar taqdim etish. 🟠Tadbirda tikuv-trikotaj va to‘qimachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ishtiroki kutilmoqda. 🟠Barcha tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni mazkur ochiq eshiklar kunida faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 8–12-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish ag
+5
🇺🇿 Joriy yilning 8–12-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Yevropa mamlakatlariga amalga oshirayotgan tashrifi doirasida moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 🟠 Jumladan, Germaniyaning AKA Bank eksport moliyasi direktori doktor Michael Stopfkuchen hamda bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Muyassar Xolmaxmadova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning yengil sanoat korxonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish uchun imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi. 🟠 Shuningdek, KfW Group tarkibiga kiruvchi KfW IPEX-Bank GmbHning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Yekaterina Galitsina bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston yengil sanoat korxonalarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish, eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda Germaniya va Yevropa moliyaviy institutlari bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🟠 Tashrif doirasida Germaniyadagi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili Ilyas Gyujlyu bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida Frankfurt shahrida faoliyat yuritayotgan yirik importyor kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston mahsulotlarini Germaniya bozorida kengroq targ‘ib etish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun nemis tekstil importyorlari ishtirokida B2B uchrashuvlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 🟠 Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. ———— 🇬🇧 During his visit to European countries from June 8 to 12, 2026, Nozimjon Kholmuradov, Director of the Agency for the Development of Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, held a series of meetings aimed at strengthening financial cooperation and expanding export potential. 🟠In particular, a meeting took place with Dr. Michael Stopfkuchen, Director of Export Finance at AKA Bank, and Muyassar Xolmaxmadova, Deputy Chairperson of the Bank’s Management Board. During the discussions, the parties explored opportunities for introducing direct financing mechanisms for Uzbekistan’s light industry enterprises, as well as attracting preferential credit lines for the purchase of modern technological equipment from European Union countries. 🟠In addition, a meeting was held with Yekaterina Galitsina, Director for Eastern Europe and Central Asia at KfW IPEX-Bank GmbH, a member of the KfW Group. The parties exchanged views on financing investment projects of Uzbekistan’s light industry enterprises, supporting export activities, and developing cooperation with German and European financial institutions. 🟠Within the framework of the visit, a meeting was also held with Ilyas Gyujlyu, Representative of the Chamber of Commerce and Industry of Uzbekistan in Germany. The discussions focused on establishing cooperation with major importing companies operating in Frankfurt, promoting Uzbek products more actively in the German market, and organizing B2B meetings between Uzbek manufacturers and leading German textile importers. 🟠During the meetings, the parties exchanged views on prospects for cooperation aimed at enhancing the competitiveness of Uzbekistan’s light industry enterprises in international markets, expanding export geography, and attracting foreign investment. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi dir
🇺🇿 2026-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Germaniya Federativ Respublikasiga amalga oshirayotgan rasmiy tashrifi doirasida Germaniyaning nufuzli to‘qimachilik kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Curt Bauer” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Muloqot davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida to‘qimachilik sanoati yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Germaniyaning ilg‘or brendlari va zamonaviy texnologiyalarini O‘zbekistonning to‘qimachilik korxonalari tomonidan o‘zlashtirish hamda ular bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Shuningdek, Germaniya hududida O‘zbekiston Tekstil markazini tashkil etish tashabbusi muhokama qilindi. Mazkur markaz orqali mahalliy to‘qimachilik korxonalariga Yevropa bozorlariga chiqishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, mahsulotlar uchun yangi xaridorlar va hamkorlarni topish, marketing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, sifat nazoratini tashkil etish hamda logistika va sertifikatlashtirish jarayonlarida maslahat va ko‘mak berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Tomonlar to‘qimachilik sanoati yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashib, kelgusida ushbu masalalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga qiziqish bildirdilar. ———— 🇬🇧On June 8, 2026, as part of his official visit to the Federal Republic of Germany, Director of the Agency for the Development of Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, Nozimjon Kholmurodov, held a meeting with the management of Curt Bauer, one of Germany’s renowned textile companies. 🟠 During the meeting, the parties discussed opportunities to further expand cooperation between Uzbekistan and Germany in the textile industry. In particular, they exchanged views on the adoption of advanced German brands and modern technologies by Uzbek textile enterprises, as well as on strengthening industrial cooperation between the two countries. 🟠 The initiative to establish an Uzbekistan Textile Center in Germany was also discussed. Special attention was given to the Center’s potential role in supporting Uzbek textile companies in accessing European markets, identifying new buyers and business partners, developing marketing services, ensuring quality control, and providing assistance in logistics and certification processes. 🟠 The parties exchanged views on the prospects for cooperation in the textile sector and expressed interest in continuing discussions on these matters in the future. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar b
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi. 🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin: — rasmiy veb-sayt orqali — Telegram bot orqali 🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi. 🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin. ⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha. ✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi. ———— 🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами. 🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами: — через официальный сайт — через Telegram-бот 🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы. 🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн. ⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней. ✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston–Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkam
+9
🇺🇿 2026-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston–Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev tomonidan to‘qimachilik, ipakchilik hamda charm-poyabzal sanoati sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. 🟠Tadbir davomida ishlab chiqarish va eksport faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Xususan, ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun ruxsatnomalar olish, loyihalarni vakolatli davlat organlari bilan kelishish tartib-taomillarini takomillashtirish, ijara munosabatlari, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. 🟠Shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi va logistika yo‘nalishidagi mavjud muammolar, yuklarni tashqi bozorlarga yetkazib berish muddatlarini qisqartirish hamda logistika zanjirlarini takomillashtirish bo‘yicha tadbirkorlarning takliflari tinglandi. 🟠Muloqot yakunida bildirilgan barcha murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. 🟠Agentlik tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish, mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 3-6-iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan XXIX Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (ПМЭФ–2026) d
+4
🇺🇿 2026-yil 3-6-iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan XXIX Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (ПМЭФ–2026) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Muxammadsaidov xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar olib bordi. 🟠Xususan, Hindistonning yirik sanoat va biznes vakillari — Dr. Asif Iqbal hamda Wali Kashvi bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Hindistonning tarmoq korxonalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, forum doirasida Hindistonning India Core Engineering kompaniyasi rahbari Ruchik Patel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston yengil sanoat korxonalarini malakali ishchi kuchlari hamda turli yo‘nalishlardagi mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. 🟠Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida muntazam muloqotlarni yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar ta’minoti yo‘nalishida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shu bilan birga, India Core Engineering kompaniyasi bilan Anglashuv memorandumini imzolash yuzasidan ham kelishib olindi. 🟠Ma’lumot uchun: India Core Engineering kompaniyasi Rossiya, Serbiya, Polsha va Bolgariya davlatlarida o‘z vakolatxonalariga ega bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalarini turli sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar bilan ta’minlash yo‘nalishida katta tajribaga ega. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Investitsiyalar #Uzbekistan #PMEF2026

🇺🇿 2026-yil 4-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan XXIX Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (ПМЭФ–2026) doiras
+6
🇺🇿 2026-yil 4-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan XXIX Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (ПМЭФ–2026) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Muxammadsaidov qator xalqaro uchrashuvlar o‘tkazdi. 🟠Jumladan, Braziliya Federativ Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Luiz Rua bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Braziliya paxtasidan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida foydalanish imkoniyatlari hamda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Suhbat yakunida vazir janoblari O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etildi. 🟠Saudiya Arabistonining “Walmalki” kompaniyasi vitse-prezidenti Valid Ali Almalki bilan muzokaralarda O‘zbekistondagi to‘qimachilik korxonalarida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Kompaniya vakili joriy yil avgust oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishga qiziqish bildirdi. 🟠Tanzaniyaning “ICT” kompaniyasi bosh direktori doktor Nkundwe Moses Mwasaga bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Afrika bozori uchun tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. 🟠Eronning “RUNEXT” kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Tatariston Respublikasi Kanop ishlab chiqaruvchilar uyushmasi prezidenti Dinar Shakirzyanov bilan uchrashuv davomida kanop xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 🟠Muzokaralar yakunida kanop xomashyosini yetkazib berish hamda uni O‘zbekistondagi “Navbahor Textile” korxonasi bilan kooperatsiya asosida qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi. Shuningdek, Dinar Shakirzyanov joriy yil oktyabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida ishtirok etish niyatini bildirdi. 🟠O‘tkazilgan uchrashuvlar yengil sanoat tarmog‘iga investitsiyalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Investitsiyalar #Uzbekistan #PMEF2026

Yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar diqqatiga! 📢 Joriy yilning 5-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent shah
Yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar diqqatiga! 📢 Joriy yilning 5-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida yengil sanoat sohasi vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 🟠Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda. 🟠Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilmoqda. ✅ Tadbir davomida: – tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflari qabul qilinadi; – sohada mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari muhokama qilinadi; – yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqiladi. 🟠Uchrashuv soha vakillari uchun mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlarga yetkazish hamda samarali takliflar bildirish uchun muhim maydon vazifasini o‘taydi. 📍Tadbir manzili: O‘zbekiston — Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki Barcha tadbirkorlarni ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar b
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi. 🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin: — rasmiy veb-sayt orqali — Telegram bot orqali 🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi. 🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin. ⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha. ✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi. ———— 🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами. 🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами: — через официальный сайт — через Telegram-бот 🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы. 🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн. ⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней. ✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+5
🇺🇿 Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Landesbank Baden-Württemberg bankining O‘zbekistondagi bosh vakili Aziz Inomxodjayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Uchrashuvda yengil sanoat sohasini rivojlantirish, korxonalarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda soha korxonalarining loyihalariga past foizli kreditlar va islomiy moliya xizmatlarini jalb etish masalalari muhokama qilindi. 🟠Muzokaralar yakunida, birinchi bosqichda qiymati 5 mln dollardan yuqori bo‘lgan istiqbolli loyihalarni kreditlash jarayonlarini boshlashga kelishib olindi. 📉 Moliyalashtirishning dastlabki shartlari: ✔️ Valyuta: EUR va USD; ✔️ Muddati: 6–10 yil (6 oy imtiyozli davr bilan); ✔️ Kredit stavkasi: taxminan 5% – 6.5% atrofida (loyiha sifati, korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari va xavf darajasiga qarab); ✔️ Loyiha hajmi: odatda 5 mln yevrodan yuqori (eksport shartnomasi qiymatining 85%igacha); ✔️ Eksport sug‘urtasi: Germaniya eksport-kredit kafolatlari yoki boshqa tegishli eksport-kredit agentligi qoplamasi; ✔️ Garov ta’minoti: loyiha tuzilmasiga qarab individual belgilanadi. 🟠 Mahalliy kreditlardan asosiy afzalliklari: — Uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyati; — Texnologik modernizatsiya va energiya samaradorligini oshirish; — Eksport-kredit sug‘urtasi ko‘magi. 🟠 Dastlabki bosqichda talab qilinadigan hujjatlar: — Investitsion loyihaning qisqa pasporti; — Oxirgi 3 yillik moliyaviy hisobotlar (imkoni bo‘lsa IFRS auditi bilan); — Eksport shartnomasi loyihasi; — Biznes-reja va moliyaviy model; — Mavjud kreditlar va bank kredit tarixi. Investitsiya loyihalari mavjud tadbirkorlar loyihaning qisqa pasporti bilan info@adli.uz ga murojaat qilishingiz mumkin. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi. Davlatimiz rahbari 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Российской Федерации Владимира Путина 4-5 июня посетит с рабочим визитом город Санкт-Петербург. Глава нашего государства примет участие и выступит на пленарном заседании 29-го Петербургского международного экономического форума. #Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #forum Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

📢 Qashqadaryo viloyatidagi ayol tadbirkorlar taklif etiladi! 📅 Sana: 2026-yil 4–5-iyun 📍Manzil: “Oqshom” mehmonxonasi, Qar
📢 Qashqadaryo viloyatidagi ayol tadbirkorlar taklif etiladi! 📅 Sana: 2026-yil 4–5-iyun 📍Manzil: “Oqshom” mehmonxonasi, Qarshi shahri, Qashqadaryo viloyati 🟠Barcha faol ayol tadbirkorlarni Germaniyaning to‘qimachilik sohasidagi yetakchi uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan GUZ Partners loyihasi doirasida, Yengilsanoatni rivojlantirish agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan maxsus o‘quv treningiga taklif etamiz. 🟠Mazkur tadbir Biznes-trening va kommunikatsiya forumi shaklida o‘tkazilib, to‘qimachilik sohasida faoliyat yuritayotgan hamda o‘z biznesini rivojlantirayotgan ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini oshirishga qaratilgan. 🟠 Trening mavzulari: ✔️ Zamonaviy moda industriyasida innovatsion yondashuvlar va dizayn tendensiyalari ✔️ To‘qimachilik korxonalarida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish ✔️ Lean Management (Tejamkor boshqaruv) 🟠Ushbu trening ishtirokchilarni ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlarini optimallashtirish uchun zarur bo‘lgan amaliy vositalar bilan ta’minlashga qaratilgan. 🟠 Faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlarni ushbu muhim treningda ishtirok etishga chorlaymiz! 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot namoyandalaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali ravis
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot namoyandalaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды группе деятелей культуры, искусства и литературы. #Mirziyoyev #marosim #madaniyat #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida madaniyat va san’at sohasi xodimlaridan bir guruhiga davl
+3
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida madaniyat va san’at sohasi xodimlaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirish marosimi boshlandi. — В Международном конгресс-центре с участием Президента Шавката Мирзиёева началась церемония награждения группы работников сферы культуры и искусства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar b
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi. 🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin: — rasmiy veb-sayt orqali — Telegram bot orqali 🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi. 🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin. ⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha. ✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi. ———— 🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами. 🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами: — через официальный сайт — через Telegram-бот 🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы. 🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн. ⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней. ✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF–4-son Farmonining 2-bandi ijrosini ta’minlash hamda Pre
+4
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF–4-son Farmonining 2-bandi ijrosini ta’minlash hamda Prezidentning 2026-yil 24-apreldagi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida to‘qimachilik tarmog‘ida zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. 🟠Mazkur topshiriqqa muvofiq, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan “Buxoro Azteks”, “Narimteks” hamda “SMSHD Textile” korxonalarida “Kaizen” tizimini soha korxonalari faoliyatiga joriy etish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 🟠Seminarlar davomida: ✔️ tejamkor ishlab chiqarish tamoyillari; ✔️ ishlab chiqarish jarayonlarini standartlashtirish; ✔️ mehnat unumdorligini oshirish; ✔️ samarali boshqaruv modellarini amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi. 🟠Mazkur tadbirlar to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmoni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi — Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Prezident.uz|Facebook|I
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi — Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hurmatli yurtdoshlar! 🇺🇿 Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Hurmatli yurtdoshlar! 🇺🇿 Sizlarni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi nomidan samimiy muborakbod etamiz. 🟠Ushbu muqaddas bayram kunlarida barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlikni ulug‘lovchi Qurbon hayiti yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik va quvonch olib kelsin. ⭐️ Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik